Ismim aytsam, tanisaydi giyohlar

Oy nurida…

Oy nurida kaşta tikkan çevar edim,

Bir olamni, bir onamni sevar edim,

Kunçiqarga şöxi şodon boqib-boqib,

Yelday ötsa bu kunlar deb qöyar edim.

Söng bölinib ketdim ming bir bölaklarga,

Umrim berdim ziyosi yöq falaklarga!

Köklamlarim, bayramlarim qolib ketdi,

Hayratlarim, hayronlarim qolib ketdi,

Quyoşning ming jilvasidan nusxa olib,

Gul solganim gilamlarim qolib ketdi.

Söng bölinib ketdim ming bir bölaklarga,

Umrim berdim rostu yolğon halaklarga!

Qani mening butunligim, bunyodligim,

Qani mening qişin yozin obodligim,

Evoh dunyo, buğdoy donday soçding meni,

Qani mening yoruğ kunday pok zotligim!?

Oh, bölinib ketdim ming bir bölaklarga,

Umrim berdim qumdan sarob tilaklarga!?

Bir quş bölib kelgan edim boğlaringa,

Uçib qöndim pastu baland toğlaringda,

Tarqamadi osmoningda tumanlaring,

Qoyalarga urildim gul çoğlarimda.

Evoh, dunyo bölding ming bir bölaklarga,

Oşna qilding hayosi yöq yuraklarga…

 

Sizdan

Sizdan menga nurlar kelar osmon-osmon,

Yuragimda şodliklarim xirmon-xirmon.

Hayotimning maʼnosini topgandayman,

Işq ahlining şarobidan totgandayman.

Ey, qalbimning bu dunyoda yoruğ kuyi,

Balki sizni izlaganman umrim böyi,

Sizni körgan röyolarni, öpib suyib,

Tirikçilik dunyosidan ötgandayman…

Pastu baland köçalarda zoru sarson,

Ötgan ketgan neçalarga bölib hayron,

Yiğlab ketdi mendan, qança davru davron,

Yaşamasdan, bu kunlarni kutgandayman!

Sizni körgan lahzalarim afsonadur,

Ismingizning şuʼlasidan mastonadur,

(Menam dildor, bir söyladim Sultonimga)

Ikki dunyo bu sözlarim yagonadur!

Sizdan menga nurlar kelar osmon-osmon,

Yuragimda şodliklarim xirmon-xirmon.

Hayotimning maʼnosini topgandayman,

Işq ahlining şarobidan totgandayman…

* * *

Men senga atalgan şunday mevaman,

Yuragimni uşat, ol bir sözimni.

Matnazar Abdulhakim

Fasllar aylandi

atrofimda jim,

Jim ketib boradi oyning şarpasi

Kelar yöllaringa

közimni tikdim.

Könglimni asradi orzu havasim.

Fursatlar soğindi qadamlaringni,

Bir menmi adaşgan,

bir menmi şoşgan…

Şamollarga soçdim

alamlarimni,

Bir menmi tunlarning bahridan keçgan…

Bir asov daryoning tölqinidirman,

Qismat qirğoğiga siğmayin toşdim,

Bilmayman,

Kimman va,

qandayin sirman

Nega xayolinga könglimni oçdim?..

Tongning sohiliga çiqdim seni deb,

Seni deb soçlarim parişon böldi,

Hanuzam yöllarim intizor senga,

Umidim şuʼlasi kel endi…

Qurbat vodiysiga kelgin Sarvarim,

Umr sohilidan yoğdular terdim,

Bir senga atalgan hayot guliman,

Yuragimni uşat va bir söz degin!

Fursatlar soğindi

qadamlaringni…

 

Najotiyga

Sen bir osmon uçib çiqsam,

Qanotlarim kuymagan,

Sen bir jahon kirib borsam,

Iforinga töymagan.

Men bir şamol, bir nolakor,

Kunu – tunlar tinmagan.

Mulki Sultoniga borib,

Aytib – aytib yiğlagan.

Sen bir olam öylasam ham,

Xayollarim yaşnagan!

Sen bir Zuhro, zulmatlarda

Yoğdusini töşagan!

Men bir toğman ota bölib,

Yölingdan toş köçirgan,

Onang bölib semurğlarning,

Köksidan sut içirgan.

Sen bir ziyo, bir nafasda,

Hayotimni özgartgan,

Sen bir göyo, bitta sasda,

Vayronamni tuzatgan.

Men bir sözon, sening bilan,

Qaroliklar ketgaydir.

Gul umrimning ming yil bitmas,

Yarolari bitgaydir!

Sen bir dunyo, tegrasida

Şodliklarim barq urgan,

Sarviqaddimni tik tutsam,

Mağrib maşriq teng kelgan.

Men bir oşiq, men bir muhtoj,

Hanuzam mubtalodurman,

Seni bergan Quyoşimga,

Hamdlar aytib boradurman!

Sen osmon uçib borsam,

Qanotlarim kuymagan,

Men bir şamol, men nolakor,

Kuylab-kuylab töymagan…

* * *

Ehtimol yodingda yöqdirman,

Umiding,

Dodingda yöqdirman…

Xayolingda xasça makonim yöqdir,

Poyinga otilgan çöğdirman!

 

Qahhor baxşi Rahimovga

Elim desam yuragimga nur kirar,

Tomirimga osmon kirar, sir kirar.

Borliğimda bir iltijo hayqirar;

Elim desam ikki dunyom gurkirar!

O, bilmayman bu qandayin tabobat,

Toşin quçsam topgaydurman halovat,

Olislardan soğinç tortib kelganda,

Köksimdagi ğamlar erur toabad.

Şu tuproğning guliman, gavhariman,

Toğlarining boşidagi zariman,

Kök işqida uçib ketgan quşmanu,

Kel deganda keladigan, boriman.

Şu borliqning şamoliga yuz çaysam,

Şu kenglikning kamolida ulğaysam,

Ismim aytsam, tanisaydi giyohlar,

Ismin aytsa, dunyolariga yoysam.

Yuragimga quvvat kerak yoronlar,

Menga sinmas qanot kerak yoronlar,

Elim desam, biznikisan desalar,

Menga şunday dastxat kerak yoronlar.

Menga şunday nurxat kerak yoronlar!

 

Ozodaman

Kamalakdan rangin quroğim,

Xazon emas heç bir yaproğim.

Inson emas işongan toğim,

Oyzoda men, Ozoda menman.

Ruhim oppoq ezgu bayroğim,

Olis emas oydin yiroğim,

Bir qarasam, yetgay titroğim,

Oyzoda men, Ozoda menman.

Işonaman tunlar sehriga,

Yorim çiqar qismat bağridan,

Hilpiraymiz sevgi şahrida,

Ozoda men, Oyzoda menman.

Yonar porlab şamim çiroğim,

Gulning yaproğidan taroğim,

Muhabbatdir yolğiz yaroğim.

Oyzoda men, Ozoda menman.

 

Ozoda Bekmurodova

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan