Haqiqat va ezgulikka intilib…
Oramizda şunday odamlar borki, ular öz zimmasidagi vazifani ado etişga nafaqat bilimi va salohiyati, balki qalb qöri-yu mehrini ham baxşida etadi. Kasbiga bölgan sadoqati va fidoyiligi tufayli el-yurt orasida obrö-eʼtibor topadi.
Ana şunday insonlardan biri — mana 14 yildirki, “Jizzax haqiqati” va “Djizakskaya pravda” gazetalariga rahbarlik qilib kelayotgan Bahodir Nazarovdir.
Bahodir Nazarov jurnalistlik faoliyatini viloyatning boş naşri — “Jizzax haqiqati” gazetasida boşladi. Muxbir, katta muxbir, bölim mudiri, bölim muharriri hamda masʼul kotib vazifalarida fidoyilik bilan işlab, qalami ötkir va şijoatli jurnalist sifatida el-yurtga tanildi.
Viloyat hokimligida masʼul vazifalarda — referent, boş mutaxassis, viloyat hokimining yordamçisi lavozimlarida samarali faoliyat körsatib, viloyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişiga munosib hissa qöşdi.
2012 yilda Bahodir Nazarovning hayotida yangi davr boşlandi. Tajribali mutaxassis “Jizzax haqiqati” — “Djizakskaya pravda” gazetalariga boş muharrir etib tayinlandi. Ana şu kundan boşlab tahririyat uning ikkinçi uyiga aylandi, desak, mubolağa bölmaydi. Boş muharrirning taşabbuskorlik va taşkilotçilik qobiliyati aynan şu yillarda yanada yorqinroq namoyon böldi. Bu davr mobaynida u vohada öziga xos jurnalistika maktabini yarata oldi. Gazetalarning mazmun-mundarijasi tubdan özgarib, dizayni yangilandi. Tahririyat iş jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etildi. Zamonaviy raqamli tahrir tizimi yölga qöyilib, gazetalarning veb-sayti va Telegram kanali taşkil qilindi. Zamon bilan hamnafas holda işlayotgan gazetalarning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy veb-sayti — “jizzaxnews.uz” hamda Telegram kanali — “t.me/jizzaxnews_press” faoliyati yölga qöyildi. Gazetalarning veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari faollaştirilib, onlayn kontent tayyorlaş hamda tezkor axborot tarqatiş amaliyotiga ötildi.
Tahririyat öz studiyasiga ham ega böldi. Unda turli videomateriallar, davra suhbatlari, dolzarb mavzularda intervyular hamda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşayotgan vatandoşlarimiz haqida körsatuvlar tasvirga olinib, Telegram kanalida namoyiş etib borilmoqda. Şuningdek, tahririyat zamonaviy kompyuter texnikasi, foto va videouskunalar hamda mobil jurnalistika vositalari bilan taʼminlandi. Raqamli arxiv yaratildi va materiallar bazasi şakllantirildi.
Gazetalar sahifalarida köplab yangi ruknlar taşkil etilib, viloyatda amalga oşirilayotgan keng kölamli işlar, yangilaniş va özgarişlar, muammolar atrofliça yoritildi. Tahririyatdagi har bir xodim yangiça işlab, kreativ fikrlay boşladi. Natijada gazetxonlar sevib mutolaa qiladigan publitsistik janrdagi va tanqidiy-tahliliy maqolalar köpaydi.
Bugungi kunda yurtdoşlarimiz mazmundorligi va dolzarbligi oşgan, sifat jihatdan özgargan gazetalarni sevib mutolaa qilmoqdalar. Viloyat naşrlarining respublikadagi eng yetakçi gazetalar qatoridan örin egallaşida, albatta, soha fidoyisining xizmatlari beqiyos.
Şu örinda B.Nazarovning taşabbuskorligi va taşkilotçiligini eslab ötiş joiz. Uzoq yillar davomida tahririyat joylaşgan “Matbuot uyi” binosi taʼmirga muhtoj ahvolda edi. 2018 yilda boş muharrirning saʼy-harakati bilan “Matbuot uyi” binosi töliq taʼmirlanib, zamonaviy körinişga ega böldi. Tahririyat xodimlari keng va yoruğ xonalarda, qulay iş şaroitlarida işlay boşladilar. Xodimlarning ijtimoiy himoyasi kuçaytirildi, faxriylarni qöllab-quvvatlaş işlari namunali yölga qöyildi.
Bugungi kunda Bahodir Nazarov yoş jurnalistlarni doimiy ravişda qöllab-quvvatlab, ularga ğamxörlik qilib kelmoqda. Tahririyatda “Ustoz-şogird” anʼanasi yölga qöyilgan. Ustoz jurnalistlar yoşlarga ijodiy tajribasi va mahoratini örgatib kelmoqdalar. Şuningdek, tahririyat qoşida jurnalistika sohasiga qiziquvçi yoşlar uçun mahorat darslari va yoş ijodkorlar maktabi taşkil etilgan. Jizzax şahridagi Qozon federal universiteti filialining jurnalistika fakulteti hamda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi bilan hamkorlik yölga qöyilgan. Nufuzli universitet filialining talabalari har yili tahririyatda amaliyot ötaşadi. Yoş ijodkorlar maktabi öquvçilari bilan ijodiy uçraşuvlar va “Mahorat darslari” ötkazib kelinmoqda. Bugungi kunda B.Nazarovning şogirdlari respublika naşrlari hamda axborot xizmatlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.
Tahririyat sönggi 5 yil davomida Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qöllab-quvvatlaş jamoat fondi tomonidan eʼlon qilingan tanlovlarda ğolib çiqib, 4 marta grant mablağlarini olişga muvaffaq böldi. Şuningdek, B.Nazarov muallifligida “Jizzax haqiqati” va “Djizakskaya pravda” gazetalari çiqa boşlaganining 40 yilligiga “Qaynoq hayot solnomasi”, 50 yilligi munosabati bilan esa tahririyatda işlab ketgan va hozirda faoliyat yuritayotgan ijodkorlar hayoti va faoliyatiga oid “Hayot bilan hamnafas” nomli kitoblar çop etildi.
B.Nazarov Xalq deputatlari viloyat kengaşining deputati, Kengaşning Korrupsiyaga qarşi kuraşiş va xavfsizlik masalalari böyiça doimiy komissiyasi raisi sifatida ham köplab xayrli işlarni amalga oşirib kelmoqda. Uning deputatlik faoliyati bevosita saylovçilarning dardu taşvişlari bilan yaşaş, ularning muammolarini hal etiş bilan boğliq. Ötgan davrda deputat özi saylangan 23-Zafarobod tuman okrugi hududida keng kölamli işlarni amalga oşirdi.
Zafarobod tumanidagi “Tinçlik” va “Çölliguliston” mahalla fuqarolar yiğinlarida “Obod xonadon – obod köça – obod mahalla” dasturiga muvofiq içki yöllar töliq rekonstruksiya qilindi. Zafarobod tumanini Paxtakor tumani bilan boğlab turuvçi yöl qayta taʼmirlandi. Deputatning saʼy-harakati bilan tumandagi “Birlik” va “Çölliguliston” mahalla fuqarolar yiğinlarida “Kambağallikdan farovonlik sari” dasturi asosida lotoklar qurilib, aholi tomorqalari oqar suv bilan taʼminlandi. Bundan taşqari, deputatlik sörovlari natijasida tumanda aholini gaz, elektr energiyasi va içimlik suvi bilan taʼminlaş, obodonlaştiriş masalalari hal etildi. Ayni paytda u Zafarobod tumanini “Yangi Özbekiston” qiyofasidagi hududga aylantiriş böyiça kompleks işlarni amalga oşirişda faol iştirok etib kelmoqda.
Bahodir Nazarovning soha rivojiga qöşgan hissasi davlatimiz tomonidan munosib taqdirlangan. Bugun uning köksini Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining 10, 25 va 30 yilligi hamda “Maʼnaviyat fidoyisi” kökrak nişonlari bezab turibdi.
Bahodir Nazarov — oilaparvar inson. U turmuş örtoği Manzura Nazarova bilan uç nafar farzandni tarbiyalab voyaga yetkazdi. Farzandlari oliy maʼlumotli bölib, turli sohalarda samarali faoliyat körsatib kelmoqdalar. Nevaralari esa ularning ardoğida tarbiya topmoqda.
Şu yillar mobaynida u hayot yöli yoşlarga ibrat bölgan ustoz jurnalist, el-yurt hurmatiga loyiq inson böliş baxtiga muyassar böldi. Ustoz jurnalistga: “Ana şunday jöşqin mehnatdan çarçamang, har doim farzandlaringiz, nevaralaringiz, şogirdlaringiz va hamkasblaringiz qurşovida böling”, — deymiz. El-yurt xizmati yölidagi serqirra faoliyatingizda omad yor bölsin! Yangi Özbekistonimiz va uning jurnalistikasi uçun bundan buyon ham astoydil xizmat qilişga kamarbasta bölib yurişingizga tilakdoşmiz.
Vasil ILYOSOV,
“Jizzax haqiqati” gazetasi
bölim muharriri.
