Baxtli bölib körinay men ham…

Fotoapparat va men

Sen boqqan çoğ nega odamlar
Xuşsuratdir, kulgidan töygan.
Men termulsam — sarğaygan ötlar
Va daraxtlar gullamay qöygan.

Sen köz solsang onam köp dilbar,
Otam bardam qad kerib turar.
Men boqqan çoğ — onam muştipar,
Otam esa hassada yurar.

Nigohingda döstim uluğvor,
Bekamu köst turar muloyim.
Men qarasam u beçorahol,
Oqsoqlanib yuradi doim.

Vaqt yalmoğiz — uçar xotirjam,
Körganlarim öxşamas çinga.
Baxtli bölib körinay men ham,
Bir zumgina köz taşla menga.

 Yuk

Biz tomonga kelar ikki zot,
Olis toğlar bağirlaridan.
Biri yoydek egilib borar,
Törvasining oğirligidan.

Hamrohining qöli esa böş,
Na yuki bor, na bir nasabi.
Munğayardi xomuş negadir,
Yuk kötargan şerigi kabi.

Çiqar edi turfa xil nigoh,
Sayyohlarning öngu sölidan.
Bari bir xil — horigan çolning
Törvasini olar qölidan.

Ğamga botar edi bunday payt,
Yöldoşining qoraçiqlari.
Oğirlaşib borardi uning
Çap köksida turgan yuklari.

Ötib borar odamlar töp-töp,
Ortda qolar sarğaygança yöl.
Nahot ular bitta köngilni
Kötarişga uzatolmas qöl?!

 Fil falsafasi

Qari filning tanasida,
Yaşar edi köplab jon.
Qora qarğa, ola qarğa
Hamda kulrang körsiçqon.

Körmagandim — vazminlikka
Bir kun ölim yölaşini.
Körmagandim — ulkanlikning
Balandlikdan qulaşini.

Qarğa qanot qoqdi-ketdi,
Siçqon topdi boşqa in.
Harqalay, bu sinov edi,
Yarmi yolğon, yarmi çin.

Oğir edi bunday öylar,
Oğirlaşib ketdi boş.
Filning öyçan közlariga
Tölib keldi ulkan yoş.

Yöl körsatib turguvçi kuç,
Hayvonda ham yurak ekan.
Özing bilan qoliş uçun,
Baʼzan öliş kerak ekan.

 Kimyogar döstimning öylari…

Sunʼiy gul yasab tongda
Biroz xayolga toldim.
Unda bol izlab kelgan
Arini körib qoldim.
Buni uzoq öyladim,
Tajribam tugagunça.
Şeʼrda ikki oğiz gap
Ilmda keng tuşunça.
Öyladim, moddalarning
Birlaşuvi bir çaqa.
Qanday birlaşgan ekan
Toşlar bilan toşbaqa.
Işonmadim muhabbat
Köngilda yaşar desa.
Bilmadim, sevib qoliş
Fanda qanday hodisa?
Bağritoş dedi bir qiz,
Oşib ketgandim haddan.
Tuni bilan öyladim,
Könglim qaysi moddadan?
Bilmas edim ne uçun
Közimga yoş tölişin.
Bir tomçi yoş qurimay,
Qayerlardan kelişin?
Mening gunohim qayda,
Qayda mening savobim.
Gul yasamayman boşqa,
Şudir mening javobim.
Sunʼiy gulga termulib
Yiğlab, öy surib qoldim.
Axir unda jon bergan,
Arini körib qoldim.

Bobur Elmurod

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan