Turkiy tilim
Kengesboy Karimov,
Qoraqalpoğiston xalq şoiri
Nyu-Yorkda sözingni bilmaslar balki,
Londonda nazarga ilmaslar balki,
BMTda majlis qilmaslar balki,
Özimning jonajon turkiy tilimsan.
Qultegin bobodan uqdim otingni,
Mahmud Qoşğariydan kördim xatingni,
“Qutadğu bilik”dan hoqon otingni
Yuksaltirgan mening turkiy tilimsan.
Naqadar qadimiy buyuk şajarang,
Serbutoq şoxingda qança meva, rang,
Yulduzlar kabi möl şevang, iborang,
Sen osmon, sen dunyo, turkiy tilimsan.
Bir ota-onaning eti-tirnoği,
Özbek, qozoq, qirğiz, turkman tuproği,
Ozar, qömiq, çeçen, qoraqalpoği
Ona deb sözlagan turkiy tilimsan.
Suyib bolam deysan, mehribonimsan,
Mening tomirimsan, mening jonimsan,
Ona suti bilan kirgan qonimsan,
Onam, ona tilim, turkiy tilimsan.
Qoraqalpoq tilidan
Rustam Musurmon tarjimasi.
