Qöqon şamollari
Yaqinda tarixiy şahar Qöqonda böldim. Şahar hokimi Maʼrufjon Usmonov bilan suhbatlaşdik. Qöqon juda gözal şahar. Şuning uçun bu kent “Xöqandi latif” deb bejiz atalmagan-da. Çindan ham latif – çiroyli, sehrli, tarixiy makon. Poytaxtdan “bir qadam” joyda bölsa ham, tez-tez kelişning imkoni bölavermaydi. Şahar keyingi yillarda yanada obod, körkam bölibdi.
— Qöqon şahrida qanday özgarişlar bölsa, hurmatli Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyevning vatanparvarlik, millatparvarlik va xalqparvarlik yölidagi farmonlari va qarorlari ijrosi tufaylidir, — dedi faxr bilan şahar hokimi. — Biz esa şahrimizdagi islohotlar va uning samarasini har bir inson, har bir oila öz hayotida körişi uçun Prezidentimiz belgilab bergan yöl-yöriqlar böyiça harakat qilyapmiz, xolos.
— Yaqinda Qöqon şahrida uçinçi Xalqaro hunarmandçilik festivali yuqori darajada ötkazildi, — dedi Maʼrufjon Usmonov. — Uşbu festival milliy hunarmandçilik anʼanalarimizni rivojlantiriş, hunarmandlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, boy madaniy merosimizni dunyoga tarğib qiliş va şu orqali jahondagi turli milliy madaniyat va qadriyatlarni yaqinlaştiriş maqsadida har ikki yilda ötkazilmoqda. Yaqinda bölib ötgan hunarmandçilik festivalida önlab xorijiy davlatlardan iştirokçilar qatnaşdi. Mamlakatimizdan yetti yuz nafardan ortiq hunarmandlar ijodiy işlarini namoyiş etişdi, özaro tajriba almaşişdi.
Şahar kattakoni tadbirkorlarga yaratilayotgan imtiyozlar, zamonaviy uy-joylar qurilişi, taʼlim samaradorligini oşiriş, “yaşil makon”lar yaratiş, kambağallikka qarşi kuraşiş, yangi işçi örinlari taşkil etiş — bularning hamma-hammasi Vatan uçun, millat uçun, xalq uçun amalga oşirilayotgan xayrli işlar ekanini alohida taʼkidladi.
Qöqon azal-azaldan olimu ulamolar, fozilu fuzalolar şahri bölib kelgan. Ziyoga, maʼrifatga ixlos bu yerliklarning qon-qonida bor. Mamlakatimizda dastlabki nodavlat universitet ham ilk bor Qöqonda oçilgani bejiz emas. Albatta, bugungi kunda xususiy oliy taʼlim öçoqlari nafaqat poytaxtimiz Toşkentda, balki barça viloyatlarda mavjud. Şunday qilib, şahar hokimi tavsiyasiga köra hokimlikning matbuot kotibi Uluğbek Norbayev hamrohligida Qöqon universitetida böldik.
Universitet olimlari samimiy va tavozeli kişilar ekan. Yuzlaridan beğuborlik ketmagan öğil-qiz talabalar qöllari köksida “Assalomu alaykum!” deyişib yoningizdan ötişadi.
Ayniqsa, suxanidan ziyo va hurmat nafasi kelib turgan universitetning yoşlar masalalari böyiça prorektori Şerzod Dehqonovning suhbatida bölgan kişi dili yorişadi.
— Universitetimiz Özbekistonda birinçi oçilgan nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan biri, – dedi u. — Bugun taʼlim maskanimizda 12 mingga yaqin talaba tahsil olmoqda. Qisqa muddatdayoq zamonaviy infratuzilmasi, xalqaro hamkorlik aloqalari, taʼlim sifati böyiça nafaqat mamlakatimizdagi, balki mintaqadagi eng faol nodavlat oliy taʼlim muassasasiga aylandi.
Universitetdagi keng va qulay auditoriyalar, zamonaviy kutubxona, axborot texnologiyalari markazi, laboratoriyalar bilan tanişib, öquv jarayonlari eng ilğor talablar darajasida taşkil etilganiga guvoh böldik. Öquv zali devoriga Abdullo Rudakiyning “Ilmdan yaxşiroq xazina bölmas, qölingdan kelgança tera olsang bas” degan hikmati yozib qöyilibdi. Ha, bu xazinadan bahramand böliş neʼmatiga muyassar böla olgan yoşlarga havasimiz keldi.
Ayniqsa, turizm yönalişi böyiça tahsil olayotgan talabalarning baxti kulibdi. U yerdagi şart-şaroitlar va gözal manzaralardan zavqim oşib, hamrohimga: “Qaniydi, yoşlikka qaytib qolsam-u, men ham şu dargohda taʼlim olsam”, dedim. Nasib etsa, nabiralarimdan birini Qöqon universitetining turizm yönalişida öqitmoqlik istagi tuğilganini yaşirmadim.
— Talabalarning bilim olişga bölgan qiziqişini oşiriş maqsadida davlat tomonidan eng iqtidorli abituriyentlar uçun maxsus grant örinlari ajratilmoqda, — deb sözini davom ettirdi oliy taʼlim maskani prorektori. — Ötgan yili şunday iqtidorli yoşlardan 40 nafariga davlat granti nasib etdi. Öqişda yuqori natijalarga erişgan talabalar ikkinçi kursdan boşlab kontrakt tölovidan ozod qilinmoqda. Taʼlimda xalqaro hamkorlikning ahamiyati juda muhim. Universitet talabalari va professor-öqituvçilari öndan ortiq davlatlar bilan almaşinuv dasturlari orqali taʼlim oliş va malaka oşiriş imkoniyatiga ega. Talabalar nafaqat ilmiy va amaliy tajriba orttirişlari, balki yozgi taʼtil davrida xorijda işlab, moddiy jihatdan ham qöllab-quvvatlaniş imkoniga ega böldilar. Öquv dargohimiz yetmişdan ortiq xorijiy universitetlar bilan memorandumlar imzoladi.
Iqtisodiyot, turizm, xorijiy tillar, psixologiya, maktabgaça taʼlim, pedagogika, filologiya, tarix yönalişlari böyiça talabalarga yaratilgan qulay şaroitlar, berilayotgan grant va imtiyozlar, xalqaro hamkorlik hamda zamonaviy taʼlim dasturlari yoşlarni öziga ohanrabodek tortmoqda. Qöqon universitetida öqimoq orzusida yurgan öğil-qizlar safi yil sayin kengaymoqda. Uşbu universitetning Andijondagi filialida taʼlim tibbiyot yönalişiga qaratilgani uçun ham soha talabgorlarida katta qiziqiş uyğotmoqda.
Qöqondagi “Aziztepa” mahalla fuqarolar yiğini hududidagi “Yangi Özbekiston” massividagi quriliş işlari bilan ham tanişdik. 34,2 gektar maydonda bunyod etilajak quriliş işlarining şiddati yuqori. Uşbu massivda biznes markazi, umumtaʼlim maktabi, mehmonxona, savdo va köngiloçar markazi, institut binosi, köp qavatli ikkita avtoturargoh va örta qismida sayilgoh loyihasini körib hayratlanmasdan iloj yöq. Agar massivdagi uy-joylar va infrastruktura obʼyektlari töliq qurilib bitkazilsa, köz körib quvonçdan yayraydigan Qöqon bağridagi yangi şaharça dunyoga keladi. Qöqonning fayziga yanada fayz, çiroyiga yanada çiroy qöşiladi.
Avvallari eʼtibor bermagan ekanman, Qöqonda bor-yöği bittagina töqqiz qavatli uy bölgan ekan, xolos. Endilikda-çi, birgina “Yangi Özbekiston” massivida 12 ta 16 qavatli 1 ming 308 xonadonli, 72 ta 10 qavatli 5 ming 30 xonadonli uy-joylar qad kötaribdi.
Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, “xalqimiz ertaga emas, bugun yaxşi yaşaşi kerak”. Nazarimda, bu yerda esayotgan şamollar ham Qöqonga taraqqiyot, farovonlik, ezgulik olib kelayotgandek.
Qöqonga borgan kişi xon ördasini körmasdan qaytmaydi. Örda atrofidagi yaşillikni körib, hokimning aytganlari yodimga tuşdi. Bundan bir neça yil avval örda atrofida olti yuz tupga yaqin daraxtlar bölsa, bugun daraxtlar soni yetmiş ming tupdan ortibdi. Bir tomonda oltiariqça qilib yetiştirilgan uzumzor. Har tomonda sanab adoğiga yetib bölmaydigan manzarali daraxtlar. Dunyoning qaysidir burçagidan keltirilib parvariş qilinayotgan qimmatbaho va gözal daraxtlarga tikilib köz töymaydi.
Toşkentga qaytiş oldidan Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasining Qöqon şahar bölimi hovlisida bir guruh oqsoqollar bilan suhbatda böldik. Ular ham yangilaniş şabbodalaridan mamnun bölişib: “Yaratganga şukur, yurtimiz tinç, hayotimiz farovon, Mustaqilligimiz abadiy bölsin, Qöqonimiz yanada gullab-yaşnayversin”, deb duo qilişdi.
Bu ezgu duolar ijobatini köriş barçamizga nasib etsin!
Muhammad KENJA
