Yöllarni tutaştirgan orzular

Umumxitoy jurnalistlari assotsatsiyasi 1 milliondan ortiq jurnalistni birlaştirgan, şuningdek, dunyoning köplab davlatlari jurnalistik taşkilotlari bilan aloqa örnatgan hamda hamkorlik töğrisida şartnomalar imzolagan.

Aslida inson uçun köp narsa kerak emas: Dunyo tinç, yurting, oilang farovon, taning soğ bölsa, bas. Insonning kuç-qudrati, saodati, quvonç-şodligi zamirida ana şunday omillar mujassam va ular millati, irqi, kasbi-koridan qatʼi nazar, yer yuzidagi barça odamlarning orzu-tilagi. Bu orzu-tilakning amalga oşişi ham özimizga, ezgu niyatlar bilan yaşayotgan insonlarga boğliq.

Umumxitoy Jurnalistlar Assotsi­a­siya­sidan şu yilning 27 sentyabr — 2 oktyabr kunlari Pekin şahrida “Bir makon, bir yöl — 2019” loyihasi doi­rasida ötadigan Xalqaro jurnalistlar forumi va Xitoy Xalq Respublikasining 70 yilligiga bağişlangan tantanalarga taklifnoma olganimda xayolimdan dastavval ana şu öylar ötdi.

Xitoy Xalq Respublikasida avval ham bölganman, Buyuk xitoy devori böylab sayr qilganman, çin mamlakatining tarixi, madaniyati, bugun butun dunyoni lol qoldirayotgan yutuqlari bilan tanişganman. Biroq bu taklif men uçun juda muhim edi.

Avvalo, Pekinda ötadigan xalq­aro jurnalistlar forumining özi xalqaro mediaolamning eng yirik voqealaridan. Jurnalistika sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilinadi. Qolaversa, Umumxitoy Jurnalistlar assotsiatsiyasi bilan özaro hamkorlikni yölga qöyiş niyatimiz ham bölib, bu borada kelişib olişimiz lozim. Yana Xitoy Xalq Respublikasining 70 yilligi tantanalari. Döst mamlakatning qutluğ ayyomida iştirok etiş, ularning quvonçiga şerik bölişning ham şukuhi bor.

Bayram ruhi Pekin xalqaro aeroportidayoq sezilib turardi. Dunyoning eng yirik poytaxtlaridan bölgan bu şahar uç ming yillik tarixga ega. Bilasiz, u özining zamonaviy osmonöpar binolari bilangina emas, qadimiy meʼmoriy obidalari bilan ham şuhrat taratgan. Umuman, bu şaharda barça davrlar meʼmoriy uslublari öz örnini topgan. Bugungi kun nafasi va olis tarix sadolari bir-biriga şu qadar uyğunlaşib ketganki, ularni bir-biridan ayro tasavvur qila olmaysiz.

Bayramona libos kiygan Pekin köçalaridan maşinamiz ğizillab ketarkan, bundan ikki yil avvalgi taşrifimdan ke­yin şaharda qanday özgarişlar bölganini kuzatib bordim. Töğrisi, bayram şukuhidan özga yangilik sezmadim. Salobatli Pekinga yasan-tusan yaraşib turardi. Yangilik va hayajonlar esa oldinda edi.

28 sentyabr kuni erta bilan “Dustlik” mehmonxonasi zalida biz kutgan media anjuman — xalq­aro jurnalist­lar forumi öz işini boşladi.

Forum Xitoy tomoni ilgari surgan va global iqtisodiy rivojlaniş belboği sifatida Yevroosiyo mamlakatlarini bir-biri bilan boğlaşi maqsad qilingan “Bir makon — bir yöl” loyihasi doirasida taşkil qilingan bölib, “Mamlakatlar örtasidagi döstlik aloqalarini rivojlantirişda ommaviy axborot vositalari hamkorligini kuçaytiriş masalalari”ga bağişlandi. Forumda Osiyo, Yevropa va Lotin Amerikasidagi 50 ga yaqin davlatlardan Jurnalistlar uyuşmalari rahbarlari iştirok etdi.

Forum jurnalistlar taşkilotlarining hamkorligi platformasi nizomini qabul qildi. Unda asosiy eʼtibor jurnalistlarning axborot makoni xodimlari sifatida butun dunyoda tinçlik barqaror bölişidagi örni va xizmatiga qaratildi. Bu jarayonda xolislik va haqqoniylik boş mezon bölişi zarur. Dunyoda sodir bölayotgan voqea-hodisalar haqida jurnalist aytgan söz voqealarning omma tomonidan qabul qilinişiga katta taʼsir körsatadi. Globallaşuv kuçayib borayotgan hozirgi jarayonda ommaviy axborot vositalari, jumladan, jurnalistlarning yaqin hamkorligi, kasbiy birodarligi, xolisligi yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda, başariyat oldidagi masʼuliyati tobora yuksalib bormoqda.

Tadbirda Platformaning maqsad-vazifalari, uning taşkiliy organlari taniştirildi. Xususan, “Bir makon — bir yöl” loyihasi doirasida jurnalistik taşkilotlar hamkorligi platformasi Prezidiumi raisi, Buenos-Ayres Jurnalistlar uyuşmasi prezidenti Lidiya Irma Fagel ekani ham uning qançalik keng qamrovli ekanidan dalolat beradi. Xullas, platforma barça iştirokçilar tomonidan qöllab-quvvatlandi, uning yanada mukammal bölişi uçun taklif-tavsiyalar berildi.

Men ham söz olib, mamlakatimizda ayni şu maqsadlarda amalga oşirilayotgan islohotlar — OAVni yanada demokratlaştiriş borasida sönggi uç yilda amalga oşirilgan yangilanişlar jarayoni haqida gapirib berdim.

Forumning yana bir voqeasi Umumxitoy jurna­listlar assotsiatsiyasi bilan Özbekiston Jurnalist­lari ijodiy uyuşmasi örtasida Özaro hamkorlik töğrisidagi kelişuv imzolangani böldi. Kelişuv har ikki tomon iştirokida işlab çiqilib, mamlakatlarimiz ommaviy axborot vositalari hamda jurnalistlari örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, media turlar, media ekspertlar va mutaxassislar iştirokida trening­lar, OAV sohasidagi muhim va dolzarb masalalar böyiça axboriy safarlar taşkil etiş kabi tadbirlar közda tutilgan.

Keling, şu örinda Umumxitoy jurnalistlar assotsiatsiyasi haqida biroz maʼlumot beray.

Umumxitoy jurnalistlari assotsi­atsiyasi 1957 yili Pekinda taşkil topgan. U özining Milliy konsulligiga ega bölib, har beş yilda bir marta saylanadi. Assotsiatsiya tarkibida 217 ta aʼzo taşkilot bor, ularning 156 tasi davlat tasarrufidagi media taşkilotlar, 29 tasi milliy yangiliklar tayyorlaş tuzilmalari, 32 tasi esa hududlardagi jurnalistik taşkilotlardir. Umumxitoy jurnalistlari assotsatsiyasi 1 milliondan ortiq jurnalistni birlaştirgan, şuningdek, dunyoning köplab davlatlari jurnalistik taşkilotlari bilan aloqa örnatgan hamda hamkorlik töğrisida şartnomalar imzolagan.

Forum iştirokçilari uçun turli qiziqarli tadbirlar taklif etildi. Xususan, Xitoy Xalq Respublikasi taşkil topganligining 70 yilligi tantanalarini yoritişga qaratilgan media markaz faoliyati bilan tanişuv barçada katta qiziqiş uyğotdi.

1 oktyabr kuni keng nişonlangan Xitoy Xalq Respublikasi taşkil topganining 70 yilligi tantanalari özining uluğvorigi, rang-barang tadbirlari bilan, tabiiy, unutilmas böldi. Unda Xitoyning paydo bölişi, uning dunyoning buyuk va qudratli mamlakatlaridan biriga aylanişi, salohiyati va iqtidori özining keng aksini topdi.

Şunday qilib taassurotlarga boy safarimiz ham oxirladi. Uning davomida körgan-keçirganlarim, turli mamlakatlar jurnalistik taşkilotlari vakillari bilan muloqotlar, Özbekiston va Xitoy jurnalist­lar uyuşmalari örtasidagi özaro hamkorlik töğrisidagi kelişuv esa milliy mediamuhitda yangi bosqiç bölişiga şubha yöq. Zero, Buyuk ipak yöli buyuk madaniyat yölidir:

Konfutsiy va Navoiy

Donolarning dil izhori xos kelur,

Aytganlari bir-biriga mos kelur.

Konfutsiy — bu öşa Kong Çyu, Kong Fu Zi,

Navoiydek elga manzur har sözi.

Konfutsiy der: “Neki mahbub, er kişi,

Boşqaga ham ravo köray, der kişi”.

Özgarsa ham davru davron havosi,

Boqiy erur Navoiyning navosi:

“Xaloyiqqa körma qilib benavo,

Özingga ravo körmaganni ravo”.

Buyuk Ipak yöli ötgan har makon

Buyuk Hikmat yöli bölib quçdi şon.

Şu yöldadir mangu yölçi — quyoş, oy,

Ziyosidan qalblar çaman, ellar boy.

Mamlakatlar bir-biriga bermiş qöl:

Bitta osmon, bir makonu bitta yöl!

Saʼdulla Hakimov,

Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi.

Suratda: Umumxitoy jurnalistlari assotsiatsiyasi prezidenti Çjan Yannun (çapdan), Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi Saʼdulla Hakimov özaro hamkorlik töğrisidagi kelişuv çoğida.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan