Umr yöllarimning nurli nuqtalari
(“Yölçiroqlarim” turkumidan)
Men öquvçiligimda ham domlaning ismlari qandaydir munosabatlar bilan oilamizda tez- tez tilga olinardi. Keyin bilsam, domla uruşdan qaytib kelgaç, bizning qişloqdagi maktabda muallimlik qilgan ekanlar. Onam ham şu davrda muallimlik qilgan, qisqasi, hamkasb bölişgan ekan.
Xullas, vaqtlar ötib, Farğona davlat pedagogika institutini bitirib, Toşovuzda muallimlik qilib yurgan paytlarim edi. Maktab öquvçiligimdagi şeʼriyatga qiziqişim institutda deyarli töxtab qoldi. Çunki fakultetimizda zör yozadigan yoş şoirlar köp edi. Matluba Ahmedova, Abdulahad Örmonov, Aʼzam Oripov, Abduvali Qambaraliyev, Muhtarama Uluğova, Otaxon Temurov… Bu payt mayda-çuyda u-bu yozib yurardim-ku-ya, ammo jiddiy şuğullanganim yöq. Bor vujudim bilan öqişga berilgan edim. Ayniqsa, bizning guruh kimözarga öqirdik. Bir yil Farğonada işlab, yurtga qaytgaç, yana şeʼr dardim uyğonib qoldi. Yoza boşladim. Yana tuman gazetasi “Paxtakor”da turkum-turkum şeʼrlarim çop etilardi. Lekin markaziy matbuotga yuborib körmadim. Ammo u yoq-bu yoqdan sovçilar çiqsa, onamga: “Toşkentga ketaman”, deb izillardim. Toşkentga borib nima qilaman, markaziy matbuotda (“Yoş leninçi” gazetasida bittagina şeʼrim bosilgan edi, talabaligimizda qaysidir muxbiri kelib, havaskor qalamkaşlarning maşqlarini olib ketgan, şularning içida çiqib qolgan edi) biror narsam çiqmagan bölsa… Nimalardir qilgim, hayotimni özgartirgim kelardi. “Bu yerda qolmayman”, degan ahdim tobora mustahkam tortib borardi. Ammo qayerga, qanday boraman, bunisini bilmasdim.
Yoz edi. Qişga mol-qöylarga öt ğamlaş uçun dala kezardik. Öt örib yursam, orqamdan xabar keldi: Farğonadan mehmonlar kelganmiş. Öroqni otib yuborib, uçdim. Çunki Farğonaga qişda borib kelgan bölsam-da, juda soğingan edim. U paytlari hali imperiya parçalanmagan, yöllar oçiq edi. Qaysidir örtoğim biror iş bilan bu taraflarga ötgan bölsa, meni yöqlab keldimikan, deb quvonib ketdim. Borsam, folklorşunos olim, öz davrining maşhur şaxslaridan biri Töra Mirzayev, akademik (u paytda hali akademik emas edi) Bahodir Sarimsoqov, şoir, tadqiqotçi Asqar Musaqulov, folklorşunos olima Zubayda Husainova, tadqiqotçi Abdulla Matyoqubovlar bizning uyga tuşişgan ekan. Onam rahmatli gujumning tagiga supaga joy qilgan. Ariqqa tarvuz dumalatilgan. Kelinoyim qozonning boşida… Ular yuk maşinasida ekspeditsiyada, folklor materiallarini yiğiş uçun yurgan ekanlar. Yoz juda issiq edi. Nazarimda, salqinroq bir joyda dam olgilari kelgan yo oziq-ovqatdan qiynalişgan. Çunki u paytlarda hozirgiday har qadamda oş-ovqat qiladigan joylar yöq edi. Pullari bölsayam, durustroq ovqat qilinadigan joy bölmaganligi uçundir, balki, Bahodir akaning eslariga men tuşganman.
— Bizning fakultetda öqigan bir toşovuzlik qiz bor edi, şeʼr yozardi, nazarimda, — degan.
Şunda Abdulla aka rahmatli:
— Agar ijodkor bölsa, uning manzilini gazetadan sörasak böladi, — degan.
“Paxtakor” tahririyatiga borişganda, ular darrov manzilimni berişgan. Şu tarzda aziz mehmonlar bizning uyimizga kelib qolişgan. Aslida, ularning taşrifi men uçun Xudoyimning buyuk bir marhamati bölgan. Yaratgan egam mening taqdirimda keskin bir buriliş bölişi uçun şu taşrifni ravo körgan ekan. Gap şundaki, suhbat ustida muşoira böldi. Asqar aka şeʼr öqidilar. Menga ham “Öqing”, deyişgaç, öqidim. Şunda ular (rahmatli Töra Mirzayev aytgandilar, nazarimda):
— Siz nega şeʼrlaringizni olib, Toşkentga, Zulfiya opaning oldiga bormaysiz? — deyişgan.
Men Zulfiyaxonimday maşhur bir şoiraning huzurlariga bunday şeʼrlar bilan borişni tasavvur ham qilib körmagan edim. Şuning uçun:
— Zulfiyaxonim mana şunday şeʼrlar yozadigan şoirani ham qabul qiladilarmi? — deb söraganman.
— Albatta, ularning huzurlariga mamlakatimizning barça şaharu qişloqlaridan yoş ijodkorlar keladi. Albatta, boring, — deyişdi.
Şu-şu mening içimga öt tuşdi. Mehmonlarni kuzatiboq: “Toşkentga, Zulfiya opaning huzurlariga boraman”, deb turib olganman. Mehnat taʼtilida edim. Şeʼrlarimni kimgadir berib, maşinkada köçirtirganman. Menimça, “Paxtakor”ga borib köçirtirdim, şekilli. Keyin Toşkentga ketdim. Ikki-uç kunim bekor ötdi. Çunki men maşqlarimni oldin Matyoqub Qöşjonov domlaning nazarlaridan ötkazişni niyat qilgandim. Agar domla bir ijobiy gap aytsalar, keyin opaning oldiga bormoqçi edim. Ammo meni domlaning yonlariga olib borişga heç kimning yuragi betlamasdi.
— U kişi şeʼr körmaydilar, — deyişardi baʼzilar.
Baʼzilar yana bir narsa deb bahona topardi. Qarasam, vaqt ketyapti. Uyga qaytişim kerak. Taʼtilim tugayapti, maktabda işlayman axir. Sörab- suriştirib, domlaning uy manzilini topdim. Bu orada yakşanba bölib qoldi. Tavakkal qildim-da, domlaning uylariga bordim. Baxtimga, domla hovlida ötirgan ekanlar. Salom berib kirib borsam, meni qizlarining oldiga keldi, deb öyladilar, şekilli:
— Gulnor içkarida, — dedilar.
— Domla, men sizning oldingizga keldim, toşovuzlikman, — dedim.
Domla yuzimga diqqat bilan qaradilar-da:
— Poşşaning qizimisan? — dedilar. Men onamga juda öxşayman.
— Ha, — dedim. Nima maqsadda kelganimni aytdim. Domla indamay papkaga solingan qölyozmalarni olib öqiy boşladi. Jimgina yerga qarab ötiribman. Har zamonda yuzlariga qarab-qarab qöyaman. Yuz ifodasidan heç narsani bilib bölmaydi. Men papkani domlaning qöllariga berayotib:
— Agar yozganlarim sizga maʼqul bölmasa, ketaman. Sizgayam, boşqaga ham yuk bölib yurmayman, — dedim. Domla nim tabassum qildilar. Juda çiroyli tabassum qilardilar.
Öttiztaça şeʼr bor edi. Diqqat bilan öqib çiqdilar-da:
— Yaxşi, — dedilar. Mening öşa paytdagi quvonçimni tasavvur qila olasizmi? Quşga aylanib qoldim, nazarimda. Rahmat aytdimmi, aytmadimmi, buni ham bilmayman. “Yaxşi” sözi sözlarning sultoni bölib körindi öşa payt.
— Zulpiya (domla xuddi şunday talaffuz qildilar) “Saodat” jurnalida işlaydi, bilsang kerak. Aydinxan “Şarq yulduzi”da. Qölyozmalaringni ularga olib bor. Topib bora olasanmi? — deb söradilar.
Şu lahzada Köhi Qofni ham topib boradigan kayfiyatda edim. Ketdim. Keyingi kunlarda ustoz Zulfiyaxonimning, söngra Oydin opamlarning yonlariga bordim. Ular bilan bölgan suhbatlarni özlari haqidagi xotiralarimda yozaman. Meni har ikkala şoiramiz ham juda yaxşi qarşi oldi. Öşa paytda emas-ku-ya, keyinçalik domla, balki, ularga telefon qilib, men haqimda bir oğiz yaxşi gap aytgandirlar, deb öyladim.
Şu böyiça domla bilan uç yilça körişmadim. Men bir neça marta Toşkentga kelib ketgan bölsam-da, domlaning oldiga bormadim. Bezovta qilgim kelmadi. Eng yomon körgan narsam birovga malol keladigan iş qiliş. Ammo men domlani harçand bezovta qilişni istamasam ham, şu narsa taqdirimda bor ekan. 1976 yilning qahraton qişida tavakkal qilib Toşkentga keldim. Rahmatli toğam (aslida u kişi bizga qon-qarindoş emas. Kursdoş dugonamning dadasi. Men institutni bitirganimdan söng bir yil Akbarobodda işlaganman. Öşa toğamlarning uylarida turganman. Toğam orzularimni bilardilar. Şuning uçun özlari savdo institutida sirtdan öqiyotgan paytlarida meni çaqirgan edilar) öşa paytda qişki sessiyaga kelgan ekanlar. “Özbekiston” mehmonxonasida turgan ekanlar. Ayam, kenja qizlari Xolidaxon ham ular bilan birga ekan. Men ham şu mehmonxonada turdim. Toğam savdo texnikumidan iş topgan ekanlar. Zulfiya opam (bu paytgaça ular bilan ança yaqinlaşib ketgan edik) bilan maslahat qilsam, ular:
— Sen savdo odamlarining orasida işlay olarmikansan? Ijodiy iş bölsa, boşqa gap edi, — dedilar va men toğamlar bilan birga yana Akbarobodga ketdim. Bu vaqtda toğamning qizi, örtoğim Xolisxonning turmuşi bölmay qaytib kelgan, Akbaroboddagi men işlagan maktabda direktorlik qilayotgan ekan. Maktablarda sönggi çorak öqişlari boşlangan, bunday paytda kim ham maktabga işga olardi? Lekin Xolis bir amallab meni maktabga joyladi. Işlab yuribman. Onam: “Toşkentga borib örnaşmasang, uyga qayt”, deb xat yozadilar. Toşkentga borsam, qanday, qayerga işga kirişimni bilmayman. Axiyri, onam Qöşjonov domladan yordam sörab xat yozib yuboribdilar. Bu xatni onam poçtadan yuborganlarmi yo menga jönatib, men domlaga olib borib berdimmi, bu voqealar mutlaqo esimda yöq. Faqat domlaning oldiga borganim:
— Agar propiska (öşa paytlari bu juda muhim narsa edi, propiskasiz işga qabul qilinmas edi) va yaşaş uçun uy-joy masalalarini hal qila olsang, men laborant qilib işga olaman. Faqat bizda ilmiy darajasi borlarning oyligi yaxşi, qolganlarning maoşi ança kam böladi. Kun köra olasanmi? — deganlari esimda.
— Mening ikki yelkamdan boşqa oğirligim yöq. Özimni eplasam böldi, — dedim. Propiskamni toğam rahmatli hal qilib berdilar. Yangiyölda Abdullajon ismli savdo institutida birga öqiyotgan kursdoşlari bor edi. Öşalarning uylariga propiskaga qöyib berdilar. Söng özlari kvartira topişimga yordam berdilar. Toğam rahmatli nihoyatda basavlat inson edilar. Yiğma karavotim (raskladuşkam)ni kötarib, Qoraqamişda menga ijara uy axtarib yurganlari köz oldimga kelsa, hali-hanuz taqdirimda şunday ajoyib insonlar borligidan quvonib ketaman. Dunyoda qanday yaxşi insonlar bor-a… Toğamga nima edi… Öşa paytda bir restoranning direktori edilar… Xullas, toğam mening propiskamni töğrilab, Qoraqamişda bir buxoroliklarning uyiga ijaraga qöyib, Farğonaga qaytib ketdilar. Men esa Aleksandr Sergeyeviç Puşkin nomidagi Til va adabiyot ilmiy tekşiriş institutining matnşunoslik bölimida işlay boşladim. Bölimimiz öşa paytda Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Mukammal asarlar töplami”ni naşrga tayyorlayotgan edi. Men iş boşlagandayoq bölimda:
— Tayyorlayotgan kitobimiz “Hamza Hakimzoda Niyoziy asarlarining mukammal töplami” deb nomlanişi kerak. Çunki bu kitoblarga kirgan barça asarlarni mukammal deb bölmaydi-ku, — deya mahmadonalik qilganman. Bölimimiz rahbari Sodir Erkinov ism-şarifli fan doktori edilar. Osim aka (uyğur), Şarofiddin aka, Nazira, Dilbar, Faroğat opa ism- şarifli fan nomzodi bölgan ayollar bor edi. Faroğat opa maşhur miçurinçi olim Rizamat otaning qizlari edi. Bölimimiz boşliği nihoyatda madaniyatli, ziyoli inson edilar. Şarofiddin aka ança injiq, Osim aka quvnoq kişi edi. Opalar, nazarimda, bir-biriga juda öxşab ketişardi. Bir yil işlagan bölsam, Hamzaning asarlarini tayyorlaşda iştirok etdim. Domlani deyarli körmasdim. Faqat şu maskanda işlaşimga domla sababçi ekanligini bilardim. Bir yilga yaqinlaşib qolganida domla bilan yuzma-yuz böldim.
— Nazarimda, sening ilmiy iş qiliş niyating yöq, şekilli. Ilmga intilişni his qilganim yöq, — dedilar domla. Balki, onam xatlarida “Ilmiy iş qiliş niyati ham bor”, deb yozgandirlar…
— Yöq, ilm menga oğir karvonday tuyulyapti. Töğrisini aytsam, betoqatroqman. Ilm qilişga toqatim yetmasa kerak, — dedim.
— Omon (Matjon)ning bölimida bir örin böşabdi. Xohlasang, seni tavsiya qilaman. Ijodkorlar orasida bölasan, — dedilar. Zarraça ikkilanganim yöq. Darrov rozi böldim. Bu rahmatli Matyoqub Qöşjonov domlaning menga qilgan uçinçi yaxşiliklari edi (yaxşilik bölgandayam, hayotimda keskin buriliş yasagan yaxşiliklar böldi). Men ertasigayoq öşa paytda Özbekistonning eng yirik naşriyoti bölgan Ğafur Ğulom nomidagi adabiyot va sanʼat naşriyotiga işga bordim. Bölimning kiçik muharriri Nazmi opam (bu ajoyib ayol bilan keyinçalik opa-singilday yaqin bölib ketdik) tuğuruq taʼtiliga çiqayotgan ekan. Vaqtinçaga örinlariga odam kerak ekan.
— Bir işga kirib olsangiz, böldi, keyin örnaşib ketasiz, — dedilar Omon aka. Va men öşa kundanoq Ğafur Ğulom naşriyotining şeʼriyat bölimida iş boşladim.
Şu böyiça domlani körmadim, hisob. Qoraqamişda bir tatar kampirning uyida ijarada turganimda, baʼzan ertalab işga ketayotganimda piyoda aylanib yurganlarini körib qolardim. Ularning har kuni ertalab ikki soat piyoda yuradigan odatlari bor ekan. Turmuşga çiqqanimdan söng onam uyimizga kelganlarida, rafiqalari bilan birga mehmonga çaqirganmiz. Bu, menimça, onamning taşabbuslari bölgan. “Saodat” jurnalida işlayotganimda Oydin opamning topşiriqlari bilan “Qöşa qariganlar” rubrikasi ostida material tayyorlaş uçun uylariga borganman. Rafiqalari, özlari bilan suhbatlaşib, maqola yozgandim. Jurnalda çop etilgan. Heç bölmasa, ijod yöllarimda yölçiroq bölgan, bu yaxşiligini heç qaçon heç qayerda minnat qilmagan ajoyib insonga öşa jurnalni qölim bilan ham olib borib bermabman… Kimdir (şogirdlaridan bölsa kerak) kelib olib ketgan. Odam yoşi ulğaygan sari yaxşilik qadri haqida köproq öylar ekan. Agar hozirgi aqlim bölganida, domlani sönggi nafaslarigaça yöqlagan bölardim. Yana bir marta nuroniylarning yiğinida körib qoldim. Uruş faxriylarini çaqirişgan ekan. Öşanda minbardan turib, menga qilgan yaxşiliklari haqida gapirib, minnatdorlik bildirganman. Yiğindan söng hol- ahvol söraşganimizda, şu aytgan gaplarimdan ham suyunganlarini bildim. Toşovuzlik ijodkorlar haqida kitob yozayotganlarini aytib, mendan kitoblarimni olib borib berişimni söraganlar. Şu işniyam qilmadim men nodon. Törtköllik şoira (uzoq yillardan buyon bordi-keldimiz bor edi) Halima Jumaniyozova ham:
— Domla kitoblaringizni sörayapti, — dedi. “Xöp”, dedim-u, hafsala qilmadim. Söng… sönggi yölga kuzatişga bordim… Hayotim, taqdirimda öçmas iz qoldirgan bu benazir insonni endi faqat duolarimda yöqlayman. Joylari jannatdan bölsin.
Qutlibeka RAHIMBOYEVA.
