Tuzoq

Rossiyaga iş izlab ketib, Ukraina uruşiga majburiy yuborilgan yigit qismati

Rossiyaga iş izlab ketgan özbekistonlik muhojir giyohvandlik aybi bilan qamaldi, keyin esa Ukrainadagi uruşga yuborildi. Frontda yaralangaç, u gospitaldan qoçib, ikki davlat çegarasini yaşirinça kesib ötdi va Özbekistonga qaytdi. Sud hukmi uşbu ğayrioddiy taqdirning barça tafsilotlarini oçib berdi.

Orzu ortidan boşlangan yöl

Jinoyat işlari böyiça Şahrisabz şahar sudida körilayotgan bu iş birinçi qaraşda Qonunning uçta moddasiga taalluqlidek edi. Ayblanuvçiga yollanma faoliyat, xorijiy davlat qurolli kuçlari tarkibida iştirok etiş va Özbekiston davlat çegarasini noqonuniy kesib ötiş ayblovlari qöyilgandi. Sud zalida ötirganlar uçun bu navbatdagi odatiy jinoyat işi bölib tuyulişi mumkin edi. Ammo sud hujjatlari varaqlangani sayin ularda oddiy mehnat muhojirining orzusi, xatolari, qörquvlari va bir qarori ortidan ikkinçisi kelib, oxir-oqibat uni uruş maydonigaça yetaklagan oğir hayot yöli namoyon bölardi.

Sudlanuvçi Asilbek A. (ism-şarifi özgartirilgan — tahr.) aybini yaşirişga urinmadi va suddagi körsatmasini: “Rossiyaga işlab pul topiş maqsadida ketganman”, degan jumla bilan boşladi. Bu gapda ğayrioddiy heç narsa yöq, çunki har yili minglab özbekistonliklar aynan şu maqsadda xorijga yöl olişadi. Asilbek ham ana şunday yoşlardan biri edi.

2024 yilning 9 avgustida u otasi bilan avtobusga çiqib, Qozoğiston orqali Rossiyaga jönab ketdi. Ularning rejasi juda oddiy edi: bir neça yil işlab pul jamğariş va uyga qaytiş. Rossiyaning Irkutsk viloyatidagi oyna işlab çiqariş korxonasiga joylaşişdi. Biroq bu reja ilk oylardanoq izdan çiqdi.

Korxona rahbariyati yigitni işga qabul qilmadi. Sababi ham oddiy edi — mehnat patenti rasmiylaştirilmagan. Korxona egasi hujjatlarsiz işlaşga ruxsat berolmasligini, ammo yotoqxonada vaqtinça qolişi mumkinligini bildirgan.

“Yotoqxonada yaşab, har kuni turli mavsumiy işlarda işlab yurdim”, dedi sudda Asilbek.

Bu davrda uning hayoti noaniqlikka aylangandi. Rasmiy iş yöq, barqaror daromad yöq, kelajak esa tobora mavhumlaşib borardi.

Yil oxiriga kelib, Rossiyada migratsiya nazorati kuçaydi. Hujjatsiz yurgan muhojirlar uçun reydlar odatiy holga aylandi. Suddagi körsatmalarga köra, deportatsiyadan qoçiş uçun otasi hatto öz nomiga 30 ming rubl kredit olib, öğlining hujjatlarini rasmiylaştirişga harakat qilgan. Biroq bu ham vaziyatni önglay olmadi.

Rasmiy işsiz qolgan yigit uçun har bir kun yangi xavotir bilan boşlanardi. Keyinçalik sudda u öşa davrni eslab: “Iş topa olmaganimdan söng, “Telegram” messenjerida iş kerakligi haqida eʼlon bera boşladim”, deb körsatma berdi.

Aynan şu eʼlon uning taqdirini keskin burib yubordi.

Köp ötmay unga nomaʼlum akkauntdan taklif tuşdi. Yakutiyada kuryerlik işi. Kunlik iş haqi — 20 ming rubl. Işsiz yurgan yigit uçun bunday daromadli taklifni rad etiş juda qiyin edi. Eng qiziği, iş beruvçi bilan heç qaçon yuzma-yuz uçraşuv bölmadi. Barça körsatmalar telefon orqali berildi. Taksi çaqirildi, manzil yuborildi. Ijara xonadon kaliti eşik oldidagi maxsus qutiga yaşirilgan, uning paroli ham xabar orqali yetkazilgandi.

Boşida hammasi haqiqatan ham kuryerlikka öxşardi. Telefonga koordinatalar kelar, u körsatilgan joydan sariq yaltiroq qoğozga öralgan qutini olar, keyin esa boşqa manzilga eltib qoldirardi. Qutini topşirgaç, yangi koordinatalar kelardi. U bu işni qariyb ön beş kun davomida bajardi.

Bir kuni içida nima borligini söraganida, unga bu “maxsus idişlar” ekanini aytişadi. “Qutini oçmang, muhri buzilsa, tovarning narxi tuşib ketadi”, degan ogohlantiriş ham berilgan edi.

2025 yilning 15 marti ham avvalgi kunlardan farqsiz boşlandi. U navbatdagi manzilga bordi, öramni oldi va belgilangan nuqtaga olib keldi. Ammo bu safar uning yoniga maxsus formadagi xodim yaqinlaşdi. Avval hujjatlarini tekşirdi, keyin esa qölidagi öramni körsatib, içida nima borligini söradi. U işonç bilan “maxsus idişlar” deb javob berdi. Xodim esa öramni oçişni talab qildi.

Asilbek rozi bölmadi. Rus tilini yaxşi bilmagani uçun fikrini töliq tuşuntira olmasdi. “Qutini oçsam, oyligimni ololmayman”, deb tuşuntirişga urindi. Biroq bu gap heç kimni qiziqtirmadi. Öram oçildi.

Içida idişlar emas, kök rangli kukun solingan uçta xaltaça yotardi.

Sudda bu lahzani eslar ekan, u: “Bu narsani avval biror marta körmaganman, nima ekanligini bilmasdim”, deb körsatma berdi. Xodimlardan biri esa bu qandaydir “sol” (giyohvandlik moddasi) ekanini aytgan va şu zahoti uni avtomaşina tomon olib ketgan. Maşina yonida yana ikki nafar maxsus formadagi xodim kutib turgandi. Bir neça daqiqadan söng u nazorat punktiga olib ketildi.

Keyingi voqealar sud materiallarida bosqiçma-bosqiç bayon qilingan: bir kunlik uşlab turiş, tarjimon iştirokidagi söroqlar, giyohvandlik moddalarining noqonuniy aylanmasi böyiça qözğatilgan jinoyat işi. Tergovçilar undan bu öramlarni qayerdan olganini söraşardi. U esa telefon orqali topşiriq bergan odamdan boşqa heç kimni tanimasligini aytardi.

“Ularga yukni topşirgan odam bilan qönğiroq qilib gaplaşişlari mumkinligini aytdim, lekin ular telefon raqamlari va profillar allaqaçon öçirib yuborilganini bildirişdi”, deya eslaydi u.

* * *

2025 yil 13 mart.

Aynan şu kundan boşlab Asilbekning telefoni jimib qoldi. Sudda söroq qilingan onasining körsatmasiga qaraganda, ungaça öğli deyarli har kuni internet orqali xabarlaşib turgan. Biroq şu kundan keyin aloqa butunlay uzildi. Avvaliga ona bunga katta ahamiyat bermadi. “Balki iş bilan banddir, interneti yöqdir”, deb özini ovutdi. Ammo bir kun, ikki kun, uç kun ötdi. Öğlidan hamon darak yöq edi. Şundan söng u turmuş örtoğidan suriştira boşladi:

— Asilbek qayerda?

— Hujjatlarining muddati tugab qolibdi. Qozoğistonga kirib-çiqiş qilib keladi. Bir-ikki kunda qönğiroq qiladi.

Ona kutdi. Eri aytgan kun ham ötdi, lekin telefon hanuz jim edi. Yana söradi:

— Nega hali ham qönğiroq qilmayapti?

Bu safar eri boşqa bahona topdi:

— Hujjatlarida kamçilik çiqibdi, uşlab turişibdi. Tezda deportatsiya qilişarkan.

Bu gap ham onaga tasalli böldi. Axir deportatsiya qilinsa, baribir uyga qaytadi-ku.

Lekin haftalar ötdi. Deportatsiya haqida aytilgan muddat ham keldi, Asilbekdan esa heç qanday xabar bölmadi. Ona yana savol berdi:

— Qaçon keladi?

— Yaqin orada.

— Qaçon?

— Hali aniq emas. Kutib turaylik.

Suddagi körsatmalarga qaraganda, şundan söng bu suhbat uyda qayta-qayta takrorlangan. Ona har safar bir xil savolni berar, eri esa har gal boşqa bahona topardi: goh hujjatlari bitmayotganini, goh tekşiruvlar davom etayotganini aytardi. Ammo aytilgan sanalar kelar va ötar, öğlidan esa darak bölmasdi.

2025 yilning aprel oyida ona Umra ziyoratiga yöl oldi. Muqaddas maskanda ham duolarining mazmuni özgarmadi — faqat farzandi soğ-omon yurtga qaytişini iltijo qildi.

Ziyoratdan qaytgaç ham vaziyat özgarmadi: “Yana biroz kutiş kerak”, “Tezda keladi”, “Hali deportatsiya qilişmagan”…

Biroq vaqt ötgani sayin ona bir narsani anglay boşladi: uni eng köp qiynayotgan narsa öğlining qayerdaligi emas, balki nega heç kim uni öğli bilan gaplaştirmayotgani edi. 4 iyun kuni turmuş örtoği kutilmaganda Asilbekning harbiy xizmatni ötagani haqidagi guvohnomasini sörab qoldi.

— Bu hujjat nimaga kerak? — dedi ona.

Eri yana gapni boşqa tomonga burişga urindi. Ammo bu safar ayol çekinmadi:

— Menga rostini ayting. Asilbekka nima böldi?

Sud hujjatlariga köra, şu paytga kelib haqiqatni yaşirişning iloji qolmagan edi. Turmuş örtoği yiğlab yubordi va Asilbek Rossiyada giyohvandlik moddalari bilan boğliq jinoyat işi doirasida uşlanganini aytişdan özga çora topa olmadi. Biroq bu hali hammasi emasdi. Oradan köp ötmay ona yana bir oğir haqiqatni bildi — öğli Ukrainadagi uruşga yuborilgan edi.

Qamoqdan frontga

Suddagi körsatmalardan körinadiki, dastlab Asilbek Rossiya qonunçiligi böyiça javobgarlikka tortilib, keyin Özbekistonga deportatsiya qilinişiga işongan. Hatto onasi ham bir neça oy davomida şu umid bilan yaşagan. Otasi har safar telefon qilganida “deport qilib yuborişar ekan” degan gaplarni aytar, ona esa öğlining uyga qaytişini intiqlik bilan kutardi.

Keyinçalik maʼlum bölişiça, voqealar mutlaqo boşqa özanda rivojlanayotgan edi.

2025 yilning iyul oyida soğliği yomonlaşgani sababli uni kasalxonaga joylaştirişlarini aytib, bir neçta hujjatga imzo çekişni söraşadi.

“Taxminan 11-12 ta hujjatga imzo çekdim. Keyin bilişimça, ular Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi bilan tuzilgan bir yillik harbiy xizmat şartnomasi ekan”, dedi u sudda.

Oradan köp ötmay yana bir sud bölib ötdi. Asilbekning aytişiça, unga tergov bilan hamkorlik qilgani va aybini tan olgani uçun yengillik berilişi, asosiy muhokama esa keyinroq davom etişi aytilgan.

Biroq şu payt kutilmagan voqea yuz berdi. Sud zaliga harbiy kiyimdagi ikki kişi kirib keldi va uning Rossiya Mudofaa vazirligi bilan şartnoma imzolaganini tasdiqlovçi hujjatlarni taqdim etdi. Sudya esa ertasi kuni yana muhokama bölişini maʼlum qildi. Öşa keçasi, tungi soat ikkilar atrofida, uning kamerasi eşigi oçildi. Ismini aytib çaqirib, tezda kiyinişni buyurişdi.

Şundan söng voqealar juda tez rivojlandi.

Uning aytişiça, hibsxonadan çiqqanida u yolğiz emasdi. Xuddi özi kabi mahkumlardan iborat yana bir neça yigitlar maxsus avtomaşinaga çiqarildi. Ikki soatlik yöldan söng ular aeroportga olib kelindi. Bu yerda har biriga metall jeton va harbiy guvohnoma berildi. Keyin esa ularni boşqa mahkumlar bilan birga harbiy samolyotga çiqarişdi. Qayerga uçayotganlarini heç kim izohlamadi.

Samolyot avval Çuniski degan joyga qöndi, keyin esa Xabarovskka yöl oldi. Sudlanuvçining körsatmasiga qaraganda, u yerdagi harbiy tayyorgarlik markazida birinçi marta özidan boşqa özbekistonliklarni körgan.

“Taxminan öttiz nafar özbek bor edi”, deya eslaydi u sudda.

Undan taşqari turli millat vakillari ham yiğilayotgan, bir hafta içida umumiy hisobda uç yuzga yaqin odam töplangan edi. Ularning barçasini bir narsa birlaştirib turardi: keçagina ularning aksariyati mahkum yoki tergovdagi şaxslar bölgan.

Oradan bir hafta ötgaç, guruhlarga ajratiş boşlandi. Yoşi öttizgaça bölganlar alohida, yoşi kattaroqlar boşqa vzvodga taqsimlandi. Keyin harbiy samolyotlar ularni Rostov-Don tomon olib ketdi. U yerda fuqarolik kiyimlari yiğib olindi. Harbiy forma, bronejilet, kaska va boşqa anjomlar tarqatildi. Telefonlar musodara qilindi. Atrofda esa aholi yaşaş joylari yöq edi — faqat keng çöl va harbiy baza.

U şu yerda birinçi marta özining haqiqatan ham armiya içida ekanini his qildi. Ammo eng oğir sinov hali oldinda edi.

Qurol tarqatiş boşlanganda Asilbek uni olişdan boş tortdi. Sudda bu haqda oçiq aytdi: “Qurolni olişni istamadim”.

Bu qarorning oqibati darhol sezildi. Asilbekni boşqalardan ajratib, alohida xonaga qamaşdi. Keyin uç kun davomida psixologlar bilan suhbatlar boşlandi. Sud hukmiga köra, unga xizmatdan boş tortsa, avvalgi ayblariga qöşimça ravişda yana yetti yilgaça qamalişi mumkinligi aytilgan. Bu suhbatlar köproq ruhiy bosimga öxşardi. Biroq u baribir rozi bölmadi.

2025 yilning avgust oyi oxirida 114-vzvod deb nomlangan bölinmaga kiritilgan 33 nafar harbiy bir neça kunlik maşğulotlardan söng texnikalarga çiqarildi. Endi maşqlar tugagan, oldinda esa haqiqiy uruş boşlanayotgan edi. Heç kim bu safardan qaytiş bor-yöqligini aytmasdi.

Keyingi manzil — Zaporojye yönalişi böldi. U yerda Asilbek hayotida birinçi marta dronlar ovozi, portlaşlar va ölim bilan yuzma-yuz keldi.

Frontdagi 18 kun

Frontga kelgaç, u xizmatga kim sifatida biriktirilganini ham sudda aytib berdi. Qöliga avtomat berilgan bölsa-da, asosiy vazifasi hujum qiliş emas, balki mudofaa çiziğida navbatçilik qiliş, öq-dori va oziq-ovqat taşiş hamda pozitsiyalarni qöriqlaş bölgan. Bu yerdagi manzara uruş haqidagi kinolardan butkul farq qilardi: bir tomonda okoplar, ikkinçi tomonda vayron bölgan binolar, tepada esa deyarli tinmay uçib yuradigan dronlar… Har bir kun bir xil boşlanar, ammo qanday tugaşini heç kim bilmasdi.

Uning suddagi körsatmalarida front hayotining eng muhim jihati takror-takror uçraydi — bu qörquv edi. Har qanday harakat kuzatilişi, har qanday xatolik ölim bilan tugaşi mumkin edi. Şuning uçun askarlar, asosan, yerosti panohgohlarida yoki çuqur qazilgan okoplarda yaşaşgan. Kunduzi körinmaslikka, keçasi esa imkon qadar tez harakatlanişga majbur edilar.

Sud hukmida qayd etilişiça, Asilbek frontda jami ön sakkiz kun bölgan. Bu raqam katta emasdek tuyuladi. Ammo uruş şaroitida ön sakkiz kun baʼzan bir neça oyga tenglaşadi. Bu vaqt içida u har kuni portlaşlar, artilleriya otişmalari va dronlar hujumi ostida yaşadi. Sudda u öz bölinmasida halok bölganlar ham, oğir yaralanganlar ham bölganini sözlab berdi.

Ön sakkizinçi kun ham avvalgilariga öxşab boşlandi. Bölinma navbatdagi vazifani bajarayotgan paytda havoda yana dron paydo böldi. Keyin esa kuçli portlaş yuz berdi.

Sudda bu voqeani tasvirlar ekan, u qisqa gapirdi: portlaşdan keyin huşini yöqotganini, öziga kelganda esa gospitalda bölganini aytdi. Hukmda keltirilişiça, jarohat, asosan, oyoq qismiga yetgan. Avvaliga front yaqinidagi tibbiy punktga, keyin esa harbiy gospitalga evakuatsiya qilingan. Frontdagi jangovar harakatlar u uçun şu yerda tugadi.

Qoçiş

Samaradagi harbiy gospital Asilbek uçun frontdan keyingi vaqtinçalik panoh edi. Çap qöli, öng tizzasi va qorin qismi jarohatlangan, boşi qattiq çayqalgan, çap quloği esa deyarli eşitmay qolgandi. Sudda bergan körsatmasiga qaraganda, şifokorlar uni davolaş bilan ovora bölgan bir paytda u boşqa reja tuzardi. Endi uning butun xayoli bir nuqtaga jamlangan edi: qanday qilib Rossiyadan çiqib ketiş mumkin?

Dastlab buning iloji yöqdek tuyuldi. Yaralangan harbiylar har kuni nazoratçi hamrohligida havo almaştiriş yoki bozordan oziq-ovqat oliş uçun taşqariga çiqarilar, keyin yana gospitalga qaytarilardi. Bir neça kun davomida Asilbek nazoratçi bilan munosabatni yaxşilaşga harakat qildi. Sudda aytişiça, u buni bejiz qilmagan. Gospital yonidagi bozor atrofida Qozoğistonga qatnaydigan haydovçilarni körib qolgaç, qoçiş rejasi aynan öşa yerda tuğildi.

2025 yil 11 oktyabr kuni unga kutilmagan imkoniyat nasib etdi. Gospitaldan navbatdagi çiqiş paytida nazoratçiga turmuş örtoği kelgani haqida xabar berişdi. Nazoratçi işonib, unga: “Bozordan kerakli narsalaringni tezroq olib, kasalxonaga qayt”, dedi-da, özi uçraşuv xonasi tomon ketdi. Asilbek esa ortiga qaramadi. U bozor çetida turgan, avval heç qaçon körmagani — qirğiz yoki qozoq millatiga mansub haydovçi tomon yugurdi. Bir neça daqiqa içida boşidan keçirganlarini tuşuntirib, yordam söradi.

Haydovçi uzoq öylab turmadi. Uning talabi bitta edi — 300 ming rubl. Bu pul evaziga uni Qozoğistonga olib çiqişga rozi böldi. Asilbek sudda haydovçi uni avtomaşinaning yukxonasiga yotqizib, ustiga turli matolar taşlaganini aytdi. Şu ahvolda ular çegara tomon yöl olişadi.

Ularning manzili Rossiya bilan Qozoğiston çegarasi yaqinidagi kiçik qişloq böldi. Bu yerda yana bir neça kişi kutib turgan ekan. Haydovçi ularga pul berdi, öz tilida nimalardir dedi va Asilbekni yoşi uluğ qozoq otaxon hamda uning öğli yaşaydigan xonadonga olib kirdi. Ular yigitni mehmondek kutib olişdi, ovqat berişdi va taxminan ön kun uylarida saqlaşdi.

Oradan ön kun ötgaç, qariya uni çetga tortib, ikki nafar öğli ham uruşda halok bölganini sözlab berdi. Şu sababli Asilbekning ahvolini tuşunişini va unga yordam berişni istaşini bildirdi.

Qariya Rossiya va Qozoğiston örtasida sarimsoq savdosi bilan şuğullangani uçun aylanma yöllarni juda yaxşi bilardi. “Men seni olib ötaman”, degan vaʼda Asilbek uçun eng katta umidga aylandi.

Bu orada u onasiga qisqa xabar yuborişga ham ulgurdi: “Alloh menga yana bir imkoniyat berdi… Yaqin kunlarda uyda bölaman”. Onasi bu xabarni öqib, öğli gospitaldan ham, Rossiyadan ham qoçib çiqqanini angladi.

21 oktyabrdan 22 oktyabrga ötar keçasi ular mototsiklda yölga çiqişdi. Asosiy trassalar emas, odam deyarli yurmaydigan yaşirin söqmoqlar tanlandi. Qariya uni Qozoğistonning içki hududigaça yetkazib qöydi. Keyin boşqa haydovçi paydo böldi. U yana 30 ming rubl evaziga Asilbekni Özbekiston çegarasi yaqiniga olib keldi va tanişining uyiga joylaştirdi. U yerda yana bir neça kun kutdi.

Ammo eng xavfli yöl hali oldinda edi.

Qozoğistonda çegaradan ötkazib qöyiş evaziga undan 700 ming tenge talab qilişdi. Bunday mablağ unda yöq edi. Şunda vositaçi ikki variantni taklif qildi: yo soxta pasport tayyorlaş, yoki butunlay boşqa yölni tanlaş. Keyin u xaritani oçib, çegara yonidagi çoyxonadan Özbekistonga ötiş mumkin bölgan joyni körsatdi. Tungi soat ikkilarda naryad almaşişini, şu vaqtda askarlar eʼtibori susayişini aytdi. Eng muhimi, kanal ustida sim tösiqlar va kuzatuv kameralari borligi, ammo suv içi orqali harakat qilinsa, kamera nazaridan çetda qoliş mumkinligini tuşuntirdi. Kiyimlarini höl qilmaslik uçun unga oddiy polietilen paket ham berişdi.

2025 yil 2 noyabr. Tungi soat taxminan 02:40.

Asilbek çegara simlariga yetib keldi. Kiyimlarini yeçib, polietilen paketga soldi va muzdek kanalga tuşdi. U suv oqimiga qarşi suzib, Özbekiston hududiga kira boşladi. Masofaning har bir metri oğir keçardi: qölida kiyimlari solingan paket, tanasida esa hali bitmagan jarohatlar bor edi. Taxminan ön beş metr narida köprik körindi. U yerga yetgaç, köprik ostida ham sim tösiqlar borligini kördi. Orqaga qaytiş yöq edi. Asilbek çuqur nafas oldi, suv ostiga şönğidi va sim tösiqning tagidan ötib ketdi.

U muzdek suvni tezda tark eta olgani yöq. Yana yarim soatga yaqin kanal içida harakat qildi. Faqat xavf ortda qolganiga işonç hosil qilgaçgina qirğoqqa çiqdi. Atrofga qaradi: qabriston. Narida esa uylarning qorasi körinardi. Polietilen paketni oçib, quruq kiyimlarini kiydi. Uning Özbekiston hududiga ötganini heç kim körmagan edi.

Bir neça kundan keyin onasiga yana bir “SMS”-xabarnoma keldi: “Çegaradan zörğa ötib oldim”.

Hukm

Özbekistonga qaytgaç, u uzoq vaqt erkin yura olmadi. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar uni aniqlab, tergov harakatlarini boşladi. Tergovçilar uning Rossiyada qanday qilib harbiy xizmatga tuşib qolgani, frontda nima işlar qilgani, mamlakatga qanday qaytgani haqida batafsil söroq qilişdi. Iş materiallariga Rossiyadagi hukmlar, harbiy şartnoma, boşqa hujjatlar va uning şaxsiy körsatmalari ham ilova qilindi.

Sud majlisida Asilbek sodir bölgan voqealarni boşidan oxirigaça yaşirmasdan sözlab berdi. U Rossiyaga uruşiş uçun emas, işlaş uçun ketganini yana bir bor taʼkidladi. Qurolli mojaroga qanday aralaşib qolganini, hibsxonada qanday hujjatlarga imzo çekkanini, frontga qanday olib ketilganini izçil bayon qildi.

“Qilgan işlarimdan çin köngildan puşaymonman. Suddan yengillik berişini sörayman”, dedi Asilbek özining sönggi sözida.

Sud faqat ayblanuvçining körsatmalari bilan çeklanib qolmadi. Sudya hukm çiqarişdan oldin guvohlarning körsatmalarini, tergov materiallarini, moddiy dalillarni va boşqa hujjatlarni ham tahlil qildi. Ayniqsa, uning onasi bergan körsatmalar işning insoniy tomonini oçib beruvçi muhim epizodlardan biri böldi.

Ona sudda öğli otasi bilan Rossiyaga faqat işlaş uçun ketganini sözlab berdi:

“Öğlimning uruşga ketganini keyin eşitdim. Buni avval bilmaganman”, dedi u.

Bu işda eʼtiborni tortadigan jihatlardan biri şuki, sud Asilbekning şaxsiga oid holatlarni ham inobatga olgan. Hukmda uning muqaddam sudlanmagani, aybiga iqror bölgani, qilmişidan puşaymonligi, tergovga yordam bergani va boşqa yengillaştiruvçi holatlar sanab ötilgan. Şu bilan birga, sud uning xorijiy davlat qurolli tuzilmasida iştirok etganini oğir huquqiy oqibatlarga ega qilmiş sifatida baholadi.

Asilbek Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegişli moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Sud unga 4 yilu 6 oy muddatga ozodlikni çeklaş jazosini tayinladi.

Sud öz hukmini çiqardi va u qonun talablariga muvofiq ijro etiladi. Ammo sud hukmining sahifalari orasida yana bir hikoya yaşirin. Iş izlab çiqilgan yöl uni qamoqqa, frontga, muzdek kanalga va nihoyat, sud zaliga olib keldi. Sud uning qilmişlariga huquqiy baho berdi. Qolgan xulosani esa öquvçining özi çiqargani maʼqul.

Abubakr ODILJONOV

 

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan