Şamalardan tuzdim guldasta
Daraxtlarda yaproqlar sinar,
Bir qasirlaş yanir köksimni.
Boşim egib ötirişimday
Baxt bağrimga kirding öksinmay
Yuragimdan tuşib ketmang!

Çil-çil sinsa mudhiş bir qörquv,
Sinsa suvning yuzida hadik.
Siniq jarang gözal bölsa-da,
Qayğurişim çiqsa-da tantiq,
Yuragimdan tuşib ketmang!
Yiği sinsa közim çetida,
Qilt etmasa oqsuyak şodlik.
Miyamning öq çiziqlarida
Çatnab ketsa Sizsiz ozodlik,
Yuragimdan tuşib ketmang!
Duragay his qölidan öpsa
Men boş suqib körmagan kunning.
Közimdagi qora kukunlar
Jilolansa bitta hukmda –
Yuragimdan tuşib ketmang!
Oyna oçgan ayol soçiday
Şöxlik qilsa singan hislarim.
Özimni men qanday qutqaray
Izingizga tuşsa izlarim –
Yuragimdan tuşib ketmang!
22.10.2019
* * *
Közlarimdan çiqolmay yotgan
Qora kunni ovutayapman.
Şamalardan tuzib guldasta
Sovuq çoyni sovutayapman
Köz yoşlarim dona va dona
Tökmaydigandayman.
Dengiz seni sevsam ham yona
Çökmaydigandayman.
Yöllarimdan ötmoqda şamol,
Hayotimni surib çetroqqa.
Qisqa tutaşuvli bu ahvol
Xayolimni turtar qirğoqqa.
Şudringning oy qölçalarini
Tutmaydigandayman.
Yuragimdan ötdim ming bora
Qaytmaydigandayman.
Hislarimning pöçoğin çaqib
Lablarimni yordim, qonatdim.
Kabutarim oldin öldirib,
Söngra undan maktub jönatdim.
Közlarimning qorasin senga
Surtmaydigandayman.
Oxirlagan kun kukunlarin
Titmaydigandayman.
Simqoqqiçning qoqib “ohini”
Özimni men qölga olyapman.
Artib-surtib ğam yuqilarin
Ortga qarab yurib boryapman.
Xayolimning farroşi senga
Yetmaydigandayman.
Bu zumurrad dengizdan endi
Ketmaydigandayman.
21.10.2019.
* * *
Birgina kun bergin, Xudoyim,
Namiqmagan nafasim yetib.
Saslarimni yondirolmagan
Gugurt çöpi umrimga tegib.
“Şunday yaşab bölarmi?” deya
Yaşagan u aynan şu taxlit.
Höl va quruq hislarim aro
Çiqayapsan bir özing balqib.
Kuraşgan öz tutuni bilan
Dudlarini falakka yoyib.
Daftarimdan uzgan varaqning
Uzuqlari boqar munğayib.
Yaşayapman, qara, qarab qöy,
Qora ranglar qilmas kalaka.
Sendan qolgan kunning ortida
Sepalaydi yomğir – tahlika.
Qarab qöygim kelyapti juda
Öz boşimni özim kötarib.
Tomçilaring sevgiday yomğir
Közlarimga kirar betartib.
Sanoğingda adaşmay, Rabbim,
Berarsan kun, buni bilaman.
Men har kuni, har tuni birday
Eşigingga qaytib kelaman.
30.10.2019
* * *
Tuğilişi mumkin odam
har yili
öşa oy
va öşa sanada
özi istamasa-da
yaratgan istagan
kemtik qismatini kötarib
uning tuğilişini
heç kim ortga surib qöyolmaydi
muştini öqtalib
pöpisa qilolmaydi “Tuğilma!” deya
iyerogliflar kabi
öqiş qiyin bölsa-da peşonasini
tuğilaverar odam
tuğilaverar
Gözal Begim.
