Nasiba Ibrohimova: “Kasbim — jurnalist, hunarim — diktorlik”

Özbek milliy televideniyesi va radiosi tarixi, avvalo, adabiy til sofligi va efir madaniyatiga sadoqat bilan xizmat qilgan ijodkorlar nomi bilan boğliq. Toşkent telestudiyasi faoliyat boşlagan 1956 yildayoq maktab öquvçisi sifatida efirga çiqqan ilk diktorlardan biri Nasiba Ibrohimova ana şu tarixning bevosita iştirokçisidir.

Özbekistonda xizmat körsatgan artist, oliy toifali diktor Nasiba Ibrohimova bilan suhbatimiz radio va televideniyening ilk davri, ustoz-şogirdlik anʼanalari, bugungi efir madaniyati, adabiy til meʼyorlari hamda kitob va matbuotga munosabat xususida keçdi.

— Nasiba opa, siz özbek televideniyesi va jurnalistikasining köp yillik tarixiga guvoh bölgan ijodkorsiz. Suhbatimizni jurnalistikaga ilk qadamlaringizdan boşlasak?

— Menimça, jurnalistlik faoliyatim töqqiz yoşimdan boşlangan. Televideniyega kelişimdan avval radioda iş boşlaganman. Uçinçi sinfda öqiyotgan kezlarim maktabimizdan bir guruh qizlarni bolalar uçun tayyorlanadigan “Pioner ertaligi” eşittirişiga taklif qilişdi.

Dastlab matnni ravon öqiy olmadim. Bir neça bor urinib kördim, ammo uddalay olmagaç, radioga borişni töxtatdim. Oradan ikki-uç oy ötib, yana qaytdim. Bu safar menga “Bepoyon Vatanimizda” degan bir neça sözni öqiş imkoni berildi. Şu tariqa, uçinçi sinfdagi ilk sözlarim radio orqali efirga uzatildi. Öşa kuni uydagilar bilan tongda radioqabul qilgiç qarşisida ötirib, ovozimni eşitişni kutganmiz. Efirda yangragan ikki-uç söz men uçun olamşumul voqea edi.

Ota-onam radioga qatnaşimni, keyinçalik televideniyeda işlay boşlaganimni qöllab-quvvatlaşdi. Darslarimni ham yaxşi özlaştirardim, ijodiy faoliyatga ham ulgurişga harakat qilardim. Keyinçalik dublyaj işlariga jalb qilinib, ikki yuzga yaqin badiiy va hujjatli filmga ovoz berdim. Şunday qilib, jurnalistika mohiyatini hali töliq anglamagan bolalik davrimdayoq radio, televideniye va dublyaj hayotimning ajralmas qismiga aylandi.

— Televideniyega kelişingiz qanday boşlangan?

— Uçinçi sinfdan radioga qatnay boşladik. Dastlab bolalar, keyinçalik yoşlar va ösmirlar eşittirişlarida qatnaşdik. Bir kuni rejissyor Neʼmat Döstxöjayev bizni televideniyega olib bordi. Öşandagina radio ortidagi ovozlardan farqli ravişda, televideniyeda insonlar ekranda körinişini angladik.

Toşkent telestudiyasi 1956 yil 5 noyabrda faoliyat boşlagan. Men esa şu yilning dekabr oyi oxirida televideniyega keldim. Öşa paytda u “Özbek televideniyesi” emas, “Toşkent telestudiyasi” deb atalardi. Efirlar hozirgidek uzoq davom etmas, baʼzan birgina film va qisqa kinojurnal namoyiş etilardi. Diktorning asosiy vazifasi tomoşabinni navbatdagi körsatuv bilan taniştirişdan iborat edi. Efirni “Assalomu alaykum” emas, “Salom, örtoqlar!” deya boşlardik. Öşa davrda televideniye yangi soha bölib, malakali kadrlar yetişmasdi. Şu sababli dastlabki jamoa radio va kino sohasida işlagan jurnalistlar, rejissyorlar hamda operatorlar hisobiga şakllandi. Bolalar tahririyatida ham öz körsatuvlarimiz tayyorlana boşladi. Biz esa rejissyorlarning topşiriqlarini bajarib, efir tajribasini egallardik.

Töqqizinçi sinfda öqiyotganimda, “Sektor vыpuska” muharriri Muqaddam Xoliqova meni direktor Mirsoliq Mirahmadoviçning qabuliga olib kirdi. U kişi oilam, ota-onam va qayerda yaşaşimiz haqida söradilar. Köp ötmay, meni diktorlikka qabul qiliş masalasi kötarildi. Öşa paytda dastlabki diktorlardan ayrimlari işdan ketgan, televideniyeda esa kadrlarga ehtiyoj katta edi. Ammo men hali maktab öquvçisi bölib, pasport va şahodatnomaga ega emasdim. Şu sababli “diktor-amaliyotçi” sifatida işga qabul qiliş haqida buyruq çiqarildi. Ikki yil davomida maoşimni pasportga ega bölgan katta opam olib yurdi.

Şu tariqa, hali maktab partasida ötirgan kezlarimdayoq Toşkent telestudiyasining ilk diktorlaridan biriga aylandim.

“Qirq nafar erkak orasidagi yagona qiz edim”

— Maktabni bitirgaç, hozirgi Özbekiston Milliy universiteti, öşa paytdagi Örta Osiyo davlat universitetining jurnalistika bölimiga kirmoqçi böldim. Ammo u yerga, asosan, matbuotda maqolalari çiqqan, amaliy tajribaga ega yoşlar qabul qilinar, maktab bitiruvçilari esa töğridan-töğri öqişga kira olmasdi.

Radioda işlab yurgan kezlarim maktab tadbirlari haqida yozar, devoriy gazetalar ­tayyorlardik. Opam qabul komissiyasiga radio, televideniye va dublyajdagi faoliyatimni tuşuntirgaç, tegişli maʼlumotnomalarni taqdim etişni söraşdi. Hujjatlarim universitet rektori, akademik Obid Sodiqovga körsatildi. U kişi meni tanib, hujjatlarimni qabul qilişga ruxsat berdilar. Çunki ikki yil davomida u kişi iştirok etgan ilmiy dasturlarni olib borgan edim.

Şu tariqa talaba böldim. Qariyb ikki yarim yil davomida qirq nafar erkak orasidagi yagona qiz bölib tahsil oldim. Kursdoşlarimdan biri — közi ojiz Anvar Eşonxöjayev ovozimdan meni tanib, radioda çiqişimni aytganida hayratda qolganman. Keyinçalik u universitetni imtiyozli tamomlab, gazeta tahririyatida uzoq yillar boş muharrir bölib işladi.

Agar bolaligimda meni radioga olib borişmaganida, yozişga yönaltirişmaganida, hayotim qanday keçişini tasavvur ham qilolmayman. Öşa muhit butun taqdirimni belgilab berdi. Şu bois jurnalistikada neça yil işlaganimni aniq ayta olmayman — bugungi hayotim ham kasbim bilan çambarças boğliq.

Baʼzan davralarda hazillaşib: “Sizga men hunarim sifatida kerakmanmi yoki kasbim sifatida?” deb sörayman. Zero, kasbim — jurnalistlik, hunarim esa diktorlikdir.

— Xalqimiz televideniyeni bejiz “oynai jahon” deb atamagan. Bir paytlar televizor nafaqat axborot uzatuvçi va köngiloçar vosita, balki odamlar uçun yuksak madaniyat, maʼrifat va nutq maktabi ham edi. Siz öşa davrlarni qanday xotirlaysiz?

— Men öşa televideniye içida yaşaganman. Şuning uçun bugungi efir madaniyatini ötmiş bilan soliştirganda, ayrim jihatlarni ijobiy baholay olmayman. Ayniqsa, telekanallarda şevaga beriliş holatlari köpaygani taşvişli. Efirni butun Özbekiston xalqi tinglaydi va tomoşa qiladi. Demak, nutq umumxalqqa tuşunarli, adabiy til meʼyorlariga mos bölişi şart.

Biz işlagan davrda suhbatdoşning fikrini özgartirmagan holda, uning nutqi adabiy til talablariga moslaştirilardi. Jonli efir ham til qoidalaridan voz keçişni anglatmasdi. Ayrim mehmonlarga oldindan matn tayyorlab berilsa-da, ular uni yodlab olib, mazmunini öz sözlari bilan samimiy yetkazardilar. Radio va televideniyeda nutq madaniyatiga jiddiy eʼtibor qaratilardi.

Bugun esa ayrim boşlovçilarning qoğozga qarab sözlaşiga guvoh bölamiz. Menimça, bu öz ustida yetarliça işlamaslik va aytilayotgan fikrni töliq anglamaslik bilan boğliq. Inson nima demoqçi ekanini aniq bilsa, uni ifodalaş yölini ham topadi.

Bir kuni Davlat tilini öqitiş va malaka oşiriş markazida radio va televideniye xodimlari uçun taşkil etilgan kursda dars berişni taklif qilişdi. Garçi avval dars bermagan bölsam-da, rozi böldim. Hamkasblarimga efirda nutq madaniyati, matn bilan işlaş va fikrni ravon yetkaziş usullari haqida tuşuntirdim.

Ularga matnni bir neça bor diqqat bilan öqiş, uning mazmunini anglaş va asosiy fikrlarni oldindan belgilab olişni tavsiya qilardim. Hayajonni yengiş uçun esa uçta savolga javob topiş zarur: “Men nima demoqçiman? Kimga aytyapman? Qanday uslubda yetkazaman?” Bu savollarga aniq javob topgan inson fikrini izçil bayon qiladi, vaqt meʼyoriga amal qiladi va asosiy ğoyani yöqotmaydi.

Kim öz kasbini hurmat qilsa, radio, televideniye yoki matbuotda işlaşni istasa, doimo öz ustida işlaşi kerak. Tinimsiz öqiş, luğat boyligini oşiriş va har bir sözning maʼnosini teran anglaş muhim. Zero, efir — şunçaki köriniş beradigan joy emas, balki insonning saviyasi, madaniyati va masʼuliyati namoyon böladigan yuksak minbardir.

— Avvallari televideniye, radio va umuman OAVda mahorat darslari, ustozlar bilan ijodiy muloqotlar köp bölardi. Bugun ham sizdan maslahat sörab murojaat qiladigan yoş jurnalistlar bormi?

— Ha, ayniqsa, milliy radio, televideniye va nutq madaniyati böyiça tadqiqot olib borayotgan yoş olimlar murojaat qilişadi. Ilmiy işlari va qöllanmalarini körib, taqriz va maslahatlarimni beraman. Beş yildan buyon radio va televideniye jurnalistlari, diktor va suxandonlar bilan malaka oşiriş maşğulotlarida ham muloqot qilib kelyapman. Efirda insonning yutuği ham, kamçiligi ham yaqqol körinadi. Şuning uçun har bir ijodkor öziga nisbatan talabçan bölişi kerak. Jurnalist tomoşabinni qiziqtirgan savollarni bera olişi, suhbatdoşining hali oçilmagan qirralarini kaşf etişi va jamiyat uçun foydali axborot olişi zarur.

Men hamkasblarimning körsatuvlarini muntazam kuzataman, tahlil qilaman, zarur bölsa, kamçiliklarini ham aytaman. Bir körsatuvda taom tayyorlayotgan qiz ekranda körsatilmaganini payqadim. Sababini söraganimda, uning boşi öralgani aytildi. Vaholanki, bu holatni gigiyena va ozodalik talabi bilan boğlab, tabiiy tuşuntiriş mumkin edi. Jurnalist ana şunday nozik jihatlarni ham ilğay olişi kerak.

Afsuski, baʼzi ijodkorlar özlari tayyorlagan körsatuvlarni qayta körib, tahlil qilişga vaqt ajratmaydi. Har bir jurnalist öz işini kuzatişi, kamçiliklarini anglaşi va kasbdoşlari faoliyatidan xulosa çiqarişi lozim. Gazeta va kitoblarni muntazam öqiş ham kasbiy tafakkurni boyitadi.

Kitobga munosabatda ham mazmun va ğoyaviy qimmat birinçi örinda turişi kerak. Kitobni faqat taşqi bezagiga qarab baholaş — sayoz yondaşuv. Jurnalist öqişi, kuzatişi, qiyoslaşi va mantiqiy savollar bera bilişi zarur. Uning nigohi oddiy tomoşabinnikidan teranroq bölişi, öz kasbini qadrlagan qalamkaş esa doimo izlanişda yaşaşi kerak.

— “Hurriyat” gazetasini öqib turasizmi? Yana qaysi naşrlarni muntazam mutolaa qilib borasiz?

— “Hurriyat” öz sohamizning naşri bölgani uçun menga qadrli. Unda yoş jurnalistlarning mazmunli maqolalari eʼlon qilinadi. Ularning ijodi va dunyoqaraşi menga qiziq. Jurnalistlar uyuşmasining faoliyatiga ham befarq emasman. Qolaversa, gazetada mazmunli materiallar yoritiladi. Ayniqsa, unda maqolalari çiqayotgan mualliflarning köpi yoş muxbirlardir. Men ular bilan hamfikrman, şu bois yoşlarning ijodi, dunyoqaraşi menga juda qiziq.

Şuningdek, “Yangi Özbekiston” va “Narodnoye slovo” gazetalarini ham kuzatib boraman. Bir mavzuning turli naşrlarda qanday yoritilganini qiyoslaş, mualliflarning yondaşuvini tahlil qilişga harakat qilaman. Yaqinda yoş jurnalistlardan birining Ötkir Hoşimov haqidagi maqolasini öqidim. Ötkir mening kursdoşim edi. Şuning uçun maqolaga alohida qiziqiş bilan qaradim. Muallif yozuvçining ijodini öziga xos yondaşuv asosida tahlil qilgani meni mamnun etdi.

Yana bir yoş jurnalistning tarjima haqidagi maqolasini öqib, unga qönğiroq qildim. Maqolasini maqtab, bir jihatga eʼtiborini qaratdim: tarjima haqida batafsil yozgan bölsa-da, dublyaj masalasini çetlab ötgan edi. Vaholanki, özbek dublyaji ötgan asrda öziga xos maktab yaratgan, uning zamirida esa mukammal tarjima sanʼati turgan. Şuning uçun unga keyingi tadqiqotlarida dublyaj masalasini ham örganişni tavsiya qildim.

Qodir Mirmuhamedov kabi zabardast ustozlarni radioda tanib, keyinçalik dublyajda ham ular bilan birga işlaganman. Şu bois bu sohaning taraqqiyotiga bevosita guvoh bölganman. Yoş jurnalistlarning izlanişlarini körib, ularga öz tajribamdan kelib çiqib maslahat berişni muhim deb bilaman.

— Bugungi OAV haqidagi xulosangiz qanday? Köpçilik “hozir gazeta öqilmayapti” degan fikrni ilgari suradi. Sizningça, milliy matbuotning qaysi jihatlariga köproq urğu beriş zarur?

— Menimça, özini ziyoli deb bilgan, jamiyatda muayyan örni va masʼuliyati borligini anglagan har qanday inson matbuotni muntazam kuzatib borişi şart. Töğri, bugun ijtimoiy tarmoqlarda ham turfa axborotlar tölib-toşib yotibdi. Ammo bosma naşrda eʼlon qilingan maqolaning öz salobati, öz vazni bor. Ijtimoiy tarmoqlarda gazeta materiallari qay darajada aks etayotgani menga qoronği. Lekin bir holatga köp duç kelaman: ayrim boşlovçilar efirda “ijtimoiy tarmoqda öqib qoldim”, “internetda közim tuşdi” deb bemalol gapirişadi.

Bunga juda hayron qolaman. Davlat telekanalida çiqayotgan jurnalistning tasdiqlanmagan ijtimoiy tarmoq xabarlariga suyanişiga nima hojat bor? Bizda rasmiy Milliy axborot agentligi (ÖzA) bor, işonçli davlat manbalari bor. Nega “Axborot agentligi maʼlumotiga köra…” demaysiz? Nega aniq manbani körsatmaysiz? Jurnalist, avvalo, rasmiy, tekşirilgan manbaga tayanişi şart. Şundagina u tarqatayotgan maʼlumotining xolisligi va töğriligiga işonç hosil qiladi.

Gazetadagi materialning yana bir bebaho jihati bor: u vaqt ötişi bilan izsiz yöqolib ketmaydi. Kerakli nusxalari kutubxonalarda, arxivlarda saqlanadi. Yillar ötib ham unga qaytiş, öşa davr nafasini köz oldiga keltiriş mumkin. “Mana, öşa kezlarda bu masala şunday yoritilgan ekan, jamiyat bu voqeani şunday baholagan ekan”, deya tarixni varaqlay olamiz. Şu bois matbuot faqat bugungi kun axboroti emas; u keçagi kunning muhrlangan hujjati, bugunning jonli guvohi va kelajak avlod uçun beqiyos manbadir. Bugun eskirgan hisoblangan xabar ertaga tarixiy dalilga aylanişi mumkin. Muayyan voqeaga öz vaqtida qanday baho berilgani kelajak tadqiqotçisi uçun qimmatli asos bölib xizmat qiladi.

“Kitob öqimaslikni tasavvur ham qilolmayman”

— Insonning kitob öqimay yaşaşini tasavvur ham qilolmayman. Yumuşlarim qançalik köp bölmasin, badiiy va ilmiy asarlar mutolaasiga vaqt ajrataman. Radio, televideniye va nutq madaniyatiga oid tadqiqotlarni körib çiqqanda, amaliyotçi sifatida öz tajribamga tayanib, ayrim nozik jihatlarni ilğay olaman.

Yoş tadqiqotçilarga doim bir ögitni aytaman: tarixni tahrir qilmang! Uni şarhlaşingiz, öz ilmiy munosabatingizni bildirişingiz mumkin, ammo tarixiy haqiqatni özgartirişga haqqingiz yöq. Har qanday xulosa faktlar bilan asoslanişi şart. Zero, tarixdagi kiçik bir xatolik ham kelajak avlod tasavvurini çalğitişi mumkin.

Ustozlarimdan biri Jonrid Abdullaxonov radio haqida xotira kitobini yozayotganida mendan ham maslahat söragan edilar. Keyinçalik asarga televideniye tarixi ham kiritildi. Kitob qiziqarli xotiralarga boy bölsa-da, unda dastlabki diktorlarning ismlari va fotosuratlariga oid ayrim jiddiy xatolar uçragan. Bu holat tarixiy maʼlumotlarni tekşiriş va aniqlikka rioya qiliş qançalik muhimligini yana bir bor körsatadi.

Bir kuni televideniye tarixiga bağişlangan qariyb yetti yuz betlik qölyozma muallifi menga murojaat qildi. Asarda qimmatli maʼlumotlar va sohaviy atamalarning batafsil izohlari bor edi, ammo ilmiy-uslubiy jihatdan jiddiy tahrirga ehtiyoj sezilardi. Uç oy davomida qölyozmani qayta körib çiqdim. Natijada olti yuz betdan oşiq hajmdagi “Televideniyening ilmiy va nazariy asoslari” kitobi naşr etildi. Afsuski, muallif bevaqt vafot etdi va asarning oliy taʼlim uçun rasmiy darslik sifatida qayta naşr etilişini körişga ulgurmadi. Şunga qaramay, uning ilmiy merosi televideniye sohasidagi tadqiqotlar uçun ahamiyatini saqlab qoldi.

Abdulla Oripov bilan boğliq bir xotira ham yodimda. U kişi bilan bir binoda işlardik. Bir kuni xonamga kirmoqçi bölib, eşik oldida töxtab qoldilar. Şunda hazillaşib: “Rostdan ham vazir örinbosari böldingizmi?” deb söradim. Bu voqea menga ijodkor şaxsini faqat uning asarlari bilan baholaş töğri emasligini eslatadi. Abdulla Oripov buyuk şoir böliş bilan birga, davlat va jamoat işlarida ham faol iştirok etgan. Demak, isteʼdodli inson öz salohiyatini ijoddan taşqari boşqa sohalarda ham namoyon etişi mumkin.

— Nasiba opa, siz mikrofon va kamera ortidagi yarim asrdan ziyod umringizni söz masʼuliyatiga, milliy efir madaniyatiga bağişlagan ijodkorsiz. Bugungi tezkor axborot zamonida şu kasbning etagidan tutib, katta yölga çiqayotgan yoş hamkasblaringizga, ustoz sifatida qanday hayotiy saboq va ögitlarni aytgan bölardingiz?

— Bir narsani alohida taʼkidlamoqçiman: zamon qançalik özgarmasin, texnika qançalik rivojlanmasin, jurnalistikaning asosiy mohiyati — sözga masʼuliyat va odamlarga bölgan hurmat heç qaçon eskirmaydi. Biz yoş bölgan kezlarimizda mikrofon qarşisiga yoki kamera oldiga çiqiş katta bir masʼuliyat, hatto muqaddas bir burç edi. Har bir sözimiz el nazaridan ötişini yurakdan his qilardik.

Bugungi yoşlarga aytar sözim şu: efirga yoki matbuotga şunçaki şuhrat qozoniş, köriniş uçun intilmang. Avvalo, öz ustingizda tinimsiz işlang, köproq kitob öqing, xalqning içiga kirib, uning quvonçi va dardini tinglang. Adabiy tilimizni, tariximizni köz qoraçiğidek asrang. Agar aytadigan samimiy gapingiz, tomoşabin yoki öquvçiga uzatadigan yurak qöringiz bölsa, sizni el ham sevadi, mehnatingiz ham bekor ketmaydi.

— Mazmunli, ibratli va samimiy suhbatingiz uçun minnatdorlik bildiramiz. Fidoyiligingiz, kuyunçak ögitlaringiz sohaga qadam qöyayotgan har bir qalamkaş uçun mahorat va vijdon saboği bölib xizmat qilişi şubhasiz. Umringiz uzoq, ijodiy va ilmiy faoliyatingiz hamişa bardavom bölsin!

Farangiz ABRUYEVA

suhbatlaşdi.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan