Qadr – insonni yuksaklikka kötaradi
Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi soha faxriylari, pensioner va yordamga muhtoj insonlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşni dasturiy vazifasi deb biladi. Joylarda uyuşma va uning viloyat bölimlari tomonidan faxriylar iştirokida turli tadbirlar, uçraşuvlar ötkazilib, bosib ötgan yöllarini ibrat namunasi sifatida tarğib etiş orqali yoşlarimizda Vatanga muhabbat, kasbga sadoqat hissini yanada oşirişga harakat qilinmoqda. Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan uyuşma va Respublika tovar xom aşyo birjasi örtasida tuzilgan «Döstlar» klubi amaliy işlarda muhim ahamiyat kasb etayapti. Joriy yilda faxriy jurnalistlarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş borasida «Döstlar» klubi mablağlari kömagida Mustaqilligimizning 28 yillik bayramini nişonlaş arafasida jami 107 nafar faxriylar va ehtiyojmand ijodkorlar oilasiga 32 million 100 ming söm miqdorida oziq-ovqat mahsulotlari va sovğalar yetkazib berildi.
Şuningdek, uyuşma tomonidan 29 nafar faxriy jurnalist va ijtimoiy himoyaga muhtoj ijodkorlar oilasiga moddiy yordam körsatildi.
— Bugun mamlakatimiz rahbari tomonidan adabiyotga, jurnalistika sohasiga katta eʼtibor qaratilmoqda, — deydi Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, «Şarq Yulduzi» jurnali bölim mudiri, taniqli şoir Ikrom Otamurodov. — Söz va axborot erkinligi taʼminlandi. Ommaviy axborot vositalriga bölgan qaraş tubdan özgardi. Keyingi paytda matbuotimizda tanqidiy-tahliliy materiallarning soni va sifati oşib borayotgani jurnalistlarimiz malakasining yuksalayotganidan darak bermoqda.
Jumladan, uyuşmaning Navoiy viloyati bölimi tomonidan faxriy jurnalistlar — Fattoh Sattorov hamda Isroil Xolboyev holidan xabar olinib, ularga moddiy yordam tariqasida oziq-ovqat mahsulotlari topşirildi.
Fattoh Sattorov 1944 yilda tuğilgan. 44 yillik iş faoliyatini bitta naşr — «Qizilpeta tongi» gazetasida olib bordi. Ötgan yillar mobaynida ustoz-jurnalist yozgan materiallar tuman iqtisodiy-ijtimoiy faoliyatini rivojlantiriş, aholi muammolarini hal etişga qaratildi. Bugungi kunda faxriy ijodkor nafaqada bölişiga qaramasdan yoşlarga kasb sirlarini örgatib kelmoqda.
— Jurnalist uçun eʼtibor, eʼtirofdan köra muhimroq narsa yöq, — dedi 80 yoşni qarşilayotgan F.Sattorov. – Töğrisi, nafaqaga çiqqanimdan buyon “siz jurnalist ekansiz”, “tahririyatda işlagan ekansiz”, deb birov söramagandi. Bugun sizlarning kelişingiz meni juda ruhlantirdi, könglim kötarildi. Uyuşma rahbariyatiga buning uçun taşakkur. Mazkur xayrli tadbirlar yurtimizda jurnalistlarga bölgan eʼtibor yuksalayotganidan, deb bilaman.
Surxondaryo viloyati ommaviy axborot vositalarida köp yillar mehnat qilgan, vohada eʼtibor topgan Azizali Aliboyev va Jörabek Ramazonov, afsuski, oramizdan erta ketgan hamkasblarimiz. Bayram arafasida uyuşmaning Surxondaryo viloyati bölimi xodimlari marhum qalamkaşlarning oilasidan xabar olişdi.
Azizali Aliboyev “Surxon tongi” gazetasida muxbir, Surxondaryo viloyat prokuraturasining “Adolat tarozisi” gazetasi va “Adolat” televideniyasi birlaşgan tahririyatida boş muharrir lavozimlarida işlagan. Muşohadali maqolalar yozgan, huquqiy mavzudagi körsatuvlarda jamiyatimizda mavjud illatlarni keng yoritgan.
Jurnalist Jörabek Ramazonov matbuotda çop etilgan köplab maqolalarida yurtimizda, xususan, Boysun tumanida amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy sohalarda bölayotgan özgarişlarni qalamga olgandi. Yoşlar tarbiyasi va taʼlim tizimidagi kemtik nuqtalar mavzusida qator materiallar eʼlon qilgan. U “Boysun ovozi” gazetasida uzoq yillar faoliyat körsatgan fidoyi jurnalistlardan biri edi.
Uçraşuvlarda faxriylar va marhum jurnalistlarning oila aʼzolari yurtimizda bölayotgan özgarişlar va inson omiliga körsatilayotgan bunday yuksak ehtirom uçun davlatimizga, uyuşma va uning hamkorlariga minnatdorlik bildirdilar.
Jobir Xöjaqulov.
