Oçerklar ustasi

Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist

Mirşarof Muhsimov hayot va ijod yöli

1966 yilning oltin kuzi. Moskvada otalar şon-şuhrati yöllari böylab yuriş qatnaşçilarining Butunittifoq II slyoti bölib ötayotgan edi. Xoroşevskoye şossesidagi “Çodirlar şaharçasi” öz quçoğiga yoş iztoparlarni olgan. Bir kuni ertalab Volokilaskaga jönaş oldidan unutilmas tarixiy uçraşuv böldi. Şaharçaga qora “Volga” kelib töxtadi. Undan birinçi bölib keng yağrinli va novçadan kelgan general, söngra örta böyli, xuddi suratdagidek çehrasidan iliq tabassum barq urib turgan birinçi kosmonavt Yuriy Gagarin tuşib, Özbekiston çodiri tomon kela boşladi.

— Gagarin keldi! Ga-ga-rin! — degan qiçqiriqlar boşlandi. Bular orasida slyotni yoritiş uçun borgan “Yoş leninçi” (hozirgi “Yoşlar ovozi”) gazetasi maxsus muxbiri Mirşarof Muhsimov ham bor edi.

Maşhur kosmonavt hamma bilan birma-bir körişib, hol-ahvol söradi.

— Vatan uçun, xalq uçun hamişa tayyor turinglar! — deb samimiy tilaklar bildirdi.

Fursatdan foydalanib, Mirşarof aka Gagarindan intervyu oldi. Suhbatda şunday satrlar bor edi: “Şuni maʼlum qilamanki, hatto inson bilan birinçi marta koinotda parvoz qilgan “Vostok” kosmik kemasining möʼjazgina kabinasida özbek paxtasidan tayyorlangan buyumlar ham bor edi: jumladan, koinotda Özbekistonda yetiştirilgan paxtadan töqilgan gazlamadan tikilgan içki kiyim meni isitib turdi”. Bu iliq samimiy jumlalarda özbek xalqiga samimiy, çuqur hurmat mavj urib turar edi.

Yuriy Gagarin ibn Sino, Abu Rayhon Beruniyning avlodi, özbek xalqining asl farzandi, kosmik parvozlarni tayyorlab, ötkaziş va fazo tibbiyotiga kamtarona xizmati singgan Abduxalil Mansurov haqida (garçand uning ism-şarifini keltirmagan bölsa-da, çunki öşa paytda uning nomi ham boşqalar qatori davlat “siri” hisoblanardi) şunday deb yozgandi:

“Fazoga uçişga tayyorlaşda va amalga oşirişda bevosita turli millat vakillari qatnaşdilar. Insonning bepoyon koinotga uçiş jarayonini örganayotgan va bu parvozning bexatarligini taʼminlayotgan olimlar va vraçlar orasida özbek xalqining ajoyib farzandi, asr quyoşi Toşkentda tuğilib ösgan tajribali vraç, Uluğ Vatan uruşi qatnaşçisi, isteʼdodli olim ham bor”.

Gagarin tilga olib ötgan isteʼdodli olim Abduxalil Mansurov bölib çiqdi. Mirşarof aka u haqda “Qaldirğoçlar bahorda uçadi” sarlavhali ilmiy oçerk yozgan edi.

Özbek jurnalisti Mirşarof Muhsimov birinçi bölib kosmonavt Gagarindan intervyu olganligi haqida körsatuv ham bor.

— Markazkomga bir topşiriq yuzasidan borgan edim, — deb eslaydi ustoz Mirşarof aka. — Lift oldida turgan edim, şu payt Markazkom xodimi, Özbekiston xalq şoiri Barot Boyqobilov meni körib qoldi. Gaplaşib tursak, köça eşikdan böydor bir kişi kirib keldi. Telpagini bostirib olgan, usti-boşi qor. Taşqarida qor böralab yoğib turibdi. U kişi kelib: “Barotjon, yaxşimisiz?” deb qöl olişib körişdi. Söng menga ham qöl uzatdi. Şu payt lift oçildi. Men ham çiqmoqçi edim, Barot aka: “Çiqmang, — deb yelkamdan uşlab qoldi. — Bu kişi Şarof Raşidov-ku!”

Bu tarixiy uçraşuv Mirşarof akaning xotirasida bir umr muhrlanib qoldi.

Atoqli davlat va jamoat arbobi, yozuvçi Şarof Raşidov bilan boğliq yana bir tarixiy voqea haqida:

— Bir kuni “Sovet Özbekistoni” (hozirgi “Özbekiston ovozi”) boş muharriri Maqsud Qoriyev koinotga uçirilgan gazetamizning fotonusxasini menga uzatar ekan: “Buni asrab qöy, bir kun senga asqatadi”, dedi, — deya eslaydi Mirşarof aka. — Xuddi öşa kun keldi. Şarof Raşidov tavalludining yuz yilligi arafasida gazetada “Koinotda bölgan özbek gazetasi” sarlavhali şov-şuvga sabab bölgan maqola bosildi.

Ötgan asrning 70-yillarida insoniyat tarixida birinçi marta fazoga parvoz qilgan “Soyuz-Apollon” xalqaro kemalarini tutaştirişga hozirlik körilayotgan bir pallada Özbekiston rahbari Şarof Raşidov heç kimning xayoliga kelmagan bir işning taşabbuskori böldi. U kişi “Soyuz-19” kemasida “Sovet Özbekistoni” gazetasining samoga parvozini uyuştirişga erişgan edi. Otaxon gazetaning 1975 yil, 13 iyul, 163-soni kosmosda bölib qaytgani haqiqat.

Gazetaning uşbu soni Boyqönğirga — uçuvçilar Aleksey Leonov va Valeriy Kubasovga yetkazib beriladi.

“Soyuz” parvozi muvaffaqiyatli yakunlangaç, fazoga çiqib qaytgan gazeta şaxsan Şarof Raşidovga topşirildi. Kosmonavtlar Aleksey Leonov va Valeriy Kubasov gazetaning birinçi sahifasiga şunday dastxat yozişgan ekan:

“Hurmatli Şarof Raşidoviç! Sizga va Özbekistondagi barça mehnatkaşlarga töqqizinçi beş yillikning yakunlovçi yilida yangidan-yangi yutuqlar tilaymiz!

“Soyuz-19” kemasi borti, 15.07.1975 yil”.

Gazetaning birinçi sahifasi tepasiga esa “gazeta fazoda böldi” deb yozib qöyilgan edi.

Şarof Raşidovdek buyuk insonning matbuotga naqadar eʼtibori kuçli bölganini uşbu misol orqali ham köriş mumkin.

Bir kuni Maqsud Qoriyev öz xonasiga Abdukarim Nabixöjayev, Murodjon Mansurov, Mirşarof Muhsimov, Jöra Saʼdullayevlarni çaqirib: “Şarof Raşidov bizga masʼuliyatli topşiriq berdilar. “Özbekiston qöriqlari” kitobini yozişimiz kerak”, dedi.

Hamma işga kirişib ketadi. Mirşarof Muhsimov Mirzaçölni özlaştiriş haqida turkum maqolalar tayyorlaşi kerak edi.

Qahraton qişda çölning u tomonidan kirib, bu tomonidan çiqadi. Kitobga sözboşini şaxsan Şarof Raşidov yozib beradi. Bu kitob hukumat mukofotiga ham sazovor böladi.

Sözboşida Şarof Raşidov şunday yozgan edi: “Şu örinda qöriq haqida yoziş, xalqimiz körsatgan qahramonlikni kuylaş, uni tarannum etiş olijanob işdir. Xalqimizning yangi yerlarini özlaştiriş sohasidagi işlari bamisoli xalq qudratiga qöyilgan haykalga, avloddan-avlodga ötib kelayotgan qöşiqqa öxşaydi…”

Kezi kelganda, 80-yillarda özbek xalqiga qilingan yana bir qatağonni eslaş örinlidir. Bu ham bevosita Şarof Raşidov nomi bilan boğliqdir. Markazdan jallod Gdlyan, Ivanov boşçiligidagi bir guruh desantçilar taşlanadi. Köçalarimizda quturgan itdek izğib, xonadonlarga kirib, “pulni çiqar, oltinni çiqar” deya dağdağaga tuşdilar.

Qama-qama avjiga çiqdi. Qançadan-qança begunoh odamlar “Moskovskaya tişina” qamoqxonalarida söroqqa tutildi! “Paxta işi”, “Özbek işi” qança begunohlarning boşini yedi.

Ustoz Mirşarof aka şunday xotirlaydi:

— Gdlyan bilan Ivanovning “Kremlyovskiye dela” kitobini bir neça marta qayta-qayta öqib çiqqanman. Öqidim-u tepa soçim tikka böldi. Alhazar, nimalarni yozmagan — yoqa uşlaysiz. Ular özbek xalqini qatağon qilmagan emiş. Ularni poraxörlardan himoya qilganmiş. Sutdek oppoqmiş. Yo, tavba! Yigirmaga yaqin obkom kotibi, yigirmaga yaqin generalni qamoqqa taşlaganini oçiqdan-oçiq yozişadi. Qançadan-qança obkom, gorkom kotiblari, generallar öz joniga qasd qildilar. Özbekiston paxta sanoati vaziri Vahobjon Usmonov otişga hukm qilindi. U “mening vijdonim pok” deb ölimga tik boqdi. Qançadan-qança begunoh yurtdoşlarimizning qabrlari özga yurtlarda qolib ketdi.

Boş kotib Gorbaçyov ustidan mamlakatni xonavayron qilgani uçun jinoiy iş qözğatgan moskvalik prokuror Viktor Ilyuxin: “Gdlyan bilan Ivanov Özbekistonning boşiga 1937 yildagi qatağonni soldi”, — deganida qançalar haq edi.

Bir kuni naşriyotimiz majlislar zalida matbuot konferensiyasi ötkazildi. Unda Özbekistonning öşa paytdagi Boş prokurori Buturlin boşçiligida Gdlyan va Ivanov bilan uçraşuv bölib ötdi. Zal jurnalistlar bilan töla.

Prokuror Buturlin qisqaça nutqi bilan muloqotni oçdi. Qirra burunli, burgutni eslatuvçi Gdlyan, ösik soqolli, buldog kuçukçani eslatuvçi Ivanovlar törda kerilib ötirişardi. Muloqot qizigandan-qizidi.

Bir vaqt old qatorda ötirgan yozuvçi-jurnalist Xurşid Döstmuhammad dast örnidan turib:

— Sizlar qaçongaça özbek xalqini qatağon qilasizlar?! — deb qoldi.

Kutilmagan bu savoldan Gdlyan bilan Ivanov tillari kalimaga kelmay qoldi. Söng özlariga keldi, şekilli:

— Biz bu yerga qatağon qiliş uçun emas, özbek xalqini poraxörlardan ozod qiliş uçun kelganmiz, — dedi Gdlyan.

Zalda kulgi kötarildi. Xurşid Döstmuhammad yana luqma taşladi:

— Poraxörlar, ana, tepada ötiribdi! — dedi.

Qarasa, iş çappasiga ketmoqda. Buturlin muloqotni yumaloq-yostiq qilib yakunlab:

— Bizning boşqa joyda ham uçraşuvimiz bor, — deb boşlarini eggança şarmanda bölib zaldan çiqib ketişdi.

Qaytar dunyo deydilar. Öşa nonkörlarning biri tildan qoldi, birining közi ğilay bölib qoldi. Biri yakkamoxov bölib, odamlar unga duç kelsa, teskari qarab ötadigan böldi.

Ustozni tinglab ötiribman-u, öşa yillardagi voqealar, ayançli taqdirlar bir-bir köz öngimdan ötadi.

Ustoz Mirşarof aka rossiyalik maşhur jurnalist Agranovskiyning ilmiy oçerklarini muntazam öqib borardi. Bir kuni bölim mudiri Öktam Usmonovga:

— Keling, biz ham özbek jurnalistikasiga ilmiy oçerk janrini olib kiraylik, — dedi.

Bu ğoyani öşa vaqtdagi “Sovet Özbekistoni” gazetasining  boş muharriri Maqsud Qoriyev ham maʼqullaydi. Şunday qilib, “Yöl yursa ham möl yurib…” dastlabki ilmiy oçerk paydo böladi.

…Norqul Eşnazarovning bir oyoği toğu toşda, bir oyoği laboratoriyada degan eʼtirofni öqigan Norqul aka: “Böri bilan geologni oyoği boqadi”, — deb hazillaşadi.

Olim dunyo paleontologiyasida topilma qoldiqlari jadvaliga “Eşnazarov nomi bilan” kiritildi.

Şunday qilib, özbek jurnalistikasida yangi janr — ilmiy oçerk kaşf etildi. Professor Oçil Toğayev ilmiy oçerk özbek jurnalistikasini yangi janr bilan boyitdi, degan bölsa, atoqli adib Odil Yoqubov: “Ilmiy oçerk özbek jurnalistikasida katta yangilik böldi”, — degandi.

Bir kuni Mirşarof aka Maqsud Qoriyevning huzuriga kirib, taniqli jarroh Vosit Vohidov haqida maqola yozmoqçiligini aytadi.

Şunda Maqsud aka:

— Bu olim jurnalistlarni oldiga yaqinlaştirmaydi degan gapni eşitganman. Qanaqa bölarkan? Mayli, bir urinib köring, — deb rozilik beradi.

Özbekistonda ham tuğma va orttirilgan yurak poroglari operatsiyalari ötkazilayotgan edi. Nega şu haqda yozmaslik kerak?

1960 yil iyun oyida maşhur jarroh professor Yu.N.Meşalkin Toşkentdagi tez yordam instituti klinikasida oğir yurak kasalligiga uçragan 15 kişini operatsiya qiladi.

Öşanda dotsentlardan V.Vohidov, S.Aʼzamxöjayev va boşqalar operatsiyada iştirok etişgan edi.

Şunday qilib, Örta Osiyoda ilk bor yurak operatsiyasi muvaffaqiyatli ötkaziladi.

Ana şundan keyin jarroh Vosit Vohidov mustaqil operatsiyalar ötkazişga bel boğladi. Yuzlab bemorlarni hayotga qaytardi.

Akademik Vohidov şogirdlariga doim: “Jarroh mergan kabi — adaşişga haqqi yöq”, — deb taʼkidlar ekan.

Mirşarof aka olimning huzuriga yöl oladi.

Jarroh operatsiyada ekan, biroz kutadi. Jarroh biroz toliqqan körinardi, u Mirşarof akani sovuqqina kutib oladi. Maqsadni anglagaç: “Men yozişga arziydigan iş qilganim yöq”, deb rad javobini beradi. Mirşarof aka quruq qöl bilan qaytişni istamaydi, jarrohning şogirdi Erkin Islombekovdan baʼzi kerakli maʼlumotlarni olib, uyga qaytadi va maqolani yozişga ötiradi.

Bir hafta ötgaç, maqola nusxasini olib boradi.

— Yana keldingizmi? — dedi Vosit aka.

— Maqolamni körib bersangiz, — deydi Mirşarof aka.

— Men bilan gaplaşmay turib qanday maqola yozdingiz? Mayli, körib qöyaman, olib ketarsiz, — dedi olim.

Bir neça kundan söng Mirşarof aka yana boradi.

— Öqib çiqdim, maʼqul, biroq ismi-şarifim köpayib ketibdi, bitta joyida qoldirsangiz mayli, qolgan joyida professormi, olimmi deb qöyarsiz.

“Kaftdagi yurak” sarlavhali ilmiy oçerki bosib çiqarilgan kuni kasbdoşlar tabriklaşar ekan: “Qanday erişdingiz?” deb hayratlanişadi.

Topşirilgan işni qiyomiga yetkazib bajariş ustozga xos fazilat. Uning “Kaftdagi yurak”, “Qaldirğoçlar bahorda uçadi”, “Javohirlar sandiği” singari ilmiy oçerklari bunga yaqqol dalolatdir.

Jurnalistlik ham, tadqiqotçilik ham oson iş emas. Asalning şifobaxşligiga bağişlangan “Ming bir dard davosi” sarlavhali oçerk (1976 yil) professor Salomat Yöldoşevaga bağişlangan edi.

Öşanda olima maqolani öqib çiqib, uning tagiga şunday deb yozib qöygan ekan: “Örtoq Muhsimovning maqolasi ilm-fan nuqtai nazaridan zamon talablariga töla javob beradi. Respublikamizda asalariçilikni rivojlantirişning muammolari töğrisidagi mulohazalari ğoyat qimmatlidir. Professor S.Yöldoşeva”.

Ustozning hayoti adabiyot içida, kitoblar içida. Qaçon qaramang, qöllaridan kitob tuşmaydi. Töqsonni qoralab qöygan bölsa-da, hamon közoynaksiz öqiydi.

“Avlodlar qissasi”, “Hayot bahori”, “Allomalar”, “Özbekiston yulduzlari”, “Özbekiston qöriqlari” kitoblari hammuallifi.

Mirşarof Muhsimov qaysi mavzuda qalam tebratmasin, tasvirlamoqçi bölgan qahramon yoki voqeani har taraflama puxta örganardi va yangiça talqin etardi, bu esa u yozgan oçerklarning badiiy bölişini taʼminlagan, albatta. Uning kosmonavtika meditsinasi böyiça ilmiy tadqiqotlar olib borgan professor Abduxalil Mansurov haqida yozgan “Qaldirğoçlar bahorda uçadi” va ğöza radiobiologiyasi fani bilimdoni, professor Nabijon Nazarov haqidagi oçerklarida olimlar qiyofasi oçib berilgan. “AN-401 parvozi” haqidagi Aleksandr Matrasov jasoratini takrorlagan farğonalik Karim Sultonov töğrisidagi “Öt edi, olov edi” oçerki ham oğizga tuşgandi.

Özim şohid bölgan bir döstlikni aytib ötmoqçiman. Mirşarof aka elimizning suyukli adibi, Özbekiston xalq şoiri Abdulla Oripov bilan qalin döst edi.

Ular yelkani yelkaga qöyib dardlaşardi.

Döstlarning suhbati tugamasdi, oxiri körinmas edi.

Abdulla Oripov vafot etganida qattiq qayğuga botdi.

Ustoz Mirşarof akani yana bir qayğu hamon qiynab keladi. Turmuş örtoği Maqsuda Rahimboyeva juda yoş hayotdan köz yumdi. Garçi, körsatmagan şifokorlari qolmadi. Orttirilgan yurak porogi, uning ustiga, jigar xastaligi hayotdan olib ketdi.

Ustozning şunday şeʼriy satrlari bor:

 

Özimni qöyarga joy topolmayman,

Kuyingni kuylaşga kuy topolmayman.

Öyimni öylaşga öy topolmayman,

Yulduzli osmonda oy topolmayman.

Eh, mening oyimni kim olib ketdi?

Bağrimdan gulimni kim yulib ketdi?

 

Oilaga sadoqatni ustozdan örganiş kerak, boşqa uylanmadi. Hamma narsadan köra farzandlarini ustun kördi. Şuning uçun ular otalarining issiq-sovuğidan hamişa xabar olişadi. Bugungi kunda Mirşarof aka beş nevara, sakkiz evaraning tabarruk bobosi!..

Katta qizi Nodira Aliyeva nafaqada, kiçik qizi Dilfuza Muhsimova Bektemirdagi oilaviy poliklinikaning boş şifokori.

Hayot gaştini surayotgan ustoz töqsonga kirib qöyibdi. Ota-onasi irim qilib, 105 yoşli Mirşarof bobosi kabi uzoq umr körsin deb Mirşarof ismini qöyişgan ekan. Şunday bölsin, ustoz yuzlardan oşib yursinlar, deya niyat qilamiz.

Murod AVEZOV,

Özbekiston Jurnalistlar

uyuşmasi aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan