OKMK – xalqaro forum iştirokçisi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati vakillari “MiningMetals Uzbekistan 2026” – 20-yubiley xalqaro konçilik işi, metallurgiya va metallga işlov beriş körgazmasi hamda 8-Xalqaro kon-metallurgiya forumi – “UIMF 2026”da iştirok etdilar. Toşkent şahrida bölib ötgan mazkur tadbirlar yetakçi sanoat korxonalari, xalqaro kompaniyalar, investorlar, davlat idoralari vakillari va soha ekspertlarini bir maydonga jamladi. Işbilarmonlik dasturi doirasida mis sanoatini rivojlantiriş istiqbollari, investitsiyalarni jalb etiş, zamonaviy texnologiyalarni joriy qiliş va mineral xomaşyoni çuqur qayta işlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yubiley körgazmasi mintaqadagi eng yirik tarmoq maydonlaridan biriga aylandi. Unda 19 ta mamlakatdan 163 ta kompaniya va brend iştirok etib, geologiya-qidiruv işlari, foydali qazilmalarni qazib oliş va qayta işlaş, metallurgiya hamda metallga işlov beriş uçun möljallangan zamonaviy işlanmalar va uskunalarni namoyiş etdi. Ekspozitsiyadan kon texnikasi va maydalaş-yançiş uskunalaridan tortib, laboratoriya tizimlari, raqamli platformalar hamda işlab çiqariş jarayonlarini avtomatlaştiriş vositalarigaça bölgan keng kölamli texnologik yeçimlar örin oldi.

Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligining yagona milliy stendida namoyiş etilgan mamlakatimizning yetakçi kon-metallurgiya korxonalari qatorida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati ham böldi. OKMKning körgazmadagi iştiroki korxonani mamlakatimiz konçilik va metallurgiya sanoatida amalga oşirilayotgan keng kölamli özgarişlar nuqtai nazaridan namoyiş etiş, şuningdek, xorijiy uskuna işlab çiqaruvçilar va texnologik hamkorlar bilan professional aloqalarni kengaytiriş imkonini berdi.

Körgazmaning muhim tarkibiy qismi “Resurslardan global imkoniyatlar sari” şiori ostida ötkazilgan 8-Xalqaro kon-metallurgiya forumi – “UIMF 2026” böldi. Forumda 19 ta mamlakatdan 500 nafarga yaqin mutaxassis va vakillar iştirok etdi. Işbilarmonlik dasturidan Markaziy Osiyoning yangi resurs arxitekturasi, muhim mineral resurslar, konçilik sanoatini raqamlaştiriş, intellektual geologiya-qidiruv işlari, zamonaviy investitsiya vositalari, energiya samaradorligi va ekologik standartlarga bağişlangan yalpi majlislar hamda mavzuli sessiyalar örin oldi.

Forum işida OKMK rahbariyatining yalpi muhokamalardagi iştiroki alohida örin tutdi. Forumda kombinat “Olmaliq KMK” AJ boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Behzod Mamatov ham iştirok etdi. U öz nutqida Özbekiston mis sanoatini rivojlantirişning strategik yönalişlarini taqdim etib, içki bozorni mis mahsulotlari bilan taʼminlaşda mahalliy işlab çiqarişning ortib borayotgan ahamiyatini taʼkidladi.

Forumning asosiy voqealaridan biri “Markaziy Osiyoning yangi resurs arxitekturasi” mavzusidagi yalpi sessiyasi böldi. Unda davlat organlari vakillari va xalqaro ekspertlar hamjamiyati iştirok etdi. Toğ-kon sanoati va geologiya vaziri örinbosari Ural Yusupov mintaqada barqaror sanoat iqtisodiyotini şakllantiriş, resurslar xavfsizligini taʼminlaş, yuqori texnologiyali işlab çiqarişlarni rivojlantiriş hamda mahalliy mahsulotlarning xalqaro bozorlardagi raqobatbardoşligini oşiriş masalalariga töxtaldi.

OKMKning “MiningMetals Uzbekistan 2026” körgazmasi va “UIMF 2026” forumidagi iştiroki nafaqat korxonaning işlab çiqariş va investitsiyaviy salohiyatini namoyiş etiş, balki jahon kon-metallurgiya sanoatini rivojlantirişning muhim yönalişlari muhokamasida faol qatnaşiş imkonini ham berdi.

OKMKning mazkur nufuzli tadbirlardagi iştiroki korxonaning Özbekiston zamonaviy mis sanoatini şakllantirişdagi örni va ahamiyati tobora ortib borayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Muhammad KENJA.

 

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan