Qobiqdagi aks-sado
Olimlarning fikriga köra, zamonaviy jurnalistikaning rivojlanişi önbeşinçi asrda Germaniyaning Mayns şahrida bosma maşinaning ixtiro qilinişi bilan boğliq. Bölsa bordir. Ammo jurnalistikaning dastlabki vazifasi xabar va maʼlumot beriş bölganini hisobga olsak, uning umri yozuvning kaşf etilişi bilan teng.
Bugunga kelib bu faoliyat turi insonlarning öy-fikrlari, qiziqişlarini aniqlab beruvçi öziga xos barometr vazifasini ham bajarişini anglab qolasiz. Mazkur barometrning qanday işlaşini bizning şaroitimizda sinab köriş qiyin. Çunki çop etilayotgan gazetalar ham, telekörsatuv hamda ijtimoiy tarmoqlar bir-birlaridan kam farq qiladi. Ha, töğri bir paytlar, aytaylik, öşa cobiq Ittifoqning sönggi yillarida gazetalar, telekörsatuvlar, radio eşittirişlar juda jonlanib ketdi. Öşa yillari respublikamizning “Fan va turmuş” jurnali adadi salkam bir neça yuz ming nusxaga çiqqani ham bor gap. “Yoş leninçi” (hozirgi “Yoşlar ovozi”)ni aytmaysizmi, qandayam öqişli gazeta edi-ya. Hozir-çi, ayrim gazetalarning bor-yöqligini birov bilib, birov bilmaydi.
Yaqinda “Muştum” jurnalining Boş muharriri Nosirjon Toşmatov bilan bir yiğinda uçraşib qoldik.
— Qalay, ijodning gaştini surib yuribsizmi? — deyman qölini olib.
— Qalay emas, oltin, — deydi Nosirjon. — Bir-ikkita masalalar bor, şularni hal etib olsak, işimiz yurişib ketadi. Masalan, obuna işi. Bizning esa obunani şakllantiradigan kuçli “riçag”larimiz yöq. “Riçag” bu — xalqqa manzur çiqişlar emasmi? — deyman uni bahsga çorlagandek bölib. — E, aka deydi u kulib, bilasiz-ku, bugunga kelib naşrlar uçun obuna qiliş, matbuot naşrlarini tarqatiş va savdo tizimi oğziga suv tomiziş holatiga tuşib qolgan. Aslida, juda köp jurnalxonlarning öz manzillariga obuna bölişmayotganining asosiy sabablaridan biri ham şu. Obuna bölsangiz ham gazeta-jurnal uyingizga yetkazib berilmaydi. Çunki minglab aloqa bölimi xodimlari örni qisqarib ketgan. Uyga yetkazib berilmagandan keyin nima qildim, undan köra “kioska”dan olaman, deydi-da öşa obunaçi. Mana şu joyda esa yana bir muammo çiqadi: viloyatlardagi juda köp joylarda öşa “kioska”ning özi yöq… Şundan keyin kuningiz… Baʼzi kinofilmlarda körgansiz: gazetaning yangi sonini osmonga kötarganlariça baqirib-çaqirgan bolakaylar xaridor qidirişadi. Biz ham bugun jurnalning asosiy qismini ana şu taxlitda sotyapmiz. Bular ham mayli, bir kun kelib iziga tuşib ketar. Bosma ommaviy axborot vositalarining faoliyati bilan boğliq odamning ruhini tuşiradagin boşqa bir jihat borki, unga davlat tomonidan eʼtibor berilmasa, “Muştum”ning, şuningdek, boşqa naşrlarning ham boya siz aytgan “muşt”lari zarbasiz bölib qolaveradi. Bu — çop etilayotgan tanqidiy maqolalarga nisbatan munosabat. Jurnalning deyarli har bir sonida tanqidiy maqola bosamiz. Ularda tilga olingan na hokimiyatlar, na sudlar, na prokuratura va na boşqa köplab taşkilotlar, avvalo, tilga olingan masalaga nisbatan lom-mim deyişmaydi, lom deyişsa ham mimni buzib aytişadi: javobgarlikni his etişmaydi. Bunday borişda mustaqil bosma naşrlarning xalq içidagi obrösi öşa xalqning özi aytgan “…karvon esa ötaveradi” kabi ahvolga tuşib qolişi heç gap emas.
Darvoqe, mavzudan biroz çalğidik şekilli. Matbuotning jamiyat hayotidagi barometrlik vazifasi haqida gapirayotgan edik. Bugungi gazetalarimiz özlarining “segment”lariga — öquvçilariga egami? Öz-özimga ana şu savolni berar ekanman, xayolimdan bir paytlar Buyuk Britaniyadagi “Bi-bi-si” teleradiokompaniyasiga malaka oşiriş uçun borganimda körgan va tinglaganlarim yodimga tuşadi. Masalan, Londonda «San» («Quyoş») degan gazeta çop etiladi. Gazeta oldi-qoçdi voqealarni yozadi. Asosan aktrisalar, modelyerlar, aktyorlarning hayoti, ularning qiziqişlari, hoyu havaslari, kim-kim bilan yaqin munosabatda-yu, kimning jazmani taşlab ketgani haqida. Gazetaning kunlik adadi ikki minginçi yillar boşida tört million nusxani taşkil etardi. 2016 yil sanasiga köra bu körsatkiç 1 million 611 ming 464 taga yetgan. Demak, bosma naşrlar inqirozi nafaqat bizda, şuningdek, ğarb davlatlarida ham yuz bermoqda. Şunga qaramay, bugun ham öşa ölkalarda ertalablari metroga çiqsangiz örindiqlar ustida, vagonlarning oyna çetlarida turli gazetalarni, eng köpi esa, «San» gazetasini köriş mumkin. Yölovçilar poyezdga ötirayotib gazetalarni varaqlaşadi. Öqigani öqiydi, öqimagani köz yugurtirib, ötirgan joyiga taşlab ketaveradi. Boşqaça aytganda, kamxarj talaba metroga tuşiş uçun pul topsa böldi. Manziliga yetgunça bugungi yangiliklardan bemalol xabardor bölişi mumkin. Bizda ham metro bor. Bizda ham gazetalar bor. Ammo Angliyadagi kabi gazetxon yöq. Bizning metrolarimizdagi yölovçilarning qöllarida gazeta yoki jurnalni emas, oğir-oğir yuk xaltalarni körasiz. Ularning közlari kim nima kiygani-yu, xaltasida nima ortmoqlab borayotganida böladi…
Umuman, Angliyada önlab gazeta-jurnallar çop etiladi. Ular orasida butun jahonga maşhur gazetalar borki, bu naşrlar barçasi xususiy yoki aksioner guruhlarga qaraydi. «Tayms» va «Gardian» gazetalari liberal gazetalar hisoblanib, yuksak saviyadagi axborot vositasi sanaladi. «Deli telegraf» ham ommaviy gazeta bölib, kunlik adadi öşa ikki minginçi yillarda 1,041 ming nusxani taşkil etardi. 2018 yil maʼlumotiga köra, mazkur gazetaning bir kunlik adadi 363 ming 183 taga tuşib qolgan. «San», «Miror», «Deyli Meyl» kabi «oldi-qoçdi» gazetalarning nufuzi ham yildan-yilga pasayib bormoqda. Ammo bu degani jamiyatda intellektual fikr, voqea-hodisalardan köra oldi-qoçdi gaplarga, birovlarning şaxsiy işlariga aralaşiş, oilaviy sirlarini bilişga qiziqiş kamaydi degani emas. Agar bir paytlar bu kabi barometr rolini yuqoridagi kabi gazetalar bajargan bölsa, bugun ular örnini televideniye va ijtimoiy tarmoqlar egalladi desa böladi. Buni «Bi-bi-si»ning bir yillik byudjeti keyingi yigirma yilda 2 milliard funt-sterlingdan qariyb 5 milliardga ösganidan ham bilsa böladi. Mazkur byudjet har bir xonadon yoki taşkilotdagi telenuqta hisobidan yiğiladi. Bitta telenuqta 100 funt-sterling(yigirma yil ilgari) turadi. Demak, televideniye xarajatlarini 20 million xonadon va taşkilot tölaydi. Öşa 20 millionta xonadon pul tölayaptimi (yana oldindan), demak, odamlar uni körişayapti.
Bu haqda «Gardian» gazetasiga maqolalar yozuvçi, mustaqil jurnalist Marsel Berleks bizga şunday degani hamon yodimda: Malika oilasidagi voqealarga qiziqiş, taniqli kişilarning şaxsiy hayotiga aralaşiş, ularning maoşlari, taniş-bilişlari, jazmanlari haqida yoziş muammoga aylanib qoldi. Ayniqsa, malika Diana ölimidan keyin. Jurnalistlar ana şunday narsalar haqida köproq yozişni istaydilar. Çunki, bularning hammasi anʼana. Şunga qaramay, jurnalist odamlarning şaxsiy hayotiga qay darajagaça aralaşişi mumkin, degan muammo mavjud. Masalan, Fransiyaning sobiq prezidenti Mitteran qonuniy nikohida bölmagan xotin bilan yaşagan. Undan qizi ham bölgan. Ammo bu haqda Fransiya matbuoti öz vaqtida lom-lim demagan. Bizda esa bunday emas. Bizni kim boşqarayotganini bilişimiz kerak. Davlat tepasiga kelgan har bir odamning ötmişi va bugunini jamoatçilik, albatta, bilişi zarur. Nega? Çunki, turli «miş-mişlar»dan köra, bor gapni gazetada öqigan maʼqul. Zotan, angliyaliklar turli «miş-miş»larga, ayniqsa, er-xotin örtasida böladigan sir-asrorlarga juda qiziqişadi. Mayli, bular haqida gazetalar yozsin, nima qipti? Yolğon bölsa, sud oldida javob beradi. Katta miqdorda tovon tölaydi. «San» gazetasi siyosatçi Elton Jonning baʼzi bir noinsoniy xatti-harakatlari haqida yozdi. Axborot notöğriligi tufayli gazeta 1 mln. funt sterling miqdorida tovon töladi… Yoki şu gazetaning özi Diananing jazmani haqidagi maqola uçun 20 ming, suratning soxtaligi uçun 500 ming funt-sterling tovon töladi».
Körinib turibdiki, «San», «Miror», «Deyli telegraf» kabi işqiboz gazetalarning nufuzi keyingi yigirma yilda tuşib ketganiga Marsel Berleks aytganidek, taniqli kişilarning şaxsiy hayotiga aralaşiş, ularning maoşlari, taniş-bilişlari, jazmanlari haqida yoziş muammoga aylanib qolişidan taşqari ijtimoiy tarmoqlarning rivojlanişi ham asosiy sabablardan biri bölgan desak adaşmaymiz. Bu degani kelajakda bosma matbuot inqirozga uçraydi, degani emas, albatta. Çunki ijtimoiy tarmoqlardagi bitiklar nari borsa uç kunlik yo tört-beş kunlik. Tarixni esa biz istasak-istamasak, bosma naşrlar darj etadi. Kuningdan bir kun qolgunça oş ye deganlaridek, «kunidan bir kun qolgunça qölida gazeta uşlab jon beradigan»lar hali bor. Marsel janoblari aytganlaridan biz bir narsani, barça nizolar sud orqali hal etilişi lozimligini özimizga singdira bilsak, boşqa köp narsalar öz-özidan hal böladi, deb öylayman. Ommaviy axborot vositasi birinçi navbatda Jarçi! Mabodo jarçi elu yurtga yolğon jar solsa, öşa yolğoni uçun javob berişi kerak. Bizda hali bu narsalar odat tusiga kirganiça yöq. Töğri, onda-sonda falon gazetani yoki jurnalistni sudga berişibdi, degan gaplar quloqqa çalinib qoladi. Ammo bu işlar oxirigaça yetkazilmaydi: oqi oqqa, qorasi qoraga ajratilganlari kam uçraydi. Angliyalik jurnalist Tereza xonim aytadiki, xolislik, rostgöylik jurnalistning birinçi fazilati bölişi kerak. Agar öşa Tereza xonim bizning işimizga: yozayotgan maqolalarimizga, körsatuv va eşittirişlarimizga ana şu mezon bilan yondaşadigan bölsalar, boşini çangallab qolişlari turgan gap. Çunki, nafaqat Tereza xonim, balki, özimiz ham qayerda xolismiz-u, qayerda rostgöymiz, köpinça farqlab olişimiz qiyin. Şu bois eng ommaviy gazetamizning nufuzi 70 mingdan oşmaydi. Bu qariyb 35 million xalq uçun. Biz jurnalistlar, muharrirlar, arboblar hanuzgaça öz içimizda «ikki yoki undan ortiq kişi bölib» maqola yozamiz, körsatuv tayyorlaymiz. Birimiz aytmoqçi bölgan haqiqatni ikkinçimiz inkor etamiz. Uçinçimiz esa bu haq söz gazeta yuzini körmasdanoq burda-burda qilib taşlaymiz. Har birimizning muştdek yuragimiz yonida kalladek senzura — qörquv yaşaydiki, u nafaqat siz bilan meni, eng açinarlisi, butun bir jamiyatni asta-sekinlik bilan fikrlaşdan, taşabbusdan uzoqlaştiradi, maʼnan yemirib boradi… Darvoqe, şu paytgaça biz senzurani yöqotganlarimiz sirasiga elburutdan qöşib qöygan ekanmiz, holbuki, u qalbimizda, yuragimizda in qurib yaşamoqda.
Xöş, bizning gazeta va jurnallarimizni bozorbop mahsulotga aylantiriş uçun nima qiliş kerak? Buning uçun aslida köp narsa kerak emas. Şunçaki, bor gapni yozişni örganişimiz zarur, xolos. Ammo ana şu bor gapni yozişni örganiş, ha, aynan örganiş biz uçun juda katta dovon. Afsuski, bugun yoşi qirq bilan 70 örtasida bölgan jurnalistlarimizning, agar ular orasida bitta-ikkita bölmasa, aksariyatimiz bor gapni yozişga örganmaganmiz. Buning misoli sifatida sobiq SSSRda bölib ötgan qayta quriş yillarini eslaş kifoya. Öşa yillari juda köp respublikalarning jurnalist va yozuvçilari bir paytlar yozib taşlab qöygan roman, hikoya, şeʼr, publitsistik maqolalarini birin-ketin eʼlon qila boşladilar. Moskvada naşr etilgan «Novыy mir», «Znamya», «Roman gazeta» kabi jurnallar, önlab gazetalar yozuvçi va jurnalistlarning «yozuv stoli» uçun yozgan asarlarini çop eta boşlaşdi.
Bizning matbuotimizda, naşriyotlarimizda çop etiş uçun qaçonlardir yozilib, tayziqqa uçragan yoki şunçaki turli sabablarga köra naşr etilmay qolib ketgan biror-bir jiddiy asar yoki turkum maqolalar topilgani yöq. Albatta, yuqorida «bizning köpçiligimiz rost gapni yozişni örganmaganmiz» degani «bilmaymiz» degani emas. Bir qator ustoz yozuvçilarimiz, jurnalistlarimiz öz davrida bor gapni qoyillatib yozişgan. Şuning uçun ularning köplari qatağon qilindi, yillab qamoqlarda yotişdi, olis yurtlarga badarğa etildi. Ularning barçalari bizning haqiqiy topgan va yöqotganlarimizdir. Men ularning nomlarini keltirib ötirmayman. Ularni hamma biladi. Öşanday qatağonlar, öşanday qama-qamalar qolganlarning ham yuragini olib qöygan. Şu bois rost gapni aytişni garçi bilsak-da, aytmaganmiz. Xalqda «qolgan işga qor yoğadi» degan gap bor. Şunga öxşab yuragimizdagi rost gaplar aytilmay qolib ketaverdi, qolib ketaverdi, ularning ustiga esa qança-qança qorlar yoğib, izlar bosilib ketdi. Oxiri kelib esa qaysi rost gapu, qay biri xuşomad, qaysinisi yolğon ekanini ham ajratolmay qoldik.
Yurtimizda hurriyat şamollari esganiga öttiz yilça bölyapti. Öşa şamolning dastlabki epkinini his qilgan ön yaşar bola bugun qirçillama yoşda. Öşa paytda maktab öquvçisi bölgan bugun katta bir gazetada, radio-televideniyeda muharrirdir, muallifdir. Undan kattaroqlar esa ulardan-da kattaroq lavozimlarda, vazifalarda mehnat qilişyapti. Axir, ular bugun yetmişboy, saksonboy, ellikboylar körgan tayziqlarni körişgani yöq-ku! Mustaqillik uçun qatağon bölgan yozuvçi-şoirlar, allomalar haqida faqat öqişgan, eşitişgan. Ammo hali-hanuz biz istagan, biz xohlagan bor gap ularning oğzidan çiqqaniça yöq.
Aytişingiz mumkin: sizningça nima haqda gapirilmay qolib ketyapti? Qaysi muammolar jurnalistlarimizning nazaridan çetda?
Umuman olganda, jurnalistlarimiz tilga olmayotgan sohalar, hatto muammolar ham yöq hisobi. Hamma narsa haqida gapirilyapti. Aytiş mumkinki, muhokama ham etilmoqda. Ammo ana şu sohalar, muammolar xususida bir xil gapiriladi. Masalalarning mohiyatiga çuqur kirib borilmaydi. Eng asosiysi, kötarilayotgan masalalarga nisbatan jurnalistlarimizning munosabatlari, öziga xos pozitsiyalari sezilmaydi. Öqituvçining baxtiyorligi haqida yozilgan maqola bilan fermer muvaffaqiyatlari haqidagi maqola bir xil uslubda yoziladi. Soxta pafos, öylab topilgan jumlalar qalaştirib taşlanadi. Öqib çiqasizu yodingizda heç narsa qolmaydi.
Har xil fikr qaçonki, u tovuş çiqarib aytilsagina har xil böladi. Zotan, xolis va haqçil gapni heç kim tösib turgani yöq. Uni özimiz aytişdan istihola qilamiz.
— Öşa butun dunyoga «Temir xonim» deb nom çiqargan Margaret Tetçerning mamlakatni qayta qurişi uçun bor-yöği ön yil kerak böldi, — deydi Julya Monten. — Ana şu vaqt mobaynida davlat tasarrufidagi mulkning teng yarmi xususiy qöllarga ötdi. Bu tadbir natijasida Angliya 30 milliard funt-sterling foyda kördi. Millionlab aksiya egalari paydo böldi. Amerikalik publitsist Elvin Toffler tasvirlagan «kurrai zamin şitob bilan özining eng sönggi halokatli silkinişiga yaqinlab borayotgan» bir paytda mamlakatni gullab-yaşnaşiga olib kelgan sabablar nima edi? Sirasini aytganda, bu sabablar unçalik ham yangi sabablar emasdi. Aytaylik, ulardan biri tadbirkorlikni har tomonlama qöllab-quvvatlaş. Yoki yana bir sabab, bu — davlatning iqtisodiy hayotga aralaşuvini öta kamaytiriş, xususiy mulkni köpaytiriş. Asosiy sabablardan yana biri har kim öz-özini moddiy jihatdan taʼminlaşi şart qilib qöyildi. Davlat faqat nogironlarga yordam berişi aytildi. Albatta, bulardan taşqari ham sabablar bölgan. Masalan, jamiyat uçun zarar keltiradigan har qanday iş taşlaşlar qatʼiyan man etildi. Körib turganingizdek, yuqoridagi «sabablar» mamlakat iqtisodiy-siyosiy hayotiga «davlat qöli» bilan joylaştiriladigan bölsa, ular özining ijobiy samarasini yöqotişi mumkin. Buni, bugun juda köplab bozor iqtisodiyotiga ötayotgan mamlakatlar tajribasida köriş mumkin. Bu «sabab»lar, avvalo, jamoatçilik, birinçi navbatda, axborot vositalari yordamida özini özi erkin boşqarişi lozim.
Şunday ekan, Julya Montenning sözlari odamni öylatadi.
Bu hayotda, qança-qança samimiyatlar sönar ekan. Qança-qança mehr-oqibatlar barham topadi… Ana şu samimiyatlarning sönib ketmasligi, ularning ahvolidan köpçilikni xabardor qilib turuvçi bir qatlam — betaraf qatlam bölmoği lozim. Bu qatlam dunyo va insoniyat uçun mehnat qilsin. Bu qatlamni ziyoli xalqi taşkil etsa, jurnalist, jurnalistika ana şu qatlamning qobiği bölsinki, jamiyatdagi har bir hodisa ana şu qobiqqa urilib aks-sado bersin.
Zero, yurtimizda keyingi uç yil içida olib borilayotgan işlar şunday deyişimizga asos böla oladi.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev barça sohalarda bölgani kabi matbuot va OAVlari faoliyatiga ham katta eʼtibor, kuç berdi. Bugungi yangilanişlar, özgarişlar qalam ahlidan ham halollik va xolislik bilan izlaniş, ijod qilişni taqozo etmoqda.
Yoqubjon Xöjamberdiyev.
