Hislar rangi

Ustoz şoir Erkin Neʼmatovni eslab…

Izlaringni öpar hislarim,

Soğinçlarim kötaradi tuğ,

Orzuimning yoniq mehvari,

Yuragimda sen taşlagan çöğ.

 

Şoir köngliga, qalb dunyosiga çöğ taşlagan qudrat bu — şeʼriyat. Rangini, dunyo tuyğularini hamma ham birdek anglarmikan? Afsuski, yöq. Yuqoridagi misralar muallifi tili bilan aytganda: “Anglamaysiz, befarq odamlar!” Axir bu dunyoga kelib ketişdan maʼno nima? Umrning mazmun-mohiyati öz aksini nimalarda aks ettiradi? Bu savollarga har kimning öz javobi, uning anglaş va tuşunçasi bor. Boisi har kimga öz aqli “toşu tarozi”. Biroq bu junbişli va salmoqli savolga javob şoirlarda tamoman bölakça. Uning qalb prizmasidan keçadigan ehtirosli tuyğular jarangdor sadosini hamma ham hazm qilolmasligi tabiiy. U savollar girdobida botinan nimanidir idrok etadi. Borliqqa iztirobu idrok közi bilan boqib, “yiğlab turgan qizaloq” dardini olgisi keladi. Tevarak-atrofdagi insonlarga azobli “Hijron ham mevasiz bitgan daraxt” ekanligini eslatar ekan, tiriklik va diydor ğanimatligini uqtiradi:

 

Inson umri — mavjudot umri,

Har bir jonda sirli olamlar,

Gözallikdir hayotning sehri,

Anglamaysiz, befarq odamlar.

 

Bu bitiklar loqaydlikka, lanjlikka, beğamlikka qarşi tuğyon, şoirona isyon timsolida odamlardan “Marjon buloqlarning piçirlaşi”ni, “Çeçaklar kiprigida bahoriy damlarning şivirlaşi”ni tinglaşga daʼvat etadi. Şoir jumlai jahonni hislar rangiga çömiltiriş orzu-istagini insonlar bilan baham körgisi keladi. Uning ruhiy jöşqinligi, inja tuyğulari zilol jilğalarning yugurigida, beboş yellarning şöxligida köngil hayratlarining timsoli sifatida yuraklarga hamrohlik qiladi.

Şoir va publitsist Erkin Neʼmatov öz töplamlaridan birini “Asrlarni hayratga solib” deb nomlaydi. Töplamda har bir inson yurak amriga quloq tutib yaşasagina, bu oqsoç dunyoning boşdan-oyoq sir-möʼjiza ekanligini anglatişga intiladi. Borliq va ruhiyat olami orasidagi uzviy tutaşlik hissini idrok etiş neʼmati hammaga ham birdek nasib etmaganligiga şoir işora qilar ekan, “köngil oğriqlari nasibasi — doimo şoirlarniki ekaniga” alohida urğu beradi. Şoirlar tuyğular taftidan harorat olib yaşaydilar, tabiat gözalligini taşbehu ramzlarda köradilar degan xulosaga keladi:

 

Baxti kuldi uning, yoğildi havas,

Hosildan egildi daraxtlar boşi.

Kuzda tomib turgan şarbatlar emas,

Öksigan niholning sevinç köz yoşi!..

Yoki:

U oppoq tong, sehrlaydi yuraklarni,

U buloqdir, köz yoş kabi sizib çiqar.

U orzudir, yetaklaydi tilaklarni,

U quyoşdir, koinotni kezib çiqar… —

 

deya hayratlar oğuşida “dunyoni bir butuniça” quvvai hofizasiga joylaydi. Darvoqe, Erkin aka Neʼmatovning özlari lutf etganlaridek: “Qalblarda kezardi pinhona bir his, Közlarda sizardi pinhona bir his…” Qalblarda kezgan, közlardan sizgan öşa qaynoq his… Bu hayrat möʼjizasi — maftunkor baytlar faqat şoirlarga berilgan neʼmat emasmi?

Çunki “Sutrang ildizlardan insonga qadar, uçar jon libosi — ipakdayin par, tabiat quvonçi — gullar, çeçaklar”, — deydi muallif olamjahon hayajon bilan. Ana şu qaysar tuyğular suronida şoirona maftunkorlik bitiklari böy körsatadi.

Aytib qöyay, men adabiyotşunos olim yoxud badiiy baytlar sinçisi emasman. Bor-yöği bitta nazm muxlisi, oddiy kitobxon sifatida şoirning turli yillarda çop etilgan töplamlaridan joy olgan şeʼrlarining könglimga ötirganlari töğrisida öz taassurotlarimni qoğozga tuşirişga intildim. Erkin akaning şeʼrlarini öqir ekanman, şoir nigohiga tuşgan mavzularni ramzlar asosida jonli öxşatişlari, original topilmalari, ayniqsa, kutilmaganda portlaşi bilan öqirmanni hayajonga soladigan poetik butunlik va tugallik, bitta muxlis sifatida meni ğoyatda hayratlantirdi. Öquvçini zeriktirmay, fikrimni asoslaşga ötay. “Terak” şeʼri bor-yöği sakkiz qator. Ramzlar va işoralar orqali kibr-havolikdan heç kim baraka topmagani badiiy tarzda oçib beriladi. Şoirning yana “Bandi quş”, “Zanjirband fil”, “Qafasdagi bulbul”, “Qismat”, “Şavkat tuyğusi”, “Beşik”, “Agar quşlar yöqotsalar yöl” singari köplab şeʼrlarida bir-biriga zid tutqunlik va ozodlik tuşunçalarini kitobxonga anglatişda öziga xos şoirona mahoratini namoyon etgan. Ayniqsa, şeʼrlarning poetik qurilişi jihatdan ança ixçamligi va milliy anʼanalarga sodiq qolib, özaro gurunglarda maqol yoxud matal tarzida qöllaniladigan xalqona iboralarni şoirona topqirlik bilan öz örnida işlatganini körib, öqirman beixtiyor “E, hali gap bu yoqda ekan”, deganini sezmay qoladi. Jumladan, xalq orasidagi maşhur rivoyatdan olgan taassurotini şoir “Qismat” şeʼrida şunday tasvirlaydiki, öquvçi botinidagi milliy egamenlikni qalqitib yuboradi:

 

Podşoh öyga toldi, bu qanday azob,

Nahotki qullardan bölmasam judo?

Söng ğoyibdan keldi qalbiga xitob:

— Ojizni şoh emas, qul qilgan Xudo!

 

Körinib turibdiki, hurriyat eng avvalo insonning qalbidan boşlanişi şart ekan. Öquvçini öylaşga, fikrlaşga undaydigan, ruhan dalda beradigan badiiyat bilan suğorilgan bu xildagi şeʼrlar töplamda talaygina. Bu keltirilgan misollar kitobni öqiş jarayonida yuragimdan keçgan botiniy tuyğular suvrati, xolos.

Yangi töplamni öqib tugatgaç, olgan taassurotlarim haqida ustozning özi bilan (u vaqtda Erkin aka Neʼmatov hayot edilar) şeʼriyat haqida, uning badiiy qiymati töğrisida ança gurunglaşdik. Suhbat asnosida bitta narsani teran idrok etdimki, inson öz yuragiga daldani ham, yillararo boy berilgan imkoniyat-u uning oğriqli armonlarini ham öz xotiralari qatlaridan topar ekan. Ana şu suhbatda ikkimiz yillar oşa yodimiz sarhadlarini kezib, respublika radiosida işlagan yillarimizni esladik.

Hanuz keçagidek esimda. Öşanda 1984 yilning yanvar oyi edi. Yana poytaxtga qaytişga ahd qilib, Toşkent sari yöl oldim. Taniş-birodarlarim Özbekiston radiosida iş borligini aytişdi. Öylab-öylab, “Şarq yulduzi” jurnali joylaşgan bino tomon yöl oldim. Ustoz şoir Ikrom Otamurod (Ollohim oxiratlarini obod qilib, joylarini jannatdan ato qilgan bölsin)ga uçraşib, ahvolimni aytar ekanman, gap orasida radioda iş borligini ham qistirib ötdim. Ikrom aka stolda turgan telefonni özi tomon tortib, qandaydir raqamni terib, kim bilandir qalin söraşib bölgaç: “Ustoz, oldingizga bitta yurtdoş şogirdimni jönatyapman. Özingiz şu yigitga ham bir rahnamolik qilib yuboring, iltimos…” — deya taʼkidlar ekan, gap orasida: “Ançadan buyon matbuotda körmayapman, bizning jurnalimizga ham yangi şeʼrlardan olib keling”, — deya xayrlaşib, göşakni qöydi. Söng bir parça qoğozga nimalarnidir yozib, qölimga tutqazar ekanlar: “Erkin aka — bağri daryo odam, vaqtida menga ham yordam qilganlar. Radioga borib, u kişiga uçraşing”, — deya xayrlaşiş uçun qölini uzatdilar. Men pastga tuşib, u kişi yozib bergan qoğozga köz taşladim. “Erkin Neʼmatov radio, içki telefon 6-87” yozuvini öqidim. Oraliqda metroning “Amir Temur xiyoboni” bekati, “Özbekiston” mehmonxonasi va uning kunçiqaridagi ixçamroq xiyobonni aytmasa, respublika radiosi ikki qadamlik yöl edi.

Radio binosiga borib, qoğozda körsatilgan raqamga qönğiroq qilib, özimni taniştirdim. Köp ötmay, örta böyli, miqtidan kelgan, jingalaksoç, buğdoyrang bir kişi tuşib keldi va men bilan eski qadrdonlardek samimiy söraşdi. Bu kişi (Olloh öz rahmatiga olgan bölsin) şoir va publitsist Erkin Neʼmatov edi. Erkin aka ruxsatnoma yozdirib, binoning içkarisiga olib kirdilar. Xonada öntadan köproq kişi ötirardi. Ular orasidagi xizmat körsatgan jurnalistlar Abduxoliq Abdurazzoqov, Ahror Ahmedov va rahmatli Qöçqor Haydarovni aytmasa, aksariyati nafaqaxörlar edi.

Gapning xonasi kelganida aytib qöyay, u paytlarda teleradio tizimiga işga kiriş uçun uç-tört oy, baʼzida yarim yillab qatnalar edi. Uşbu bitiklar muallifi ham ana şu qattiq sinov va savdoni çidam bilan boşdan ötkazib, kiçik muharrirlik lavozimiga (maoşi 110 söm) joylaşgan. Menga buyruq çiqqan kunning ertasigayoq meva terişga, keyinroq beda örimiga, söng esa paxta terimiga ketganman. Şuni alohida taʼkidlaşim kerakki, Erkin akaning jonkuyarligi va fidoyiligi sabab keyinçalik jamoamiz ança yoşargan. Mening izimdan köp ötmay, maşhur telejurnalist Röziboy Qöldoşev, undan söng Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist va taniqli muharrir Norqobil Jalil, keyinroq zahmatkaş yozarman Ismat Xudoyor va boşqa qator yoşlar tahririyatda faoliyat körsata boşlaganlar.

Hammamizning jöraboşimiz va ustozimiz Erkin aka çindan ham bağri daryo inson edi. Har kuni yo kunora bazmi jamşid uyuştirilar edi. Taşabbuskori esa ustozning özi bölar edi. Zero, menga öxşagan öndan ortiq yoş qalamkaşga publitsistika va axborot janrlarining öziga xos şakl-şamoyiliga ega bölgan radiotalqinini ipidan ignasigaça bizga Erkin aka örgatgan, desam, lof bölmaydi. Öşa davrlarda Qişloq xöjaligi boş tahririyati eşittirişlarining auditoriyasi juda katta edi. Soat birda boşlanib, 58-59 minut davom etadigan kunlik eşittirişda sohibkoru dehqonlar faoliyatiga oid dolzarb mavzulardagi maqola va radiosuhbatlar qatorida ekologiya va sanʼatkorlar hayotidan (muallif Röziboy Qöldoşev) ham maxsus dasturlar tayyorlanib, efirga berib borilardi. Aytiş joizki, Erkin aka bizlarning taşabbusimizni qöllab-quvvatlaşdan taşqari, kerak joyida şaxsan özi ibrat ham körsatgan. Masalan, özi qalamga olgan radiooçerklarida qahramonlarning fikr-mulohazalarini xalqona tilda tabiiy qilib, obrazli iboralar bilan bezaşlariga biz havas qilar edik. Hatto çetdagi jamoatçi qalamkaşlar ham qançalik nomdor bölmasin, ustozning fikr-mulohazalari bilan hisoblaşar edi. Bir kuni öz davrining taniqli qalamkaşlaridan biri hajmi ön beş betlik oçerk olib keldi. Ustoz oçerkni öqirkanlar: “Sal-pal yerga tuşaylik, toza havolab ketibmiz çoği. Bunaqada Abdulla Qahhor taʼbiri bilan aytganda, tağin “gap zavodiga” aylanib ketişimiz heç gapmas. Nima dedingiz, domla?” — deya muallifga savolomuz qaradilar. Mehmon ham Erkin akani töğri tuşundi, şekilli: “Endi, döstim, bu yoği özingizga havola. Eskiçasiga aytganda, suyagi bizdan, göşti sizdan”, — deya gapining izini kulgiga olgan böldi.

Ertasi kuni ustoz Ahror Ahmedov, Abduxoliq Abdurazzoqov, Röziboy Qöldoşev va kaminaga tepadagi suhbatning aks-sadosi bölgan uşbu törtlikni öqib berganlar:

 

Yulduzni benarvon urguday tiksan,

Közingni olmaysan arşi aʼlodan.

Göyo to abadga bardam, tiriksan,

Yerga ham qarab qöy, asrar balodan…

 

Taqdirini söz bilan boğlagan ijodkor borki, u hamişa köngil keçinmalari va xayolot olamining asiri. Ruhiy olamidagi hissiy qözğaliş toki oppoq qoğozga köçmagunça unga halovat begona. Şeʼr yoxud gözal bir bitik şoir uçun betakror hodisa, aniqroği, kaşfiyot. Yillar va oylar oşa behalovat kunlar beşigida tizginsiz tuyğular suvrati va sadosi timsolida tuğilgan şeʼrlar şoirning “Oşiq bulbul”, “Tabiat minbari”, “Alangadagi sado”, “Karvon qönğiroği”, “Asrlarni hayratga solib” kabi qator töplamlarida böy körsatdi. Siz yuqorida nomlari qayd etilgan töplamlarni varaqlasangiz, yuraklarni junbişga keltirgan sirli soğinçga, samimiy sirdoşga duç kelasiz va u bilan huzurlanib suhbat qurasiz. Ustozning yaqin dilbandlarining saʼy-harakatlari bilan naşr etilgan “Saylanma”ni garçi u kişiga köriş nasib etmagan bölsa ham, biroq salmoqli kitob sahifalaridan joy olgan şeʼrlar öziga xos betakrorligi bilan öqirmanni aslo befarq qoldirmaydi. Aksinça, boqiylik nafasi sezilib turgan ötli misralarga töla şeʼrlar öquvçini ohanrabodek öziga tortadi. Rostdan ham qalb mehvarida dunyoga kelgan bitiklarning mangu barhayotligiga mezon uning xalqçilligidir.

Ustozni xotirlab, u kişining badiiy hikmatlariga tayanib, uşbu yodnoma bitiklarini qoğozga tuşirar ekanman, könglimdan tağin “Yaşaşdan maqsad nima?” degan hikmatomuz savol keçdi. Darhaqiqat, bu köhna xilqatda eng murakkab yaratiq — hazrati inson. Boisi boşqa tirik jonzotlar singari bani odam heç bir qolip-andozaga siğmaydi. Zoti odamning feʼl-atvori, dunyosi turfa xil. Qöpollaşmay, xolisona aytadigan bölsak, u har doim manfaatdorlikni ustun qöyadi. Şoir qavmi esa tamomila boşqa olam. Ana şu holatni Erkin aka esa badiiy talqinlarga köçiradi: “U yaşaydi özgalar uçun, Begonadir halovat unga. Qalbidagi bir mitti uçqun, Hayot sabab solar alanga!” Ana şu alangada şoirning uyğoq qalbi yaşaydi. “Uning qalbi — Vatan nuqtasi, Yuragiga yurt baxş etgan dard”ning mavjudligidir. Ustoz bir umr dardli köngilning orzu-armonlariga suyanib yaşadi va uni bitiklariga köçirişga harakat qildi. Asl şeʼriy baytlar esa hamişa asrlar odamini hayratga solişi tabiiy!.. Hayrat esa, şak-şubhasiz, mumtoz tuyğular mahsuli sifatida köngillarda ezgulik uruğini undiradi. Ana şu istak-xohiş amalga oşsa, olam guliston. Şoirning yakka-yu yagona orzu-istagi ham şu…

Oçil TOHIR,

Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi

aʼzosi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan