Hayotning şiori

8 yanvar — prokuratura organlari xodimlari kuni

Bağişlov

Qutlamoq paytidir sizni uşbu kun,

Hayotning şiori insof, adolat.

Siz borsiz, fuqaro ozod va erkin,

Siz borsiz, hamişa barqaror Davlat.

Haqning adolati doim mukammal,

Nozu neʼmatiga yöqdir nihoya.

Vatan qomusiga, siz, qilib amal,

Yaşaysiz qonunni aylab himoya.

Sozini soz çalsa sozanda dilgir,

Olamni tutgaydir munavvar ovoz.

Bu çigal yöllarda adaşsa kimdir,

Odil qaror bilan çiqqaysiz peşvoz.

Yulduzlar sayrida ajib intizom,

Hatto koinotda bor qaror, ijro.

Demak, amal bilan uşaladi kom,

Qonun ham misoli bir bayroq, tuğro.

Adolat çiroği öçmasin, illo,

Mudom uyğoq bölsin sizdagi vijdon.

Qutluğ hayotidan xalq bölsa rizo,

Doimo yuksalgay, yurt – Özbekiston.

Qutlamoq paytidir sizni uşbu kun,

Hayotning şiori insof, adolat.

Siz borsiz, fuqaro ozod va erkin,

Siz borsiz, hamişa barqaror Davlat.

Ğayrat Majid

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan