Dil tubiga oqmoq istadim
Aşurali BOYMUROD
Muallif haqida:
Taniqli şoir Aşurali BOYMUROD 1957 yili Bekobod tumanidagi Parçayuz mahallasida tuğilgan. Jizzax davlat pedagogika institutini tamomlagan. Hozirga qadar şoirning 20 dan ortiq şeʼriy va publitsistik kitoblari naşr etilgan. Muallifning “Mirzo Bobur” dostoni Özbekiston radiosining oltin fondida saqlanadi. “Onaginam” nomli şeʼriy roman muallifi. Şeʼrlari rus va ingliz tillariga tarjima qilingan. “Şuhrat” medali sohibi.
VATAN
Vatan deb dard çekadurmen,
Qalbga anduh ekadurmen,
Jonu tanda neki bölsa,
Borim senga tökadurmen.
Çölpon bölib keçalaring
Yoğdu soçib yoritgaymen.
Taʼrifingga söz axtarib
Oqşomingni qaritgaymen.
Fitratingman, fikratingman,
Yopinçiğing nurli osmon.
Çala qolgan şeʼrlarini
Aytolmasdan ketgan Usmon.
Ibrat böldi aslidakim,
Qodiriyning ötgan kuni.
Ğanimlarga tik boqqança
Sendan rozi ketgan kuni.
Qalbi uçgan bobolarning,
Jismu tani uçolmagan.
Özlaridan keçgan ular,
Ammo sendan keçolmagan.
Bir muşt bölib birlaşganmiz,
Yonimda döst, xeş bölgaydir.
Ezgulik deb yongan xalqning
Işlari ham beş bölgaydir.
Bu dunyoning muşkulotin
Yolğiz özim yeçolmasman.
Men özimdan keçarman-u,
Vatan, sendan keçolmasman!
TILING BIRLA KÖNGLINGNI BIR TUT
Söz erurki, öq-yoy nişonga,
Möljalni ham aniq olarkan.
Döstga şodlik, anduh duşmanga,
Bitta söz ham mangu qolarkan.
Kutgil meni, faqat meni kut,
Tiling birla könglingni bir tut.
Çaraqlaydi qalbim osmoni,
Yulduzlarim işq dardin sözlar.
Oydir ming bir keça dostoni,
Tong nutqidan oçilgay közlar.
Quyoş yölin tösolmas bulut,
Tiling birla könglingni bir tut.
Men ergaşdim sözga, navoga,
Haq diydorin kördim öşanda.
Berilmadim ortiq daʼvoga,
Öz gulimni topdim gulşanda.
Asraşni bil, boşqasin unut,
Tiling birla könglingni bir tut.
Ming yilda ham zanglamas oltin,
Özing meni yetkazding Haqqa.
Neki olsam, men sendan oldim,
Söz durlarim qolgaydir xalqqa.
Bölsin desang toleing bus-but,
Tiling birla könglingni bir tut.
Til va köngil egizak erur,
Biri qolib biri ölmasun.
Ona tilim, özligim, ğurur,
Har ikkisi ayro bölmasun.
Bölmasin heç yuzimiz şuvut,
Tiling birla könglingni bir tut.
Öz tilingni asragil, yurtdoş,
Toza bölsin iymoning, qalbing.
Tiling erur tilingga dildoş,
Rozi bölsin hamişa xalqing.
Rozi bölsin sendan ona yurt,
Tiling birla könglingni bir tut.
KÖNGIL IQLIMI
Yaşil makon içra uyğonar zamin,
Yaşil liboslarga burkanar zamin.
Bitta yurak bölib tölğanar zamin,
Dunyoni bor darddan tuzatmoq kerak,
Köngil iqlimini özgartmoq kerak.
Köngilda avj olgan böron, şamollar,
Berkinib olganday gözal jamollar,
Negadir ketmaydi yomon xayollar,
Barçasin yurakdan tez otmoq kerak,
Köngil iqlimini özgartmoq kerak.
Köngli ozodaning uyi ozoda,
Yulduzlar olqişlar çaqnab fazoda,
Bundayin baxt yöqdir kazo-kazoda,
Bul uyni nur ila bezatmoq kerak,
Köngil iqlimini özgartmoq kerak.
Mening vujudimda borimsan, köngil,
Sen — zamin, osmonim,
yorimsan, köngil,
Özingni asrayman, orimsan, köngil,
Qayda gard, ğubordir, tez artmoq kerak,
Köngil iqlimini özgartmoq kerak.
Suvlar oqib tursin toza qon bölib,
Daraxtzor köpaysin neça son bölib,
Olam nafas olsin bitta jon bölib,
Ilkimiz samoga uzatmoq kerak,
Köngil iqlimini özgartmoq kerak.
Tabiat onadir, onani asrang,
Musaffo osmonni, xonani asrang,
Qirdagi qizğaldoq, lolani asrang,
Onaga çin mehr körsatmoq kerak,
Köngil iqlimini özgartmoq kerak.
Köngil va tabiat bitta maʼnodir,
Tabib ham özidir, özi donodir,
Bitta jism bölib mudom yonadir,
Unga bir gözal boğ yasatmoq kerak,
Köngil iqlimini özgartmoq kerak.
KERAK
Işq suvratin çizmoqqa bir lahza, bir on kerak,
Taʼrifu tavsifiga şeʼr ila doston kerak.
Tole yulduzi balqib çiqsa gar kök toqiga,
Yölingni yoritguvçi oy kerak, osmon kerak.
Gözal Şirin qoşida tiz çökib poyini öp,
Farhodning sevgisidek mustahkam qalqon kerak.
Işq ötida yongaymen, kulmangiz heç holima,
Oşiqligim aytmoqqa menga bir imkon kerak.
Derazamga tuşdi nur, yor yöliga intiqmen,
Öltirib bazm etgali kulbama mehmon kerak.
Ozori bor bu işqning köksima tiğ sançilmiş,
Jismima jon berguvçi bir pari paykon kerak.
Sevmoğu sevilmoqni özingdan örganganim,
Zavqimga zavq qöşgali lol kerak, hayron kerak.
Oy çehrasi yonimda, falak menga söz qotdi,
Dilimning munavvari ul mohitobon kerak.
Körganing boği Eram, gar oşiqsan, ey Aşur,
Navoiydek bir dilkaş, suhbati jonon kerak.
SANAM YIĞLAR
Tun — qalamqoş, arzin aytib sanam yiğlar,
Tun rangini yoza-yoza qalam yiğlar.
Tong visoldir, yetamanmu diydoriga,
Içimda dard, borin aytib tanam yiğlar.
Ozorlarim özim bilan, özimniki,
Bul dardima topmay çora malham yiğlar.
Oy çiqmadi, yulduzçalar hayronadur,
Könglim içra tölib-tölib alam yiğlar.
Bir malakning otaşida kuydim mano,
Sahar çoği ul maysazor dalam yiğlar.
Işonganing pand bersa gar özingdan kör,
Şodlik ketib, ğamni tuygan olam yiğlar.
Tong yorişdi, gul kötarib çiqdi quyoş,
Bir nurgaki taşna manim xonam yiğlar.
Aşur, darding yolğiz öşal sanamdandur,
Öz baxtiga yetolmagan odam yiğlar.
KUYDIRSIN
Körgan dilim ğam-anduhda, qolmadi jon, kuydirsin,
Öt içinda göyo falak, yeru osmon kuydirsin.
Nogoh közlar töqnaşganda qaraşlar ham qolar lol,
Qaçon bölgay asl visol, yöqdir imkon kuydirsin.
Bor nigohim olib qoçdim, öt içinda bu tanim,
Oğir dardga mubtalomen, mayli, oson kuydirsin.
Heç kim mendek yurak oçib bor dardini soçmagay,
Bizning jonni faqat öşal ofatijon kuydirsin.
Çiday olmay firoqiga çirt uzildi yaproqlar,
Dil tubida soğinç rangi, fasli xazon kuydirsin.
Qora bulut ortidagi çöğ yulduzlar şivirlar,
Oy jamolin körsatmasa, zim-zimiston kuydirsin,
Quloçing yoz kengliklarga, nur qadriga yet, Aşur,
Şu samoga köksingni bos, quyoşiston kuydirsin.
QARO TUN
Böynimga osilgan qaro tun yiğlaydi,
Böyingga teng jodu tovoning tiğlaydi.
Köksimga yozmoqda tola soç nomalar,
Tun bölib yoyildi har yonga xomalar.
Kuydirdi bağrimni, öt böldi qaro tun,
Mehmondir könglima bir motamsaro tun.
Men tunni quçoqlab bir ğazal yozgaymen,
Söng undan dor yasab özimni osgaymen.
Qaro tun, vahmingni oşirma bunçalar,
Sen kabi vujudim bir hazin kuy çalar.
Böyingga teng ekan dilbarim, bul keça,
Men kabi husningga oşiqlar bir neça.
Közim ham qamaşgay, gözaldir qaroliğ,
Qaro tun şunçalar bölurmu zeboliğ.
Böynimga boğlagin, ayirma boringdan,
Roziman, gar ölsam osiğliq doringdan.
ALAM QILGAY
Taʼrifingga şeʼr bitmakni qalam qilgay,
Şul taʼrifni yozolmasam, alam qilgay.
Olam kengdir, gözallik ham unda bisyor,
Har odamni sevgi asl odam qilgay.
Odat erur öz jamolin köz-köz etmoq,
Ne gözallar oy jilvasin karam qilgay.
Yillar ötar, yoddan çiqar hoyu havas,
Endi menga bor yupançni bolam qilgay.
Qanday bölsang, şundayliging özingga mos,
Tabiat ham öz suyganin bekam qilgay.
“Oşiq bölmay Haq diydorin körib bölmas”,
Çin oşiqning taqdirini bir kam qilgay.
Firoq çekib yupanç topsang, navodandur,
Aşur nazmin dil dardiga malham qilgay.
QARO KÖZ
Közlaring qarodur, yonding, qaro köz,
Olamga bir nigoh solding, qaro köz.
Köz ham bir samodek, gavhari oydir,
Oy bölib borimni olding, qaro köz.
Osmonni yiğlatgan quyoş yo şafaq,
Köz yoşi yulduzdek qolding, qaro köz.
Subhidam köz yoşing tomar köksima,
Yaproqlar ustina tomding, qaro köz.
Olamni boriça körmoq istading,
Yiğlading, şodlikdan tonding, qaro köz.
Samoga boqdimu kördim özingni,
Yulduzing ortiqdur sondin, qaro köz.
Ey Aşur, uyğoqsen, bölma heç ğofil,
Jonim olar böldi jondin, qaro köz.
* * *
Vujud huvillaydi, aslo taskin yöq,
Göyoki olamda mendek miskin yöq.
Nahotki böm-böşdir men körgan dunyo,
Atrofim böşliqdir, göyo heç kim yöq.
Sahro örtasida turibman hayron,
Tört taraf tep-tekis, kimsa körinmas.
Hamrohim garmsel, issiq bir şamol,
Tört taraf oçiğu mening yölimmas.
Quyoş qizdiradi, aylanar çoşgoh,
Kimningdir ortidan çopolganim yöq.
Köngil sahrosida döst faqat Alloh,
Men hamon özimni topolganim yöq.
* * *
Xatolardan yaralgan inson,
Qölin urgan ming bir xatoga.
“Bu sönggisi, döst, menga işon,
Şak keltirmam ortiq Xudoga!..”
Şunday deya yupatar özin,
Kim işonar, kimdir esa yöq.
Xato qildim, qarodur yuzim,
Yuragimni teşgan daydi öq!..
DÖSTIM XOTIRASIGA
Keyin yetdim döstning qadriga,
Vujudimni titratdi soğinç.
Siğmay qoldim şeʼrlar satriga,
Dardning özi bölarkan ovunç.
Siypalayman qabringni nogoh,
Qalbga botgan qaro yerimsan.
Bölolmadim sen uçun ogoh,
Sen yozilmay qolgan şeʼrimsan.
* * *
Işq aslida tiriklikdir,
Sevgan yurak olgay nafas.
Muhabbatin asray olgan
Har odamga qildim havas.
Jon riştasi uzilmasin,
Yaşaş özi bir baxt, jonim.
Işqi yöqlar olamiga
Kirmoq hali barvaqt, jonim.
* * *
Yuragimga çökib boryapman,
Dil tubiga oqmoq — istagim.
Men borimni tökib boryapman,
Öz-özimni topmoq — istagim.
Ammo istak qilmas kifoya,
Unutgayman maqtalganimni.
Izlanişda bölmas nihoya
Va topurman axtarganimni…
* * *
Gulli köylak içinda
gul yonmoqda, azizim,
Gul vasliga yetolmay
dil yonmoqda, azizim.
Bağrim kuyar bağriga
özimni otsam nogoh.
Hatto çöğdan gul yasab
kul yonmoqda, azizim.
Şohni ham gado etgan
gul badanli nozanin,
Kökragin zaxga berib
qul yonmoqda, azizim.
Aşurni ado etdi
gul işqida yonmoqlik
Qayga boqmay közlarda
nur yonmoqda, azizim.
Gulli köylak içinda
gul yonmoqda, azizim…
MUHABBATDAN
Bu olamning dilga mayin
Havolari muhabbatdan,
Işq ahlini uyğotguvçi
Navolari muhabbatdan.
Allohning ham mehri tuşgan
Bir ölkada yaşaydurmen.
Ming asrki, kuylab kelar
Momolari muhabbatdan.
Qayga boqma, gözallik bor,
Dil daftarin qölingga ol.
Suluv qizlar nazokati,
Ibolari muhabbatdan.
Osmon bilan tutaşgandir
Sadoqatning qoyalari,
Bu toğlarning bahor çoği
Sadolari muhabbatdan.
Asil yorni sevar bölsang,
Yulduzlardin izlagaysen.
Aşur qalbin olib ketgan
Samolari muhabbatdan.
* * *
Muhabbat ne qilsa ham
har işni boşdin qildi,
Yörgagin gulu tikon,
yostiğin toşdin qildi.
Hijron degan qoyaga
yetakladi sahroni,
Tohir oqqan daryoni
Zuhro köz yoşdin qildi.
Olib ketdi Laylini
Majnun dil sahrosiga,
Farhod işq vohasini
soy ila toşqin qildi.
Muhrladi yurakka
sevilmoğu sevmoqni,
Işqning gözal suvratin
ul qalam-qoşdin qildi.
Xudo suygan bandamiz,
özi solgan yurakka,
Bandasi xato ketsa,
köz oldin moşdin qildi.
Joningga jon bağişlar
mangu yoşlik faslidur,
Ön sakkiz ming olamni
ön sakkiz yoşdin qildi.
Muhabbat ne qilsa ham
har işni boşdin qildi…
* * *
Köp yöl yurib qöydik,
juda oz qoldi,
Bilmadim, neça qiş,
neça yoz qoldi.
Faqat bir narsani
bilaman aniq —
Hali aytilmagan
dardu söz qoldi…
Böğzimni behuda
böğmangiz, ey, döst,
Hali aytar sözim
uşlab turibman.
Oldinda bahoriy
çaqmoq, guldurak,
Biroz nafas olib
qişlab turibman.
Bizni kar, soqovga
yöyganlar qança,
Yölimga tuzoqlar
qöyganlar qança…
Adaşgan kemada
kezgan sayyohdek
Yöl yurib qöyibmiz
behuda, ança…
Endi közlarimiz
oçaylik katta,
Rost sözni hayotga
aytaylik şartta.
Boşqa fursat bölmas,
bölmagay imkon,
Ayt, yurak, ayta qol
faqat bir marta!..

