Mening Muqaddas opam

Doim aytib yuradigan bir gapim bor: insonning közi uning umr eşigiga öxşaydi. Toki bedor ekanmiz, mana şu eşiklar mudom oçiq. Şu ikki eşik oldidan kunda baʼzida minglab odamlar u yoqdan bu yoqqa ötib ketaveradi. Agar Alloh taqdir qilmasa, bir zamonda, bir koinotda, bir sayyorada, bir mamlakatda, bir şahar yo mahallada yaşab ham ularni tanimasliging, uçraşmasliging mumkin. Çunki ular umring eşigidan kirmagan böladi. Taqdir taqozosi bilan tanişib, muloqotga kirişar ekansan, notaniş kimsaning poyiga könglingni poyandoz qilib töşaysan. Ammo umring ostonasida uçratadigan kişilar ham ikki toifaga bölinadi. Birlari gunoh va savobni, halol va haromni, ezgulik va razolatni farqlamaydigan kimsalar. Ular inson qadrini bilmaydilar. Sizga nari borsa manfaatiga erişişning bir vositasi deb qaraydilar. Undaylarga ostonada könglingizni poyandoz qilib töşasangiz, uni paytava deb öylaydi. Undaylardan dilda doğlar qoladi.

Şukrki, hayotda özgani özidan kam körmaydigan, odobli, sözlaşsang, suhbatiga töymaydigan, maʼnaviyat va maʼrifat gulxanlari, ham sözi, ham faoliyati, axloqi bilan ibrat böladigan nurli insonlar bor! Ularga umring eşigi ostonasida köngilni poyandoz qilib töşasangiz, “Iye, nima qilyapsiz? Bu köngil-ku, bu gul-ku!” deya uni yerdan osmonga kötaradi. Ana şunday insonlar hayotingizga kirar ekan, ular umringiz bezagiga aylanadilar!

Bugun qutluğ yoşni, muborak yoşni qarşilayotgan taniqli jurnalist, şoira Muqaddas Abdusamatova jurnalistikada ilk qadamlarimni qöyayotgan mahal Alloh menga uçratgan ana şunday nurli insonlardan biridir!

1985 yil edi. Sankt-Peterburg davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugallab, “propiskam” yöqligi tufayli döstim Karim Bahriyevning (Alloh rahmat qilgan bölsin) taklifi, ustoz Odil Yoqubovning marhamati bilan “Özbekiston adabiyoti va sanʼati” gazetasida jamoatçilik asosida yaʼni oylik-maoşsiz işlab yurgandim. Öşa yerda hayotimda öçmas iz qoldirgan yana bir inson — şoira Muhabbat Turobovaning kömagida hozirgi Olmazor tumanidagi Professorlar şaharçasidagi bir dugonalarining uyiga vaqtinça röyxatdan ötdim. Bu orada adabiyot gazetasi satira va yumor bölimi “Şum bola çoyxonasi”da işlab yurgan Qulman Oçil ustoz Jabbor Razzoq rahbarligidagi “Yoş leninçi” (hozirgi “Yoşlar ovozi”) gazetasiga boş muharrir örinbosari vazifasiga işga ötdi. Adabiyot gazetasida xatlar bölimida işlab, kelgan şikoyatlar asosida va boşqa mavzularda qisqa muddatda kattagina maqolalarim eʼlon qilinib, tanila boşlagandim. Şu bois bölsa kerak, Qulman aka menga yoşlar gazetasining ijodkor yoşlar bölimiga işga ötişni taklif qildilar. Bilsam, bu bölimda zabardast jurnalist Muqaddas Abdusamatova mudiralik qilar ekanlar. Men kirmoqçi bölgan ştatda ilgari şoira Umida Abduazimova, ToşDU (hozirgi ÖzMU) jurnalistika fakultetida mendan bir kurs keyin öqisa-da, qadrdon döstimga aylangan Aʼzam Öktam (oxiratlari obod bölsin) işlagan ekan. Tabiiyki, işga ötişdan avval Aʼzamjon döstimdan Muqaddas opaning feʼl-atvorlarini suriştirdim.

— Opa juda qattiqqöllar, yengilning ostidan, oğirning ustidan yuradigan odam ular bilan bir kun ham işlolmaydi. Şu bois voqealarni şoşirmay, tartibli işlasangiz, tezda el bölib ketasiz! — dedi Aʼzamjon. — Siz kamtar yigitsiz, muammo bölmaydi, nazarimda!

Döstimning ayrim sözlari taşvişimni ziyoda qilgan bölsa, boşqasi könglimda özimga işonçni mustahkamlab, gazetalar binosining beşinçi qavatidagi 515-xona eşigini taqillatib, salomlaşgaç, özimni taniştirdim. Opa iş kölamini menga tuşuntirdilar. Respublikamizdagi ijodkor yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularning qaynoq hayotini gazeta sahifalarida aks ettiriş, navqiron ijodkorlarni kaşf etiş, ular ijodidan namunalar berib boriş, adabiyot va sanʼatga muhabbat uyğotiş kabi olamjahon yönalişlarda faoliyat yuritişimiz zarurligini aytdilar. Sözlarini jon quloğim bilan tinglar ekanman, “Badiiy ijod bilan ham şuğullanasizmi?” degan savollariga: “Ha, şeʼrlar maşq qilaman!” deb javob berdim. Şu lahza Aʼzam Öktam döstimning “Aslo öz ijodingizni opaga tiqiştirmang — yomon körib qoladilar. Toki özlari söramagunlariça şeʼrlaringizni gazetaga çop etişga bermang!” degan qatʼiy nasihati quloqlarim ostida jaranglardi.

Şunday qildim ham. Özim sevgan kasb emasmi, tezda işga şönğib, Muqaddas opaning “qöllarini böşatib”, ança zaxira maqolalar töplab qöydim. Köp ötmay, Muqaddas opa menga bölimni töla işonadigan böldilar. Opa endi menga rahbar emas, öz öğillaridek munosabatda bölardilar.

Ota-onasidan yiroqda endi birinçi jamoada rasman iş boşlagan yoş yigit uçun kimningdir tirgak bölişi ğoyat muhim. Öşanda opaning:

— Amirqul, siz öz farzandimdeksiz, onangizga ayting, xavotir olmasinlar. Toşkentda yana bir ona topdim, deng, — deganlarida opani juda yaxşi körib ketganman. Şu-şu mudom ehtiromimdalar.

Qaysi feʼlim maʼqul kelganini bilmayman-u, tahririyatdagi köpçilik bunga hayron qolgan. Çunki Muqaddas opa tahririyatdagi letuçkalarda mudom prinsipial pozitsiyada turib, keragida tap tortmay kamçiliklarni oçiq ayta oladigan, ikkiyuzlamaçilikni yoqtirmaydigan, gohida boş muharrirga ham iş manfaati yölida tanbeh berişdan hayiqmaydigan ijodkor edi.

Tahririyatga yangi kelgan xodimlar odob-axloq, özaro munosabatlarda ançayin xatolarga yöl qöysalar, Muqaddas opadan nasihatomuz tanbeh eşitişlari tayin edi. Şu örinda bir mulohaza: jamoada milliy va axloqiy qadriyatlarimiz barqaror bölişini kuzatib, yoşlarga saboq beradigan şunday insonning borligi köpçiligimiz uçun bir maktab böldi. Opani bemalol “Tahririyat vijdoni” deb atasa bölardi. Şu örinda tahririyat ustunlari hisoblangan Karim Rahim, Mahkam Rahmon, Safar Oston, Turğun Nazar, Zayniddin Rixsiyev va boşqa ustozlarni ham eslab ötiş joiz. Ular ham Haydar Akbar, Muyassar Möydinova, Gulçehra Aliboyeva, Qurbon Eşmat, Suvonqul Rustam, Islom Hamro, Tölqin Hayit, Abror Imomxöjayev, Alimurod Mamadaminov va boşqa biz kabi yoşlarga köp ögitlar berişgan. Bu ögitlar kelajakda bizga köp asqatdi. Sanalgan yoşlarning aksariyati keyinçalik turli naşrlarning boş muharrirlari, taniqli yozuvçilar bölib yetişdilar.

Muqaddas opa köplab yoş ijodkorlarning tiklanib, maşhur bölib ketişiga sababçi bölganlarini eslayman. Döstlarim — Ğiyos Boytoyev, Oxunjon Madaliyev, Mahmudjon Azimov, Hojiboy Tojiboyev kabi sanʼatkorlar şular jumlasidandir.

Rahbarlik barobarida Muqaddas Abdusamatova davrimizning köplab muammolari qalamga olingan talay dolzarb maqolalar yozdi. Şeʼrlar va yuqorida qayd etilgani kabi maqolalar asosida önga yaqin kitoblari naşr etildi. “Umr ipga terilgan marjon”, “Ortda qolgan izlar”, “Bunça şirinsan, hayot?”, “Fazilatim — fozilaligim”, “Uyğoq tuyğular”, “Şukrona”, “Onalik baxti”, “Oila muqaddas”, “Saylanma” singari qator şeʼriy va nasriy kitoblari şular jumlasidandir. Taniqli şoir Raim Farhodiy opaning şeʼrlarini rus tiliga tarjima qilib, rusiyzabon şeʼriyat muxlislariga tortiq qilgan. Hali ötgan asrning 80-yillaridayoq Muqaddas opaning “Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi” unvoni bilan taqdirlanganlari bejiz emas. Ayni paytda u kişi Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi va Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi, 1-darajali mehnat faxriysidir.

1941 yilda Toşkent şahrida tuğilgan Muqaddas Solihovna Abdusamatova Toşkent davlat universiteti (hozirgi ÖzMU)ning jurnalistika fakultetini tugatganidan beri matbuotda şeʼr, hikoyalari, oçerk va lavhalari, maqolalari bilan qatnaşib keladi. 1965 yilda yoşlar gazetasining adabiyot va sanʼat, aniqroği, ijodkor yoşlar bölimida iş boşlagan bölsalar, hanuzgaça, mana, 61 yildirki, qalamni qöldan qöymay, katta-yu kiçikka namuna bölib kel­yaptilar.

Söz söngida opa kezi kelganda yaxşi dutor çertib, aşula aytişlarini ham aytib qöyay. Oqibatsiz mendek şogirdlariga yaqinda özlari qönğiroq qilib, hol söradilar. Rafiqam, farzandlarimni nomma-nom tilga olib, salom yölladilar. Öşanda menga dutorda kuy çalib, özlari gözal qöşiqlar kuylab berişni vaʼda qildilar.

Qadrli ustozim, aziz opam Muqaddas Abdusamatovaga uzoq umr, bardavom hayotsevarlik, kuç-ğayrat tilayman. Sobiq jamoamizning tez-tez bölib turadigan navbatdagi uçraşuvida opadan dilbar taronalarni tinglab, qadrdonligimizni yanada ziyoda qilamiz, deb işonaman!

Amirqul KARIM,

“Oltin meros” xalqaro

jamoat fondi raisi,

publitsist, şoir va tarjimon.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan