Bolalar – kelajak tayançi
Farzand — har bir ota-ona yuragining bir parçasi. Mabodo unga biror zarar yetsa, ota-ona butun dunyoni ostin-ustun qilişga ham tayyor turadi. Şu farzand kamoli deb keçayu kunduz tinim bilmay mehnat qiladi.
Muborak hadislarda bolalar jannat rayhonlariga qiyoslanadi. Ota-onaning ikki dunyoda uning xuşböy hididan bahramand bölişi — köz quvonçi va baxtu saodatidir. Farzandlarimizning qalbiga ezgu va bilim bilan surur bağişlaşimiz lozim.
Ammo beş qöl barobar bölmaganidek, atrofimizda turli sabablarga köra bu totli neʼmatdan bebahra qolgan oilalar ham bor. Ular Xudodan keçayu kunduz farzand sörab iltijo qilişadi. Baʼzan bu duolar ijobat böladi, gohida esa… Keling, hozir bu mavzuga çuqur töxtalmaylik-da, farzandlarimiz kunining asosiy qismi ötadigan maktabgaça taʼlim taşkilotlari hamda u yerdagi tarbiyaçilar bilan boğliq baʼzi oğriqli holatlar töğrisida fikr yuritaylik.
Xalqimizda “Ustoz otangdan uluğ” yoki “Ustoz ikkinçi ona” degan ibratli naqllar bor. Bu eʼtirof bevosita tarbiyaçilarga ham tegişli. Ota-ona öz farzandiga qançalik mehribon bölsa, tarbiyaçi ham tarbiyalanuvçilarga şunçalik mehr-muruvvat körsatişi zarur va şart. Töğri, bu burçni şaraf bilan bajarayotgan fidoyi murabbiylar köp. Biroq internet tarmoğida bolalarning döpposlanişi, ularga öta qöpol munosabatda bölinayotgani aks etgan videolavhalar kunora uçrab turibdi. Xususan, “YouTube” platformasida 2026 yil 7 oktyabr kuni tarqalgan lavhada tarbiyaçi oğzidan bodi kirib, şodi çiqib, norasida bolalarni behayo sözlar bilan haqorat qilayotganiga guvoh bölamiz. Bunday sökişlarni eşitib ulğayayotgan bolalarimiz ertaga qanday qilib komil inson bölib yetişadi? Axir tarbiyaçining bunday xatti-harakatlari qonunga ham, insoniylik tamoyillariga ham mutlaqo zid-ku!
Bundan taşqari, ayrim boğçalarda bolalar ölimi yuz berayotganini qanday baholaş mumkin? Masalan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Samarqanddagi xususiy boğçalarning birida sodir bölgan mudhiş holatni olaylik. Unda muştipar ona 2021 yilda tuğilgan farzandi mazkur muassasada tösatdan olamdan ötgani hamda boğça xodimlarining uşbu fojiaga mutlaqo beparvo qaragani haqida çuqur iztirob bilan sözlab bergan. Muassasa mutasaddilarining bunday loqaydligi kişini larzaga soladi.
Keling, şu muştipar onaning örniga özingizni bir qöyib köring-a. Ertalab farzandingizni oq yuvib, oq tarab boğçaga kuzatsangiz-u, keçqurun uning jonsiz tanasini qölingizga tutqazişsa, qay ahvolga tuşardingiz?
Yana bir ayançli holat ötgan yillar davomida Olmazor tumanidagi xususiy boğçalardan birida yuz bergan. Maʼlum bölişiça, tarbiyaçi 2022 yilda tuğilgan gödakka ovqatlanişni istamagani sababli tazyiq ötkazgan. 2024 yilda esa aynan şu bolaga nisbatan boşqa bir “tarbiyaçi” — L.A. öta şafqatsizlarça munosabatda bölgan. U bola tuşlik paytida uxlamagani uçun uni yuqoriga kötarib, yerga uloqtirgan. Hatto “Nega jim bölmaysan?” deya oğziga çoyşab tiqqan. Yerga yiqilgan jajji bolaning orqa va kökrak sohalariga bir neça marotaba tepib, “Derazadan taşlab yuboraman!” deb qörqitgan. Albatta, bu jinoyatga nisbatan qonuniy jazo tayinlangan. Biroq jabrlanuvçi Z.ga birinçi tibbiy yordam körsatilgan bölişiga qaramay, u vafot etgan. Bunday fojia qarşisida ota-onaning çekkan iztiroblarini tasavvur qiliş muşkul. Murabbiy esa tegişli moddalar bilan aybdor deb topilib, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Töğri, uşbu ikki holat xususiy boğçalarda sodir bölgan. Ammo davlat tasarrufidagi boğçalar ham bunday kamçiliklardan xoli emas. Ularda ham tarbiyalanuvçilarga nisbatan qöpol muomalada böliş holatlari uçrab turadi. Bunday noxuşliklar barham topmasa, ertaga yoş avlodimizning taqdiri nima keçadi?
Baʼzida ayrim ota-onalar tarbiyaçilarning turmuş taşvişlaridan çarçaganini rökaç qilib, ularni oqlaşga urinadi. Ha, insonmiz, heç kim çarçamaydigan robot emas. Lekin şaxsiy asabiylik va ğazabni birovning begunoh norasidasiga soçmoq qaysi axloq mezoniga siğadi? Axir ota-ona jigarbandini ularga işonib topşiradi-ku! Nega murabbiylar özlariga bildirilgan yuksak işonçni oqlamaydi?
Şu örinda maʼlumot uçun: 2026 yil 1 yanvar holatiga köra, yurtimizdagi maktabgaça taʼlim taşkilotlariga qatnayotgan bolalar soni 2,53 million nafarni taşkil etmoqda.
Mazkur muammolarning oldini oliş yuzasidan quyidagi takliflarni ilgari suriş maqsadga muvofiqdir:
- Maktabgaça taʼlim taşkilotlariga işga qabul qilişda xodimning pedagogik tajribasi va malakasi qatʼiy inobatga olinişi şart.
- Tarbiyaçilarning bolalar bilan muomala madaniyati yuqori darajada şakllangan bölişi kerak. Zarurat bölsa, ularni avval maxsus psixologik test va muomala madaniyati böyiça imtihondan ötkazib, şundan keyingina işga qabul qiliş tizimini yölga qöyiş lozim.
- Işga qabul qilinayotgan nomzodning ruhiy barqarorligi va feʼl-atvoriga jiddiy eʼtibor qaratiş zarur. Jahli tez, asabi tarang xodimlarni emas, balki bolajon, sabrli va mehribon mutaxassislarni jalb etiş kerak. Çunki agressiv, badjahl murabbiy, albatta, bolaga salbiy taʼsir körsatadi.
Xulosa örnida aytganda, bolalar tarbiyasi bilan boğliq har qanday holatga barçamiz huşyorlik va masʼuliyat bilan yondaşişimiz, soha xodimlari esa kasb odobi va muomala madaniyatiga qatʼiy rioya qilişlari şart. Zero, ota-ona öz farzandini boğçaga kaltaklanişi yoki vafot etişi uçun emas, balki taʼlim-tarbiya olişi, döstlar orttirişi va vaqtini mazmunli ötkazişi uçun işonib topşiradi. Buni har bir tarbiyaçi doimo yodda tutmoği lozim.
Muhammadsodiq TÖRAYEV,
jurnalist.
