Gazetasi yöq millat tilsiz insonga öxşaydi (“Ovozi tojik” gazetasi 95 yoşga töldi)
Markaziy Osiyoda xabar va yangiliklarning gazeta va jurnallarda çop etila boşlaganiga 100 yildan ortiq vaqt ötdi. Texnik imkoniyatlar çeklangan, soha mutaxassislari kamçilikni taşkil etgan bölsa-da, ötgan asrning birinçi çoragidan boşlab bir guruh erkin fikrlovçi, maʼrifatparvar ziyolilarning saʼy-harakati bilan köpgina gazeta va jurnallar naşr etila boşlagan.
Jumladan, mintaqamizdagi yoşi uluğ gazetalardan sanalgan “Ovozi tojik” naşri 1924 yilning 25-avgustida ilk bora çop etilgan. Ayni paytda “Ovozi tojik” gazetasi tahririyati aʼzolari röznomaning 95 yilligini nişonlaşmoqda.
Mabodo bir asr oldingi gazeta va jurnallar hayotiga nazar solsak, ularning taqdiri bir xilda keçmaganligiga amin bölamiz. Şu jihatdan iftixor bilan taʼkidlaş mumkinki, “Ovozi tojiki kambağal” (gazeta dastlab şunday nomlangan) röznomasi XX asr boşlaridagi dastlabki naşrlardan farqli ravişda zafar quçgan edi.
“Ovozi tojik” dastlab Samarqandda çop etildi. Tahririyatda malakali işçi-xodimlar faoliyat yuritdi. Gazetaning ixlosmandlari köpayib bordi. Uning dastlabki sonlaridan boşlab sahifalarida yangi davr tojik adabiyoti va uşbu röznomaning asosçisi Sadriddin Ayniyning maʼrifat va maʼrifatsizlik töğrisidagi maqolalari berib borilgan.
Aytiş joizki, “Ovozi tojik” davriy naşr sifatida sobiq komfirqa bilan bir qatorda respublika hukumati rasmiy naşri ham edi. Uşbu yillarda gazeta turli vaziyat va ziddiyatlarga duç kelgan paytlarni ham boşdan keçirdi.
Mustaqillik yillaridan boşlab Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi “Ovozi tojik”ning boş muassisiga aylandi. Albatta, yangi davr va sobiq tuzum muassis va naşrlari bir-biridan tubdan farq qilar edi. Ammo har qanday şaroitda, har qanday vaziyatda ham gazeta özining doimiy şioriga amal qilib keldi, yaʼni u xalqlar orasida, xususan, özbek va tojik xalqlari orasidagi azaliy döstlik köprigi vazifasini ötab keldi. Bugungi kunga kelib, erkin va ozod faoliyat yuritayotgan kadrlar uçun muvaffaqiyatlar öz eşigini oçmoqda. Ana şunday bunyodkorlik omillari sabab gazetaning bir guruh xodimlari keyingi yillarda hukumatimizning qator mukofot va ordenlari bilan taqdirlanib kelmoqda. Bu öz navbatida har bir işçi-xodimdan öz vazifasiga yangiça nazar bilan boqişni, özini yangi islohotlarning bunyodkori sifatida namoyon etişni talab etadi. Mamlakatimiz tojiklarining ijodiy, ilmiy, madaniy va maʼnaviy hayoti uşbu masalaning bir qismi bölib, “Ovozi tojik” bu masalaga doimiy eʼtibor qaratib kelmoqda.
“Ovozi tojik” — Özbekistondagi tojikzabon insonlarning yagona minbariga aylanib ulgurdi. Taʼkidlaş kerakki, tojik xalqining ijtimoiy va maʼnaviy olami bilan boğliq masalalar naşrning muhim mavzusi hisoblanadi. Çunki tojiklar va uşbu tilda muloqot qiluvçi xalqlar hayotiga doir heç bir masala röznoma nazaridan çetda qolib ketmaydi.
Qöşni davlatlar, xususan, Tojikiston Respublikasi bilan munosabatlarning qaytadan tiklanişi, yurtimiz tojiklarining ilmiy, taʼlim, adabiy va madaniy hayotiga oid ijobiy özgarişlarning közga taşlanişi quvonarli hol, albatta. Bularning barçasi mamlakatimizda amalga oşirilayotgan buyuk islohotlar bilan birga bizning oldimizga köpgina muhim vazifalarni köndalang qöymoqda. Şu örinda uluğ adib Sadriddin Ayniyning jonkuyarlik bilan gazetaning ilk sonida yozgan quyidagi sözlarini esga oliş mumkin: “Qavm tili şaxslar tili kabi oddiy bölmaydi, balki bir millatning tarjima tili bölmoği kerak bölgan vosita bu millat röznomasidir”.
Darhaqiqat, gazeta millat oynasidir. Gazetasi yöq millatni tilsiz insonga mengzaydilar. Şu maʼnoda “Ovozi tojik” röznomasining örni, salohiyati har jihatdan eʼtiborga molikdir.
Tojiboy Ikromov,
“Ovozi tojik” gazetasi boş muharriri örinbosari.
