Maktab bilan hazillashmang!
Ayrim maktablarda stadionlarga qo'shimcha bino qurib yuborishmoqda. Men aytyapman: “Sen futbol o'ynamaganmisan, maktabda o'qimaganmisan? Qanday qilib stadionni yo'q qilib yuboryapsan?
Futbol bu – judayam kerak! Hammamiz futbol o'ynab katta bo'lganmiz. O'quvchilar ta'tildan kelsa, qarasaki, stadion yo'q. Shuni yo'q qilgandan keyin hamma (bolalar – tah.) telefon o'ynaydi-da, nima qiladi? Maktab bilan birortangiz hazillashmang, maktab juda ulug' dargoh!”
Manba: @Surxondaryo_Sadosi
telegram kanali
Ulug'bek QOSIMOV,
Surxondaryo viloyati hokimi
