Vatanim onaginam
Halima Xudoyberdiyeva,
Özbekiston xalq şoiri
Vatan, kördim töningning suzilib turgan yerin,
Şuni körib könglimning buzilib turgan yeri,
Şuni körib könglimning uzulib turgan yeri,
Vatanim onaginam…
Tönni suzilgan yerin yamamoq lozim bölar,
Mayli qahraton qişim yoki öt yozim bölar,
Tinmay çorlagan ovoz, mening ovozim bölar,
Vatanim onaginam…
Sen qişloqda rang-röyi sariq onamsan asli,
Horğin onam, xokisor, oriq onamsan asli,
Qaddi dolu qöllari yoziq onamsan asli,
Vatanim onaginam…
Har kim özimas, avval onasini kiydirsin,
Öziga emas, avval onasiga şay tursin,
Ilhaq qilmay, öksitmay könglini ilğay tursin,
Vatanim onaginam…
Çeksang uluğ bir dard çek, şu tan ketmasi uçun,
Miltirab turgan şu şam, şu şaʼn ketmasi uçun,
Onadayin heç qaytmas Vatan ketmasi uçun,
Vatanim onaginam…
1987-2014 yillar
***
Boşpanammi, boş panohim,
Quyoş, mohim, manimsan.
Könglim quyib aytar ohim,
Qaytar ohim, manimsan.
Nomozşomgul, xongullarim
Öpadi öngirimni.
Yalpizlaring — singillarim,
Sotmaydi bir sirimni.
Tönsam oftobing isitib,
Tinsam suving jildirar.
Qönimi yöq quşçalaring
Ayvonimda çuldirar.
Şu quşçalar orasinda
Men beş gödak östirdim.
Har birida Vatan otliğ
Ozod yurak östirdim.
Bir kun tugab ölan, aytim,
Olsam qaro yerga yöl,
Tuğilganda boşimdayding,
Ölarda ham boşda böl!
Vatan!
Şunda onaliging
Nogoh çuqur tuygaysan,
Beş bolamning köz yoşlarin
Özing artib qöygaysan!
1996 yil 6 iyul
Vatan bayroği
Yurt bayrorğin har joygamas,
Könglingga ek. Köksingni öy.
Işlov bergin, yumşatib tur,
Ildiz otsin, körsatsin böy.
To bu bayroq, Vatan, nurlar
Iç-içingga ketsin kirib,
Toki ğanim – vatanxörlar
Ololmasinlar suğurib.
Şunday örgat qulni, xonni,
Uçmas quş ham uçar bölsin.
To bayroqdan oldin jonni
Bermak oson keçar bölsin.
1995 yil 12 sentyabr
