Ijodkorning bedor öylari

Isteʼdodli jurnalist, Baliqçi tumani “Ğalaba” gazetasi muharriri, “Döstlik” ordeni sohibasi Şahzoda ŞAMS (Karimova) ijodiga çizgilar

Özbekona lutf-u baliqçiliklarning öziga xos şevasi bilan muloyim gapiruvçi, atrofdagilarda özi haqida yaxşi taassurot qoldiruvçi bu ijodkorni men qariyb 20 yildan buyon bilaman va hayratdamanki, aslo özgarmaydi. Yaʼni Şahzoda Karimovaning 65 yoşga qarab ketayotganini sezmaysiz, boyagidek latofatli. Va 20 yildirki, tuman gazetasini mahorat va tadbirkorlik bilan boşqarib kelmoqda. Vaholanki, bugun butun mamlakatda sanoqligina tuman, tarmoq gazetalari çiqayotgan pallada gazetaning saviyasi va mazmunini saqlagan holda, faoliyatini muntazam yuritiş aytişga oson…

Aslida, jamoaning sabru bardoşi, qiyinçiliklarga çidami asosiy bölsa-da, tuman hokimligining saʼy-harakati, tuman hokimi Jasurbek Abduraimovning maʼnaviyat, maʼrifat, tarğibotga alohida eʼtibor berişi natijasi, deya urğu beradi.

Şahzoda opa hayotda, işda, ijodda kuraşuvçanlikni, ilm, örganiş, izlaniş bilan natijaga erişiş fazilatini, elning nazariga tuşib, duosida bölişni rahmatli padari buzrukvori Abduğaffor Şamsuddinovdan olgan. Öz davrida katta bir xöjalikda rais, agronom bölib işlagan dadasi öqişdan, bilim olişdan töxtamagan. Va tört farzandining ham ana şunday bölişini istagan. Afsuski, u bolalarining ana şunday gözal lahzalarini köra olmagan. Tunu kun daladan beri kelmay, hosil uçun kuraş pallasida, ğözaga sepilgan doridan zaharlanişi oqibatida vafot etgan.

“Otasiz ulğayiş — faqat yöqotiş emas, balki erta ulğayişdir.

Men hayotga boşqalardan tezroq jiddiy qaraşni örgandim. Qiyinçiliklar oldida sukut saqlaşni, qaror qabul qilişda özimga tayanişni örgandim.

…Otamning ovozini 6 yoşimdan keyin eşitmadim, ammo hayotimda töğrilikka çorlovçi bir içki ovoz doimo bor edi. U ovoz meni halollikka, sabrga va masʼuliyatga undadi. Men har bir qadamimda otamga munosib inson bölişni öyladim. U körmasa-da, bilib turganday tuyulardi…”

Mana şu ibrati Şahzoda opaning yetuk jurnalist, muharrir, rahbar bölişida katta omildir va buning minnatdorçiligini u özining yaqindagina çop etilgan “Bahorimda bahor bor” nomli xotiralar va hikoyalar töplami bölgan ikkinçi kitobida alohida izhor etgan. Aytgança, opa öziga juda çiroyli taxallus tanlagan. Şahzoda ŞAMS. Quyoş nurlari bilan qalbga iliqlik bersa, opa qalami bilan elning nazariga tuşişni maqsad qilgan, desak, mubolağa bölmas. 2022 yili jazm va jurʼat qilib, ilk nasriy töplami – “Qalbimdagi oq gullar”ni muxlislarga taqdim etgan edi. Navbatdagisi yanada yoqimliroq nomlangan: “Bahorimda bahor bor”.

Hamkasbingizning yutuği albatta nazaringizda turadi. Şu maʼnoda men ham opaning uşbu kitobini varaqlab, öqib, ançagina iliq taassurot oldim.

Uning nomi esa muhtarama onasining xotirasi uçun tanlangandek göyo…

Aslida, otadan erta yetim qolgan tört farzandni bağriga bosib, ularni oyoqqa turğaziş uçun kuraşgan Maxpiratxon ona kabi ikrom matonat sohibasi romanlarga loyiq. Ana şu maʼnoda Şahzoda Karimova onasi xotirasini armon, oğriq va albatta, ehtirom bilan yodga oladi:

“Bahor! Senga boğliq xotiralarim xayolimda ğujğon öynaydi…

Öşa kezlari kitobdan boş kötarmay dars qilayotgan bizlarga:

— Kelajak sizlarniki böladi, — deb duo qilgan onam köz öngimda gavdalanaveradi.

Ramazon oyi bahorda kelsa, hovlimizdagi bodom, örik, şaftolilar gullaganda:

— Göyo jannat iforlari oğuşida köz yumsam… — deb köz yoşlarini yaşirgan onam…”

Muallif Bahor timsolida onasini körgandek. Çunki bahorlar qaytadi, gullar oçiladi, iforlar atrofga soçiladi. Onalar ham jisman yöq bölsa-da, hamişa bahordek bizning qalbimizni zabt etib, hidini tuygandek bölamiz. Ana şu tuyğu Şahzoda opaning yuragini töldirib, qoğozga tökilganini his qilasiz.

Şahzoda Karimova haqiqiy maʼnoda vatanparvar. U nafaqat qalami bilan, balki faol rahbar ayol sifatida ham hamişa viloyat, ayniqsa, Baliqçi tumanining ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy hayotida muntazam iştirok etadi. Yurtning har bir yutuğidan qalban quvonadi. Hissasi qöşilayotganidan faxrlanadi. Mana şu ğurur yangi kitobning avvalida “Vatan, sensiz netardim men?” sarlavhali badiaga zamin bölgan bölsa, ne ajab?

“…Yöldan davom etar ekansiz, tuman markazi va boşqa qişloqlarning qiyofasi tubdan özgarganiga guvoh bölasiz…

Tuman markazida keng va ravon köçalar, katta şaharlardagidek çiroyli milliy va zamonaviy arxitektura asosida bunyod etilgan ikki, uç, beş qavatli binolar közga taşlanadi…”

Şahzoda opa söz ila tasvirlab, sizga Baliqçining suratini namoyon etadi. Darhaqiqat, Andijon viloyatining yirik tumanlaridan hisoblangan, ayni paytda 210 ming nafardan ziyod aholi istiqomat qilayotgan Baliqçi tumanida azaldan obodlik, bun­yodkorlik, gulu gulzorlarga iştiyoqmandlik baland. Ayniqsa, katta yöl böylaridagi anvoyi gulu daraxtlar qöli gul tuman ahlining şinavandaligidan darak. Şahzoda opa mana şu yurtning bir jonkuyar, Vatanini sevuvçi farzandi sifatida bu ehtiromni özining kitobidagi badiasiga jo qilgan.

Uşbu kitob menga yana bir ibrat böldiki, Şahzoda Karimova sadoqatli va munosib şogird sifatida hammamiz uçun ardoqli bölgan ustoz Nazirjon Saidov haqida juda taʼsirli yozgan. Andijon jurnalistika maktabining darğalaridan biri, xokisor, bağrikeng, xuşfeʼl, hammaga yaxşilik ilinuvçi Nazirjon Saidov haqida köp xotiralar, esdaliklar yozilişi kerak. Şahzoda opa bu borada bizga yöl boşlab beribdilarki, taşakkur, deyman.

Qölida qalam, qalbida yozişga isteʼdodi bor inson, albatta, kuzatuvçan böladi. Şu bilan birga ular taʼsirçan, hamdardlikka moyil insonlardir. Şahzoda opa ham bundan mustasno bölmagan holda, yangi kitobiga faoliyati davomida uçratgan taqdirlarning eng yurakni qiynagan muammolarini hayotiy hikoya tarzida olib çiqişga jurʼat etgan. Çunki har birida ibrat, xulosa çiqarib, özni tuzatişga turtki, daʼvat bor.

Opaning yangi kitobidan örin olgan “Zarba”dagi Zeboçehraning ayançli xatosi tufayli özga taqdirlarning ham arosatda qolgani taʼsirli oçib berilgan. Hikoyada “Heç kim bilmaydi” deb qilingan notöğri xulosa yillar ötib, haqiqat baribir oçilişi, oçilganda ham Yaratganning nazaridan zarra narsa qoçib qutulmasligi aççiq ayon böladi.

Xuddi mana şunday xatoni “Erkak boşi egilmasin” hikoyasida ham kuzatasiz. Umid özining nuqsonini berkitiş, har qanday yöl bilan bölsa-da, farzandli böliş uçun tuban yölni tanlaydi. Oxir-oqibat esa uç ayolning taqdiri arosatda qoladi, tuğilgan farzandlar ulğaygaç esa uni eʼtiborsiz, xoru zor ahvolga taşlab qöyadi, çunki ularni boğlovçi rişta notöğri ulangan edi…

“Uvol bölgan mehr” hikoyasida esa bugungi kunning eng dolzarb mavzusi — oilaviy zöravonlikning qurbonlari körsatiladi. Şohruh garçi otasining içuvçi, onasini tuganmas azob bilan ezuvçi yomon odam ekanini körib-bilib tursa-da, hamişa unga böysunadi, otalik hurmatini saqlaşga urinadi. Oqibatda özi uning qölida qurbon böladi. Yoş umri bir zumda sönadi.

“Bağritoş mehribonlar”da ham yana öşa oilaviy zöravonlik, faqat “mehribonlik” niqobi ostida. Başoratxon kasal holida tinmay mehmon kutadi, ertadan keçgaça tinmaydi, yakunida esa yana kasalxonaga tuşadi.

Şahzoda opaning qahramonlari yonimizdagi, oramizdagi odamlar, sizning, bizning yaqinimiz, qöşnimiz, qarindoşimiz. Çunki bugun ana şunday aççiq qismatlari, fojiali taqdirlari, arosatli hayotlarida yaşayotganlar qançalab topiladi… Kitobning “Turmuş çorrahalarida” ruknidagi Mahmud va Dilabzo, Farida, Sulton, Imron va bir qator obrazlar borki, nozik tuyğulari iskanjasida xatolar qiladi. Bu xatolar esa boşqa taqdirlarga taʼsir qiladi. Insongarçilik şu, xatolarsiz, tuyğularsiz, muhabbatsiz, riştalarsiz yaşab bölmaydi. Bu munosabatlarning aksari sizu biz aytgandek, orzu qilgandek bölavermaydi. Şahzoda ŞAMS öz kitobi orqali mana şuni aytişni uddalagan.

Töğri, adabiyot talabi nuqtai nazaridan kitobdagi aksar hikoya va badialarni zör, kamçilik-nuqsondan xoli, deyiş fikridan yiroqmiz. Ijodkor ham köngil quli, tuyğular silsilasida hammasini öquvçi kutgandek yozolmasligi bor gap. Ammo qahramonlarni gavdalantira olgani – katta yutuği.

Muxtasar aytganda, Şahzoda ŞAMSni ikkinçi kitobi bilan qutlaymiz, yoza olgani, kitob qilib çiqarib, ozmi-köpmi muxlislarga tortiq qilgani uçun taşakkur! Çunki bugun kitob öquvçilarni köpaytiriş borasida davlat miqyosidagi saʼy-harakatlarga bu ham yaxşigina hissa. Qolaversa, ijod sandiği töla bormoqda.

Amallar niyatga boğliq, şu maʼnoda ustoz jurnalist, “Ğalaba” gazetasi muharriri, “Döstlik” ordeni sohibasi, sevimli rafiqa, ikki nafar öğlonning onasi, tört nafar nabiraning mehribon buvijoni, taşabbuskor, izlanuvçan ijodkor Şahzoda Karimovani izlaniş, ijod zavqi heç qaçon tark etmasin.

Matluba YUSUPOVA,

Özbekiston Yozuvçilar va Jurnalistlar uyuşmalari aʼzosi.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan