Kaftdagi qum
(Hikoya)
Muborak juma kuni edi. Ayni asr vaqti. Kökdan quyilayotgan oltin rang quyoş nurlari Registonning moviy koşinlarida ajib jilo taratar, Şerdor manglayiga urilib, unda boş kötargan oftob yuzini ham qizartirar edi. Mayin esayotgan şabada qadimiy ğiştlardan asrlar nafasini atrofga yoyar, göyoki toşlar ham piçirlab, tarixdan ibrat sözlardi. Maydonda esa minglab kişilar yiğilgan bölib, Registon keyingi yuz yillikda bu qadar köp olomonni bağriga olmagan edi. Ularning aksari yoşlar. Barçasi alang-jalang qilib, yöl qaragan. Ular bir neça kundan beri törtarmoqlarni titratib tarğiboti qilinayotgan bloger — megayulduzni kutişardi. Registonga mör-malaxday yopirilib, butun maydonni egallagan yoşlar, avvalo, şuhrat tojini kiygan dunyo yulduzining saʼy-harakatlarini şunçaki tomoşa qiliş, imkon bölsa, birga suratga tuşiş, video oliş, omadi çopsa, sovğalarga ega böliş umidida yiğilgan va tortilgan kamon öqiday uning kelişiga şay turişardi.
Mehmonning iş uslubi öziga xos: dunyoning eng maşhur şaharlarida, eng qaynoq nuqtalarda yurib, öşa yurtning milliy urf-odatlarini, taomlarini, qadimiy maskanlarini reklama qiladi va millionlab muxlislari orqali olamga köz-köz etadi. Turistlar sonining keskin oşişiga xizmat qiladi. Bugun u Registon maydoni markaziga, Tillakori madrasasiga orqa qilib qöyilgan sörida bezatilgan dasturxon atrofida sevgilisi bilan Samarqand nonidan tanovul qilişlari, ziğir oşdan oşab, niliy piyolada çoy içişlari va barça taassurotlarini muhabbat izhori tarzida ikki jumlada qadimiy Samarqand qoğoziga bitib, yiğilganlarga öqib beriş orqali köhna kent dovruğini dunyoga yoyişi kerak edi… Eng qimmat reklamalari, olamşumul xayriyalari, tarmoqlardagi sanoqsiz muxlislari bilan şon-şuhrat qozongan megayulduz köngli çopsa, masrurlik tuysa, uçraşuv paytida tomoşagöylarga qimmatbaho sovğalar ham ulaşadi. Bugungi uçraşuv eʼlonlarida uning iştirokida turli xil viktorinalar ham öynalişi aytilgan edi…
Nihoyat, sirenalar çalinib, mehmon kelgani maʼlum böldi va birdan borliqni olomonning hayqiriği tutib, surhosur boşlandi. Göyo dengiz töfoni paydo böldi. “Jimmi, Jimmi!” deya mehmonga talpinib, özini örtaga urgan, telefonini baland kötargan yoşlarning son-sanoği yöq edi. Qadam bosiş imkonsiz, atrofdagi şovqin-suron quloqni qomatga keltirardi.
— Xaos! — dedi önlab qöriqçilar orasida sevgilisining bilagidan tutib maydonga kirib kelgan megayulduz. U baland böyli, xuşbiçim, qizğişrang, soç-soqollari ham şu tusda bölib, qora közoynak taqib olgan edi. — Bu tartibsizlikda heç narsa qilib bölmaydi-ku!
U asabiylaşa boşladi. Qadimiy Samarqand haqidagi gözal xayollar, tuyğular bir zumda salbiy tus oldi. Ammo jamoasi bilan maydon örtasiga kelib qolgan edi. Odamlar şu qadar köp va ularni örab olişgan ediki, qöriqçilar ham eplolmas, olomon bir-birining ustiga çiqib ketayotgan, yurişga ham qöymasdi. Sanoqsiz qöllar uzatilar va şu lahzada tölqin kabi surilib ketardi.
— Bu senga yoqyaptimi, hayotim? — söradi u sevgilisidan.
— Jonim, qara, muxlislaring naqadar köp! Axir sen bebahosan! — dedi yonida qiypanglab yurgan oqbilak, xipçabel mahbubasi şirin tabassum qilib. — Dunyo xalqlari hamişa poyingda muntazir turadi!
— Ammo men bu qadar tartibsizlikni hazm qilolmayman! Ularning maqsadi nima?
Javob berişga, bahs qilişga fursat yöq edi. Olomon guvranar, yoşlar ularga talpinar, suratga tuşişni, nimalarnidir söraşni istar, har tomondan “Jimmi, Jimmi!” degan ovoz, qiyqiriq kelardi. Mehmon esa töxtaşni ham, ularga ögirilib qaraşni ham xohlamadi. Nogoh bir qiz qöriqçilarni yorib ötib, uning yoniga kelgan edi, özini tansoqçining panasiga oldi. Qiz mulzam bölib qoldi. Buni körgan olomon: “Ha, töxta!” deya hayqirdi. Bu norozilik qizga edimi, ungami, anglab bölmasdi. Şu töpolon- talatöpda bir yigitça yiqilib, oyoq ostida qolib ketdi. “Qoç!” — dedi birov. Kimdir sökindi. Vaziyat çigal tus oldi. Mehmonning qöriqçilari huquq-tartibot xodimlari yordamida olomon oralab, surgala-surgala Mirzo Uluğbek madrasasini qora qilib yurişdi. Odam köpligidan maydonda havo yetişmasdi, nafas qaytardi. Şu payt kimdir ularning jamoasini içkariga çorlab, darvozani oçdi. U sevgilisining bilagidan avaylab uşlaganiça özini içkariga urdi va göyo: “Bir balodan qutuldim”, deganday çuqur nafas oldi…
Madrasa hujralarini savdo dökonlariga aylantirgan tojirlar ham hozir maydonga çiqib ketgan bölib, hovlida yetti puşti mudarris ötgan va hujralarning birida xattotlik namunalarini yaratuvçi oppoq soqolli, yuzidan nur yoğilib turgan qariya bilan uç-tört yoşlardagi nabirasi qolgan edi. Madrasa sathidagi ayrim yorilgan plitalarni almaştiriş uçun daraxt tagida bir uyum qum va plitalar qöyilgan bölib, bolakay qumda öynab ötirardi. Kaftiga qum olib, qölini mahkam muşt qilib tugar, ammo qum şovullab tökilib ketar, u esa yana olardi… Qariya esa maydondagi işlarga parvo ham qilmasdan nabirasini kuzatib, uning kaftida turmay şuvillab tökilib ketayotgan qum zarralarini umr lahzalariga qiyoslagan köyi taxta örindiqda çoy içib ötirgan edi, mehmonlarni körib, sapçib turdi va inglizçalab:
— Samarqand yuragiga xuş kelibsiz! — dedi.
Öylagan rejalari barbod bölgan megayulduz va uning şotirlari nima qilişni bilmay asabiy bir holatda edilar. Qariya erinmay yonidagi çoynakdan piyolaga çoy quydi va mehmonga uzatdi. Issiq kök çoyning xuşböy hidi havoga taraldi.
— Marhamat! Mehmon atoyi xudo…
Piyolani olişni ham, olmaslikni ham bilmay qolgan ajnabiyning battar jini qözidi: “Ustimdan kulyaptimi?”
— Mehmonning yuragida mehr emas, qahr paydo bölsa, mezbonlarning dili oğriydi, — dedi qariya kutilmaganda vazmin ovozda.
Megayulduz göyo tok urganday ilkis boşini kötardi va qora közoynagini yeçdi. Otaxonning yuzida şunday bir donişmandlikni kördi-yu, bir lahza jim qolib, nadomat aralaş dedi:
— Men bu şaharni dunyoga tanitmoqçi, sizlarga yordam bermoqçi edim. Ammo odamlaringiz hamma narsani barbod qilişyapti.
Qariya yengil tabassum qildi va:
— Közguga çang qönganida, ayb közguda böladimi yoki çangni artib taşlamagan közdami? — dedi ösmoqlab, qölida çoy bilan. — Siz bu yerga binolarni suratga olgani, reklama qilgani keldingiz. Yodingizda bölsin, Samarqand — şunçaki gil va toşdan qurilgan devorlar majmuasi emas. Samarqand — bu tirik yurak! Buyuk Sohibqiron bobomiz saltanatning poytaxti bölgan bu şaharni qurayotganda, siz kabi ğarib bir musavvir sayohatga keladi. Uning dovruğini eşitgan odamlar uni şahar darvozasi oldida qarşi olib, eʼzozlaşga tuşadi. Ammo olomonning köpligidan musavvirning qimmatbaho matolari yirtiladi, tasvir böyoqlari tökiladi. Şunda u alamga tölib, Amir Temurning qabuliga kiradi va: “Ey uluğ şoh, xalqingiz vahşiy va tartibsiz ekan! Ular mol-mulkimni barbod qilişdi!” deydi. Şunda Sohibqiron unga qarab: “Sen yirtilgan matoh bilan tökilgan böyoqlaringga yiğlayapsan. Ammo musavvir böla turib, ularning közlaridagi nurni körmabsan-da! Agar bu xalq seni yomon körganida, boşingga toş otardi. Seni eʼzozlabdiki, mehri jöş urganidan soçlaringgaça silabdi. Unutmagin, şaharning qudrati bu binolar, koşinlar emas, balki ularni yaratgan xalq va uning jilovlab bölmas, beğaraz va beğubor mehr-muhabbatidir! Ana şu mehr-muhabbat va işonç meni sarbaland qilgan! Sen bölsang, faqat aşyolaringga ehtiyot bölib, ularning qalbiga quloq tutişga aqling yetmabdi”, degan ekan.
Mehmon sergak tortdi. Sevgilisi uzatgan mitti idişdan suv içdi. Qariya yana dedi:
— Hozir maydonda turgan bu odamlar sizningça tartib-intizomni unutgandek tuyular, ammo ularning yuragida zarraça ham adovat yöq! Töğri, ular tomoşaga öç! Ular hozir dunyo tan olgan va özlari orzu qilgan insonni körişdan baxtiyor. Siz ham, mana bu şotirlaringiz ham faqat tartibsizlikka eʼtibor beribsiz, ammo ularning nigohidagi samimiylikni, jilovlanmagan mehr-muhabbatni anglay olmabsiz! Jahl bilan qilingan qaror odamni kör qiladi. Siz qarsak va olqişlarga uçmang! Şon-şuhrat anavi nevaram öynab ötirgan kaftdagi qumday gap… Bu maydon kimlarni körmagan! Ösma ketib, qoş qoladi…
Mehmon jim bölib qoldi, tusi özgardi. Qariya yana söradi:
— Ular maydonda sizga qöl uzatganida mehriga mehr bilan javob berdingizmi? Heç bölmasa, çiroyli tabassum qila oldingizmi?
Mehmon çuqur xörsindi. Ikki höplam suv içdi-da, şotirlariga dedi:
— Kameralarni tayyorlang! Avval ularning köngillariga taskin beraylik! Olib kelgan sovğalarimizni tarqataylik! Keyin kontent olamiz!
— Mana bu boşqa gap, — dedi qariya va borib, nabirasini kötarib oldi. Bolakayning kaftidagi qum şuvillab pastga tökildi va yerdagilari bilan qorişib ketdi.
Ajnabiy mehmon — dunyoni lol qilayotgan internet yulduzi şotirlari bilan yana allanimalarnidir maslahatlaşib, taşqariga yöl oldi. Ammo madrasadan çiqqanida odamlar Registonni tark etib ketayotgan, ziyoratga kelganlarni aytmasa, maydonda deyarli heç kim qolmagan edi… Taajjubdan kökiş közlari olayib ketgan megayulduz joyida turib qoldi.
— Nega bunday böldi? Hozirgina bir-birining ustiga çiqib ketayotgan odamlar qani? Ular qayerga ketişyapti? Nega? Ularsiz heç narsa qilolmaymiz-ku!
Nevarasini yetaklab, ularning ortidan çiqqan qariya esa Mirzo Uluğbek madrasasi poyida turib, atrofga boqdi. Rejalari barbod bölgan mehmonlar yana nimalarnidir bahslaşişar, qöriqçilar hayron, işora kutib turişar edi. Şu payt Şohi Zinda tomondan azon eşitila boşladi. Qariya esa nabirasining qölidan tutdi-da, yana madrasaga qaytdi…
Muallif haqida:
Xoliyor Safarov 1983 yil 21 fevralda tavallud topgan.
2005 yilda SamDU özbek filologiyasi fakultetini tamomlagan.
Asarlari “Şarq yulduzi”, “Yoşlik” jurnallari, “Kitob dunyosi” va boşqa naşrlarda muntazam eʼlon qilib boriladi. Asarlari rus, turk, ozar, qirğiz, qoraqalpoq tillariga tarjima qilingan.
Birinçi kitobi – “Oy botmagan keçalar” (2010 yil, hikoyalar). “Qanotsiz quşlar” (2015 yil, qissa va hikoyalar), “Nomus va hayot” (2019 yil, qissa va hikoyalar), “Onamning yolğonlari” (2024 yil, hikoyalar) nomli kitoblari çop etilgan.
Ayni damda “Özbekiston tarixi” telekanali “Ilmiy-ommabop telefilmlar” muharririyati katta muharriri.
Xoliyor SAFAROV
