“Yomğir maktublari”ni öqib…
Taniqli şoir Zohidjon Olovning yangi kitobi çiqqanini eşitgandim. Kitobni izlasam, tanişlardan olib öqisam ham bölar edi. Ammo muallifning qölidan olganga nima yetsin! Nihoyat, öşa kun ham keldi kitobni şoirning özidan olib, uyda özgaça bir zavq bilan mutolaa qildim. Ilk şeʼrlaridan muallifning yurakdan yozganini his qila boşladim.
Zohidjon sözlarni şunçaki, zörma-zöraki işlatmaydi, balki har bir fikr, taşbeh ortida öquvçini his qilişi, masʼuliyat sezişi körinib turadi. Çunki ularni oilangiz bilan bemalol, bexavotir öqiş mumkin. Aslida, yaxşi kitob mulohaza qiliş, ruhiy quvvat oliş, özingizni qayta kaşf etiş vositasiga aylanmoği kerak.
Şeʼr — bu qalbning yaşirin ohangi. U insonning eng nozik tuyğularini jonli sözga aylantira oliş qudrati inʼikosi. Qalamdan tökilgan har bir misra, har bir satr, aslida, inson ruhining oynadagi aksidek. Şeʼr şoirning öz hissiyoti va orzu-armonlari bilan inja suhbatidir ehtimol… Zohidjon Olovning “Yomğir maktublari” şeʼriy töplamini öqib, mana şu fikrlar bot-bot ötdi xayolimdan. Kitob göyoki qalb musiqaciga yöğrilgan.
Yomğir — poklik, ruhiy tozalaniş va toza umidlar timsoli. Yomğir ohangidagi har bir misra öquvçini öylantiradi, xotiralarini titratadi, qalbidagi sevgi, soğinç, orzu va hokazolarni uyğotadi. Bu töplamdagi şeʼrlar goh yomğir qatralaridek mayin, goh kuçli şamoldek şiddatkor, goh buloqdek jilvali, goh möysafid toğlardek öyga toldiradi…
Muhimi, uning şeʼrlari mağzini çaqiş uçun öquvçida oz bölsa-da adabiy bilim-könikma, tayyorgarlik bölişi kerak. U yengil-yelpi, oldi-qoçdi, baçkana söz öyinidan iborat, tagi böş “holvaytar”larga parvo ham qilmaydi. Bundan “bozori çaqqon”, kukuruzday tez hazm böladigan “şiğir”larni u juda mayda narsalar deb biladi, nazdimizda… Balki buni zamon tili bilan professionalizm deyiş mumkindir!
Şoir öz satrlarini qalbdan qalblarga maktub kabi uzatadi. Şeʼriyatning zukko, nuktadon şaydolari bu maktublardan öz keçinmalari, hayotiy iztiroblari va orzularini topişi mumkin. Şoir qalamidagi samimiyat, sözlarning navo kabi quloqqa yaqin yangraşi, tabiat va insonning mohiyatan uyğunlaşuvi — bu töplamning asosiy leytmotivi, desam xato bölmas.
Keling, bir-ikki oğiz taassurotimizni kitobga nom sifatida tanlangan “Yomğir maktublari” şeʼridan boşlasak:
Agar bu maktubni öqiy olsa toş,
Erib bitar edi muz kabi şundoq.
Yelkalari titrab, tökib yum-yum yoş,
Munğayib qolardi eng purviqor toş.
Satrlardagi yomğir yöllagan maktublar şu qadar taʼsirli va yurakdan çiqqanki, hatto jonsiz toş ham “öqiganida”, uning qudratiga doş berolmasligi uqtiriladi. Bu yerda toşning “erişi” orqali hissiyotning kuçi körsatilmoqda. Şoirning sözlari, dardi, yurakdagi olovi toşni ham muz kabi eritişi mumkinligi aytilmoqda. Toş, aslida, harakatsiz timsol. Ammo şeʼrda u titrab, yiğlaydigan darajaga yetkaziladi. Bu misralar bilan söz kuçining taʼsiri qançalik katta ekanini ifoda etgan. Hatto “purviqor”, yaʼni baquvvat, ölmasdek tuyulgan toş ham şu sözlar taʼsirida zaif, munğaygan holga tuşib qoladi. Bu satrlarda şoir söz qudrati, dardning taʼsiri va yurakdan çiqqan iltijoni körsatgan. Sözlarning hatto jonsiz toşni ham titratib, eritişi, yurak qonidan atirgul yasab, yoriga taqdim etişi mumkinligini Zohidjon Olovning şeʼrlarida uçratiş mumkin.
Şu örinda “Şeʼriy atirgul” şeʼriga eʼtibor qaratamiz:
Faqat bitta savol, kiçik muammo,
Ha, mensiz ham yeçim topar köp muşkul.
Yurak qoni bilan siz uçun ammo,
Kim yasab beradi şeʼrdan atirgul?!
Sevgi dunyosi inson qalbi bilan boğlangan olam. Şu bois qalb sevgi xastaligiga çalinsa, muammolar uning zindoni böladi. Bu “kiçik muammo” deyilsa-da, oşiq uçun u hayotiy masala. Oşiq sevganining kuçiga, usiz ham qiyinçiliklarni yengib, yölini topa olişiga işonadi. Satrlarda özini kamtarona qöyiş hamda haqiqiy muhabbatdagi beğarazlik aks etgan. Sevgi oddiy hissiyot emasligi, balki yurakdan çiqqan tuyğu sifatida talqin qilinadi. Şoirning şeʼrlari yurak qoni bilan yozilgandek, çin sevgi ham qalbning eng tubida qaynaydi. “Kim yasab beradi şeʼrdan atirgul?!” Atirgul — gözallik, mehr va muhabbat ramzi. Şoir sevgisini şeʼr orqali gulga aylantiradi. Unga köra, sevganiga yurak qonidan hosil bölgan atirgulni heç kim taqdim etolmaydi. Bu satrlarda oşiq özining sevgi yölidagi örni va benazirligini ifoda etadi.
Zohidjonning “Onamga xat” şeʼri kişini yanada hayratlantiradi:
Bu şunçaki maktub, şunçaki şeʼr bu,
Parvo qilma, öğling biroz devona.
Tandirga öt qalab xatimni yoq-u,
Şirin non pişirib qöy menga, ona.
Şoir öz şeʼrini sodda qilib körsatadi. Göyoki bu oddiy xat yoki şeʼrdek. Lekin, aslida, uning qalbidan çiqqan har bir söz — mehr va soğinçning ifodasidir. Şuningdek, u özini kamtarona, hazilomuz tarzda tasvirlaydi. Uning yurakdan çiqqan samimiy tuyğularini onasi oson qabul qilişi uçun şeʼr yozişini “devonalik” deb ataydi. Zohidjon şeʼrida “xatni saqlaş şart emas, uning içidagi issiq tuyğuni his etsang bas”, degan fikrni bildirgan. Xatning özi emas, balki undagi ruh, yurak tafti muhim. Şoir “xatimni öqigaç, uni saqlama, yoqib yuboraver” deydi. Lekin bu “befarqlik” emas, balki “mening sözlarimdan senga issiqlik, mehr yetib borsa bas, qoğozi kerak emas” degan maʼnoda. Yongan xatning olovi — nonga aylanadi. Ona uning xatini yoqadi, ammo şu olovda şirin non pişirib, öğliga hadya qiladi. Yaʼni, “öğlining şeʼriy sözlari yoqilsa ham, ona qölida rizqqa aylanadi”, degan gözal ramziy maʼno bor. Bu satrlarda şoir onaga bölgan soğinçini samimiy va ramziy tarzda ifodalagan. Oddiy xat va şeʼr orqali u ona mehrini, bolalik şirin xotiralarini va yurakdan çiqqan mehrning ölmas qiymatini tasvirlaydi.
“Xolamning boği” şeʼridagi uşbu:
Beş öğil östirgan bağri keng bu boğ,
Borsam — quvonardi, qovoq uymasdi.
Har ne şöxligimga çidardi, biroq
Hatto nomiga bir ranjib qöymasdi, —
satrlarida şoir uçun bu boğ bolalikning maskani ekani aytiladi. Bir öqişda şunday. Ammo sinçiklab nazar solsangiz — şoir vatan mohiyatini şu “xolasining boği”dagi erkinlik, betaşvişlik qirralari orqali aks ettiradi. U Vatan mohiyatini bir kiçik miqyosda oçib beradi. Şuning uçun ham:
Istagim qayerda yursam-da, aslo,
Unutmay kimligim ona qişloğim.
Boşim şaharlarga yetsa ham ammo,
Xolamning boğida tursin oyoğim, —
degan satrlar ila şeʼrini yakunlaydi.
Hozirgi yoş ijodkorlar orasida buyuk siymolarning ölmas ğazallariga muxammas boğlayotganlar, ehtimol, oz emasdir. Biroq Zohidjonning yozganlari meni hamişa hayratda qoldirdi. Erkin Vohidov aruzni jonlantirib, unga zamonaviy ruh bağişlagan bölsa, Zohidjon Olov ham uni göyo tadrijiy jihatdan öz zamoniga moslaştirişga intiladi:
Közlari gulxan yoqib, öh, jismu jonim çöğlasa,
Qahri birla guldahan kuygan dilimni tiğlasa,
Gar Zohidjon köksini aylab kabob yor sixlasa,
Hajr tiğidin ne ğam har dam Navoiy yiğlasa,
Kimki böldi pora-pora bağri, oson yiğlagay.
Bu band uning şeʼriyat mulkining sultoni Alişer Navoiy ğazaliga yozgan “Yiğlagay” muxammasidan olingan. “Guldek lab — tiğ”ga aylanganini ziddiyat orqali mohirona tasvirlayapti şoir. Oşiqning azoblanişi şunday kuçliki, har qanday kişi bunga doş berişi muşkul. Şoir öz qismati orqali boşqa oşiqlarni ham sevişga daʼvat etadi, ham ogohlantiradi. Bu, albatta, muxammasning biz anglagan jihati, xolos…
Yana bir şeʼrga töxtalgim keldi. “Taʼzim” şeʼri xususida. Şoir umri boriça Sözga, yaʼni kalomga, şeʼrga, adabiyotga sadoqatli ekanini taʼkidlamoqda. Bu yerda “Söz” — ilohiy ilhom, maʼnaviy boylik timsoli. Unga köra, şoir butun hayoti va muhabbatini Sözga bağişlagan. Bu Sözga işq qöyiş, uni yuksak qadrlaş timsoli.
Xudo umr bersin, heç bölmaganda
Yakuniga yetsin boşlagan şeʼrim.
Umrning ötkinçi ekani maʼlum. Lekin Zohidjon: “Yo, Xudo, boşlagan şeʼrimni tugallaşga umrim yetsin”, deb iltijo qiladi. Bu orzular, ijodiy niyatlar amalga oşişiga umid ifodasi.
Menga qaymoğin ber oliy hislarning,
Har baytim oşiqda uyğotsin ğayrat.
Şoir yuksak tuyğularning “qaymoği”, yaʼni eng noyob, eng toza hislarni orzu qiladi. Uning baytlari oşiq könglida ilhom, kuç va ğayrat uyğotsin, deb tilaydi. Bu — şeʼrning tarbiyaviy va ruhiy qudratiga işonç.
Şeʼrim öqib, uxlab qolgan qizlarning
Tuşlariga kirsin Navoiy Hazrat.
Bu misralar ğoyat samimiy va ramziy. Qizlar şeʼrni öqib orom olsa ham, tuşlariga buyuk şoir — Alişer Navoiy kirişiga işora, bu — sof adabiy taxayyuldir. Yaʼni Navoiyning uluğvorligi, turk adabiyotida bir donaligi uni şeʼriyat sultoniga aylantirganidan taşqari, birinçi raqamli oşiq bölişini ham taʼminlagan. Aslida, Farhodu Majnunlarning botinida Navoiyning siyrati bor-da. Yöqsa, Majnun Qaysligiça, Farhod tanbal şahzodaligiça qolmasmidi?! Ana şunday ideal oşiqni tuş köriş adabiyot malikalarining orzusi ekani isbot talab qilmaydi. Şoir, aftidan, şunga işora qiladi…
Albatta, bir yozişda Zohidjon Olovning yangi kitobdagi yangi şeʼrlarini butunlay şarhlaş muşkul. Buning ustiga, kamina adabiyotşunos ham emasman. Şunçaki zavqimni içimga yutolmadim, bir oğiz söz aytib bölsa-da, katta adabiyot yölidan dadil borayotgan şoir ukamni qutlagim, ijodiga baraka tilagim keldi.
Nazarimda, şeʼriyatga ixlosmand har bir yurakka “Yomğir maktublari” sevgi va soflikdan hissa ulaşa oladi. Bu kitob — qalbni musaffo qiladigan, tuyğularni yuvib, ozod etuvçi köngil joburkaşi, qalb farroşi. Undagi har bir misra göyo yangidan yoqqan yomğir qatrasiday yurakka qönadi. Unga yangiça hissiyot, yangiça kayfiyat bağişlaydi. “Yomğir maktublari” nafaqat şeʼriyat işqibozlariga, balki hayotda samimiyat va muhabbatni izlayotgan har qanday insonga yöldoş bölişini istardim. Şunday ekan, aziz yurtdoşim, bu kitobni albatta öqing — undan Siz ham yuragingizga mos ohangni topasiz.
Saodat MUSAYEVA,
Özbekiston Jurnalistlar
uyuşmasi aʼzosi.
