Biz aslida nimadan ğururlanişimiz kerak?

Şerzodxon QUDRATXÖJA,

Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar

universiteti rektori, professor:

Özbek jurnalistlarida bir odat bor: xorijiy mehmonlarga, odatda, bir turdagi savollarni beradilar: Özbekiston sizga yoqdimi? Nima yoqdi? Özbekistonning qaysi jihatlarini kaşf qildingiz? Bular odatiy savollarga aylangan.

Özbeklar xorijliklardan javob olganda bizning palovimizni, boşqa ovqatlarimizni maqtaşini, mevalarimiz, umuman, mehmondöstligimizni maqtaşini  kutamiz. Hammasi öz yöliga: dasturxon ham, qöy söyib mehmonni kutişimiz ham. Bu bilan XXI asrda dunyoni özgartirib bölmaydi. AQŞ yo Italiyaga borib kelgaç, ularning pitssasini eslamaymiz-ku. U yerdagi jamiyat rivoji, qonunlarning ustuvorligini eʼtirof qilamiz. Özlari ham şu bilan maqtanadilar. Koreyada bölganimda, kiçik bir şaharçadan 8 nafar Nobel sovrindori çiqqanidan xabar topdim. Bu esa maqtanişga arzigulik. Yoşlar qadriyatlarimiz, tariximiz bilan ğururlanişsin va dunyoga ilm-fanda  yangi marralarni taqdim etişsinki, biz bundan ğururlanib yuraylik.

* * *

Jadidlar bugungi jamiyatimizni körganda, ular hayratlanişardi. Ular bizning töylarimizni körib, bizning qilayotgan xarajatlarimizni körib, biz ular yuz yil avval aytib ketgan xatolarni takrorlayotganimizni körib, ular aytardi: “Bizning özbek millati şakllaniş jarayonida davom etyapti, hali yakunlangani yöq. Ular aytardi: tezroq biz millat bölaylik, tezroq biz özligimizni anglaylik!..”

* * *

Özbeklarning dengizi yöq. Turkiyani quçoqlab turuvçi törtta dengiz bor. Bosfor va Dardanell böğozining bölişi yoki Lamanşi borligi, yoki Misrdagi eng muhim Suvayş kanali uşbu mamlakatlar xalqini boqib turadi öşa yerdan ötadigan trafik. Afsuski, Özbekistonda bu yöq. Bizning aqlimiz — bizning dengizimiz bölişi kerak!

 

Muallifning

telegram kanalidan olindi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan