Sizning ismingizni aytar turnalar…

Şuhrat Orif

Farğona viloyatining Uçköprik tumanida tuğilgan.

Özbekiston Milliy universiteti jurnalistika fakultetining bakalavr (2003) va magistratura (2007) bosqiçlarini tamomlagan. 2007-2008 yillarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasi (hozirgi Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasi)da tahsil olgan. 1999 yildan turli respublika davlat va jamoat taşkilotlarida, ommaviy axborot vositalarida faoliyat yuritib keladi.

Ayni vaqtda aksiyadorlik tijorat “Qişloq quriliş bank” boşqaruvi raisi maslahatçisi vazifasida mehnat qiladi.

“Şuhrat” medali sohibi. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi aʼzosi.

Kuz

Mendek zerikkanga öxşaydi kuzak,

Musiça singari oğir xörsinar.

Soçlari közimga boğlangan Nargiz,

Sarğaygan boğimiz kelib körsinlar.

Xazonlar – oşiqlar qabristoniga,

Umidini kömib, qaytar turnalar.

Samoda yuragim suratin çizib,

Sizning ismingizni aytar turnalar…

Bizni bu bekatda heç kim tanimas,

Hayot — men körişni istamagan tuş.

Bilaman qaydadir turibsiz ilhaq —

Soçingiz yelkandek yoyib faromuş.

Kimnidir, nenidir kutdim işonib,

Osmonga termulib ötdim terakday.

Xazon bölib hamki ketolmayapman,

Göyoki haliyam sizga kerakday…

Yaproqdek omonat tebranadi dil,

Tamaki tutatar yana ğolib kuz.

Dunyoni bir gözal rangga böyardim,

Afsus, sizdan oldin kuz keldi, afsus…

Maylimi

Bir maqom istayman, bir maqom–

Odamlikning çiqdi siyqasi.

Şu dardisar niqobni yeçsam,

Yor visoli bölur munosib?!

Bir maqom istayman, bir maqom –

Köz yoş bölsam va yo bölsam may.

Yiğlasam samoviy rutbada,

Jilmaysam körinsam Yerlikday…

Bir maqom istayman, bir maqom –

Qismatimga kulgim keladi.

Qaçondir qaydadir negadir,

Men sizga termulgim keladi.

Yaraşibdi sizga bu dunyo,

Qutluğ bölsin maqomingiz ham.

Bir maqom istayman, maylimi,

Ozgina özimga öxşasam…

Manzara

Yaproqlar şivirlar — savollari köp,

Yaproqlar şitirlar — tili kesilgan.

Daraxtlar tazarru onini anglab,

Köylagini yeçib joynamoz qilgan…

Kimdir kelişini kutar örindiq,

Göyo nimanidir kelgan fursati.

Tangri bandasini bunça sevmasa —

Vido borligini qöyar körsatib…

Kökka sovurildi yana bir imkon…

Sokin talvasada titraydi olam.

Yiğilar oralab xirgoyi qilib,

Xalloslab bozorga ketmoqda odam…

* * *

Içimda adaşgan bir qayiq,

Suvsiz sohillarda qalqiydi.

Içimda qanotsiz bir burgut,

Tirnoğiga qarab çalğiydi…

Içimda — orzular bekorçi,

Xayollar xijolatdan kular.

Qöllaridan tutib dunyoni,

Varrakdek uçirar tuyğular.

Içimda — zamonlar ğudranar,

Pirlarim kalişda turibdi.

Yoniga kelolmay asrlar,

Iştonçan yugurib yuribdi…

Içimda – közlarim körinar,

Qöllarim ökinmas kir çayib.

Soatni körsatib boşimda,

Qismatim turmaydi irşayib…

Içimda siz – juda baxtlisiz,

Hur bölib kutarsiz, azizim!

Men esa… eşikni topolmay,

Derazadan termulaman jim…

Içimda abadiy hadik bor —

Tangri quvğin qilgan olamman.

Heç kimman va yöqman dunyoda,

Içimda… Odamman, Odamman!

Umid bor…

Lahzalar ömbaloq oşadi,

Tuşlarim qiladi masxara.

Yuragim bormoqda kiçrayib,

Ulkanlaşar ming yillik yara.

Men borman, demak, siz — mavjudsiz,

Könglimda tugmadek umid bor.

Közlari dunyodek qop-qora,

Yuzlari dunyodek yoruğ yor!

Tomirda suzadi xavotir,

Hammadek yaşamoq — maʼnisiz.

Öttiz yetti kuzni kuzatdim,

Qanisiz, qanisiz, qanisiz?

Dunyoni horitdim titkilab,

Hamma çöntagida bor izim.

Qöllarim — Xitoyning devori,

Közlarim — Örta Yer dengizi…

Bormisiz-yöqmisiz bilmayman,

Lekin men, şubhasiz, bor edim.

Ğalati ekanim — tabiiy,

Men asli odammas, yor edim…

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan