“Mening maşinamni berib yuboring” (Taniqli özbek adibi Odil Yoqubovning Şarof Raşidov haqidagi esdaliklaridan bitiklar)

— Gazetangizni kuzatib boryapman, — dedilar u kişi. — Har qalay şu orada bir-ikkita jiddiy tanqidiy maqola berdingiz. Dadilroq bölavering. Lozim bölsa, vazirlarni ham tanqid qilavering. Faqat çiqişingiz asosli bölsin. Tanqidiy maqolalarni eʼlon qilişdan avval yaxşilab tekşirib köring. Katta yurt, tuhmat gaplar ham bölib turadi. Har bir xatni avval tekşirib, haqiqat qiling.

Özbek nasri va publitsistikasining yirik darğalaridan biri, Özbekiston xalq yozuvçisi Odil Yoqubovning jahoniy şuhratga ega asarlarini öqiganing sari el-yurt uçun, uning qalb jarohatlari uçun malham istaş, jonfidolik şunçalik bölar ekanda, deb öylab qolasan kişi. Ulkan söz ustasi 2009 yilning dekabrida dunyodan köz yumgan edi. Ammo vaqt ötgan sari adibning milliy madaniyatimiz va adabiyotimiz ravnaqiga qöşgan hissasining miqyosi va ahamiyati yanada teranroq kasb etmoqda. Yozuvçining farzandi, taniqli iqtisodçi olim Iskandar Yoqubov padarining adabiyot va sanʼat haqidagi turli yillarda va turli matbuot naşrlarida çop etilgan maqolalari, publitsistik çiqişlarini bir töplam ostida jamlab, “Söz” nomi bilan naşr­ga tayyorladi. Uni “Şarq” naşriyoti şu yil çop etdi.

— Kitobga kirgan maqolalar, suhbat va xotiralar Odil Yoqubovning jurnalist va adib sifatidagi hamda jamoat va davlat arbobi mavqeidagi qariyb oltmiş yillik umrining mahsuli bölib, ulkan ijodkor hayoti va ijod yöllarini teranroq biliş, uning tabiatiga xos xususiyatlarini anglaş, ijodiy laboratoriyasiga kiriş va umuman şaxsiyatini çuqurroq his qiliş imkonini beradi, — deb yozadi kitob sözboşisida adabiyotşunos olim Şuhrat Rizayev.

Quyida kitobdan olingan bir maqola muştariylarimiz eʼtiboriga havola etildi. Uni öqiganimizda nafaqat buyuk davlat arbobi va yozuvçisi Şarof Raşidov şaxsiyati haqida, balki öşa davrdagi maʼnaviy hayot, Matbuot va Söz qadri xususida tasavvurlarimizni yanada boyitadi deb öylaymiz.

Saksoninçi yil. Agar yanglişmasam, avgust oyining örtalari. Ğafur Ğulom naşriyotida işlayman. Bir kun kotibamiz xonamga şoşa-pişa kirib keldi. Hayajonda. Közlari xiyol bejo.

— Odil aka, — dedilar “qult” yutinib. — Sizni … Sizni Şarof Raşidoviç çaqiryaptilar ekan. Tez yetib borar ekansiz.

Men ungaça ham Şarof aka bilan köp uçraşganman, birga işlaşgan paytlarim, uzoq-uzoq suhbatlaşgan onlarim ham bölgan. Şunday bölsa-da, respublikamiz rahbari, hatto sobiq Politbyuro aʼzoligiga nomzod, boz ustiga salobatli odam, beixtiyor susti bosar edi.

Kotibamizning hayajoni menga ham «yuqdi». Eski «Volga»m bölardi, şunga ötirib ketyapmanu xayolimdan: «Nima maqsadda bunçalik şoşilinç çaqirdiykanlar, işqilib, tinçlik bölsin-da», degan fikr çiqmaydi. Neça tekşir-tekşirlardan ötib, nihoyat huzurlariga kirib bordim.

Şarof aka Ördaday katta xonaning öng tomonidagi kök movut bilan qoplangan içakday uzun stolning törida, yonboşida ön-ön beşta oq telefon, kim bilandir gaplaşayotgan ekanlar. Meni körib: «Keling, ötiring», degan maʼnoda işora qildilar.

Körsatgan joylariga borib ötirdim. U paytlarda uç yil keyin röy beradigan fojeiy hodisalardan şabada ham yöq, Şarof aka kayfi çoğ, uzunçoq xuşsurat yuzida bitta ham ajin yöq, faqat ança siyraklaşib qolgan soçlariga qirov qöngan, telefonda ham muloyim kulib gaplaşardilar. Şunday bölsa-da, «Nima sabab bunday tösatdan çaqirdiykanlar», degan savol xayolimdan çiqmas, dilimdagi ğulu kötarilmas edi.

Rahmatlining bir yaxşi odati bor edi: u kişi odatda gapni suhbatdoşining hol-ahvoli, işlari, bola-çaqasi, oilasining tinçligini sörab-suriştirişdan boşlar edilar. Bu safar ham suhbat şunday boşlandi-yu könglimdagi ğalayon tözğib, yengil nafas oldim.

Şarof aka savol-javobdan keyin birzum xayolga tolib ötirdilar-da:

— Bunday, ukajon, — dedilar, (u kişi özlaridan yoş odamlarni doim «uka», «ukajon» deb çaqirardilar). — Sizni muhim bir masala bilan taklif qildim. Özingiz ham bilsangiz kerak, adabiyot gazetamizning ahvoli juda noçor. Soni qirq mingga ham yetmaydi. Adabiyot gazetasi ham qirq ming nusxada çiqadimi? Mana, siz köp yillar «Literaturnaya gazeta»da maxsus muxbir bölib işladingiz. U qança nusxada çiqadi?

— Bilişimça, yetti, yetti yarim million nusxada, Şarof aka, — dedim men.

— Ana, kördingizmi? — dedi u kişi boşini çayqab. — «Litgazeta» yetti yarim million nusxada çiqsa, bizning gazetamiz loaqal bir-ikki yuz ming nusxada çiqişi kerak-ku? Yo gapim notöğrimi, uka?

Men gapning nişabi qayoqqa qarab ketayotganini sezdimu, söz topolmay kalovlanib qoldim.

— Xullas kalom, — dedilar Şarof aka, — biz öylab-öylab şu işni sizga yuklaşni lozim kördik. Köp yildan buyon masʼul joylarda muharrir, boş muharrirlik lavozimlarida işlab kelyapsiz. Tajribangiz bor…

Meni vahima bosdi-yu, «Men bu işni uddalay olarmikanman?», degan maʼnoda yana ğuldiray boşladim. Şarof aka gapimni şartta böldilar:

— Siz bu gaplarni qöying, uka, — dedilar qöllaridagi qalam bilan stolni taq-taq urib. — Mening maslahatim, şu bugunoq gazetaga boring.

Ön kun muhlat sizga. Işlar bilan yaxşilab tanişib çiqing. Gazeta nega oqsayapti? Uni bu qiyinçiliklardan çiqariş uçun qanday tadbir, qanday çoralar köriş kerak? Umuman, nimalar qilsak, gazetaning saviyasini kötara olamiz? Bu masalalarni batafsil örganib çiqib, bizga taklifingizni bering. Yaxşisi, şu takliflaringizni qoğozga tuşirib, oldimga keling. Biz qölimizdan kelgan hamma yordamni beramiz. Kelişdikmi?

Rahmatli şunday dedilar-da, «eʼtirozingizni qöying», degan maʼnoda qöllarini uzatdilar:

— Ön kundan keyin kutaman, uka.

U mahalda gazeta haftalikka aylangan bölib, Asqad aka boş muharrir edilar. Maʼlum bölişiça, u kişi boşqa işga ötgan ekanlar.

Şu kuniyoq sobiq Markazqöm bölim boşliqlari meni gazeta xodimlari bilan taniştirdilar. Iş bilan tanişib, şunday xulosaga keldim: kadrlar yomon emas. Iş tepasida yaxşi jurnalistlar, taniqli yozuvçilar. Hamma qusur taşkiliy masalalarda. Gazetaning çiqa boşlaganiga yigirma yildan oşgan bölsa-da, tahririyatda hukumat telefoni yöq (hukumat telefoni, yaʼni «vertuşka» bölmasa, na biror katta idora, na birorta vazir bilan gaplaşa olasiz, boşqaça qilib aytganda, biror-bir zarur masalani hal qila olasiz). Boz ustiga maşinasi ham yöq, Bu ham yetmaganday, sakkiz sahifalik adabiy gazetaning bir soniga beriladigan gonorar bor-yöği sakkiz yuz söm, binobarin, bir «podval» maqola muallifi nari borsa, 25-30 söm qalam haqi oladi, xolos.

Idorama-idora yugur-yugur boşlandi.

Birinçi bölib, qalam haqi masalasi hal böldi. Gonorar ikki barobar oşirildi, yaʼni har bir sonining qalam haqi bir ming olti yuz sömga kötarildi. Bu esa gazetaga keladigan maqolalarni tanlab oliş, eng muhimi, isteʼdodli mualliflarni jalb etiş imkoniyatini beradi. «Vertuşka» masalasi ham bir haftaga qolmay hal böldi.

Yöq, bu işlar özi bölgani yöq, albatta. Masalan, gazetaga «vertuşka» örnatiş uçun Ministrlar Sovetining maxsus qarori çiqişi lozim ekan. Ança yugurişga töğri keldi. Endi faqat yengil maşina muammosi qoldi.

Şarof aka har hafta çaqirib, men qilgan iltimoslarim hal bölyaptimi-yöqmi, sörab-suriştirardilar.

— Gonorar masalasi nima böldi?

— Hal böldi, Şarof aka, rahmat sizga.

— «Vertuşka»ni qöyib berişdimi?

— Rahmat, Şarof aka, qöyib berişdi.

— Maşina masalasi nima böldi?

Men aniq bir javob berolmay, ğuldurayman:

— Maşina ham hal bölyapti, Şarof aka.

Aniq javob berolmasligimning nozik tomoni bor. Gap şundaki, maşina masalasi öşa mahaldagi Markazqömning işlar boşqarmasi boşliği Tursun Umaroviçga topşirilgan edi. U kişiga har kuni işimiz tuşadi. Şarof akaga oçiğini aytsam, Tursun Umaroviç bilan oramiz buzilib qolişidan çöçiyman-u, oçiq gapirolmayman. Bu vaziyat bir oyça davom etdi.

Nihoyat, bir kun Şarof aka yana çaqirib qoldilar.

— Gazetangizni kuzatib boryapman, — dedilar u kişi. — Har qalay şu orada bir-ikkita jiddiy tanqidiy maqola berdingiz. Dadilroq bölavering. Lozim bölsa, vazirlarni ham tanqid qilavering. Faqat çiqişingiz asosli bölsin. Tanqidiy maqolalarni eʼlon qilişdan avval yaxşilab tekşirib köring. Katta yurt, tuhmat gaplar ham bölib turadi. Har bir xatni avval tekşirib, haqiqat qiling. Maʼlumot tagida haqiqat bölsa, dadil çiqaravering… Ha, darvoqe, maşina masalasi nima böldi? Hal qilib berişdimi?

— Hal bölyapti, Şarof aka.

Rahmatli sal rangi özgarib:

— Men sizdan hal böldimi, yöqmi, deb sörayapman. Siz bölsa hadeb lanj javob berasiz, — dedilar-da, şartta telefon trubkasini oldilar:

— Tursun Umaroviç, — dedilar u kişi odatdagidan keskinroq tovuşda. — Hozir oldingizga adabiyot gazetasining boş muharriri tuşadi. Şu odamga mening maşinamni berib yuboring.

Çamasi Tursun Umaroviç u kişining gapiga yo tuşunmadilar, yo tuşunsalar ham quloqlariga işonmay: «Gapingizga tuşunmadim, Şarof aka», dedilar şekilli, rahmatli birdan rangi öçib:

— Nimasiga tuşunmaysiz? — deb söradilar. — Men sizga bundan bir oy muqaddam adabiyot gazetasiga bitta yengil maşina ajratib bering, deb topşiriq berdim. Siz mening bu topşiriğimni hanuz bajarmagansiz. Demak, respublikada bitta ham yengil maşina yöq, degan maʼno çiqyapti. Şundoq ekan, bu kişiga mening maşinamni berib yuboring. Tamom. Vassalom. — Şarof aka azbaroyi jahli çiqqanlaridan trubkani «şaq» etib örniga qöydilar-da, yuzimga qaramay:

— Boring, u kişining oldiga tuşing, — deb buyurdilar.

Işlar boşqarmasiga tuşsam, çop-çop, töpolon. Tursun Umaroviç maşina töğrisida kimgadir topşiriq bergan ekanlar, u odam esa bu işni boşqa birovga topşirgan ekan, uçinçi birov bölsa esidan çiqarib yuborgan ekan.

Tursun Umaroviç, yaxşi odam edilar, darhol Ministrlar Sovetiga xat yozdilar. Xatga imzo çekib bölgaç, menga qarab:

— Sovmin qaror qabul qiladi, albatta, — dedilar. — Lekin pulni Moliya vaziri ajratadi.

Hozir yil örtasi. Pul masalasi juda murakkab. Men özim ham gaplaşaman, albatta. Ammo siz ham qarab turmang. Mana, katta gazetaning muharriri böldingiz, siz ham u kişiga bir telefon qiling.

Men rozi bölişga böldimu idoraga kelgaç, ikkilanib qoldim. U mahalda Moliya vaziri hozirgi prezidentimiz Islom Abduğaniyeviç edilar. Odamlar, nafaqat oddiy odamlar, katta mansabdorlar orasida ham: «Moliya vaziri nihoyatda qattiqqöl odam. Har bir tiyinni ölçaydi. Asossiz iltimoslarga quloq solavermaydi», degan gaplar yurardi. Xonamga kirib, Moliya vaziri Islom Abduğaniyeviçning telefon raqamini aniqladim. Lekin yuragim dov bermay, «Vertuşka»ga qöl uzataman-u, qölimni qaytib olaman. Bu holat bir neça marta davom etgaç, nihoyat yurak yutib, Islom Abduğaniyeviçning telefon raqamini terdim. Trubkani özlari oldilar. Men hayajonimni sezdirmaslikka harakat qilib, özimni taniştirdim. Islom Abduğaniyeviç gapimni bölib:

— Xabarim bor, tabriklayman, — dedilar. — Xöş, xizmat?

Men dardimni ayta boşladim: şunaqa-şunaqa, gazetani yaxşilaş töğrisida topşiriq böldi. Biz harakat qilyapmiz. Lekin qölimiz kalta. Hatto maşinamiz ham yöq. Markazqömdan Ministrlar Sovetiga xat yozildi. Biroq limit masalasini siz hal qilar ekansiz, Islom Abduğaniyeviç…

— Xöp, tuşundim. Pul kerak sizga.

— Ha, özingizdan qolar gap yöq.

Islom Abduğaniyeviç bir zum sukut saqlagaç:

— Yaxşi, — dedilar, — qattiqqöl­lik, vazirga xos zid bir muloyimlik bilan, — agar siz adabiyot gazetamizni çindan ham yaxşilay olsangiz, biz ham sizga yordam berişga haraqat qilamiz.

Ikki kun ötdi. Redaksiyaga borsam, qarşimdan yigitlar çiqişdi:

— Pastda sizni falon raqamli maşina kutyapti ekan. Haydovçi telefon qildi.

Liftni ham kutmasdan uçinçi qavatdan pastga qarab çopdim. Tuşsam… katta köçaning şundoq yon tomonida hali minilmagan otdan gözal, oqquşday oppoq, yappa-yangi “Volga” turibdi.

Bu esdalikni şu bilan tugatsam ham bölardi-yu, ojiz banda, gazeta nima böldi, degan savolga javob berişdan özimni töxtata olmadim.

Gazeta ikki-uç yil içidayoq mav­qei ança kötarilib, adadi 250-300 mingga yetdi. 80-yillarning örtasiga borganda esa 700 mingdan oşib ketdi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan