Özbekiston – Koreya: Jurnalistika sohasida hamkorlik rivojlanmoqda
Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 22-25 noyabr kunlari Koreya Respublikasiga davlat taşrifi özaro munosabatlarni sifat jihatdan yangi bosqiçga kötardi, köp qirrali aloqalarni rivojlantiriş uçun mustahkam zamin yaratdi.
Bu jarayon 2019 yilning 25 mart kuni Seul şahrida Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi bilan Koreya jurnalistlar assotsiatsiyasi örtasida özaro hamkorlikni yölga qöyiş böyiça kelişuvning imzolanişiga ham turtki berdi. Maʼlumingizki, ana şu Kelişuv bitimiga muvofiq taşrif buyurgan koreyalik jurnalistlar joriy yilning 8-14 oktyabr kunlari yurtimizda böldi.
Mehmonlarning mamlakatimizga taşrifi poytaxtimizda faoliyat olib borayotgan Koreys madaniyati markazi, “Koryo Sinmun” gazetasi tahririyati, Toşkent viloyatining Örta Çirçiq tumanidagi “Xvan Man Gыm” muzeyi faoliyati, şart-şaroitlari bilan tanişuvdan boşlandi.
Ularga Koreys madaniyati markazi raisi Viktor Pak Özbekistonda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev boşçiligida turli millat va elat vakillariga körsatilayotgan alohida eʼtibor va ğamxörlik, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan koreys millatiga mansub fuqarolar bilan işlaş, ularning jamiyatdagi örni, turli sohalardagi faoliyati haqida sözlab berdi.
— Özbekistonga bundan ön yilça oldin, Koreyaning öşa davrdagi Prezidentining yurtingizga taşrifi çoğida kelgandim. Oradan şunça vaqt ötib, yana mamlakatingizda böliş nasib etdi. Yurtingizda ötgan yillar mobaynida amalga oşirilgan işlar, özgarişlardan hayratlandim, — deydi Koreya jurnalistlari assotsiasiyasi prezidenti Jung Kyu Sung. — Toşkent — jozibador, odamni öziga tortadi. Buni şeriklarim ham taʼkidlaşmoqda. Bizga bu yerda keyingi yillarda amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari, xususan, “Toşkent siti”, estakada usulida qurilayotgan yangi metro liniyasining bunyod etilişi haqida ham gapirib berişdi. Öz közimiz bilan körgan bu kabi bunyodkorlik işlari poytaxtingizga yanada körk bağişlaydi, muhimi, aholiga qulaylik yaratadi.
Koreyaliklar taşrifining ikkinçi kuni ham muloqotlarga boy, har jihatdan mazmunli ötdi. “Xalq sözi” va «Narodnoye slovo» gazetalari tahririyati, ÖzMTRK media markazi, Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida ötkazilgan uçraşuvlarda jurnalistlar koreyalik hamkasblari bilan tajriba almaşiş, dildan suhbatlaşiş, “Master-klass”larda iştirok etiş imkoniyatlariga ega böldilar.
— Özbekistonlik jurnalistlar bilan tanişiş, döstlaşiş, suhbatlaşiş, tajriba almaşiş yoqimli va qiziqarli, — deydi koreyalik jurnalist Çoy Von Jay. — Aslida jurnalist millatidan, davlatidan qatʼi nazar bitta işni — hayotdagi eng muhim yangilik va hodisalardan voqif etişdek ezgu işni bajaradi. Şuning uçun ham ular (qaysi yurtdan bölmasin) bir-biri bilan uçraşganida qandaydir yaqinlikni his qiladi. Eʼtiborli jihati, bu közga körinmas rişta millatlarni, davlatlarni bir-biriga boğlaşga, sohalar rivojiga xizmat qiladi. Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi bilan Koreya jurnalistlari assotsiatsiyasi örtasida tuzilgan hamkorlik kelişuvi ham şu ezgu maqsadga qaratilganiga şubha yöq.
— Yurtimizga, tahririyatimizga koreyalik hamkasblarimiz kelganidan xursandmiz, — deydi “Xalq sözi” va «Narodnoye slovo» gazetalari boş muharriri örinbosari Jamoliddin Töxtaşev. — Iş jarayonlarimiz bilan yaqindan tanişgan mehmonlar bilan uçraşuv qizğin muloqotga aylanib ketdi. Koreya bosma naşrlarining bugungi holati va istiqboli xususidagi savollarimizga atrofliça javob oldik. Menga ularning “hamma joyda internet naşrlari bugun “ommaviylaşgan bölsa ham” gazeta va jurnallarning örni bölakça”, degan fikrlari maʼqul keldi. Bir-birimizdan gazetaçilikka oid, ertangi faoliyatimizda asqotadigan jihatlarni örganganimiz, hamkorlik qilişga kelişib olganimiz muhim ahamiyat kasb etdi.
Mehmonlarga yurtimiz jurnalistika sohasi rivoji xususida maʼlumot berar ekanmiz, ularga davlatimiz rahbari tomonidan keyingi yillarda qabul qilingan Özbekiston ijodkorlarini qöllab-quvvatlaş “Ilhom” jamoat fondini taşkil etiş, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi faoliyatini yanada takomillaştiriş, Madaniyat va sanʼat taşkilotlari, ijodiy uyuşmalar va ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada rivojlantiriş, soha xodimlari mehnatini rağbatlantirişga oid qarorlari ijrosi doirasida, matbuot va söz erkinligini taʼminlaş böyiça amalga oşirilayotgan keng kölamli işlar haqida ham gapirib berdik.
Koreyalik jurnalistlarning Xorazmga safari
Xorazmda mehmon bölgan koreyalik hamkasblarimiz dastlab joriy yil foydalanişga topşirilgan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining yangi binosi, bu yerda ijodiy jamoa uçun yaratilgan şaroitlar bilan yaqindan tanişdi. Jurnalist emasmi, ular körsatuvlarni tayyorlaniş jarayonlari, texniklarning iş uslublari bilan qiziqdi.
— Jamiyat hayotida, media makonda televideniyening örni va roli katta, — deydi koreyalik maşhur telejurnalist Kim Sung Xvan. — Şu bois butun dunyoda uşbu sohani rivojlantirişga alohida eʼtibor beriladi, mablağ yönaltiriladi. Bu borada Xorazmda televideniye sohasi xodimlari uçun yaratilgan şaroit va imkoniyatlar tahsinga loyiq. Viloyat teleradiokompaniyasi ijodkorlari bilan muloqotimiz samimiy keçdi. Ularning qiziqişlari va özaro muloqot mavzuidan şuni angladimki, sohada özaro hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari nihoyatda keng va har ikkala tomon uçun ham manfaatlidir.
Viloyat teleradiokompaniyasida ikki mamlakat jurnalistlari iştirokida ötkazilgan davra suhbati qizğin muloqot, savol-javoblarga boy tarzda ötdi. Ikki davlat jurnalistlari anjumani bundan boşqaça bölişi ham mumkin emas aslida. Suhbat davomida özaro ijodiy hamkorlikning bardavomligini taʼminlaş, eng ilğor tajribalar bilan doimo örtoqlaşib turiş, on-layn aloqa imkoniyatlaridan samarali foydalaniş böyiça söz yuritildi.
Şundan söng mehmonlar Urganç şahridagi “Döstlik uyi”da böldi.
— Özbekiston Koreyaga nisbatan köpmillatli mamlakat, — deydi Koreya jurnalistlar assotsiatsiyasi ijroçi direktori örinbosari Kim Dong Ki. — Toşkent va Xorazmda bölib bunga guvoh bölib turibman. Yurtingizda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillarining tinç va döstona hayotiga havas qilsa arziydi.
Ikki kun davomida Xorazmda bölgan mehmonlar Xivadagi “Içan qalʼa” majmui, şahardagi muzey, masjid va yodgorliklarni ziyorat qilib, ular bilan boğliq qimmatli maʼlumotlarga ega böldilar.
— Xivadagi obidalar bizni behad maftun etdi, — deydi biz bilan suhbatda “Hokook ilbo” filiali prezidenti Kim Sui Van. — Şarqning öziga xos betakror anʼanalarini özida mujassam etgan “Içan qalʼa” bilan har qança faxrlansangiz arziydi. Öylaşimça, bunday tarixiy manzillar kamdan-kam davlatda uçraydi. Albatta, bu yerda olgan taassurotlarimni Koreyada yaqinlarim va hamkasblarimga sözlab beraman. Koreya OAVlari uçun materiallar tayyorlaş uçun maʼlumotlar yiğayapman.
Samarqandda Koreya Jurnalistlar assotsiatsiyasining xalqaro jurnalistika markazi oçiladi
Mehmonlar dastlab viloyat matbuot uyida “Zarafşon” va “Samarkandskiy vestnik”, “Ovozi Samarqand” gazetalari tahririyatlari, Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi viloyat bölimi faoliyati bilan tanişdi.
Zarafşon vohasi matbuoti tarixi muzeyi koreyalik jurnalistlarda katta qiziqiş öyğotdi.
— Samarqand Özbekiston jurnalistikasining asosiy beşiklaridan biri bölgani juda eʼtiborli, — deydi Koreya Jurnalistlar assotsiasiyasi prezidenti Jung Kyu Cun. — Çunki Samarqand Buyuk Ipak yölining markazida joylaşgani bilan tarixiy ahamiyatga ega. Albatta, bunday maskanda matbuotning taşkil etilişi va rivojlanişi tabiiy.
Mamlakatlarimiz geografik jihatdan bir-biridan uzoq, lekin köngli yaqin, tinçlik va taraqqiyot yölida maqsadi muştarak davlatlardir. Samarqanddagi “Afrosiyob” muzeyida saqlanayotgan devoriy suratlarda VII asr örtalarida Samarqand hukmdorining qadimgi Koreya — Çoson elçisini qabul qiliş marosimi aks ettirilgani özaro bordi-keldilar uzoq yillik tarixga ega ekanini anglatadi.
Uçraşuv çoğida kelgusida bu yerda Koreya jurnalistlar assotsiatsiyasining xalqaro jurnalistika markazi faoliyatini ham yölga qöyiş borasida fikr almaşildi.
Viloyatga taşrif doirasida koreyaliklar “Amir Temur” majmuasi, Registon maydoni, “Afrosiyob” muzeyi va Samarqanddagi boşqa bir qator tarixiy-madaniy yodgorliklarni ham tomoşa qildi. Ular “Konigil merosi” qoğoz işlab çiqariş oilaviy korxonasida ham bölib, qoğoz tayyorlaniş jarayonlarini öz közi bilan kördi.
Toşkentga qaytib kelgan mehmonlar — koreyalik jurnalistlar delegatsiyasi aʼzolari bilan bölib ötgan muloqotda Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi Saʼdulla Hakimov ularga Uyuşma faoliyati, davlatimiz rahbari tomonidan milliy jurnalistikamizni yanada rivojlantiriş, söz va matbuot erkinligini qöllab-quvvatlaş borasida körsatilayotgan eʼtibor xususida sözlab berdi.
Xolmurod Salimov,
Özbekiston Jurnalistlari ijodiy uyuşmasi raisi örinbosari.
