Osmon juda yaqin edi…

Xayrulla Xoltörayev

Öşa damlar

Tunda ismin sörar edim hur-malakdan,

Gul raqsini kördim öşal kapalakdan,

Uyalganday boqar edi oy falakdan,

Osmon juda yaqin edi öşal damlar.

Yurak buğuborlik bilan tildoş edi,

Bahor edi, gul-lolalar dildoş edi,

Men ertakka, ertak menga yöldoş edi,

Osmon juda yaqin edi öşal damlar.

Toğda ösgan lolalarim çorlar bu kun,

Dilda yongan yulduzlarim porlar bu kun,

Yuragimda erir muzlar, qorlar bu kun,

Osmon juda yaqin edi öşal damlar.

Xayolimdan ketmas nayning nolişlari,

Bobom çalgan dömbiraning xonişlari,

Köz yoşimga sirdoş edi bolişlarim –

Osmon juda yaqin edi öşal damlar.

Dupir-dupir ot çoptirgan dalalarim,

Kökda bahor yuzim yuvgan jolalarim,

Soğinçlarim, yomğirlarim, nolalarim,

Osmon juda yaqin edi öşal damlar.

Yoz tugadi, quşday uçib ketdi umr,

Navbahordan kuzga köçib ketdi umr,

Hayotda bir sirni oçib ketdi umr,

Osmon juda yaqin edi öşal damlar.

Yomğirdek köz yoşim tökdim xazonlarga,

Yaproqdek sovurdim umrim tözonlarga,

Yurakni tobladim şamol-mezonlarga,

Oyday tölin osmon edi öşal damlar,

Osmon juda yaqin edi öşal damlar…

* * *

Olis-olis tomonlarga yöl ketdi,

Ezgu orzu-havaslarga dil ketdi.

Ötdi mensiz neça-neça bahorlar,

Safarlarga çiqdi laylu nahorlar.

Tuproq edim, tuproq keçdi tovonim,

Yuragimni şarh ayladi zabonim.

Könglimda ay soğinç töla diyorlar,

Dimoğimda qoldi xuşböy iforlar.

Qirda maysa, boyçeçaklar kökardi,

Soğinç nomli gulçeçaklar kökardi.

Dil oğriği bosilmaydi keçalar,

Qadamimdan bezor böldi köçalar.

Ey gulijon, visolingga muştoqman,

Oydek husni jamolingga muştoqman.

Quşlar oşiyon qurdi uyim şiftiga,

Maktublarim olib uçdi kiftiga.

Har bahorda sevgimizni yod etgin,

Rahm aylagin, ğaribingni şod etgin.

Qalbim quşdek uçib borar qoşingga,

Sevgim izhor aylar qönib boşingga.

Ana uçib keldi deysan baxt quşi,

Vaʼdalarga vafo quşi – ahd quşi.

Olis-olis tomonlarga yöl ketdi,

Ezgu orzu-havaslarga dil ketdi.

* * *

Otaşsan, olovsan, yonduradursan,

Qanday şijoatsan, sen qanday tilsim?

Hattoki jondan ham tondiradursan.

Vaslingni ato et,

Diling oç, sim-sim.

Zehnimda, könglimda mehring ilinji,

Şarorim tilimda, parvona dilim.

Dudoğing bol-kavsar, tişing dur,

Vaslingni ato et,

Diling oç, sim-sim.

Poyingga maysalar titrab boş urgay,

Köngilga öt qöyib, közga yoş urgay.

Boşim heç yorilmas, ağyor toş urgay,

Hijroni haqdursan,

Visoli tilsim.

Tegirmon toşida yançilgay,

Yer qattiq, osmonga yetmaydi qölim.

Dilimda loladay alvon armonlar,

Vaslingni ato et,

Köngling oç, sim-sim.

Işq yöli töliqdir jabru jafoga,

Oşiqning hayoti dard bilan sölim.

Sözimni şivirlab aytdim saboga,

Vaslingni ato et,

Diling oç, sim-sim.

* * *

Zuvalam pişgan tuproğim,

Jismimdagi jondir vatan.

Onajonim, otajonim,

Tomirimda qondir vatan.

Momolarim qurgan öçoq,

Onam yopgan nondir vatan.

Bobolarim ekkan uruğ,

Dalamdagi dondir vatan.

Tonglarimni nafasi qutluğ,

Quyoşli osmondir vatan.

Hamma vatan ila baxtli,

Kimgadir armondir vatan.

Bobolarim bosgan qadam,

Ajdodlarim ötgan dovon.

Yovga böy bermagan qörğon,

Ğolib qahramondir vatan.

Allomalar, avliyolar,

Buyuklarga kondir vatan.

Ajdodlarim yotgan tuproq,

Muqaddas makondir vatan.

Ilk sevgim, ilk muhabbatim,

Va ilk hayajondir vatan.

Yuragimdagi Ollohim,

Qalbimda imondir vatan.

* * *

Xayol karvonlari manzili uzoq,

Ayovsiz yuragim ezadi firoq.

Odamlar holimga boqar xayrona,

Oh dili devona, dili devona.

Ötli tuğyonlarning nola-ohidan,

Xazonlar tökilgay daraxt şoxidan.

Yuragim içida bir quşça yiğlar,

Hijron azoblari bağrimni tiğlar.

Men-ku azob bilan yaşadim birga,

Olib ketolmadim könglimni qirga.

Ena şamollarni soğindim netay,

Hamma işni taşlab qişloqqa ketay.

Sensiz yaşamoqlik naqadar oğir,

Hajringda örtanib kuyadi bağir.

Köp bora izladim qalbimga ziyo,

Nurga çulğanmoqda hikmatli dunyo.

Men yurib boryapman, çopib boryapman,

Entikib, içikib, şoşib boryapman.

Töfonday tözğib, daryoday jöşib,

Onajon yoningga şoşib boryapman.

Qişloqqa toğlardan oşib boryapman…

Törtliklar

Ey voh, paymonasi tölganlar qança,

Dunyoda devona bölganlar qança.

Qança nomlar yaşar ötgan bölsa ham,

Umrida tiriklay ölganlar qança.

* * *

Armonlarning çökib yotgan norlari bor,

Boysun toğning çöqqisida qorlari bor.

Soğinçlarim sarğaytirmiş öylarimni,

Quloğimda onajonim zorlari bor.

* * *

Oy boqadi, oyday tölin dilim qani?

Sir aytarga dildoşim tilim qani?

Köp urindim bolalikka qaytayin deb,

Lekin ortga qaytadigan yölim qani?

* * *

Boq atrofga, turfa rang tözon,

Közlarimga soçar çang tözon.

Çölni körsa qutirar quyun,

Gulni körsa xangu-mang tözon.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan