“Olamda yaxşi koğaz Samarqanddin çiqar…” yoki ikki asrdan söng qayta tiklangan kaşfiyot
Buyuk sanʼatkor hattot Sulton Ali Maşhadiy şunday yozib qoldirgan: “Har qança sinasang ham Xitoy qoğozidan yaxşisi yöq. Ammo Samarqand qoğozi bebahodir. Agar sen aqlli odam bölsang, undan voz keçma, undagi yozuv ravon va gözal böladi. U oddiy böladimi, “sultoniy” böladimi, yaxşisini olişga harakat qil”.
Yer yuzining sayqali – Samarqand ne-ne uluğ zotlar, piru komillar, olimu fuzalolari, dunyoga maşhur Registon ansambli, tabarruk obidalaru onalar qalbi taftida qizargan noni bilan maşhur desangiz, ming çandon haqsiz. Ammo bu hali hammasi emas! Negaki, bu ölka ipak matolari, şoyi römollari, xalq hunarmandçiligi bilan azaldan ellarga doston bölgan. Maftunkor göşaning yana bir qimmatbaho aşyosi – harir qoğozini, yaʼni Samarqand qoğozini eʼtirof etmaslikning iloji yöq.
Bugun Samarqand yaqinidagi Konigil qişloğining dovruğini dunyo biladi. Tabiati xuşmanzara, havosi toza uşbu makonda eng qadimiy usulda tayyorlanadigan öta sifatli, “sulton qoğozi” taʼrifini olgan — qoğoz işlab çiqarilmoqda. Uşbu jarayonni öz közi bilan körişni orzulaganlar uçun eşiklari hamişa oçiq. “Konigil meros” oilaviy korxonasiga taşrif buyuradigan sayyohlar qadami qişin-yozin uzilmaydi. Eng qiziği, har bir kelgan sayyoh yoki mehmon qoğoz işlab çiqariş jarayonini kuzatiş bilan birga bevosita özi ham iştirok etadi. Biz ham maqtalgan qoğozni xomaşyosidan tayyor mahsulotga aylantiriş onlariga guvoh böliş maqsadida oilaviy korxonaga taşrif buyurdik.
— Jahonning köplab davlatlarida qadimdan qoğoz tayyorlaş texnologiyasi bölgan. Misrda papirusdan tayyorlangan qoğozlar, şarqda xitoy va yapon qoğozlari bunga misol böla oladi. Samarqand ipak qoğozi esa özining umrboqiyligi, silliqligi, har ikki tomoniga ham yoziş mumkin bölganligi, suvda ivimasligi bilan şuhrat qozongan. Samarqand qoğozidan ayni paytda dunyoning turli davlatlaridagi hattotlar va musavvirlar foydalanişmoqda. Ayniqsa, nodir qadimiy qölyozmalarning aynan Samarqand qoğozida köçirilayotgani bizni quvontiradi, — deydi “Konigil meros” oilaviy korxonasi rahbari Zarif Muxtorov.
— Samarqand qoğozi boşqa qoğozlarga nisbatan uzoq saqlanar ekan…
— Balx tuti daraxti tolasidan tayyorlangan uşbu qoğozni bemalol bir neça asr saqlaş mumkin. Silliqligidan arab yozuvini yoziş qulay. Xabaringiz bor, örta asrlarda Samarqandda qoğozsozlik keng ravnaq topdi. Tadbirkor ajdodlarimiz öz mahsulotlarini nafaqat qöşni davlatlar, balki Buyuk ipak yöli orqali Yevropa bozorlariga olib çiqişdi. Tabiiyki, uşbu jarayon natijasida jahon olimlari, yozuvçi hamda şoirlar, kotibu naqqoşlar yurtimizda tayyorlangan yuqori sifatli qoğozlardan foydalana boşlaşdi. Samarqand qoğozining taʼrifi haqida buyuk sanʼatkor hattot Sulton Ali Maşhadiy şunday yozib qoldirgan: “Har qança sinasang ham Xitoy qoğozidan yaxşisi yöq. Ammo Samarqand qoğozi bebahodir. Agar sen aqlli odam bölsang, undan voz keçma, undagi yozuv ravon va gözal böladi. U oddiy böladimi, “sultoniy” böladimi, yaxşisini olişga harakat qil”. Zahiriddin Muhammad Bobur esa “Boburnoma” asarida “Olamda yaxşi koğaz Samarqanddin çiqar, Juvozi qoğozlar suyi tamom Konigildin keladur. Konigil Siyohob yoqasidadurkim, bu qora suvni Obirahmat ham derlar”, deya yuksak eʼtirof etadi. Bu öşa zamonlarda ham Samarqanddan çiqadigan qoğozning qadri baland ekanligiga işoradir.
— Bir neça asrdan beri işlab çiqarilişi töxtab qolgan Samarqand qoğozini tiklaş fikri sizda qaçon paydo böldi, buni amalga oşiriş jarayoni haqida gapirsangiz?..
— 1994 yilda YUNESKO taşabbusi bilan Buxoroda ötgan xalqaro konferensiyada ilk bor Samarqand qoğozi haqida gap bordi. Mutaxassislar Samarqandda qoğoz işlab çiqarilmayotganiga qariyb ikki asr bölganini taʼkidlaşdi. Ikki asrdan beri nahotki heç kim şu hunarni boşidan tutmadi, deb uzoq öyladim. Qadimiy kitoblarni titib maʼlumot qidirdim. Samarqand qoğozini işlab çiqariş texnologiyasini tiklaş böyiça uyimda bir neça bor tajriba ötkazdim. Izlagan imkon topar deganlaridek, nihoyat bu işni epladim.
— Daraxtdan qoğoz xomaşyosi oliş jarayonigaça bölgan ketma-ketlikni oşkor eta olasizmi?
— Albatta. Bir yillik tut novdalari kesiladi, ular suvda 4 kun ivitiladi. Keyin pöstloği novdalardan ajratiladi. Ajratilgan pöstloqning qobiği piçoqda şilinadi. Içki qismi 4 soat davomida qaynatiladi. Pöstloq yumşoqlaşadi. Söngra u suvda yuvilib, tegirmonda 8-10 soat mobaynida yançiladi. Yançilgan massa suvga solinadi va qözğalganda titilib ketadi. Elaksimon formada u tutib olinadi. Tut pöstloğidagi tolalar biri birining ustiga yotib, töqima hosil qiladi. Uni sönggi suv tomçilaridan siriqtiriş uçun press ostiga qöyiladi. Hali nam qoğoz taxta sirt yoki deraza oynasiga yopiştirib, quritiladi. Söngra 2-3 soat davomida agat toşi, dengiz çiğanoği, qoramol şoxi kabi vositalar yordamida qoğozning har ikki tarafi hafsala bilan silliqlanadi. Mana şu jarayonlar puxtalik bilan bajarilsa, qimmatbaho ipakdek mayin va çidamli qoğoz paydo böladi.
— Bu işni boşlaşingizda sizga kimlar yaqindan kömak berdi?
— 1995 yildan 2002 yilga qadar ötkazilgan sinov-tajribalardan söng menga Konigil qişloğining Siyob anhori oqib ötadigan eng sölim göşasidan davlatimiz yer ajratdi. YUNESKO va Yaponiyaning «JEIKA» xalqaro agentligi kömagida «Konigil meros» qoğoz işlab çiqariş hunarmandçilik markaziga asos soldim. Hozirgi kunga qadar mazkur markazda Örta Osiyo hududlarida keng tarqalgan, mevasi isteʼmolga yaroqli bölgan, aholi orasida «balx tuti» deb ataladigan tut navi pöstloğidan turli xildagi Samarqand qoğozlarini işlab çiqaryapmiz.
— Örta asrlarda qoğozning Samarqandda işlab çiqarilişi madaniyatning rivojlanişiga ham turtki bölganini tarixçilar öz asarlarida maʼlum qilgan. Uning qiymati zamonaviy asrda qanday ahvolda?
— Qoğozning Buyuk ipak yöli orqali Yevropa bozoriga yetkazib berilişi jahon miqyosida ilm-fanning, texnika va texnologiya taraqqiyotining tez surʼatlar bilan rivojlanişiga zamin yaratdi. Samarqand qoğozi kaşfiyoti natijasida dunyo naşriyotçiligi şakllandi hamda ravnaq topti. Ilgari bir kitobni tayyorlaş uçun yuzlab hayvon terisidan ne-ne maşaqqatlar bilan sahifalar tayyorlangan bölsa, keyinçalik Samarqand qoğozi asosida sohaning oson va qulay texnologiyasi kaşf etildi. Bizning qoğoz bugungi kunda ham jahonning eng sifatli qoğozlari sirasiga kiradi. Uşbu mahsulotning turli xil navlari VIII asrdan XIX asrga qadar nafaqat Örta Osiyo va Yaqin Şarqda, balki Yevropaning köpgina davlatlarida maşxur bölgan. Şarq olamida Samarqand qoğozlari Misr qoğozi kabi keng omma tomonidan foydalanila boşlandi. Bunga ayniqsa, IX-X asrlarga kelib, köpgina fors va arab tilidagi asarlar va qadimiy qölyozmalar aynan Samarqand qoğoziga yozilişi yaqqol misol böla oladi.
Yana bir bor taʼkidlaşim mumkinki, bugungi kunda ham bu qoğozning qiymati pasaymagan. Har kuni turli davlatlardan kelgan sayyohlar qoğozdan xarid qilişadi. Qolaversa, Yaponiya va Koreyadan muntazam olib ketadigan xaridorlar ham bor. Samarqand qoğozi noyob mahsulot sifatida hozirgi kunda nafaqat özbekistonlik miniatyuraçi rassom va kalligraflar uçun qöl kelmoqda, balki undan mamlakatimizdagi va hatto Yaponiyadagi qadimiy yozma bitiklar va nodir asarlarni qayta taʼmirlaşda keng foydalanilmoqda.
Feruza Rahimova,
“Hurriyat” muxbiri.
