Davlat tibbiy suğurtasi

Surxondaryo viloyatida bu tizimning ilk natijalari va istiqbollari

Soğliqni saqlaş tizimini takomillaştiriş, körsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş va aholining tibbiy yordamdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş bugungi kunda davlat siyosati darajasidagi ustuvor vazifalardan biridir. Keyingi yillarda sohada amalga oşirilayotgan keng qamrovli islohotlar zamirida inson qadrini uluğlaş va uning salomatligini işonçli himoya qiliş maqsadi mujassam.

Ana şunday muhim özgarişlardan biri bölgan Davlat tibbiy suğurtasi tizimi mamlakatimizda bosqiçma-bosqiç joriy etilmoqda. Uşbu tizim tibbiy xizmatlarni moliyalaştirişning zamonaviy mexanizmlarini şakllantiriş, tibbiyot muassasalari faoliyati samaradorligini oşiriş hamda aholini kafolatlangan tibbiy xizmatlar bilan taʼminlaşga qaratilgan. Joriy yildan boşlab Surxondaryo viloyatida ham mazkur tizimning töliq yölga qöyilişi soğliqni saqlaş sohasidagi islohotlarning navbatdagi muhim bosqiçi böldi.

Termiz şahrida Respublika Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasining matbuot xizmati hamda Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi viloyat bölimi hamkorligida ötkazilgan anjumanda markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari qatnaşdi.

Tadbir davomida Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasining matbuot va piar (PR) xizmati rahbari Sayyora Şoyeva mazkur tizimning mazmun-mohiyati, aholi salomatligini muhofaza qilişdagi örni va ahamiyati haqida batafsil maʼlumot berdi. Şuningdek, Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasining viloyat bölinmasi boşliği Boboxon Şukurov vohada mazkur tizimni joriy etiş böyiça amalga oşirilayotgan işlar, erişilgan natijalar va istiqboldagi vazifalarga töxtaldi. Surxondaryo tibbiyot klasteri direktori Botir Mamasoatov esa tibbiyot muassasalarini davlat tibbiy suğurtasi asosida moliyalaştiriş mexanizmlari va bu boradagi amaliyot haqida öz fikr-mulohazalarini bildirdi.

— Prezidentimizning Davlat tibbiy suğurtasi mexanizmlarini joriy etişga oid qarori asosida şu yilning 1 aprelidan boşlab viloyatimizda ham mazkur tizim töliq yölga qöyildi, — dedi Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi viloyat bölinmasi boşliği Boboxon Şukurov. — Bu nafaqat viloyat aholisi uçun, balki mamlakatimizda tibbiy xizmatlarni moliyalaştirişning yangi modelini şakllantiriş yölidagi muhim qadam.

Davlat tibbiy suğurtasi tizimining asosiy maqsadi har bir fuqaroga kafolatlangan tibbiy xizmatlarni taqdim etiş, tibbiyot muassasalari faoliyatining samaradorligini oşiriş va sohada şaffof moliyalaştiriş mexanizmlarini joriy etişdan iborat. Yangi tartibga köra, aholi birlamçi tibbiyot muassasalariga biriktiriladi hamda oilaviy şifokor orqali zarur tibbiy xizmatlardan foydalanadi. Bu esa bemorlarni davolaş jarayonini tizimli taşkil etiş va tibbiy xizmatlarni manzilli amalga oşirişni taʼminlaş imkonini beradi.

Vohamizda bu borada salmoqli işlar amalga oşirilmoqda. Bugungi kunda aholining qariyb 92 foizi “D-Med” elektron platformasiga biriktirilgan bölib, bu raqamlaştiriş jarayonlarining izçil amalga oşirilayotganidan dalolat beradi. Şu bilan birga, Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi tomonidan yuzlab tibbiyot muassasalari bilan şartnomalar tuzilib, ularni moliyalaştirişning yangi mexanizmlari tatbiq etilmoqda.

Mutaxassislarning taʼkidlaşiça, avvalgi tizimda tibbiyot muassasalari, asosan, davlat tomonidan ajratilgan byudjet mablağlari doirasida faoliyat yuritgan bölsa, endilikda moliyalaştiriş hajmi aholi soni va körsatilgan tibbiy xizmatlar miqdori bilan bevosita boğlanmoqda. Bu esa muassasalarni aholiga yanada sifatli va samarali xizmat körsatişga undaydi.

Yangi tizimning aholi uçun yana bir muhim afzalligi dori taʼminoti sohasida namoyon bölmoqda. Reimbursatsiya dasturi orqali bir qator kasalliklar uçun zarur bölgan dori vositalarining bepul berilayotgani ijtimoiy himoyani kuçaytirişga xizmat qilyapti. Bu, ayniqsa, kam taʼminlangan va ehtiyojmand aholi qatlamlari uçun muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Jurnalistlar va ijtimoiy tarmoq faollari iştirokida taşkil etilgan mediatur davomida Termiz şahridagi qator tibbiyot muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanişildi. Zamonaviy jihozlangan şifoxonalar, raqamlaştirilgan xizmatlar va bemorlarga yaratilgan şaroitlar davlat tibbiy suğurtasi tizimining amaldagi ijobiy natijalari namoyişi böldi.

Eʼtirof etiş joizki, davlat tibbiy suğurtasi tizimi soğliqni saqlaş sohasidagi islohotlarning eng muhim yönalişlaridan biri hisoblanadi. Uning töliq va samarali işlaşi aholining sifatli tibbiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatlarini yanada kengaytirib, tibbiyot muassasalari faoliyatini yangi bosqiçga olib çiqişi şubhasiz.

Zero, inson salomatligi — jamiyat taraqqiyotining eng muhim omili hisoblanadi. Davlat tibbiy suğurtasi tizimi esa ana şu ezgu maqsadga xizmat qiluvçi muhim faoliyat sifatida aholi farovonligi va mamlakat ravnaqiga munosib hissa qöşadi.

Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi

Surxondaryo viloyati bölimi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan