Axborot sohasidagi madaniyat yuksalişi zarur

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasida Innovatsion rivojlaniş, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qömitasi Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi bilan hamkorlikda «Milliy axborot makonini rivojlantirişda jurnalistika sohasining ustuvor vazifalari» mavzuida davra suhbati taşkil etildi.

Davra suhbatini Oliy Majlis Qonunçilik palatasi Qömita raisi Ilhom Abdullayev olib bordi. Mavzu böyiça filologiya fanlari doktori, taniqli yozuvçi va jurnalist Xurşid Döstmuhammad, Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi raisi Saʼdulla Hakimov maʼruzalari tinglandi. Davra suhbatining asosiy maqsadi sohadagi yutuq va muammolarni taʼkidlaş bilan bir qatorda, ularning yeçimi böyiça, şu jumladan, axborot sohasidagi qonunçilikka bugungi davr talabidan kelib çiqib, maʼlum özgartiş va qöşimçalar kiritiş böyiça takliflarni şakllantirişdan iborat edi. Albatta, milliy axborot sohasining liberallaştirilişi aholining media savodxonligining oşişiga, davlat va jamiyat orasida oçiq konstruktiv axborot almaşinuvini faollaştirişga xizmat qiliş bilan birgalikda jamoatçilik nazorati tadbirlari samaradorligini oşirişga imkon yaratdi.

— Sönggi yillarda axborot sohasiga juda katta imkoniyatlar yaratilmoqda, — dedi taniqli adib Xurşid Döstmuhammad. — Axborot sohasidagi tösiqlar olib taşlangandan söng turli holatlarga duç kelayotganimiz ham bor gap. Lekin uşbu imkoniyatlardan kim qanday foydalanmoqda? Tan olişimiz kerak, biz bu imkoniyatga maʼnaviy, huquqiy, ayniqsa, axloqiy jihatdan tayyor emasligimiz körinib qoldi. Benzinning narxi mabodo 5 sömga oşsa, hamma narsaning bahosi oşib ketişini yoş bola ham biladi. Ammo “Axborotlaştiriş töğrisida”gi Qonunni, axborot sohasidagi özgarişlarni, uning jamiyatdagi rolini hatto eng “nozik”, yaʼni katta davlat idorasida ötirgan ayrim rahbarlar ham bilişmaydi. Ehtimol, bilişni istaşmas ham. Agar istaşganida sönggi payt­larda ayrim hokimlar va ularning örinbosarlari bilan boğliq voqealar bunçalik ommalaşib ketmasdi. Şuning uçun avvalo, axborotdan foydalaniş axloqini ham ommalaştiriş kerak, deb öylayman.

— Bugungi zamonning eng dolzarb muammolaridan biri Internet tarmoği orqali nolegal, noxolis axborotlarning ommaviy holatda tarqatilişiga alohida eʼtibor qaratildi. Jumladan, ijtimoiy tarmoqlardan, tezkor xabarlarni tarqatiş texnik maydonçalaridan, ommaviy axborotlarni tar­qatiş messenjerlaridan fuqarolarning şaxsga doir huquqlari, ayniqsa, ularning şaxsiy hayoti töğrisidagi axborotning daxlsizligi qöpol ravişda buzilgan holda foydalaniş holatlari köplab uçrayotir.

Eng xavflisi baloğat yoşiga yetmagan bolalar va yoşlar uçun ham bunday nolegal axborotlarning yetib borayotganidir. Yoşlar rivojlanişining fizi­o­­logik va psixologik xususiyatlarini hisobga oladigan bölsak, ular baʼzida Internet tarmoğidagi qonunga xilof ravişda berilayotgan axborotlarning qurboniga aylanib qolmoqda, dedi öz çiqişida Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi raisi Saʼdulla Hakimov.

— Amaldagi qonunçiligimizda axborot sohasida qonunbuzarlikka yöl qöyilganligi uçun Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksining 6 ta moddasida, Jinoyat kodeksining 13 ta moddasida javobgarlik belgilangan, — deydi “Nuroniy” gazetasi boş muharriri Olimjon Ösarov. — Aytiş lozimki, uşbu javobgarlik turlari fuqarolarning söz erkinligi bilan boğliq konstitutsiyaviy huquqlarini çeklaşga qaratilmagan. Aksinça, ular insonning şaʼni, qadr-qimmati, işçanlik obrö-eʼtiborining boş­qalar tomonidan poymol qilinişining oldini oliş bilan boğliqdir.

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan «Pravda Vostoka» gazetasi boş muharriri Salim Doni­yorov, «Adolat» gazetasi boş muharriri Islom Hamroyev va boş­qa jurnalistlar öz taklif-mulohazalarini bildirdilar.

Şu bilan birga, alohida taʼkidlandiki, OAVlarida eʼlon qilinayotgan tanqidiy çiqişlarga tegişli hokimiyat, idora, vazirlik va prokuratura organlarining munosabati salbiy ahvolda. Axir, Jinoyat protsessual kodeksining tegişli qismida matbuotda eʼlon qilingan materiallarda qonunçilik tamoyillariga xilof holatlar eʼlon qilingan bölsa, prokuratura organlari zudlik bilan nazoratga olişi lozimligi körsatib ötilgan. Ammo buning uçun prokuratura idoralari hamon tahririyatlardan alohida xat kutib ötirişi töğrimi? Bunday ahvolga Oliy Majlis Qonunçilik palatasi ham öz vakolati doirasida munosabat bildirişi zarurligi ham aytildi.

Davra suhbati yakunida iştirokçilar tomonidan milliy axborot makonini yanada barqaror rivojlantiriş maqsadida axborot sohasidagi qonunçilikni yanada takomillaştiriş yuzasidan tegişli takliflar örtaga taşlandi.

Öz muxbirimiz.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan