Marjonbuloq va marjonbuloqliklar

yurt taraqqiyotiga xizmat qilmoqda

“Vatan uçun, millat uçun, xalq uçun!” degan ezgu ğoyani mujassam etgan mustaqilligimizning öttiz tört yillik bayram şukuhi xalqimizga çeksiz ğurur, quvonç ulaşmoqda. Eng uluğ, eng aziz bayram arafasida Ğallaorolda ijodiy safarda bölib, işlab çiqariş jarayonlari, soha ilğorlari bilan yaqindan tanişdik.

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida har bir bölinma paydo bölişining öz tarixi, taʼrifi bor. Marjonbuloqdagi bölinmalar ham mana şunday tarixiy yöliga ega. Aytişlariça, bundan yarim asr burun bu yerlar oddiy qişloq, odam yursa oyoği, quş uçsa qanoti kuyadigan daştu dalalardan iborat bölgan ekan. Bu zamin bağridan qimmatbaho metallar zaxirasi topilişi ötgan asrning tarixiy möʼjizasi böldi. Buning natijasida hududga sanoat kirib keldi. Konçilik va metallurgiya industriyasi — “Marjonbuloq” koni, “Marjonbuloq” oltin ajratib oliş sexi va Marjonbuloq şaharçasi qad rostladi. Ular hudud qiyofasini tubdan özgartirib, yangiça hayot bağişladi.

Hozirgi kunda mazkur kon va sex Janubiy kon boşqarmasining tarkibiy bölinmasi bölib, bu yerda ming nafardan ortiq konçi-metallurg, muhandis-texnolog, işçi-xodim mehnat qilmoqda.

— Ötgan davr biz uçun juda katta sinov böldi. Keçani-keça, kunduzni-kunduz demay fidokorona mehnat ortidan rejalar ortiği bilan bajarilib, bosqiçma-bosqiç ösiş surʼatlari oşirib borildi. Samaradorlikni tahlil va taqqos etadigan bölsak, hozirgi paytda kondan har sutkada 2,6 ming tonna, bir yilda 5,3 million kubometr oksidlangan va sulfidli toğ jinslari qazib olinmoqda. Oltin ajratiş sexida uning 837 ming tonnasi qayta işlanmoqda, — dedi sex boşliği Elyor Rustamov.

Biz borgan pallada ham iş kölami, işlab çiqariş jarayonlari qizğin davom etardi. Yoz jaziramasining otaş tafti, esayotgan issiq garmselni pisanda etmay, rahbardan oddiy işçigaça hamma iş, işlab çiqariş va vazifasi bilan band edi. Ular harakatida ğayrat-şijoat barqaror, masʼuliyat mujassam edi.

Bu natijalar öz-özidan bölayotgani yöq. Bunda mehnatda toblangan jamoa jasorati va maşaqqatli mehnat mujassam. Darvoqe, bu yil “Marjonbuloq” koni taşkil topganiga 45 yil töldi.

ZAMIN ZARNI, ZAMON ZARGARNI YARATADI

“Marjonbuloq” koni — 1980 yilda taşkil topgan. Şonli va şarafli, zalvorli va zafarli yöliga ega tarixiy kon! Korxona şundan buyon, yaʼni qirq beş yil, 16 425 sutka, 394 200 soatdan buyon bir on ham töxtagani yöq. Işlab çiqariş bir maromda davom etmoqda. Buning natijasida bugunga kelib kon uzunligi 2 ming metr, eni 900 metr va çuqurligi 2152 metrga yetdi.

Keling, tarixga qaytamiz! Ötgan asr örtalarida Ğallaorol hududida ulkan maʼdan zaxirasi aniqlandi. Bu Özbekiston uçun tarixiy yangilik, geologiya-qidiruv işlarining ulkan natijasi edi. Uşbu kaşfiyot bepoyon daşt bağrida kon va fabrika, şuningdek, işçilar şaharçasi, ijtimoiy infratuzilma obʼyektlarini quriş davrini boşlab berdi.

Sanoat industriyasi va şaharça barpo etilişida öşa vaqtdagi Özbekiston rahbari, taniqli davlat arbobi, uluğ adib Şarof Raşidovning xizmatlari beqiyos bölgan ekan. Mahalliy xalq buni faxr bilan köp eslaydi. Eʼtibor tufayli bu yerga bunyodkorlik ruhi, yaratuvçanlik şukuhi kirib keldi. Amalga oşirilgan barça olamşumul işlar özbek farzandining qöllab-quvvatlaşi bilan boğliq. Buyuk şaxs hududga taşrif buyurib, mahalliy aholi bilan uçraşadi. Ularning muammolarini tinglaydi va hal etişga boş-qoş böladi. Bu tarixiy kunlar bugun Marjonbuloq tarixiga zarhal harflar bilan bitilgan.

Ilk yillarda uşbu konning boşqaruv idorasi maʼlum muddat Qöytoş posyolkasida faoliyat olib borgan.

Konda ilk qaziş işlari boşlanib, toğ jinslari “Lalmikor” temir yöl stansiyasi yaqinida oçilgan maʼdan saqlaş omboriga taşilgan va u yerdan Uralning Revda şahridagi mis eritiş zavodiga jönatilgan.

Yana bir misol. Ilk yillarda aniqlangan qimmatbaho metallar zaxirasi uzoq muddat işlaş uçun yetarli emasdi. Bu, şak-şubhasiz, geologiya-qidiruv işlarini yanada kuçaytiriş, xomaşyo zaxirasini kengaytirişni talab etardi. Uşbu ehtiyojdan kelib çiqib, “Marjonbuloq” geologiya-qidiruv partiyasi taşkil etildi. Özbekistonda xizmat körsatgan geolog Pirmuhammad Toşqulov rahbarlik qilgan davrda eʼtirofga molik işlar olib borildi. Yaʼni, oltintoparlarning tinimsiz izlanişi, geologiya-qidiruv işlari natijasida yangi zaxiralar aniqlandi. Bu esa konçilik işini bir maromda olib boriş imkoniyatini yaratdi.

Kon ilk taşkil topgan yillarda kadrlar masalasi muammo edi. Şu bois mutaxassis-kadrlar çetdan jalb etilgan. Ular kon hududida qurilgan barak uylarda yaşagan. Keyinçalik Özbekistonning özida kadrlar tayyorlangani evaziga asta-sekin işlar izga tuşib ketdi. Yaqin yillardan boşlab mahalliy kadrlarga bölgan eʼtibor tufayli korxonaga zamonaviy fikrlaydigan mutaxassislar, sohaning yangi vakillari kirib keldi.

Bir söz bilan aytganda, ötgan yillar davomida “Marjonbuloq” konidan köplab konçilar, metallurglar, şaxtyorlar, geologu markşeyderlar, el-yurt koriga yaragan va yarayotgan qançadan-qança uluğ insonlar, soha darğalari yetişib çiqdi. Va yana soha rivojiga munosib hissa qöşişga qodir sanoat xodimlarining yangi avlodi şakllandi. Ular bugun özlariga bildirilgan işonçni töliq oqlab, zamonaviy texnika va texnologiyalarni boşqarmoqda. Bu, şak-şubhasiz, mazkur konning buguni va kelajagi işonçli qöllarda ekanidan dalolat beradi.

EʼTIBOR BOR JOYDA RIVOJLANIŞ BÖLADI

Hukumat qarori bilan 2002 yilda “Marjonbuloq” koni Navoiy kon-metallurgiya kombinati tarkibiga ötkazildi. Bu paytda jihozlar texnik jihatdan ança eskirgan, noçor ahvolga kelib qolgan, binolar taʼmirga muhtoj, isitiş tizimlari işdan çiqqan, suv muammosi, maxsus işçi kiyimlari taʼminoti va boşqa ança-munça muammolar töplanib qolgan edi. Hattoki kerakli oddiy ehtiyot qismlar va jihozlar ham çetdan keltirilgani bois, işlab çiqarişda töxtalişlar, uzilişlarga sabab bölardi. Eng açinarlisi, maoşlar kamligi, öz vaqtida berilmasligi natijasida jamoada norozilik kayfiyati, kadrlar qönimsizligi yuzaga kelgandi.

2008 yildan boşlab Marjonbuloqda uzoq kutilgan özgarişlar boşlandi. Kombinat rahbariyati işçilar bilan uçraşib, odamlar içiga kirdi, ularning dardlarini tingladi. Töplanib qolgan muammolarni batafsil örganib, bartaraf etişga kirişdi. Bu hammada katta umid uyğotdi. Bu işga eng malakali mutaxassislar, muhandis-texnologlar, boşqa soha vakillari jalb etildi. Quriliş-taʼmirlaş, işlab çiqarişlarni modernizatsiya qiliş, qayta jihozlaş va texnik yangilaş, kon texnikalarini almaştiriş, işçi-xodimlar uçun munosib iş, daromad manbalarini yaratiş, ijtimoiy muammolarni hal etiş böyiça köplab işlar amalga oşirildi.

Tez fursatda barça muammolar ijobiy hal etildi. Hattoki işçi-xodimlarni maxsus kiyim-boş bilan taʼminlaş, tegişli uçastkalarga bepul issiq ovqat, sut-qatiq mahsulotlari beriş yölga qöyildi. Konçilar şaharçasida ijtimoiy hayotni yaxşilaş borasida ham tizimli işlar olib borildi. Bu özgarişlar jamoaga işçanlik kayfiyati, hayotiy farovonlik va yuqori iş samaradorligini bağişladi.

* * *

— Ayni paytda konimizda 890 nafar işçi-xodim mehnat qilmoqda. Ularning 168 nafarini oliy, 258 nafarini örta maxsus, 449 nafarini örta maʼlumotli mutaxassislar, şundan 125 nafarini yoşlar va 48 nafarini xotin-qizlar taşkil etadi, — dedi kon boşliği Alişer Hazratqulov. — Jamoa ahilligi, masʼuliyatni his etib işlayotgani va yoş, malakali mutaxassislardan taşkil topgani asosiy yutuqlarga omil bölmoqda.

Ötgan yillarda kon quvvatini oşiriş borasida juda köp işlar amalga oşirildi. Işlab çiqarişga zamonaviy texnika va texnologiyalar, raqamlaştiriş joriy etildi. Muhim dasturlar, loyihalar bosqiçma-bosqiç amalga oşirilişi işlab çiqariş surʼatini oşirib yubordi.

2002 yilda uşbu kondan 718,8 ming kubometr toğ jinslari qazib olingan bölsa, 2016 yilda bu körsatkiç 3,3 million kubometrga, 2024 yilda esa 5,4 million kubometrga yetgani ulkan yuksalişdan dalolat. Keyingi ön yillikda jamoa ösiş körsatkiçlarini 2024 yilda 2014 yilga nisbatan 216 foizga yetkazişga erişildi. Bu — yuqoridagi fikrimizning yaqqol isboti. Bugun ahil jamoa birlaşib, ana şunday ulkan marralar, muvaffaqiyatlarga erişmoqda.

Konçilik sohasini texnikalarsiz tasavvur etib bölmaydi. Şu bois texnika parki doimiy zamonaviy, qudratli texnikalar bilan töldirib borilmoqda. Ayni paytda kondagi qaziş işlariga 4 ta burğilaş uskunasi, 7 ta ekskavator, 28 ta avtoağdargiç, 40 ga yaqin turli rusumdagi ana şunday zamonaviy texnikalar jalb etilgan.

Navoiy kon-metallurgiya kombinatida yaxşi bir anʼana yölga qöyilgan. Ellik ming kişilik jamoa har bir işçi-xizmatçisining mehnati eʼtiborda. Öz eʼtirofini topib kelyapti. Marjonbuloqda ham bunday rağbatga erişganlar köp. Jumladan, Nuriddin Berdiyorov va Abuhayot Hotamovlar “Şuhrat” medali, 49 nafar işçi-xodim turli darajadagi “Konçilik şuhrati” kökrak nişoni, 3 nafari “NKMK faxriysi” unvoni bilan taqdirlangani buning yaqqol tasdiğidir.

OSMONGA QARAGAN ODAMLAR

Bu yerga ilk kelişim. Şu bois taassurotlar boşqaça böldi. Hudud hayoti, daştu dalalari, aholi turmuş tarzi, şevasi biznikiga öxşaş. Odamlari oddiy va samimiy. Aholining asosiy kasbu kori — dehqonçilik, boğdorçilik, çorvaçilik, qorakölçilik ortidan. Ekin maydonlari, asosan, lalmikor. Osmonga qaragan elning asosiy daromadi yerdan. Qişu bahor yaxşi, seryoğin kelsa, ular uçun katta bayram.

Ğallaorol haqida ikki oğiz söz. Tuman 1926 yilda taşkil topgan. Hududi keng, Ğöbdin toğ tizmasiga tutaş. Asosiy maydoni keng daşt-adirlik, lalmikor yerlardan iborat. Qişloq nomlari ham ajoyib-ğaroyib. Qöytoş, Ğallakor, Mulkuş, Tozauruğ, Qipçoqsoy, Ğöbdin, Möltob, Kökbuloq, Mirzabuloq, Buloqboşi, Marjonbuloq va hokazo. Menimça, ular joyning geografiyasi, qaysi qavm yaşaşidan kelib çiqib nomlangan.

Marjonbuloq şaharçasida, asosan, kombinat işçi-xodimlari va ularning oilasi yaşaydi. Şaharça uy-joylardan taşqari, qator ijtimoiy obʼyektlarga ham ega. Eng muhimi, kundalik hayot uçun zarur içimlik suvi, tabiiy gaz bilan taʼminlangan. Xizmat körsatiş şaroitlari ham yaratilgan. Maʼlum bölişiça, şaharça barpo etilişi, obodligi, aholi bandligida kombinatning katta hissasi bor. Işlab topayotgan daromadi rözğori, uy-joy, töy-maʼraka qiliş, öğil-qizlarni öqitişga yetib-ortyapti. Bundan barça marjonbuloqliklar, yoşu keksa xursand. Bugun bu manzilda istiqomat qilayotganlar respublikamizning turli joylaridan kelgan. Ular bugun bir oila, ahil-inoq bölib hayot keçirmoqda. Marjonbuloq ular uçun eng qadrli, qadrdon maskanga aylangan.

QAYRAĞOÇ SOYASIDAGI GURUNG

Eʼtibor berdim: şaharçada dov-daraxtlar bor. Asosan, qayrağoç. Çunki bu daraxt iqlimga mos, çölga çidamli. Ularni ekkanlarga rahmat! Ötgan-ketganlar duo qilib, soyalab ötadi. Abuhayot aka Hotamov bilan ana şunday qayrağoçlar soyasida gurunglaşdik.

— Asli ğallaorollikman. Şu yerda tuğilib-ösganman. Hozir yoşim 56 da. Maʼlumotim — oliy. Toşkent davlat texnika universitetini foydali qazilmalar geologiyasi mutaxassisligi böyiça tugatganman. Kombinat tizimida öttiz tört yildan beri, “Marjonbuloq” oltin ajratiş sexi boş muhandisi lavozimida 2019 yildan buyon işlayman. Esimni taniganimdan buyon bu yerdagi har bir özgarişdan xabardorman. Mustaqillikkaça bölgan davrlar ança oğir, murakkab edi. Hozirgidek şaroitlar qayerda edi, deysiz! Bugun uning tamoman aksi. Çunki zamon ança ilgarilab ketdi. Yaqinda ijtimoiy tarmoqda 254 tonnalik avtosamosval haqida öqib qoldim. Uning öşa davrdagi biz işlatgan avtoağdargiç örtasidagi farqi osmon bilan yerça. Yana bir gap. Yaqinda konga tadbirga taklif etildim. Şunda eski qadrdonlar bilan körişib, ularning işiga guvoh böldim. Ekskavator qança qazidi, avtosamosval qança taşidi, iş jarayoni qanday ketyapti — hammasi şundoq kompyuterda aks etib turibdi. Oldinlari bunday işlar, hisob-kitoblar töliq qölda, oddiy çötda qilingan. Buning ortidan qança odamning soçi oqargan.

Hamsuhbatim biroz tin olib, yana gurungni davom ettirdi.

— Körib turibsiz, dunyoda nima bölayotganini. Uruşlar, tabiiy ofatlar qançadan-qança begunoh insonlar umriga zomin bölyapti. Odamlar, gödaklar oç va yupun. Şularni internetda körib, bugungi tinç-osuda, farovon hayotimizga şukronalar aytamiz. Ilohim, tinçligimizga köz tegmasin! Köngil xotirjamlik, soğliq bölsa, hammasi topiladi. Ha, aytmoqçi, oldinlari hozirgidek imkoniyatlar bölmagan. Butun xalq örtahol kun keçirib, qora qozonni qaynatardi. Bugun esa tamoman aksi. Hayot özgarmoqda. Şaroitlar yaxşilanmoqda. Şuning özi katta baxt, oliy saodat, asriy orzu emasmi!

Ha, yana bir kamtarona mehnatim eʼtirof etildi: 2008 yilda davlatimizning yuksak mukofoti — “Şuhrat” medali bilan taqdirlandim. Mendek oddiy kasb egasi bölgan inson uçun juda katta rağbat böldi. Bu, şak-şubhasiz, sohada mehnat qilayotgan butun marjonbuloqliklar mehnatiga bölgan eʼtirofdir. Buning uçun davlatimizdan, kombinatimiz maʼmuriyatidan çeksiz minnatdorman. Bu — oddiy kasb egasining bugungi islohotlar, özgarişlar, inson qadri uluğlanişidan şukronaligi. Bugun mehnatidan qadr topayotgan ulkan jamoaning har bir aʼzosi ana şunday quvonçli kayfiyatda.

* * *

Konçilik sanoati barqaror işlaşida maʼdan zaxirasi muhim ahamiyat kasb etadi va uning istiqbolini belgilaydi. Hozirgi kunda “Marjonbuloq” konining aniqlangan maʼdan zaxirasi 5,9 million tonna, deb baholangan. Bu 2034 yilgaça konning bir maromda işlaşiga yetadi, deganidir. Geologiya-qidiruv işlari esa yana jadal davom etmoqda. Kelajakda uning zaxirasini yanada oşiriş reja qilingan.

Bir söz bilan aytganda, jamoa bugun öz oldiga katta maqsadlarni qöygan. Jumladan, 2027 yilgaça toğ jinslarini qazib oliş hajmini 1,5 million kubometrga yoki 28 foizga oşiriş yölida tinimsiz harakat qilmoqda. Intilganga tole yor, deydilar. Ular bu yölda komil işonç bilan faqat oldinga, yuksak marralar sari intilmoqda.

Yana bir eʼtiborli jihati, kombinat maʼmuriyati öz işçi-xodimlari va ularning oila aʼzolari baxtiyor, farovon yaşaşlari uçun kerakli şaroitlarni yaratib beriş borasida doimiy ğamxörlik körsatib kelmoqda. Buni birgina konçilar maskani bölgan Marjonbuloq şaharçasi misolida köriş mumkin. Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan insonparvarlik siyosati, islohotlarning eng çekka hududlar, xonadonlargaça kirib borayotgani va kombinat tomonidan ijtimoiy infratuzilmani yaxşilaşga qaratilgan işlar natijasida bu maskan yildan-yilga gözal va obod göşaga aylanib bormoqda.

Eng uluğ, eng aziz bayram arafasida şarafli va maşaqqatli kasb egalari huzurida bölib, ular yilning tört faslida, keça-yu kunduz, eng murakkab şaroitlarda, oçiq osmon ostidagi konda olib borayotgan mehnatiga guvoh bölib, maşaqqatli va matonatli kasb egalarining fidokorona xizmatlari ortidan qölga kiritayotgan yutuqlari, bir söz bilan aytganda, zamonamiz qahramonlariga qoyil qoldik. Bu mavzuga yana, albatta, qaytamiz!

Abdumajid JÖRAYEV,

“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ matbuot markazi

boşliği.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan