Qora niqob

Iş qidirib…

Nurali örta maktabni tugatib, öqişga kiriş uçun bir-ikki yil özini sinab kördi. Baxti çopmadi. “Bor-e!” dedi-da, töğri kelgan işni qilib yuraverdi. Ozgina daromad topib, kunini ötkazardi. Örni kelganda mardikorlik ham qildi. Bir quriliş şirkatiga ham işga kirib, biroz işladi. Tengqurlarining köpi öqidi, baʼzilari kasb-hunar egalladi, sinfdoş yigitlarning bari uyli-joyli böldi. Köplari farzandlariga sunnat töylari ham ötkazişdi.

Nurali esa hamon tuzukroq işning boşini tutmadi, uylanmadi ham. Xorijda işlayotgan tengdoşlari yangi uylar qurişdi, baʼzilarining yengil avtomaşinasi ham bor. Bularni körib, u ham boş qotirdi. “Men ham xorijga çiqib işlasam, boyib ketarman”, degan xayol könglidan ötdi. Hafta-ön kun şu xayol uni sira tark etmadi. Oxiri çet elga borib işlaş maqsadida xorijga çiqiş pasportini oliş uçun hujjat topşirdi. Bir hafta ötgaç, “qizil pasport”li böldi. Şu pasportni qölga olgaç, özini xuddi çet elda yurgandek his qildi. Qayerga borişini uzoq öylab, oxiri sinfdoş dösti Ğofurning Moskva şahrida işlayotgani esiga tuşdi. Keçki payt ularnikiga borib, otasidan Ğofurning telefon raqamini olib qaytdi. Keçqurun ovqatlanib bölgaç, xonasiga kirib, unga qönğiroq qildi. Narigi tomondan: “Nurali, kel, senbop iş bor”, deb örtoği yaşaş manzilini aytdi.

Nurali işlab töplagan puli ozligini bilib, yana bir hafta tanişi bilan tinmay işladi. Ketar kuni esa onasiga Moskvaga — Ğofurning oldiga, iş borligi uçun ketayotganini aytdi.

— Bolam, borib işlasang işla. Tengqurlaring allaqaçon uylanib, hatto bolalariga sunnat töylarini ham ötkazdi. Qölimiz kaltalik qilib, bir-ikki joyga sovçilikka oğiz solgandik, körding-ku, “Işining tayini yöq”, deb könişmadi. Işlasang, yaxşilab işlab kelgin, sening ham töyingni köraylik, — dedi onaizor.

Nurali laş-luşlarini yiğiştirib, Şörçi boş bekatidan Toşkentga yöl oldi va u yerdan Moskva şahriga çipta olib, uçib ketdi.

Şunday qilib, u dösti Ğofurning yotoqxonasida birga yaşab, ikki yil öşa yerda mehnat qildi. “Haş-paş degunça, mana, kelganimga ikki yil bölibdi-ya. Bir borib uydagilarni körib kelay”, — dedi Nurali Ğafurga. U qişloği — Qoraqir mahallasiga bozor kuni bir sumka bozorlik bilan kirib keldi.

Bir yarim oyça qişloqda yurib, yana çetga işlaşga ketiş maqsadida akasi Ergaş va amakisi Abdilar bilan maslahatlaşdi. Ularning Turkiyada işlaşini bilardi. “Kel, iş bor”, — dedi akasi Ergaş. Şundan söng Nurali Toşkent — Bişkek — Istanbul yönalişi böyiça samolyotga çipta olib, jönab ketdi.

U Turkiyada ham biroz işladi, ammo dangasaligi tutib: “Bu yerda işlaş menga yoqmadi, sizlar örganib qolgansizlar-da”, — dedi akasi va amakisiga. Keçqurun işdan kelib, Moskvadagi yana bir tanişi Şuhrat Imomqulovga qönğiroq qildi: “Iş bormi? Men bormoqçiman”. Şuhrat: “Kelaver, iş köp”, — dedi. Ilgari ham Ğofur va Şuhrat bilan bir joyda yaşab işlagani sababli, Istanbul — Moskva yönalişiga çipta olib, uçib ketdi. Keçasi aeroportdan taksiga ötirib, öziga taniş köça böylab şeriklarining yoniga bordi. Ertasi kuni “Petroviç” gipermarketiga yuk taşuvçi bölib işga joylaşdi. Kunduzi işlab, keçasi yotoqxonada dam olardi.

Kunlarning birida qöl telefoni orqali “YouTube” tarmoğidan “Jihod va hijrat qilmagan asli kofir va murtaddir” deb nomlangan maʼruzani tinglab, uzoq öyga toldi. Şundan söng uning feʼl-atvori özgarib qoldi. Turli daʼvatçilarning rasmiy kanallariga aʼzo bölib, har xil çalamullolarning maʼruza va darslarini muntazam kuzatib bordi. Jihod hamda hijratga çorlovçi maʼruzalarni, turfa roliklarni tomoşa qilib, unda Suriyaga boriş ğoyasi tuğildi. Miyasini faqat Suriyaga çiqib ketiş rejasi qamrab oldi. Endi oldingi Nuralidan asar ham qolmagandi. U butkul özgargandi. Şeriklari ham uning xatti-harakatlaridan hayron bölişardi:

— Ey Nurali, oşna, senga nima bölyapti? Birdan boşqa odamga aylanib qolding?

— Işlaringiz bölmasin, men şunçaki özgarmoqçiman, — dedi u.

— Ha, mayli, özing bilasan, biz şunçaki söradik-qöydik-da, — deyişdi ular.

U oxir-oqibat betayin videolar ostida qoldirilgan raqamni saqlab olib, “WhatsApp” orqali: “Assalomu alaykum, aka, yaxşimisiz? Siz Suriyadamisiz?” — deb yozdi. Oradan tört-beş kun ötib, undan: “Ha, Suriyadamiz”, — degan javob keldi. Nurali: “Yoningizga qanday borsam böladi?” — deb söradi. Ular: “Siz qayerdasiz?” — deb yozganida, “Sankt-Peterburgdaman”, deb javob qaytardi. “Unda biz yordam berolmaymiz”, — degan javobni oldi. “Qanday qilib borsam böladi?” — deb qayta söraganida: “Turkiya orqali ötiş mumkin”, — degan yozuvga közi tuşdi. Nurali ertasi kuniyoq — 2020 yilning sentyabr oyida Sankt-Peterburg — Toşkent aviareysiga çipta olib, uyiga qaytdi. Söng uydagilariga “Turkiyaga işlagani ketyapman”, deya yana yölga tuşdi.

Qora niqobni qömsab…

Alqissa, 2020 yil 29 oktyabr kuni u Toşkentdan Istanbulga uçib bordi. U yerda ijaraga uy olib, internet orqali tanişgan Saad degan kimsa bilan telefon orqali boğlandi va u yöllagan odamlar kömagida Turkiya çegarasini noqonuniy buzib ötib, Suriya hududiga kirdi. Çegarada kutib olişdi. Öz maşinasida ikki soatça yöl yurib, turli savol-javoblardan söng uning asl ismi Nurali ekanini bilgaç: “Ismingni özgartir”, — dedi. Nurali öziga “Abdulhamid” deb yangi ism tanladi.

Ular Suriyaning Idlib viloyatidagi “At-Tariqul-buzğor” hududida joylaşgan qarorgohga borişdi. Uni harbiy tayyorgarlikdan ötiş uçun töplangan, öziga öxşagan 16 nafar yangi kelganlarga qöşib qöyişdi. 2021 yil 8 fevral kuni Idlib viloyatining Horem tumaniga qaraşli Qalb Loze qişloğidagi taşlandiq binoda harbiy maşğulotlar boşlandi.

Endi uni u yerdagilar “Nurali” emas, yangi ismda “Abdulhamid” deb çaqirişardi. U öşa yerda turli öqotar qurollardan foydalanişni örgandi. Unga “AK” rusumli avtomat quroli berildi. U qança töqnaşuvlarda qatnaşdi, neçta begunoh odamning qonini tökdi — buning hisobini özi ham bilmaydi. “It yotiş, mirza turiş” azobli kunlari şu tariqa ötaverdi. Qölida qurol, yuzida qora niqob taqib yurgan kunlarining sanoği yöq edi. Çangli va tutunli havodan nafas oliş ham joniga tegdi.

U özining haqiqiy ismini ham unutayozdi. Kunlarning birida toşkentlik Abubakr ismli kişiga öz yurtiga qaytmoqçiligini aytdi. U Abdulhamidni bir arab bilan taniştirib: “Bu yigitni Turkiyaga ötkazib qöy”, — dedi. Haligi arab kattagina pul evaziga uni çegaradan ötkaziş maqsadida öz uyiga olib bordi. Tun. U şirin uyquda edi. Haligi arab uni sekin turtib uyğotdi: “Tur, kiyin, narsalaringni ol”.

Yarim tunda ular Turkiyaning Hatay viloyati içkarisiga uç-tört kilometr kirişgaç, qoçoqni Turkiya harbiy kiyimidagi şaxslarga topşirib, arab ortiga qaytdi. Şu tariqa ketayotgan mahal turk politsiyasi ularni töxtatib, bölimga olib bordi. U yerda Nuralini söroq qilib, barmoq izlarini olişdi hamda alohida suratga tuşirişdi.

2025 yil 25 dekabr kuni Istanbul — Toşkent aviareysi orqali Özbekistonga deportatsiya qilindi. Ösib ketgan beöxşov soqoli olingaç, başarasi yana avvalgi öz holiga qaytgandek edi. Ammo…

Iqrorlik

Bu yerda tergov-suriştiruv işlari unça qiyin keçmadi. Çunki uning yonidan olingan uyali telefon barça qinğirliklarni foş etib bergandi.

Ha, aytgança, Nurali Raimovning özi ham beş yil davomida faoliyati taqiqlangan “Jabhat an-Nusra” xalqaro terrorçilik taşkilotining “Ğurobo katibasi” bölinmasi jangarilari safida sodir etgan jinoyatlarini — xotirasida qolgan barça qilmişlarini sudda birma-bir sözlab berdi.

Yuzidagi qora niqob yirtildi. “Qilmiş — qidirmiş” deganlari şu bölsa kerak. Boylik vasvasasi, nafs qusuri Nuralini ne köylarga solmadi! “Nafsning oqibati — zulmdir, zulmning oqibati esa xorlikdir!” deganlari şu edi.

Niqobi yirtilgan Nurali Raimov endi uzoq yillar panjara ortida jazo ötab, qilmişlaridan saboq olsa, ajab emas.

Tolib TILOVOV,

Jinoyat işlari böyiça

Şörçi tuman sudining raisi.

Çori QORAQULOV,

şu sudning xalq maslahatçisi.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan