“Madad”ga munosib mayor
Kiçik Jomaşöy mahallasida yaşovçi yoşi uluğ, lekin qarovçisi yöq çolu kampir huzuriga yaqinlari nogironligi bölgan örta yoşlardagi er-xotinni boşlab kelişdi. Ikki tomon rozi bölsa, yagona oila farzandlaridek birgalikda yaşaşlarini maslahat berişdi.
Niyat xolis ekan, oilaga fayz kirdi. Qora qozon har kuni qaynay boşlaganidan mahalla-köy ham xursand böldi. “Bolali uy — bozor…” deganlaridek, kiçkintoylarning şodligidan çolu kampirning köngli toğdek kötarilardi. Endi ular özlarini bir umrlik armonlari arigandek his etişardi.
Biroq oradan 11 yil ötgaç, bandalik ekan, çolu kampir birin-ketin qazo qildi. Öz farzandlaridek bölib qolgan er-xotin ularning marosimlarini risoladagidek ötkazdi. Butun mahalla, marhumlarning qarindoş-uruğlari ularni duo qilişdi. Qolaversa, endi uyning çiroğini yoqib turadigan egalari ham bor edi.
Oylar, yillar ötdi. Mahalla fuqarolar yiğini tomonidan uyni ularga meros qilib rasmiylaştiriş böyiça tavsiya berildi. Marhumlarning yaqinlari ham bunga rozi edi. Lekin buning huquqiy asosi yöqligi sababli sudga murojaat etişdi. Sudga murojaat qiliş uçun esa davlat boji tölaş kerak, ammo mablağ yöq. Er-xotin bola-çaqasi bilan bir amallab kun keçirayotgan bölsa…
Oqsoqollar uşbu muammo böyiça aholiga bepul yuridik xizmat körsatiş bilan şuğullanuvçi “Madad” NNTning tuman bölimi mutaxassisi, mayor Olimjon Mingboyevga murojaat qilişdi. U oliy maʼlumotli huquqşunos bölib, qariyb 20 yil davomida huquqni muhofaza qiliş idoralarida turli vazifalarda işlagani va yetarli tajribaga ega bölgani bois masala ijobiy hal etiladigan böldi.
Mingbuloq tumani hokimi Ahrorbek Mansurov fuqarolarning murojaatlari bilan işlaşga bağişlangan faollar yiğilişida ana şu kabi misollarning bir neçtasi haqida batafsil gapirib ötdi. Masalan, yoş öğli yuqori kuçlanişli podstansiya hududiga nogahon kirib qolib, tok urişi oqibatida soğliğini yöqotganidan söng sudda aybdorlarga yetarli jazo qöllanilmagani hamda Jomaşöy şaharçasida köp yillardan buyon qarovsiz turib qolgan yirik bir obʼyektning egaligini tiklaş borasidagi murojaatlarga ham yeçim topa olgani tahsinga loyiq.
Aytgança, “Madad” NNT — aholiga bepul huquqiy yordam körsatişga ixtisoslaşgan nodavlat notijorat taşkilotidir. U Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taşabbusi bilan taşkil etilgan. Taşkilotning asosiy maqsadi fuqarolarning huquqiy savodxonligini oşiriş va ularga birlamçi yuridik yordam körsatişdan iborat.
Olimjon Mingboyev bu vazifaga bejiz tayinlanmagan ekan. U jonkuyar, fidoyi, kamçiliklarga murosasiz, muammoga duç kelgan insonlarga bajonidil kömaklaşadigan vatanparvar mutaxassis sifatida eʼtirof etilmoqda. U faoliyat boşlagan 2025 yildan buyon har oyda örtaça 25-30 nafar madadtalab fuqaroning muşkulini oson qilmoqda. Hozirga qadar “Madad” NNTning hududiy bölinmasi orqali qariyb 500 nafar fuqaro mehnat, oila, meros, uy-joy, ijtimoiy taʼminot va boşqa huquqiy masalalar böyiça amaliy yordam yoki bepul maslahat olgani fikrimiz tasdiğidir. Bu bilan qançadan-qança insonlar yillab azoblab kelayotgan ğam-taşvişlardan xalos bölişdi, oilalarga rizq-baraka kirdi, farzandlar barça imtiyoz va imkoniyatlardan emin-erkin foydalana boşlaşdi, demakdir.
— “Madad” faoliyat boşlagaç, işimiz avvalgiga nisbatan qariyb 30 foizga qisqardi, — deydi tuman adliya bölimi boşliği Akmaljon Qodirov. — Olimjon bu savobli vazifani vijdonan bajarmoqda. Aholiga bepul huquqiy maslahatlar beriş, fuqarolarning murojaatlarini huquqiy jihatdan örganiş va tegişliça yönaltiriş, huquqiy axborot beriş va tuşuntiriş işlarini olib boriş, huquqiy madaniyat hamda huquqiy ongni yuksaltirişga kömaklaşiş, yuzma-yuz maslahatlar taşkil etiş, Advice.uz huquqiy portali faoliyatini qöllab-quvvatlaş va rivojlantiriş borasidagi işlari, ayniqsa, salmoqlidir.
Qisqaça aytganda, mayor Olimjon Mingboyev mustaqillik şarofati hamda mamlakatimiz rahbarining qöllab-quvvatlovi bilan oyoqqa turayotgan respublikamizdagi mazkur nodavlat notijorat taşkilotida faoliyat yuritayotgan 250 nafar huquqşunosdan biridir. U öz faoliyatini yanada takomillaştiriş, el taşvişiga şerik, odamlar dardiga malham bölişdek saʼy-harakatda yonib-kuyib işlamoqda. Zero, huquqiy kömak tizimi mustahkam yaratilgan, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş risoladagidek taşkil etilgan joyda jamiyat taraqqiy topadi, yurt obod, xalqning dasturxoni tökin böladi.
Qosimjon AKBAROV,
“Mingbuloq” gazetasi muharriri,
Özbekiston Jurnalistlar
uyuşmasi aʼzosi.
