Qalam sehri
Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist unvoniga sazovor bölgan Isroil Xolboyev Navoiy viloyati böyiça yagona ustoz ijodkordir. Hayotining qariyb yarim asrini matbuotga bağişlagan bu insonni nafaqat viloyatda, balki respublikamizda tanimagan-bilmagan insonning özi yöq. Kasbining ortidan bepoyon Qizilqum çölini, har bir qişloğu ovullarni, sanoat korxonalarini kezib, ular haqida turkum publitsistik maqolalar, esse va oçerklar, kerak paytda luqma va felyetonlar yozgan zabardast jurnalist.
Bu hamkasbimizni 2000 yildan boşlab taniganmiz. Keyinçalik birga işlaş ham nasib etgan. Şu davrda ustozni oliyjanob fazilatli inson, ajoyib suhbatdoş, qalami ötkir jurnalist sifatida kaşf etganmiz. Isroil aka haqiqatda borliğini bağişlab, viloyat gazetasida fidokorona mehnat qildi. Jurnalistikada öz örnini topdi. Eng tan beradigan jihati, ustoz Navoiy şahriga ilk kelgan davridan to nafaqaga çiqqunga qadar Abdumutal aka Norboyev bilan birga oddiy yotoqxonada yaşab, oddiy qalami ortidan el-yurtda yuksak hurmat-eʼtibor topdi. Hamma orasidan qil ötmaydigan bu ikki qadrdon döstga doim havas qilardi. Yana bir eʼtirofga molik fazilati — har qanday şaroitda ham u har kuni işga erta tongda borib, hamkasblari kelgunça gazetaning bir soniga yetgulik maqolalarni yozib taşlardi.
Darvoqe, qadrdon hamkasbimiz ijod olamiga tasodifan tuşib qolgani yöq. Ötgan asrning 70-yillarida Xatirçi tumanidagi “Yangi hayot” gazetasiga (hozirgi “Xatirçi hayoti” gazetasi) kiçik xabarlar yozib, kelajakda jurnalist bölişni orzu qilgan navqiron yigitça edi. Öşanda 8-sinfda öqirdi.
Örta maktabni tugatgaç, Samarqand davlat universitetining rus filologiyasi fakultetiga hujjat topşirdi. Talabalik davrlarida dorilfunun qoşida taşkil etilgan “Şalola” adabiy-badiiy tögaragining faol iştirokçisiga aylandi.
1981 yilda uşbu nufuzli oliy taʼlim maskanini muvaffaqiyatli tugatgaç, tumandagi 38-örta maktabda ilk mehnat faoliyatini boşladi. Şu bilan birga tuman gazetasi bilan ham ijodiy hamkorlikni yölga qöydi.
— Heç esimdan çiqmaydi, — deya xotirlaydi Isroil Xolboyev. — 1984 yilning yoz oylarida “Yangi hayot” gazetasida “Avtostansiyadan reportaj” sarlavhali kiçkinagina tanqidiy maqolam çop etildi. Bu işlayotgan maktabimda juda şov-şuv bölib ketdi. Şu böldi-yu, hamkasblarim boşqaça qaraydigan, ayrim masalalarda maslahat söraydigan bölib qolişdi. Şu maqola sabab böldi-yu, tuman gazetasi tahririyati bilan muntazam aloqalar örnatib, doimiy maqola yozadigan böldim. U paytlar gazetalar yaxşigina qalam haqiyam tölardi-da…
Buni qarangki, oradan bir yil ötib, Isroil aka tuman gazetasi tahririyatiga işga taklif etildi. Bu yerda ustoz jurnalistlar kömagida uning qalami çarxlandi. Birin-ketin ötkir va dolzarb mavzularda “Tugallanmagan qöşiq”, “Tiriklikning sönggi ilinji”, “Diqqat, polundra”, “Halol mehnatning ölçovi”, “Tuhmat jari yoqasida”, “Bolalar haqiga xiyonat”, “Aytsam tilim, aytmasam dilim…” sarlavhali oçerk va felyetonlari çop etildi. Natijada yoş ijodkor tumanda haqgöy va adolatparvar, tanqidçi muxbir degan nom bilan tanildi.
1994 yilning yanvar oyida viloyat hokimligi muassisligidagi “Döstlik bayroği” gazetasiga işga ötiş uçun öşa davrdagi gazeta rahbari Hamdam Eşonqulov qabuliga kirdi. Hamdam Eşonqulov ham keng mulohazali va ijodkor muharrir bölganligi uçun Isroil akadagi isteʼdod va qobiliyatni köra bilib, darhol işga oldi.
Şu-şu qahramonimizning hayoti viloyat “Döstlik bayroği” gazetasi bilan boğlandi. U uşbu Navoiy ijod dargohida öz davrining yetuk ijodkorlari Hamdam Eşonqulov, Mahmud Mardiyev, Ulaş Nurmonov, Yorqul Umarov, Ğaffor Hotamov, Islom Xudoyqulov, Abdumutal Norboyev, Jumamurot Mirzayev, Dilşod Islomov, Azamat Safarovlar bilan bir safda turib, uzoq yillar serqirra ijod qildi.
U tahririyatda işlab yurgan kezlarda “Çiroqlari yoniq ötovlar” sarlavhali tahliliy maqolasi hukumat darajasida muhokama qilinib, maqolada qayd etilgan muammo va kamçiliklar bartaraf etildi. Natijada Qizilqum çorvadorlari uçun qöşimça imtiyozlar, yengilliklar berildi. Ayniqsa, uning “Ilojim yöq”, “Gorka”, “Pudratçilar haqiga xiyonat”, “Yeng içidagi tadbirkorlik” singari felyetonlari jamoatçilikning keng muhokamalariga sabab bölgani hozirgaça davralarda köp eslanadi.
Isroil Xolboyevning yillar davomida qalami çarxlanib, özi ham ustoz darajasiga yetdi. Bugun uning şogirdlari viloyat, respublika matbuotida masʼul lavozimlarda mehnat qilmoqda. Qolaversa, u bugungi kunda pensiya yoşida bölsa ham ikki yil davomida Xatirçi tumani hokimligining “Xatirçi hayoti” gazetasiga ham muharrirlik qildi.
Ustozning köp yillik fidokorona xizmatlari beiz ketmadi. Prezident Farmoniga muvofiq, 2012 yilda yuksak davlat mukofoti — “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan jurnalist” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Angladiki, mehnat qilgan har qanday insonning xizmatlari besamar ketmas ekan. Eng muhimi, bu mukofot özining haqiqiy egasiga berilgan edi.
Hozirgi kunda 4 nafar farzand, 14 nafar nabira qurşovida keksalik gaştini surayotgan Isroil aka nafaqada bölsalar-da, ijoddan töxtagani yöq.
Ustozga mustahkam soğliq, uzoq umr, ijodiy barkamollik tilaymiz!
Abdumajid JÖRAYEV,
Baxtiyor TOŞNAZAROV,
jurnalistlar.
