Maʼnaviy merosimizga tayanaylik!

Ötgan yillar davomida milliy istiqlol ğoyasi xalqimizning milliy tiklanişiga xizmat qildi. Ğoyaviy kuraşlarda xalqimizni birlaştirdi, buzğunçi ğoyalar mohiyatini anglaşda, ayniqsa, yoşlarimiz ongu tafakkurini boyitişda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2017 yildan boşlab Özbekiston öz taraqqiyotining yangi – Milliy yuksaliş bosqiçiga kirdi. Konstitutsiyamizga asoslangan, xalqimizning manfaatlariga javob beradigan mamlakatni rivojlantirişning Harakatlar strategiyasi amaliyotga kiritildi. Keyingi yillarda erişilgan yuksak marralar xalqimiz hayotini farovon qilişga qaratilgan islohotlar samaralarini yaqqol körsatmoqda.

Harakatlar strategiyasida belgilangan “Milliy tiklanişdan — milliy yuksaliş sari” degan ustuvor ğoya asosida “Obod qişloq”, “Obod mahalla”, “Yoşlar — kelajagimiz”, “Beş ijobiy taşabbus” kabi dasturlarning hayotga tatbiq etilişi aholini yangiça fikrlaş va işlaşga safarbar etişda muhim rol öynamoqda. Buning natijasida, mamlakatning eng çekka hududlari, markazlardan olisda joylaşgan qişloqlarning ham meʼmoriy qiyofasi tubdan yangilanib, aholining turmuş farovonligi yuksaltirilmoqda. Soğliqni saqlaş, madaniyat va sport, ilm-fan, ayniqsa, taʼlim-tarbiya sohalarida bölayotgan ulkan özgarişlarga barçamiz guvoh bölib turibmiz. Ammo şu bilan birga, hamon yeçimini kutayotgan muammolar ham yöq emas.

Joriy yil 12 sentyabr kuni “Xalq sözi” va “Norodnoye slova” gazetalari tahririyati majlislar zalida ötkazilgan tadbirda şular haqida söz bordi. “Milliy tiklanişdan — milliy yuksaliş sari — taraqqiyotimizning maʼnaviy asosi” deb nomlangan Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi taşkil etgan mazkur seminar mavzusi Prezidentimizning joriy yil 8 apreldagi “Özbekiston taraqqiyotining yangi bos­qiçida milliy ğoyani rivojlantiriş konsepsiyasini işlab çiqişga doir çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoyişi hamda davlatimiz rahbarining şu yil 3 maydagi “Maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligini oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori ijrosiga qaratildi.

Unda Özbekiston Jurna­listlari ijodiy uyuşmasi va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi masʼul xodimlari, maʼnaviy-maʼrifiy soha, markaziy ommaviy axborot vositalari vakillari, ayrim internet jurnalistikasi vakillari iştirok etdi.

Seminarda qayd etilganidek, mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyati, respublikamizning dunyodagi rivojlangan davlatlar qatoridan munosib örin egallaşi, millat yakdilligini taʼminlaş, milliy ğoya barça sohalar qatori, ommaviy axborot vositalari rivoji media-tuzilmalarda faoliyat yuritayotgan jurnalistlarning bilim va malakasi, öz işiga masʼuliyati, fidoyiligiga ham boğliq.

Globallaşuv jarayonining şiddat bilan tus olişi oqibatida ösib kelayotgan yoşlar orasida turli yot ğoyalar şakllanişining oldini olişga qaratilgan çora-tadbirlar mamlakatimizda röy berayotgan yangilaniş surʼatlaridan ortda qolmoqda. Dunyo­da yuz berayotgan murakkab mafkuraviy va geosiyosiy jarayonlarni anglaş darajasining yetarliça şakillanmagani odam savdosi, ekstremizm, “ommaviy madaniyat” va narkobiznes kabi tahdidlarga qarşi kuraşişda milliy ğoya omilidan foydalaniş imkoniyatini bermayapti.

— Maʼnaviyat — mamlakatning haqiqiy mafkuraviy ustuni. Uni himoya qilib, uzluksiz maʼnaviy tarbiyani yölga qöyişimiz kerak, — deydi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bölim mudiri Ergaş Daminov. — Biz bugun ommaviy axborot vositalari orqali, maqsadli, tizimli işlarni yölga qöyolganimiz yöq. Milliy maʼnaviyatimiz asosi bölgan allomalarimiz ijodi, faoliyatini çuqur örgangan olimlarning çiqişlari matbuotda ham, teleradioda ham deyarli körinmayapti. Jurnalistlar, tahririyatlar ana şunday kuçli mutaxassislar, olimlar bilan doimiy muloqotda bölib, buyuk allomalarimizning merosini xalqqa, kelajak avlodga yetkazib turuvçi vosita bölişi kerak. Har bitta mavzuning egasi bölgan olimlarimiz bor. Ana şunday hamkorlikning yölga qöyilmagani oqibatida jiddiy xatolarga yöl qöyilmoqda. Masalan, yaqinda telekanallarimizdan birida, töğridan-töğri efirda “Imom Buxoriy hazratlarini tört marta öz yurtidan quvilgan” degan xato maʼlumot berib yuborildi. Vaholanki, aslida bunday bölmagan. Saroyga borib saboq berişni özlari istamagaç, şoh mayli, kelmasa, ketaversin degan mazmunda gapirgan, xolos. Tarixiy haqiqatni bu tarzda buzib talqin etiş yoşlarda qanday taassurot qoldirişini öylab köriş zarur. Janubiy Koreya­dan kelgan bir mehmon yigit menga bir ruçka sovğa qildi. Unda şu yurtning milliy qahramoni Jumongning haykalçasi surati bor edi. Bu ham milliy ğoya tarğibotining bir körinişi. Biz aynan şu masalada oqsayapmiz. Köça-köyda mentalitetimizga butunlay yot bölgan reklamalar aks etgan pannolar köp uçramoqda va bu yoşlar maʼnaviyatiga salbiy taʼsir etayotgani sir emas. Matbuot, televideniye va radio ana şunday hayotimizga nomunosib reklamalar tar­ğiboti bilan emas, aksinça, milliy qadriyatlarimizga yot bölgan bu kabi reklamalardan voz keçiş töğrisida çiqişlar qilişi kerak. Asrlar silsilasidan ötib kelgan milliy qadriyatlarimiz, xalq­ni ortidan ergaştira olgan oqsoqollar, kayvonilar, kerak bölsa, ibratli qaynonalar, oilalar haqida maqolalarni köpaytirişimiz lozim. Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar milliy ğoya xalqimizning kuç-qudratiga aylanişi uçun şaroit yaratdi. Endi gap milliy ğoyani har bir özbekistonlikning niyatiga va harakatiga aylantirişda…

Tadbirda ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan bölar-bölmas xabarlar va ularning oqibati xususida ham söz bordi. Taʼkidlanganidek, yaxşi fikr yaxşilikka, yomon fikr yomonlikka yöl oçadi. Axborot maydonini nuqul negativ fikr­laydiganlar egallab olmasligi uçun pozitiv, nekbin mazmundagi mavzular bilan mutanosib töldirişga alohida eʼtibor qaratmoğimiz zarur. Negaki, kattalar ham, bolalar ham yaxşi-yomon fikrlardan taʼsirlanadi. Odamlar bir-biri bilan ijtimoiy tarmoqda tortişadi, aytişadi, urişadi. Lekin hamma ham bu negativ fikrlardan boşlangan ğoyalar kuraşi ekanini ang­lamaydi.

Yuqorida nomi keltirilgan farmoyiş va qaror orqali sohadagi muammolarni bartaraf etiş böyiça milliy ğoya mavzuida adabiyotlar yaratiş, milliy ğoyani rivojlantiriş borasida ilmiy izlanişlar olib boriş va bu boradagi tarğibot-taşviqot işlarining sifatini taʼminlaş maqsadida qator tadbirlar amalga oşirilgani ham qayd etildi.

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengaşi faoliyatining asosiy yönalişlari xususida ham söz yuritildi. Maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligini yanada oşiriş, aholining intellektual salohiyati va dunyoqaraşini yuksaltirişga, mafkuraviy immunitetini mustahkamlaşga doir çora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Dastur doirasida respublika böylab “Maʼnaviyat festivali”, “Yilning eng faol maʼnaviyat tarğibotçisi” tanlovi ötkazildi. “Bu yilda öqiş zarur bölgan 100 ta kitob” röyxati tuzildi. “Maʼnaviyat fidoyisi” kökrak nişoni taʼsis etildi. Uzluksiz maʼnaviy tarbiya konsepsiyasi hamda jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitning holatini aniqlaş va manzilli soğlomlaştiriş metodikasi işlab çiqilmoqda.

Oçiq muloqot tarzida ötgan seminarda jurnalistlar kötarilgan masalalar böyiça öz fikr-mulohazalarini bildirdilar, tegişli taklif va tavsiyalar qabul qilindi.

Xolida Ahmadjonova.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan