Yuksak nomga sazovor inson

Akademik Akmal SAIDOV haqida söz

Akademik degan yuksak darajaga erişiş — bu albatta oson emas. Bunday baxt har kimga ham nasib qilavermaydi. Akademiklar millatning faxri, ğururi, xalqning yuzi, desak, heç qanday mubolağa bölmaydi.

Şavkat MIRZIYOYEV

Öninçi yildirki, mamlakatimizda ilm-fan, taʼlim-tarbiya, soğliqni saqlaş va boşqa sohalarni dunyoda heç kimdan kam bölmagan holda rivojlantiriş — Yangi Özbekistonning asosini taşkil qilmoqda. Buning uçun barça şart-şaroitlar yaratib berilgan, imkoniyatlar eşigi oçilmoqda.

Maʼlumki, Davlatimiz rahbari mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlaş böyiça yangi taşabbuslarni ilgari surdi. 2025 yil 16 noyabr kuni Toşkentda Prezidentimiz raisligida ötkazilgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinçi maslahat uçraşuvi ğoyat katta tarixiy ahamiyatga ega voqea böldi. Maslahat uçraşuvi yakunida qabul qilingan hujjatlar va ilgari surilgan taşabbuslarda barqaror, xavfsiz va farovon Markaziy Osiyoni barpo etişdek umumiy maqsad öz tajassumini topgani tahsinga sazovor, albatta. Darvoqe, bu global uçraşuv, yaʼni mintaqaviy öziga xoslik va xalqaro-huquqiy obʼyektivlikning yakunlari haqida özining çuqur ğoya-fikrlarini ifoda qilgan ÖzR FA akademigi Akmal Xolmatoviç Saidov ötgan yili Rossiya Fanlar akademiyasining ijtimoiy fanlar böyiça xorijiy akademigi etib saylandi.

Akmal Saidov asli yangiyöllik. 1958 yilda tavallud topgan. U Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning huquqşunoslik fakultetini imtiyozli tamomlab, sobiq Ittifoq Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti aspiranturasida öqidi hamda 1984 yili nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi. 1990 yilda yuridik fanlari doktori ilmiy darajasini oldi. 1993 yilda xalqaro va qiyosiy huquq professori ilmiy unvonini oldi.

Dastlab ÖzR FA Falsafa va huquq institutining katta ilmiy xodimi, sektor mudiri va direktori, Özbekiston Yoşlar taşkilotlari qömitasi raisi, Prezident huzuridagi Jahon muammolari instituti direktori va Toşkent davlat yuridik instituti rektori lavozimlarida samarali faoliyat yuritdi. U Özbekistonning ilk diplomatlaridan sanaladi. 1994-1996 yillarda Özbekiston Respublikasining Fransiyadagi Favqulodda va muxtor elçisi, şuningdek, Özbekistonning YUNESKO huzuridagi doimiy vakili sifatida faoliyat körsatgan. Parijda Amir Temurning 660 yillik va Mirzo Uluğbekning 600 yillik yubileylarini taşkil etişda taşabbuskorlik körsatgan.

Taniqli olim, zakiy inson Akmal Xolmatoviç 1996 yildan buyon Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori bölib işlamoqda. 1997 yildan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatligiga bir neça bor saylanib, parlament tarkibida faol iş olib bormoqda. 2000 yildan buyon u Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantiriş masalalari qömitasi raisi, 2020 yildan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi Spikerining birinçi örinbosari lavozimida faoliyat yuritdi. 2020-2023 yillarda dunyo parlamentlarining asosiy xalqaro organi hisoblanuvçi Parlamentlararo ittifoqning vitse-prezidenti etib saylandi.

Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq Akmal Saidov Özbekiston milliy huquq tizimi asoslarini şakllantirişda faol iştirok etib keladi. U 1990-1992 yillarda Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy komissiyasining aʼzosi sifatida saylov qonunlari, demokratik institutlar (Ombudsman, referendum, fuqarolar murojaatlari), nodavlat notijorat taşkilotlari, fuqarolarning özini özi boşqariş organlari, ommaviy axborot vositalari, fuqarolik jamiyati institutlari töğrisidagi qonunlarning taşabbuskori va ijodkorlaridan biri böldi. 2022 yildan boşlab Konstitutsiyaviy komissiya raisi sifatida Yangi Özbekistonning yangilanayotgan Konstitutsiyasi loyihasini tayyorlaş, uning umumxalq muhokamasi, turli xil ekspertizadan ötkaziş va takomillaştiriş işlarida bevosita iştirok etdi.

Akmal Saidov asosiy vazifalari bilan birga oliy taʼlim muassasalarida xalqaro va qiyosiy huquq, islom huquqi, inson huquqi nazariyasi va amaliyoti fanlaridan dars berib keladi. U xalqaro va qiyosiy huquq professori sifatida öz ilmiy maktabini yaratgan. Uning rahbarligida hozirgi kunga qadar 50 dan ortiq fan nomzodi va fan doktorlari ilmiy işini yoqlagan. Alloma olim tomonidan yurtimizning yirik oliy taʼlim muassasalarida xalqaro huquq, huquqşunoslik, islom huquqi, inson huquqlari nazariyasi va amaliyoti, YUNESKOning inson huquqlari, demokratiya, bağrikenglik va xalqaro kafedralariga ilk bor asos solingan. Yetuk olim Samarqandda YUNESKOning Markaziy Osiyoni örganiş xalqaro instituti taşkil etilişida ham öz hissasini qöşgan. Xalqaro qiyosiy huquq akademiyasining muxbir aʼzosi, Konstitutsiyaviy huquq xalqaro assotsiatsiyasining haqiqiy aʼzosi, Fransiya Qiyosiy qonunşunoslik jamiyatining xorijiy aʼzosi, Osiyo va Tinç okeani mintaqasi yuristlari xalqaro assotsiatsiyasi va Rossiya Xalqaro huquq assotsiatsiyasi aʼzosi, şuningdek, Sorbonna universitetining faxriy professoridir. Akademik Akmal Saidov qiyosiy huquqşunoslik, xalqaro huquq, konstitutsiyaviy huquq, inson huquqlari xalqaro huquqi, davlat va huquq nazariyasi tarixi, islom huquqi böyiça 30 dan ortiq ilmiy asarlar hamda öquv qöllanmalari, 350 dan ziyod risola va ilmiy maqolalar muallifidir. Domlaning dil bitiklari AQŞ, Buyuk Britaniya, Avstriya, Fransiya, Italiya, Hindiston, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Germaniya, Polşa, Belgiya, Rossiya, Ukraina, Qozoğiston va boşqa davlatlarda naşr qilingan. U 200 dan ortiq xalqaro ilmiy anjumanlarda qatnaşgan.

Maşhur olim milliy va xalqaro huquqning özaro munosabatlari hamda xalqaro huquqni örganiş bilan faol şuğullanadi. Şu munosabat bilan uning “Obщepriznannыe prava çeloveka” (Moskva, 2002), “Mejdunarodnoye pravo prav çeloveka” (Moskva, 2002), “Mejdunarodnoye pravo i izbiratelnoye zakonodatelstvo Respubliki Uzbekistan” (Toşkent, 2004) monografiyalari amaliyotga joriy qilingan. Akmal Saidov “Amir Temur va Fransiya”, “Amir Temur — dunyo ilm-fani közgusida”, “Attorşunoslik” kabi bir qator yirik hajmdagi kitoblar muallifidir.

Ayniqsa, özbek kitobxonini Ğarbning yurist-adiblari ijodi bilan taniştiriş Akmal Saidovning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatida alohida örin tutadi. Bu yönalişda olimning “Şekspir va yurisprudensiya” (Toşkent, 2011), “Dante — yurist” (Toşkent, 2011), “Immanuil Kantning falsafiy-huquqiy merosi va zamonaviy yurisprudensiya” (Toşkent, 2012), “Hofman nemis va özbek yuristi nigohida” (Toşkent, 2013), “11 fransuz yurist-adiblari” (Toşkent, 2013), “Kafka — yurist” Toşkent, 2013), “Gyote kak yurist” Toşkent, 2014) kabi bir qança asarlari özbek, rus, ingliz, fransuz va nemis tillarida naşr etilgan. U Imom Termiziyning “Sunani Termiziy”, Burhoniddin Marğinoniyning şoh asari — “Hidoya” kitoblarini özbek tilida çop etiş taşabbuskori hamda masʼul muharriridir.

Hozirgi paytda farzandlarimiz sevib mutolaa qilayotgan Ernst Teodor Amadey Hofman qalamiga mansub “Hofman ertaklari” kitobi, Antuan de Sent-Ekzyuperining “Kiçkina şahzoda”, Viktor Gyugoning “Klod Gyo” kabi sara asarlarining özbek tilida naşr etilişida taşabbuskor böldi. Akmal Saidovning xizmatlari hukumatimiz tomonidan munosib eʼtirof etilgan. U 1998 yilda “Özbekiston belgisi” kökrak nişoni, 2002 yilda “Mehnat şuhrati” ordeni, 2006 yilda “Döstlik” ordeni, 2017 yilda “El yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlangan.

Akmal Saidovning vaʼzxonlik tili va maʼruzalari ravonligi ham tahsinga loyiq. Ustoz jurnalist Ahmadjon Meliboyev taʼkidlaganidek: “Ravon nutq, taʼsirçan talaffuz — insonning heç narsaga qiyoslab bölmaydigan maʼnaviy boyligi. Öz tilida, şu bilan birga boşqa tillarda mukammal sözlay oladigan, fikrini tiniq ifoda etişga qodir kişilar fazilat bobida komillikka yaqin turadilar”.

Men ham bunga Rossiya Fanlar akademiyasining xorijiy akademigi Akmal Xolmatoviç bilan muloqotda amin böldim.

Öttiz yildan buyon Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi rahbari — Rossiya FA xorijiy akademigi töğrisida taniqli şoir, senator Abdusaid Köçimov “Bugunning rahbarlari” şeʼrida uşbu teşa tegmagan satrlarni unga bağişlagandek göyo:

 

Rahbar — millat şarafi.

Rahbar — millat közgusi.

Oqil rahbar, çin rahbar,

elning sarbadoridir.

Noşudlar bir kun sözsiz

somon kabi tözğusi,

Botir erlar el-yurtning

iftixori, oridir…

 

Karim NORMATOV,

professor.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan