Ayolning sukuti rozilik emas

yoki qizning orzusi söndirilmasin

Baʼzan bir insonning dardini tuşuniş uçun minglab söz şart emas. Unga şunçaki quloq tutiş, hislarini tuşunişga uriniş va fikrini hurmat qiliş kifoya. Ammo jamiyatda şunday insonlar borki, ularning hayoti haqida hamma gapiradi-yu, özlariga söz berişga kelganda barça sukut saqlaydi. Ular orzularini içiga yutgan qizlar, dardini aytişga qörqadigan ayollardir.

Bugun xotin-qizlar huquqlari, qizlarning taʼlim olişi va jamiyatdagi örni haqida köp gapirilmoqda. Ular uçun yangi imkoniyatlar yaratilib, bilim olişi va kasb-hunar egallaşiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Biroq meni hamon bir savol öylantiradi: biz ayollar haqida gapiryapmiz-u, ammo ularning özlarini qançalik tinglayapmiz?

Qizning orzusi qaçon sönadi?

Ayrim oilalarda qizning qayerda öqişi, qaysi kasbni tanlaşi va qaçon oila qurişi uning örniga hal qilinadi. “Qiz bola baribir birovning xasmi”, degan qaraş bilan uning orzu-umidlari çegaralab qöyiladi. Oliygohda tahsil olişni, yetuk mutaxassis bölib jamiyatga foyda keltirişni istagan qizga baʼzan: “Senga buning nima keragi bor?” degan taʼnali savol beriladi.

Ammo nega qizning orzusi ortiqça intilişdek qabul qilinişi kerak? Nega uning kelajagi borasida qaror qabul qilişda öz fikri oxirgi öringa tuşib qoladi?

Balki u kelajakda şifokor bölib, insonlar hayotini saqlab qolişni istar. Balki öqituvçi bölib, bolalarga taʼlim berişni yoki jurnalist sifatida jamiyatdagi muammolarni dadil yoritişni orzu qilar? Qalbida qanday ezgu maqsadlar yaşayotganini bilmay turib, uning taqdirini sirtdan hal qiliş qançalik adolatli?

Qiz farzand dunyoga faqat kelin böliş uçungina kelmaydi. U ham bilim oliş, kasb egallaş, mustaqil fikrlaş va öz iqtidorini namoyon etiş huquqiga ega tölaqonli insondir.

Albatta, oila quriş — hayotning muhim va masʼuliyatli bosqiçi. Biroq turmuş quriş taʼlimdan voz keçiş, orzularni kömiş yoki özligini yöqotiş degani emas. Aksinça, ilmli va mustaqil fikrga ega ayol öz oilasiga ham, jamiyatga ham köproq naf keltira oladi.

Ayolning dardi nega özidan söralmaydi?

Yana bir oğriqli masala bor: ayol öz dardini oşkor qilganida, uni tinglab, tuşuniş örniga köpinça aybdor qilib körsatişadi. Zöravonlik qurboni bölgan ayoldan “Nega çidading?” deb söraladi. Göyoki röy bergan mudhiş voqea uçun ham jabrdiydaning özi aybdordek.

Lekin nega avvalo “Nega unga zulm qilindi?”, “Bu holatning oldini oliş uçun nima qilindi?” deb savol qöymaymiz?

Ayolning boşidan keçirgan azoblarini bilmasdan turib, unga osongina hukm çiqariş noinsoflikdir. Uning qalbidagi qörquvni, iqtisodiy qaramligini, farzandlari uçun xavotirini yoki yordam söraşga imkon topolmaganini anglaşga harakat qiliş esa ança muhimroq.

Har bir ayolning hayoti, bosib ötgan yöli va tanlovi betakrordir. Şu bois heç kimni eşitmasdan ayblaş, birovning dardini pisand qilmaslik yoki uning körgan sitamlarini oddiy holdek qabul qiliş töğri emas.

Ayolning sukuti har doim ham rozilik alomati bölavermaydi. Baʼzan bu sukut ortida aytilmagan minglab haqiqatlar, köz yoşiga aylangan orzular va madad söraşga botinmagan yarador qalb yaşiringan böladi.

Biz ayolning ovozini faqat musibat yuz berganda emas, oddiy kunlarda ham tinglaşni örganişimiz darkor.

Qizlar kelajagiga daʼvat

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva qizlar taʼlimi haqida söz yuritar ekan, şunday taʼkidlagan edi:

“Bilimli qiz nafaqat öz hayotini, balki oilasini, atrofidagi muhitni va butun mamlakat kelajagini özgartirişga qodir”.

Bu oqilona fikrdir. Çunki taʼlim qiz baloğatga yetganda unga şunçaki diplom bermaydi, balki mustaqil muşohada yuritiş, öz haq-huquqlarini anglaş, kasb egallaş va hayot yölini ongli ravişda tanlaş imkoniyatini taqdim etadi.

Qizning ilm olişi faqat uning şaxsiy yutuği bilan çeklanib qolmaydi. Bu kelajakda tarbiya topadigan soğlom avlod, mustahkam oila va maʼrifatli jamiyat poydevoriga qöyilgan muhim ğiştdir.

Şunday ekan, qizlarning taʼlim olişi masalasini faqat ota-onaning xohişi yoki tor oilaviy qaraşlar doirasida çeklab qöymaslik lozim. Ularning qiziqişi, layoqati va kelajakdagi maqsadlari albatta inobatga olinişi şart.

Qiz farzandiga işonç bildirgan ota-ona uning qanotini qayirmaydi, aksinça, yuksak parvoz qilişiga madadkor böladi.

Muammo faqat bir oilaning işi emas!

YUNISEF tahlillarida erta turmuş qizlarning bilim olişi, soğliği va kelajakdagi imkoniyatlariga jiddiy salbiy taʼsir körsatişi qayd etiladi. Bu esa mazkur masala şunçaki alohida bir xonadonning içki işi emasligidan dalolat beradi.

Qiz bolaning taʼlimdan çetda qolişi uning kelajakdagi kasbiy imkoniyatlarini keskin çeklab qöyadi. Öz huquqlarini yaxşi bilmaslik esa uni turli tazyiq va adolatsizliklar qarşisida ojiz qoldiriş xavfini oşiradi.

Şu sababli qizlarni öqitiş, ularning fikrini qadrlaş va har qanday zöravonlikdan himoya qiliş faqat ayollarning emas, balki butun jamiyatning umumiy burçidir.

Ota-onalar farzandlariga töğri yöl körsatişi lozim, ammo ularning örniga butun umrlik qarorlarni çiqarişga haqli emas. Jamiyat esa ayol kişini faqat oiladagi burçlari bilangina emas, balki bilimi, isteʼdodi, halol mehnati va insoniy qadr-qimmati bilan ham baholaşi zarur.

* * *

Qizlarning oila qurişiga aslo qarşi emasman. Faqat ularning roziligisiz taqdiri hal qilinişiga, ezgu orzulari özgalarning qotib qolgan qaraşlari tufayli sönişiga qarşiman.

Ayolni himoya qiliş — uning örniga qaror çiqariş emas, balki öz taqdirini özi belgilaş huquqini hurmat qiliş demakdir. Qizni ardoqlaş — uni orzularidan voz keçişga majburlaş emas, aksinça, öşa maqsadlariga yetişi uçun keng yöl oçib berişdir.

Zero, har bir qizning ortida butun bir kelajak, har bir ayolning yuragida esa öziga xos tarix bor. Ular öz taqdirini özlari bayon etişiga imkon beraylik. Xotin-qizlarni ayblaşdan oldin eşitaylik, taqdirini hal qilişdan avval fikrini söraylik.

Qizning töyi bir kunlik şodiyona bölişi mumkin, ammo uning bilimi va taʼlimi butun umr işonçli hamroh böladi. Bugun bir qizning öqişiga yaratilgan imkoniyat ertaga uning butun hayotini yoruğ qilişi tayin. Bugun bir ayolning dardiga quloq soliş esa uning yolğiz emasligini his ettiradi.

Ayolning sukuti heç qaçon rozilik emas, qizning orzusi esa söndirilişi kerak bölgan ortiqça havas emasdir. Har bir qizning ovozi yangraşga, har bir ayolning dardi eşitilişga, har bir inson esa öz qadr-qimmati bilan munosib yaşaşga haqlidir.

Nilufar YÖLDOŞEVA,

Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti talabasi.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan