Sinçalak

Uyçida Raʼno opa desa, uni hamma yaxşi bilişar ekan. Telefonda gaplaşdik.

— Dalamga kelavering, men yöl-yölakay daladagilarga tarvuz olib boraman.

Hokimiyatdagilar yölning çap tomonida issiqxonasi bor bino opaning fermer xöjaligi deb tuşuntirişdi.

Uyçida Muhitdin Valiyev hokimlik qilgan yillari bu yöllardan köp ötganman. Tuman markazi ham özgarib ketibdi. Yöllar ança kengaygan bölsa ham, tirband. Havo harorati qirqdan oşib yotsayam, tirikçilik qursin, odamlarda tinim yöq. Nazarimda, hamma köçaga çiqib olganga öxşaydi. Ijtimoiy tarmoqlarda “zarurat bölmasa, köçaga çiqmang, issiqdan saqlaning, soğliğingizni ehtiyot qiling” degan ogohlantirişlar. Şunday jazirama issiqda özing nima qilib yuribsan, deydigan odam yöq.

Iloj qança, xizmat safarimning har kuni rejali. Gazetaçilik ham qiyin bölib ketdi. Gazetaga mehri bor, yozsa arziydigan qahramon topgunça u yoqqa çopasan, bu yoqqa çopasan. Ammo maqolang çiqqan kuniyoq hamma zahmatlaring unut böladi. Kelgusi haftada yoziş uçun yangi qahramon bilan uçraşganingda esa tilla topgan odamdek sevinib ketasan.

Töğrisi, maqola yozsa, bajonidil rozi böladigan, gazeta öqiydigan odamlar ham kamayib ketmoqda. Köpçilikning inon-ixtiyorini internet öğirlab qöydi. Şu ketiş bölsa, bu kunimiz ham holva bölib qoladi, şekilli.

Şiypon yölning içkariroğida ekan. Xayol bilan ötib ketibman. Orqaga qaytdim.

“Zarbol Navoiy suvdan foydalanuvçilar” uyuşmasi hududidagi “Barnogul ziyo fayz” fermer xöjaligi nomi va körsatkiçlari yozilgan lavha röparasidagi iş örindiğiga ötirdim. Har tugul, bu joyda şabada bor ekan.

Yoşi qirqlar atrofidagi polvonsifat kelbatli kişi “Jiguli”da kelib töxtadi. U fermer xöjaligi iş yurituvçisi Ismoiljon Tillaboyev ekan. Mehmon ekanligimni bilib, darrov çoy damlab keldi.

Zamonaviy elektromobil ovoz çiqarmay yuradi. Opaning kelganini sezmay qolibman.

— Assalomu alaykum, kuttirib qöydim, uzr, — dedi u. — Fermerlik ham azob iş bölib qoldi. Suv xöjaligidagilarga ğözalar suvsizlikdan şonalarini tökib yuborayotganini aytsam, işonişmaydi. Vakil jönataman, tekşirib köramiz, deydi. Ğözalarni qarang, suğoriş vaqti ötib ketgani uçun barglari sölib, şonalarini tökaman deb turibdi. Ertalabdan beri ğözalarimning ahvolini körib, tomoğimdan ovqat ham ötmadi. Ğözalarning oyoği yöq — özi borib suv içib kelolmaydi, tili yöq — suv içaman deya olmaydi. Ahvolini körib yiğlayman.

Ğözalariga rahmi kelib, suv muammosini hal qila olmay ilojsiz tölib turgan ekanmi, Raʼno Qoriyeva özini tuta olmadi. Yiğlab yubordi. Qarşimdagi oltmişni qoralab qöygan ayolning köz yoşlarini körib yuragim oğridi. Yaqinda Prezident Farmoni bilan “Şuhrat” medali olgan, yutuqlari tufayli vazirlar ham şaxsan taniydigan, har bayramda viloyat hokimining olqişiyu mukofotlarini olib yuradigan fermerning holi şu bölsa-ya? Suv boşida turgan robotsifat kimsalar umri dalada ötayotgan Raʼno Qoriyevani bilmasa-ya? Ayol qadrini, onasi tengi ona qadrini bilmagan ğöza qadrini biladimi?

Qöl telefoni jiringlab qoldi.

— Vakilingiz tezroq kelib körsin ahvolni, — dedi u.

— Mamlakatga ibrat qilib yozsa arziydigan fermer sifatida tuman hokimi Şuhrat Sodiqov sizni tavsiya qildi, — deyman unga yuzlanib.

— Toşkentdan keldingizmi, özimizning Namangan gazetalaridan deb öylabman, yozadigan gaplar köp, — dedi u çoynakka qölini uzatib.

— Ismoiljon, çoyni yangilab beringlar!

Dadam rahmatli Faxriddin Qoriyev respublikada taniqli sudya bölgan. Öta haqiqatgöy inson edi. Ğafur Ğulom bilan döst edi. Oilaviy bordi-keldimiz bölgan. Akademik şoir Ğafur Ğulom bir safar biznikiga kelganida rahmatli Buvzahro onamning közi yorib, akam tuğilgan ekan. “Men toşkentlik Ğafur, sen uyçilik Ğafur” deb ismini qöyib bergan ekan. Şoirimizning ayoli öta madaniyatli, eriga itoatli bölgani uçun ota-onam havas qilib opamning ismini Muharram qöyişgan ekan. Şoirlarga, yozuvçilarga, jurnalistlarga hurmatimiz baland. Şuning uçun bölsa kerak, kitobga, gazetaga mehr qöyganmiz.

Qarşimda odatdagi ilğor fermer ayol emas, ziyoli oilaning öqimişli vakilasi gavdalana boşladi.

— Akamning közi yaxşi körmasdi, — deya u hikoyasini davom ettirdi. — Beşinçi sinfda qölimga birinçi marta badiiy kitob olganman. Akam: “Kitob öqib ber, eşitayin”, derdi. Onamning xat-savodi bölmasa-da, kitob öqisam, akam bilan birga tinglab ötirardi. Goh-gohida akamning köziga qarab yiğlab, könglini böşatib olardi. Ulğayganimizda ham keçgaça işlab, uyga qaytgaç, ovqatlanib, yana kitob öqiş boşlanardi. Navbat bilan ovoz çiqarib, qiziq-qiziq asarlarni öqib berardik. Akam tez-tez “aqlsiz közdan aqlli miya yaxşi” deb takrorlab yuradi. Öziga tasalli beradi. Akamga kitobga bölgan mehrni Yaratgan Alloh ato etgan bölsa kerak, deb öylayman. Agar uning közlari körganida bormi, umri kitob öqiş bilan ötsa kerak, deb xayol qilaman.

Uning hikoyasini eşityapman-u, bugun köpçilik közi oçiqlar ham kitob öqimay qöygani sababini anglay olmay hayronman.

Raʼnoxon Qoriyevaning aytişiça, u bolaligida qöşiqçi bölişni orzu qilgan. Dadasi: “Qöy, qizim, boşqa kasbni tanla”, deb unga qarşilik qilgan ekan.

— Şunday bölsa-da, qöşiq xirgoyi qilib yuraman, — dedi u quvnoq ovoz bilan. — 1989 yili Toşkent qişloq xöjaligi instituti (hozirgi Toşkent davlat agrar universiteti)da öqirdim. “Navröz” bayramida institut fakultetlari orasida badiiy havaskorlarning körik-tanlovi böldi. Rektorimiz Erkin Şayxov havaskorlar çiqişlarini körib yurib, bizning davraga kelib qoldi. Katta domlamizga kelin salom aytib bersam, xursand bölganidan 25 rubl pul bergani haliyam köz öngimda turibdi.

Öşanda yaxşi qöşiq aytganim uçun guruhimiz ğolib böldi, evaziga butun gruppamizdagi kursdoşlarim institut hisobidan Şohimardonga dam olişga borgandik.

Traktor haydaşni yaxşi köraman. Qöşiq aytib haydab yurardim. Turmuş örtoğim: “Yana traktor minganingni körsam, qattiq xafa qilaman”, deganidan keyin traktorga ötirmay qöydim. Bundan öttiz beş yil avval haydovçilik guvohnomasini olganman. Çiroyli, zamonaviy avtomobilni haydaşning ham gaşti bor.

— Işda ham, oilada ham namunaviy ayollar qatorida jahon beş yuztaligiga kirgan ekansiz, bu maqomga qanday erişgansiz? — deb fermer suhbatdoşimizdan söradim.

— Avvalo, ota-onamning, qaynona-qaynotamning xizmatlarini oğrinmay qilganim evaziga olgan duolarim uçun bölsa kerak. Har juma kuni erta turib ibodatimni qilib, erim tomondagilarni, özimning uruğlarimni, heç bölmasa, törtta non kötarib yöqlab çiqaman. Qaynonam Çinnixon onamni onamdek yaxşi körganman. Töyga borsak, “qizim qöşiq aytib bersin”, derdi. Azaga borsak, Qurʼon öqitardi. Ovozimga mahliyo bölib duo qilib ötirardi. Ayol kişi heç qaçon qilgan işini gapirmasligi kerak. Kir yuviş, xamir qilib non yopiş, ovqat tayyorlaş işmas, yöl-yölakay bajarib ketiladigan arzimagan yumuş-ku! Hozirgi yoş kelinlar şu yumuşlarga ham tobi yöq. Şu bois oilaviy qöydi-çiqdilar köp. Nasihat qilsang, quloğiga olmaydi. Qanaqa zamon böldi-ya?!

— Kimning qöşiqlarini aytasiz?

— Habiba Oxunova qöşiqlarini maza qilib aytaman.

Qöşiq aytib mehnat qilay keng dalalarda,

Qöşiqlarim sizga, döstlar, manzur bölsa bas.

Katta töyda kuylay-kuylay qöşiq bir nafas,

Qöşiq kirgan uyga, döstlar, qayğu yöllamas.

Oçiği, Raʼno Qoriyevaning ovozini eşitib lol qoldim. Haqiqiy isteʼdod sohibasi ekan.

— Ovozingizga gap yöq. Kam bölmang, çarçoq ham çiqib ketdi. Ustozlaringiz haqida ham gapirib bersangiz…

— Uçqörğonda Gulxumor Toğayeva degan ustozimiz — hoji onamiz bor. Har sohada balandda yuradi. Ham ustoz, ham onamiz kabi mehribon. Dekabrda yetmişga kiradi. Etagidan mahkam uşlaganman. U mening hayot maktabim. Bir paytlar tumanimizni boşqargan rahmatli ustozim Tursunpölat Mirzamahmudovni eslab, haqqiga duo qilib yuraman. Köp yaxşi fazilatlari bor edi. Meni “Sinçalak” derdi.

— Sinçalak nomini eşitsam, Nosir Otaxonov haqida yozgan “Çinor şoxidagi sinçalak” kitobim yodimga tuşadi.

— Rahmatli Nosir aka Otaxonov ajoyib ustoz edi. U Namanganga ğalla uruğçiligini olib kirgan katta olim edi. Ölimidan uç kun oldin menga qönğiroq qilib: “Raʼnoxon, iş yuzasidan sizni xafa qilgan joyim bölsa meni keçiring”, deb qoldi. “Ustoz, heç qaçon meni xafa qilmagansiz, har doim yordam bergansiz”, desam, juda xursand bölgandi. Har ikkala ustozlarimizning ham oxiratlari obod bölsin!

Safar davomida yurtimizda halol mehnat qilib, tinib-tinçimas va fidoyi insonlardan yana biri bilan tanişganimdan xursand edim. Çunki qahramonimiz xuddi atoqli yozuvçi Abdulla Qahhor yozgan “Sinçalak” asaridagi bugungi rahbar, haqiqiy qahramon zamondoşimiz edi. Jonkuyar, kuyunçak, mehnatkaş bu ayolning topgani oltin bölsin deb köngildan niyat qildim.

Ha, ustozlari izidan yurib, el-yurt nazariga tuşgan Namangan yulduzlari kabi porlab turgan Raʼnoxonlar bor bölsin!

Muhammad KENJA,

publitsist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan