Oqqan daryo oqaveradi

Qoradaryo Nazirjon aka yaşaydigan qişloqning etagidan bahorda tölib-toşib, kuzda esa sokin oqib ötadi. Nazirjon aka tongda, baʼzan işdan ertaroq qaytganda, ana şu daryo böyiga tuşadi. Ilgari suv özaniga siğmas edi. Hozir esa… öyga toladi u.

Odamning umri ham daryoga öxşaydi. Ortiga qayt­maydigan öjar oqimga qarab Nazirjon aka beixtiyor otasini eslaydi. Bir umr “bolalarim” deb, sabru qanoat bilan ötgan onasini yodga oladi…

Maktabdan tuman gazetasiga işga çaqirganlarida bir umr hayotim matbuot, qoğoz-qalam bilan boğlanadi, deb öylaganmidi? Andijon tumani gazetasiga muharrirlik qilgan davri, Oltinköl tumani taşkil topganida yangi gazetani şakllantiriş, keyinçalik uni eng öqişli, jöşqin naşrlardan biriga aylantiriş jarayonida köpçilikka boş böliş sinoatlarini örgangan bölsa ajabmas. Tuman ijroqömi raisining örinbosari, keyinçalik çekka hududdagi xöjalikka raislik esa ançayin özgarişlar pallasi, aytiş mumkinki, talotöp davrga töğri keldi.

Nazirjon Saidovni Oltinköl tumani hokimligiga saylaşganida uning qay qobiliyati-yu qanday iş tutumini hisobga olgan bölişsa ajabmas. Bunga oddiy odamlar soddagina qilib “özimizning Nazirjon”, deb javob bergan bölardi. Ha, öşanda namoyon bölgan oddiylik, samimiyat, kattani katta, kiçikni kiçik, deb muomala qiliş madaniyati matbuot darğalaridan “yuqqan” xususiyatlar bölgandir, ehtimol.

Söngra viloyat hokimining örinbosari sifatida ijtimoiy-maʼnaviy, maʼrifiy sohalarga javobgarlik masʼuliyatini zimmasiga oldi. “Andijonnoma” va “Andijanskaya pravda” gazetalariga muharrirlik esa ana şu jarayonning bevosita davomi edi.

Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan madaniyat xodimi, el tanigan, bilgan öşa “özimizning Nazirjon” Saidov bugun Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi Andijon viloyati bölimi raisi vazifasida xayrli işlarga boş-qoş.

Umr deganlari  yugurik daryo suviday oqib ötyapti. Eng muhimi, u ne-ne taşna dillarga hayot bağişlayotir. Undan qança-qança nihollar bahramand bölib, gulga kiryapti, meva beryapti. Mana şuning özi taqdirga bitilgan saodat emasmi?!

“Mustaqilligimizning yigirma sakkiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatçilari hamda işlab çiqariş va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlaş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan bir qança yurtdoşlarimiz qatorida Nazirjon Saidov ham yurtimizda barça sohalarda erişilayotgan ulkan yutuqlarga qöşgan munosib hissasi uçun “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlandi.

Ustoz jurnalist huzurida uni yuksak mukofot bilan muborakbod etar ekanmiz, uning şukronalik bilan aytgan sözlarini qoğozga tuşirişni lozim topdik:

— Mana şu tabarruk zaminda yaşayotgan har bir kişining qalbida, ayniqsa, keyingi uç yil içida davlatdan rozi bölib yaşaş his-tuyğusi kuçaygani yaqqol körindi, — dedi ustoz tölqinlanib. — Muhtaram Prezidentimizning uzoqni köra biliş salohiyati mamlakatimizni yangi, istiqbolli yöllarga olib çiqayotganini biz — ijod ahli har qadamda his etib turibmiz.

Men qişloqda tuğilib ösib, ijod zahmatlarini ozmi-köpmi totgan qalam ahli vakillaridan biri sifatida odamlarning hayot darajasini yaxşilaş yölidagi işlardan baholiqudrat voqif, ularga yelkadoş bölib keldim. Şuni mubolağasiz aytişga burçlimanki, bugun xalqimiz boşiga baxt quşi qöngan kunlarga yetib keldik.

Mamlakatimizda amalga oşirilayotgan tub islohotlarning kölami va şiddati Andijonda ham butun salobati, şijoati bilan öz ifodasini topyapti. Biz, qalamkaşlar esa ana şu mehnatning röyi rost va haqqoniy ifodaçilari bölmoğimizni tobora çuqur his qilyapmiz.

Menga berilgan mukofotni jamiyatimizda el-yurtning xizmatiga kamarbastaman, deydigan har bir fuqaro mehnatiga yaraşa obrö-eʼtibor topişidan dalolat, deb bilaman. Prezidentimizning “Xayrli işlarga hissa qöşaman, deydigan insonlarni boşimizga kötaramiz”, degan sözlariga hayotim misolida yana bir karra iqror böldim…

Ustoz şu gaplarni dilidan ötkazib, tilga çiqarar ekan, közlarida bir çöğ porlayotganini kördik.

…Ha, bu — daryo qirğoğida öyga çömib ötirgan Inson haqida bir çimdim xuş kalom edi. Barini yozsak, bir kitob böladi.

Ğolibjon Abdullayev.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan