Ğurur

Muhammad Yusuf,

Özbekiston xalq şoiri.

Ona tilim

Garçi zuğum qilganlarni yoqtirmadim,

Şeʼr yozdimu bölak işni qotirmadim.

Tilim turib öz tilimda gapirmadim,

Bir eslasam eziladi bağri-dilim,

Ona tilim, keçir meni, ona tilim.

Onam «erkam» deb quçganda tunlar yarim,

Erkim yöq deb zirqirardi bir joylarim,

Parovozni hansiratgan buğdoylarim,

Oltinlarim, maʼdanlarim, ipaklarim,

Ona tilim, keçir meni, ona tilim.

Kimlar uçun biz edik bir badaviylar,

Özbekni qon qaqşatganni özbek siylar,

Holimizni qon kuzatdi Yassaviylar,

Topganimiz handalakdek tilim-tilim,

Ona tilim, keçir meni, ona tilim.

Kimdir mayda millat böldi, kimdir katta,

Katta millat — Afandisi yöqdir hatto,

Biz piyoda, biz boqqanlar yurdi otda,

Zulm ötsa faqat sendan ötdi zulm,

Ona tilim, keçir meni, ona tilim.

Sen bölmasang nima bizga silliq şeʼrlar,

Bu dunyoda tili yöqda dil yöq derlar,

Bahoing-ku berib ketgan Alişerlar,

Yuragimning töridagi sölmas gulim,

Ona tilim, keçir meni, ona tilim.

Bir qarasam har şevangda ming jilolar

Har novdangda, har mevangda ming jilolar.

Qodiriylar, Çölponlar-u, Abdullolar,

Sening qaytgan kuning men tuğilgan yilim,

Ona tilim, ey muqaddas, Ona tilim.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan