Vatan uçun, millat uçun qalqon bölgan öğlonlar

Mustaqillik yillarida qurbon bölgan öğlonlar,

“Qurbon bölgan” degim kelmas, qörğon bölgan öğlonlar.

El tinçiyu omonligi, erk-saodat yölida,

Vatan uçun, millat uçun qalqon bölgan öğlonlar.

 

Gar Vatanga aylanmasa, unday köngil köngilmas,

“Halok bölgan” degan sözga köngillar heç könikmas.

“Halok bölgan” degim kelmas, bu öğlonlar ölganmas,

Şudring bölgan, şamol bölgan, osmon bölgan öğlonlar.

 

Har bolasi huşyor yurtda qoraymas heç quyoşlar,

Yuzlariga şom pardasin tortmayin toğu toşlar.

Ota uyda laganlarda qoldi suzilgan oşlar,

Nasibasi tiriklarga armon bölgan öğlonlar.

 

Jaholatu qabohatga tik bordingiz berib jon,

Nomingizni yod aylar har köça, har bir xiyobon.

Saharlari samolardan möltiraysiz nigoron,

Osmonlarda zor-intizor Çölpon bölgan öğlonlar.

 

Birovlari çimildiqqa kirib ham ulgurmagan,

Birovlari yor köziga töyib ham termulmagan.

Birovlari farzand körib, öğil töylar qilmagan,

Öz yurtiga qoşu közi mijgon bölgan öğlonlar.

 

Birovingiz – Jaloliddin, Bobursiz birovingiz,

Tiriklikdan sörolmasdan hali dil sörovingiz.

Burç-sadoqat sarhadida joningiz – garovingiz,

Burç yölida jismu joni ölpon bölgan öğlonlar.

 

Siz barhayot öğlonlarsiz, siz heç qaçon ölmagan,

Ön sakkizga, yigirmaga, öttizga ham tölmagan,

Bu hayotda ön gulidan bir guli ham sölmagan,

Nomu yodi mangu boğu böston bölgan öğlonlar.

 

Ul “Ikkinçi jahon…” degan uruşda nolam ketgan,

Mening beş yuz ming lolam-u beş yuz ming bolam ketgan.

Har bir ketgan bolam bilan bir buyuk olam ketgan,

Qörğoşinzor köksi röyi jahon bölgan öğlonlar.

 

Jonim bolam, bu mening ham farzimdir, ham qarzimdir,

Ayni paytda farzandlarga maktubim dil arzimdir.

Vatan – mangu maktabimdir, mening mangu darsimdir,

Umri ibrat maktabida irfon bölgan öğlonlar.

 

Şaraf bölsin şunday umr, şunday fido har jonga,

Vatan nomi burkangaydir abadiy şaraf-şonga.

Şeʼrlar aytsam nomingizdan Oliy Boş qömondonga,

Matonati ming bir şeʼru doston bölgan öğlonlar.

 

Xotiraning rangi moviy – zangor osmon ranglidir,

Vatan uçun jon berganlar qadri doim şonlidir.

Ona Vatan bayroğida oy, yulduzlar mangudir,

Mana şunday porloq davru davron bölgan öğlonlar.

 

Sirojiddin Sayyid,

Özbekiston xalq şoiri.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan