Navbatdagi PRESS-TUR Konimex tumanida ötkazildi
Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi Navoiy viloyati bölimi taşabbusi bilan şahar-tumanlarda ötkazilayotgan Press-turning navbatdagisi Konimex tumanida bölib ötdi. Mahalliy va respublika OAV vakillari – 20 nafar jurnalist iştirok etgan tadbir davomida qatnaşçilar tumanda amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy özgarişlar, bunyodkorlik işlari bilan tanişişdi.
Darhaqiqat, bugungi kunda 37 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qilayotgan hudud taraqqiy etmoqda. Ayniqsa, sönggi ikki yil içida tumanga investorlarning taşrifi, qolaversa, mahalliy tadbirkorlarning loyihalari köpayib, yangi-yangi zamonaviy korxonalar faoliyat boşlayapti.
Naslli qoramolçilik, yöl va binolar qurilişida işlatiladigan mahsulotlar işlab çiqariş hamda issiqxonaçilik yönalişidagi “Konimex Nasl Chorva” Özbekiston — Eron qöşma korxonasi, “Navoiy Gips Xomashyo”, “Riverstone Powders”, “Konimex — Askomj” masʼuliyati çeklangan jamiyatlari bugungi kunda hududdagi istiqbolli korxonalardan sanaladi. Press-tur doirasida jurnalistlar mazkur korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanişib, tadbirkorlar, investorlar hamda işçi-xodimlar bilan muloqot olib borişdi.
— Yaqinda Özbekistonda 50 yil davomida biznes yuritiş borasida şartnoma imzoladik, — deydi eronlik investor Xassan Şabanali. — Yurtingizda Navoiy viloyatining töliq erkin iqtisodiy hudud, deb eʼlon qilingani bizni öziga jalb etib, Konimexda iş boşlaganmiz. Bu yerda ming boşgaça qoramol parvarişlaş siğimiga ega zamonaviy qoramolçilik binosini taşkil etayapmiz. Kuni keça tuman hududidan bizga ming gektar yer ajratib berildi. Mazkur daşt yerlarida tomçilab suğoriş orqali ozuqa yetiştirişni yölga qöyamiz.
Ötgan yildan buyon faoliyat yuritayotgan “Riverstone Powders” MÇJ MP-1 markali aktivlaştirilgan mineral kukun işlab çiqaradigan yurtimizdagi yagona subʼyekt sanaladi. U işlab çiqarayotgan mahsulot yöl quriliş korxonalariga yetkazib berilmoqda. Mazkur modda asfalt qoplamaga qöşilgaç, yölning çidamlilik darajasini ikki barobarga oşiradi hamda undan foydalaniş muddati ham şunçaga köpayadi. Uşbu korxona bugungi kunda faoliyatini kengaytirib, Markaziy Osiyo böyiça öz mahsulotlarini eksportga çiqariş harakatida.
Jurnalistlar tadbir davomida nafaqat iqtisodiy soha, balki tumanning ijtimoiy hayoti bilan tanişiş maqsadida “Kenimex tanы” gazetasi tahririyati, tuman Bolalar va ösmirlar sport maktabi faoliyati, qolaversa, Davlat xizmatlari hamda Maʼnaviyat va maʼrifat markazlarining yangi binolarini borib körişdi.
Press-tur yakunida tuman hokimi Muratxan Egamqulov iştirokida matbuot anjumani taşkil etilib, jurnalistlar özlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan tuman rahbari bilan yuzma-yuz muloqot olib borişdi.
Tuman markaziy bozoridagi savdogarlarning noroziligi qanday yeçim topgani, tuman gazetasi faoliyatiga eʼtibor qaratiliş-qaratilmasligi, investorlarni jalb qiliş borasida yana qanday işlar olib borilayotgani, joriy yilda tumanga qöşib berilgan hudud — Zafarobod qörğonida aholi uçun qanday özgarişlar amalga oşirilayotgani kabi savollar anjumanga qizğin ruh bağişladi.
— Yaqin uç yilda Konimex çorvaçilikka ixtisoslaşgan tumandan sanoatlaşgan hududga aylandi, — dedi M.Egamqulov. — 2019-2020 yillarda tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş dasturiga asosan 25 ta loyiha amalga oşirilmoqda. Mahalliy tadbirkorlarning taşabbuskorligi tobora oşayotgani va tumanga töğridan-töğri xorijiy investitsiyalarni jalb etiş böyiça işlar jadallaşganini inobatga olsak, natijalar rejadan ham köra salmoqli. Xususan, bugungi kunda tuman hokimligi va Kanada, Ukraina, Gretsiya, Xitoy va Hindiston kabi davlatlarning bir qator kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilmoqda. Ular muvaffaqiyatli yakun topsa, sutni, junni hamda qöy terisini qayta işlaş, granulalangan tuz işlab çiqariş, mavjud mahsulotlarni eksportga çiqariş kabi yönalişlarda yangi va zamonaviy korxonalar taşkil etiladi.
— Konimex ijtimoiy tarmoqlarda viloyatimizning eng köp tanqidga uçrayotgan hududlaridan sanaladi, — deydi biz bilan suhbatda “Navoiy yoşlari” gazetasi muharriri, tadbir iştirokçisi Sanjar Qurbonov. — Biroq bu yerda bölayotgan özgarişlarning kölami boşqa şahar-tumanlarimizga qaraganda köproq desak, xato emas. Press-tur jarayonida bunga amin böldik. OAV bilan birga ijtimoiy tarmoqlarda ham mazkur yangilanişlar jarayonini xolis yoritib borsak, bu katta iş böladi. Şu jihatdan olib qaraganda bugungi Press-tur alohida ahamiyatga ega böldi.
Uyuşma tomonidan anʼanaviy tarzda ötkazilib kelinayotgan bu galgi tadbir dasturidan tumanning folklor jamoalari hamda isteʼdodli yoşlarning çiqişlari ham örin olgani iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi.
Ozod Mustafoyev,
Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi
Navoiy viloyati bölimi mutaxassisi.
