Haromdan hazar

Dunyoda yomon kasblar bölmaydi. Agarda halol rizq uçun mehnat qilinsa, har qaysi kasb — hurmatga loyiq. Ammo unga yomon munosabatda bölguvçilar bor. Qassoblik ham ana şu yangliğ elga manzur kasblardan biri. Alloh uni haromdan hazar etguvçi, halol va pokdomon kişilarga tirikçilik manbai sifatida tortiq etgan.

Urganç tumanida istiqomat qiluvçi Olim Botirov, aslida, bu kasbning etagini tutgan bandalar toifasidan emas. Biroq şu kasb orqasidan boyib, behisob mol-mulk orttiriş yöllarini beş barmoqday biladi. Qaniydi, har kişi odamiylikka, halol va pok amallarga suyangan holda boyisa! Yöq. Unday bölmadi. Qassoblik yölida butun musulmon olami qattiq qoralaydigan öta jirkanç amalga qöl urdi. Hattoki aytişga ham til bormaydigan qabih iş – eşak göşti savdosi bilan şuğullandi. “Qassobxona”ni öz uyida oçdi. Har kuni söyilib, göşti uzoq-yaqindagi ulgurji mijozlarga yetkazib berilgan eşaklar soni, tegişli hujjatlarda qayd etilganidek, 5-6 dan 20-25 tagaça yetdi. Ana şunday maşʼum kunlarning birida…

…Bu voqea ötgan yili röy berdi. Olimning jirkanç hunaridan xabar topgan urgançlik Tohir Qöşnazarov, Murod Poliyozov, Rustam Jumaboyev, Azizbek Qodirov, Uluğbek Rahimov uni tuzoqqa tuşiriş va katta miqdordagi pulini şilib oliş niyatini köngilga jo etdilar. Şu asnoda O.Botirovning uyida eşak söyiş bilan şuğullanuvçi Bobir Matniyozovni tazyiq va qörqituv yöli bilan öz izmiga soldilar. Zimmasiga O.Botirovning öz uyida eşaklarni söyib sotiş faoliyatini videotasvirga oliş va şu jirkanç qilmiş bilan boğliq maʼlumotlarni özlariga töxtovsiz yetkazib turiş majburiyatini yukladilar. Ayni paytda O.Botirovning uyi uni jinoyat ustida “foş” etiş niyatini diliga jo etgan yasama izquvarlar tarafidan pinhoniy ravişda kuzatuvga olindi. Ular kutgan voqea esa ötgan yilning 29 sentyabr kuni röy berdi.

Yollanma qassob B.Matniyozov şu kuni bir yöla 24 ta eşakning böğziga piçoq tortdi. Söngra ularning suyagini suyakka, göştini göştga ajratgan holda mol egasining ilkiga topşirdi. Suyakdan ajratilgan göştning vazni naq 530 kilo toş bosdi. Qassob uyni kuzatayotganlarning qatʼiy topşiriği asosida imi-jimida harakat qilib, eşaklarni söyiş va göştga ajratiş jarayonlarini baholi qudrat tasvirga oldi.

Alqissa, göşt egasi ham rejani puxta tuzdi. Tay­yor holdagi eşak göştlarini mijozlarga töxtovsiz yetkazib beriş uçun maxsus haydovçi yolladi. Haydovçi Akbar Abduqodirov uşbu vazifani ado etiş farzini zimmasiga oldi. U boşqargan “Cobalt” maşinasi öşa kuni soat 19 lar çoği yangi söyilgan 530 kilo eşak göştini öz gardaniga ortgan holda Urgançning Çakkaşolikor qişloğidan poytaxt Toşkent sari yölga çiqdi. Lekin uzoqqa keta olmadi. T.Qöşnazarov, M.Poliyozov, R.Jumaboyev, A.Qodirov, U.Rahimovlardan iborat “izquvarlar” guruhi maşina Amudaryo köprigini ortda qoldirib, Qoraqalpoğiston kengliklari sari yöl olgan çoğ unga yetib olişdi. Haydovçi A.Abduqodirovdan avtoulovdagi yuk va uning daragini söraşdi. Kirakaş haydovçi öz mijozining söroviga binoan poytaxt Toşkentga göşt olib ketayotganini aytdi. Gap eşak göşti mavzusiga köçdi. Haydovçi nomaʼlum yöltösarlarning bu haqdagi daʼvosini keskin rad etdi. Öz maşinasiga ortilgan yuk, aslida, eşak göşti ekanligini tan olmadi. Hatto lunjiga sölaqmonday muşt tuşsa-da, maşinaga qanday göşt ortilganidan xabari yöqligini peş qilişda davom etdi. Ammo uning yölini kesib çiqqanlarning qölida maşinadagi yuk eşak göşti ekanligini tasdiqlovçi işonçli dalillar: haydovçi va uning mijozi tomonidan sodir qilingan maşʼum qilmişga oid videotasvirlar bor edi. “Gap tamom. Göşt eşakniki. Hammasi suratga olingan. Uni internet orqali butun olamga tarqatib, başarangni foş etamiz. Maşina esa ortga qaytadi”, dedi Akbarbekning sözini çört kesgan holda “foş etiş” tadbirini boşqarayotgan Uluğbek.

…Akbarbekning galdagi safari şu yerda qaridi. Uning maşinasi kelgan yöliga qaytdi. Boşqalar ham ortga qaytişdi. Ravon yöl ularning barini oradan beş-ön daqiqa ötmayoq Urganç şahri çekkasidagi Oxunbobo qabristoni yoqasiga eltdi. Akbarbekning maşinasini ortga qaytarganlar vaqtni bekorga ötkazişmadi. Uni söroqqa tutişdi. Qilmişining mudhiş qidirmişi haqida ogohlantirib, masalaning jön yeçimini taklif etişdi. U va unga mijoz bölmiş Olim Botirovning jinoyatkorona kirdikorini butun yurtga foş etmaslik, bu haqda huquq-tartibot idoralariga xabar bermaslik evaziga naq 200 million söm miqdorida pul talab qilişdi. Harom iş – boşqa bir harom çigalli muammoni keltirib çiqarmoqda edi. Lekin aybidan tongan odam uni pul bilan bosdi-bosdi qilişga rozi bölarmidi? Xullas, Akbarbek tölov haqidagi talabga röyxuşlik bermadi. Uning yuk ortilgan maşinasini işonçli qöriqçi bilan şu yerda qoldirişdi.

Gal yuk egasi Olimni daraklaşga yetdi. U Uluğbek tomonidan qilingan telefon qönğiroğiga “labbay” deya javob berdi. Biroq “izquvarlar”ning hafsalasini pir qilgança uyida emasligi, öz yumuşlari bilan Xivaga kelganini maʼlum qildi. Xayriyat, Xiva safarida ekanligini dastaklagan Olimni oradan 10-15 daqiqa ötmayoq özining Çakkaşolikor qişloğidagi uyidan topişdi. U 200 million sömlik tölov haqidagi dağdağali talabni bajo keltirişdan boş tortmagan bölsa-da, ayni damda bunça miqdordagi pulni topişga közi yetmayotganini aytdi. Akbar Abduqodirovning maşinasidagi yuk çindan ham eşak göşti ekanligi oşkor etişdan or qilmadi. Lahm eşak göşti Toşkentdagi hayvonot boğida asralayotgan yirtqiç hayvonlarga yemiş sifatida olib ketilayotganini maʼlum qildi.

Bari ravşan. “Izquvarlar” muddaoga köçişdi. Eşakni söyiş musulmon olami uçun keçirilmas ayb, gunohi azim, jirkanç jinoiy kirdikor ekanligini aytib, söz ohangini döq-pöpisa tomon burişdi. U va jinoiy şerigi A.Abduqodirov tomonidan sodir qilingan maşʼum qilmiş tafsilotlari, bir neça haftalik kuzatuvlar natijasida töplangan dalil-isbotlar, eşak qassobxonasi va unda söyilgan göştni gardaniga ortgança poytaxt Toşkent tomon yöl olgan “Cobalt” maşinasidan olingan videotasvirlarni blogerlar kömagida hademay ijtimoiy tarmoqlar orqali butun yurtga yoyib, bu qaltis qilmişga qöl urganlarni şarmandai şarmisor etiş, söngra ustidan jinoiy iş qözğatiş va qamatib yuborişga söz berişdi. Tovlamaçilik, tamagirlik, firibgarlikning sovuq turqi ana şu tariqa namoyon böldi.

Ammo mojaro bu bilan ham yakun topmadi. Çaqirilmagan mehmonlar tölovni ayni şu topda, hayallamasdan ado etişni talab qilgan bölişsa, Olim bunça miqdor pulni atigi bir-ikki soat içida topa olmasligini rökaçlaşdan nari ötmadi. Naçora, tomonlar “öyin”ni davom ettirişdi. Mojaro A.Abduqodirovning maşinasi qoldirib ketilgan muqaddas makon — Oxunbobo qabristoni yaqinidagi oçiq maydonga köçdi. Olim va Akbarni jinoiy qilmiş ustida qölga tuşirganlar aytganida turişdi. Blogerlikni kasb qilgan Yu.Davronov va F.Rözimov oradan köp ötmayoq ularning taklifiga muvofiq mojaro maydoniga yetib kelişdi. Lekin bu yerda keçayotgan ğayriqonuniy voqealar hamda ularning mazmun-mohiyatini anglaş qiyin bölmadi. Blogerlar tarozini teng tortişdi. Heç kimga yon bosişmadi. Muqaddas qönimgoh yaqinida keçayotgan ğayritabiiy va ğayriinsoniy voqealar tafsiloti haqida zudlik bilan tegişli huquq-tartibot idorasiga xabar berişdi.

Tovlamaçilik va firibgarlikni kasb qilgan bandalarning haqiqiy, ammo jirkanç qiyofasi, qilmiş-kirdikorlari kölami ana şundan söng ötkazilgan taftiş-tergov tadbirlari asnosida yanada ravşanlaşdi. Haydovçi A.Abduqodirov özi tan olmay, özgalar qilmişini foş etiş mazmunida Içki işlar idorasiga yozgan arizasida qayd etilganidek, tamomila beayb va qöy oğzidan çöp olmagan bandalar sirasidan bölib çiqmadi. Mijozi Olim Botirovning sirli “yuk”larini tegişli haq evaziga u aytgan manzilga bir emas, bir neça bor yetkazib berganiga oid fakt va dalillar öz tasdiğini topdi. Bu yangliğ jirkanç qilmişni 2022 yildan buyon muntazam sodir etib kelgani uning aybiga qisman iqrorligi ostida bergan körsatmasida öz ifodasini topdi. Sud va tergov ayni paytda jinoiy guruh tarafidan mazkur ikkala şaxsga nisbatan ötkazilgan tazyiq va tahdidlarni ham nazarda tutdi. Ular bir paytning özida ham ayblanuvçi, ham jabrlanuvçi maqomida eʼtirof etildilar.

Bunga qarama-qarşi marrada turgan kimsalar esa anoyilar sirasidan emas. Pixini yorgan tovlamaçi-reketçilar — aynan şular va har birining gardanida zalvorli ayb yuki bor. Uluğbek Rahimov ularning kattakoni, norasmiy sardori. Vohada sodir etilgan boşqa talay jinoiy kirdikorlarda uning ham qöli bor. Feʼli ğaliz va ğalati: taniganlar oldida özini köpinça tadbirkor, tanimaganlar oldida esa militsiya yoki DXX xodimi qilib körsatadi. U sud tergov organi tarafidan jami miqdori milliardlarça sömni taşkil etuvçi 10 dan köp firibgarlik va tovlamaçilik holatlari böyiça unga qöyilgan ayblarni turli asoslarga köra tan olmadi. Ammo sud ikki nafar fuqaroga yetkazilgan jami 1 milliard 945 million sömlik ziyonni qoplaş majburiyatini uning zimmasiga yukladi.

Sudga ayblanuvçi maqomida jalb qilingan Tohir Qöşnazarov esa özini yemagan somsa uçun pul tölaşga mahkum qilingan öta beozor va beayb bandaga mengzadi. Özini heç narsani körmagan-bilmaganga oldi. Aytişiça, eşak göşti mojarosiga, ittifoqo, öşa kuni Oxunbobo qabristoni yonidagi katta yöldan ötib ketayotgan mahal tasodifan duç kelgan, voqeaga bor-yöği guvoh bölgan. O.Botirov va A.Abduqodirovga qarşi uyuştirilgan fitna qatnaşçilarining birontasini ham tanimaydi. Uning bu aytganlari çöpçak bölib çiqdi. Tohirboy guruhga boş qöşganlarning nafaqat tanişi, balki işongan şerigi ekani suriştiruvlar natijasida ayon böldi. Sud va tergovga jalb qilinganlarning guvohlik körsatmalarida qayd etilişiça, T.Qöşnazarov O.Botirovga qarşi işga solingan tovlamaçilik harakatida faol iştirok etgan, şu asnoda Obul Ponçi laqabini orttirgan. Bu jarayonda Olimning kuşxonasida qassoblik qilgan B.Matniyozovning zimmasiga döq-pöpisa asnosida eşak söyiş va tayyor göştni maşinaga ortiş jarayonlarini tasvirga oliş topşiriğini yuklagan. Ilojsiz qolgan qassob bu işni bir navi ado etgan. T.Qöşnazarov O.Botirovning özini ham söroqqa olgan. Başarti talab etilgan pul jinoiy faoliyat qatnaşçilariga qöşqöllab tutqazilmasa, eşak göşti savdosi bilan boğliq qilmişini ijtimoiy tarmoqlarga yoyiş bilan qörqitib, voqea joyiga bloger Yu.Davronovni boşlab kelgan. Uning haqiqatni xaspöşlaş, aybidan toniş, uni yaşirişga qaratilgan noxolis niyati ana şu tariqa sarobga döndi.

Taassufki, jinoiy guruhning boşqa qatnaşçilari: Murod Poliyozov, Rustam Jumaboyev, Azizbek Qodirov ham manaman deb turgan aybga iqrorlik bildirmadilar, oyni etak bilan yopiş payida böldilar. Lekin qilmişning isitmasi baribir oşkor tortdi. Yuqorida zikr qilingani yangliğ jinoiy kirdikorlar, çunonçi, pirovardida ayblanuvçi-jabrlanuvçi maqomida eʼtirof qilingan O.Botirovdan 200 million söm miqdorida pul undiriş borasidagi hiyla-nayranglar, unga qarşi işga solingan tovlamaçilik va firibgarlik amallari, nojoiz va nomaqbul tarzdagi kuzatuv hamda tasvirga oliş tadbirlari aynan ana şu kimsalarning faol iştiroki ostida keçganligi foş böldi. Işni sudda köriş asnosida ayblanuvçi T.Qöşnazarov muqaddam 2 marta, M.Poliyozov 4 bora, Azizbek Qodirov 5 marta, Uluğbek Rahimov va O.Botirovning har biri 1 martadan jinoiy javobgarlikka tortilgani maʼlum böldi.

 Mutaxassis fikri:

Sudda Xorazm viloyati Hayvonlar kasalliklari taşxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi direktori X.Quriyozov, Urganç tuman veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş bölimi xodimi X.Abdolovning fikr-mulohazalari ham tinglandi. Neajabki, ularning gapi juda ğalati böldi. Emişki, eşak göştini umuman olganda isteʼmol qiliş mumkin emiş. Lekin musulmonçilikda harom qilingan ekan. Bu nima alahsiraş böldi? Axir, bizning xalq musulmon-ku! Harom qilingan bölgandan keyin yana qanday qilib “isteʼmol qilaveriş” mumkin bölar ekan?!

Hayvonot boğlarida saqlanayotgan jonzotlarning yemişi haqidagi masalaga ham aniqlik kiritildi. Guvohlarning taʼkidlaşiça, bu yerdagi hayvonlarga atalgan göşt mahsulotlari çetdan olib kelinmasligi, aksinça, şu yerda tayyorlanib, maxsus tekşiruvdan ötkazilişi, şundan sönggina isteʼmol uçun taqdim etilişi kerak. O.Botirovning qassobxonasidan çiqarilgan eşak göşti esa 723-sonli veterinariya xulosasiga köra, hayvonlar isteʼmoli uçun yaroqsiz, hatto zararli bölib çiqqani, açituvçi va bijğituvçi bakteriyalar inson hayoti va salomatligi uçun zararli toksinlarni vujudga keltirgani maʼlum qilindi.

Hukmingizga havola etilgan şu va şu singari holatlar sodir qilingan qilmiş yuki ança oğir jiddiy ekanligidan dalolat beradi. Sud bularning barini nazarda tutdi. O.Botirov va A.Abduqodirovga qarşi amalga oşirilgan jinoiy kirdikorning barça qatnaşçilarini Jinoyat kodeksining tovlamaçilik va firibgarlikka oid 165- hamda 168-moddalari turli qism va bandlari böyiça aybdor deb topdi. Ularga nisbatan mazkur kodeksning adolat, bağrikenglik va keçirimlilikni ifodalovçi 57-moddasini qöllaş barobarida jazo çoralari birmunça yumşatildi. Şunga köra, ayblanuvçi T.Qöşnazarov va R.Jumaboyevlarning har biri 5 yil, M.Poliyozov 6 yil-u 1 oy, U.Rahimov 6,5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Yana bir sudlanuvçi A.Qodirovning taqdiri ança açinarli keçdi. Sud muqaddam 5 bora jinoiy javobgarlikka tortilib, şunça bor muqarrar jazoga röpara kelgan, ikki bora beş yil va undan ziyod muddatga ozodlikdan mosuvo qilingan bu kimsaning qilmişini alohida baholadi. Ayblanuvçi 6 yil-u 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Şu bilan birga 5 yil va undan köp muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi sudlanuvçiga nisbatan muqaddam 2 bora qöllanilgani, bu galgi jazo muddati ham şunça miqdorga yetgani, boz ustiga, oxirgi qilmişi uçun tayinlangan jazo muddati tugamay turib, yana qaltis jinoiy kirdikorga qöl urgani jiddiy ayb sifatida eʼtirof etildi. Mahkum Jinoyat kodeksining 34-moddasi 3-qismi “a” bandiga binoan öta xavfli retsidivist deb topildi. Sudga bir yöla ham sudlanuvçi, ham jabrlanuvçi maqomida jalb qilingan O.Botirov va A.Abduqodirov esa qonun talabiga muvofiq ozodlikda qoldilar. Ularning qilmişi mazkur kodeksning xavfsizlik qoidalariga javob bermaydigan tovarlarni işlab çiqariş, saqlaş, sotiş, taşiş va ötkazişga doir 186-moddasi 1-qismi böyiça malakalandi. Har ikkala sudlanuvçi muayyan muddatga axloq tuzatiş işlari jazosiga mahkum qilindi. Uşbu hukm keyinçalik apellyatsiya va taftiş bosqiçi sudlarida ham muhokama qilindi. Biroq uni jiddiy ravişda özgartiriş uçun asoslar topilmadi.

Qonun bilan öynaşgan, bu ham kamlik qilganday, butun xalqning xohiş-irodasiga qarşi borganlarning jirkanç qilmişi ana şu asnoda açinarli yakun topdi.

Fikri ojizimizça, bunday qismat qaltis va harom yölni ixtiyor etgan yoki unga moyil bölgan boşqa bandalar uçun ham hayot saboğidir.

Bunyod YOQUBOV,

Jinoyat işlari böyiça

Urganç şahar sudi sudyasi.

Abdulla SOBIROV,

jurnalist.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan