Tasviriy va amaliy san’at festivaliga marhabo

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Markaziy ko‘rgazmalar zalida Tasviriy va amaliy san’at festivali ochildi.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan mazkur festivalning ochilishida milliy tasviriy san’atni yanada ravnaq toptirish, uning betakror maktab va an’analarini boyitish, ijodkor yoshlarni har jihatdan qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor berilayotgani ta’kidlandi.

 

San’at haftaligi tadbirlari g‘oyat qiziqarli va rang-barang dasturlarga boy bo‘lib, mamlakatimizning turli hududlaridan kelgan ijodkorlar, musavvirlar, xalq amaliy san’ati ustalari, dizaynerlar, haykaltaroshlar o‘z mahorat maydonga olib chiqqan.

Festival doirasida, ko‘rgazmalar, taqdimot marosimlarida yangi iste’dod sohiblari aniqlanadi. Unda ustoz-shogird an’analari, turli fasllar ko‘rinishi, tinch va osoyishta kunlarga shukronalik, xalqimizning kayfiyati, ruhiyati, ezgu orzu-intilishlari aks etadi.

Markaziy ko‘rgazmalar zali atrofi hamda unga yaqin xiyobonda yoshlar yurtimiz jamoli, tabiat manzaralari, an’ana va qadriyatlar, qadimiy obidalar, zamonaviy inshootlar aks etgan ijod mahsullarini yaratmoqda. 

Ko‘rgazmada Badiiy akademiya akademiklari, Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zolari, ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalarining asarlari ham namoyish etiladi. Tadbir  27 aprelga qadar davom etadi.

 

O‘z muxbirimiz.

 

Янгиликларни дўстларингизга улашинг

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

eight − six =