OAV böyiça jamoatçilik kengaşi yiğilişi

Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi qoşidagi Ommaviy axborot vositalari böyiça Jamoatçilik kengaşining yiğilişi bölib ötdi.

Kengaş raisi Hurşid Döstmuhammad rahbarligida ötgan yiğilişda mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari faoliyatidagi bugungi ahvol, yutuq va kamçiliklar, jurnalistlarning huquqiy madaniyati, burç va masʼuliyati masalalari haqida söz bordi.

Qayd etilganidek, mamlakatimizda söz erkinligi, ommaviy axborot vositalarining xolis va haqqoniy faoliyat olib borişi uçun zarur bölgan huquqiy-taşkiliy asoslar yaratilgan. Xususan, keyingi yillarda mediasohada amalga oşirilayotgan islohotlar milliy jurnalistikada sezilarli özgarişlarga, oçiq-oşkoralik, tanqidiy-tahliliy ruh kuçayişiga olib keldi. OAVda nafaqat erişilayotgan yutuqlar, balki jamiyat hayotining oğriqli nuqtalari öz aksini topgan materiallar köpaydi va ularning aksariyati öz ijobiy samarasini bermoqda.

Şu bilan birga ommaviy axborot vositalari faoliyatini kuzatiş davomida bir qator muammolar ham közga taşlanadiki, ularni hal etiş birinçi navbatda soha xodimlari, jurnalistlarning özlariga, ularning öz ustilarida işlaşlari, amaliy bilim-könikmalarini oşirişlari, intiliş va izlanişlariga boğliq.

Jumladan, mamlakatda yuz berayotgan voqea-hodisalarga jurnalistlar munosabati, ularni yoritişda mavzu va obʼyektni çuqur örganiş, tahlil qiliş madaniyati, axborotlarning haqqoniy va işonçliligini tekşiriş, ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuvlarga eʼtiborning kuçayişi, jurnalistlik va blogerlikning öziga xos xususiyatlari, kasbiy etika meʼyorlari bilan boğliq masalalar sohada dolzarblik kasb etmoqda.

Kengaş aʼzolarining fikriça, jurnalistlarning bilim-könikmalari, huquqiy savodxonligini oşirişga alohida eʼtibor qaratiş lozim va bu maqsadda taşkil etiladigan öquv tadbirlarini ham nazariy, ham amaliy bilimga ega bölgan tajribali ekspertlar olib borişlari maqsadga muvofiq.

Yiğilişda kengaş faoliyatini yölga qöyiş, uning mediamuhitda öz örnini egallaşi, OAV xodimlarining kasb etikasi meʼyorlariga rioya etişi bilan boğliq masalalar muhokama qilindi va kelgusi faoliyat uçun maqsad-vazifalar belgilab olindi.

Kengaş har çorak yakuni böyiça yiğilib, ötgan vaqt davomida örganilgan masalalar yuzasidan hisobot tayyorlab, uni uyuşma muassisligidagi “Hurriyat” gazetasi va Jurnalistlar ijodiy uyuşmasi saytida eʼlon qilib boradi.

Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasining şu yil 23 iyulda bölib ötgan respublika konferensiyasida Özbekiston Jurnalistlari kasb etikasi kodeksi qabul qilingan va ayni şu konferensiya iştirokçilari tomonidan kodeks talablari va meʼyorlari buziliş holatlarini kuzatiş, tahlil qiliş va tegişli xulosa çiqariş maqsadida uyuşma qoşida Ommaviy axborot vositalari böyiça jamoatçilik kengaşi saylangan edi.

Kengaş yetti kişidan iborat bölib, ommaviy axborot vositalarida köp yillik iş tajribasiga ega taniqli jurnalist va ekspertlardan şakl­lantiril­gan.

Taʼkidlaş joizki, Jamoatçilik kengaşi qarori jurnalistni intizomiy, maʼmuriy yoki boşqa turdagi javobgarliklarga tortiş uçun asos hisoblanmaydi, u tavsiya xususiyatiga ega.

Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi.

Yangiliklarni döstlaringizga ulaşing

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan