Bu sanʼat sudya uçun ham juda zarur
Til borki, millat bor. Köhna tarix öz ona tiliga ega bölmagan xalqni millat sifatida eʼtirof etmaydi. Tilni millat ramzi sifatida anglar ekanmiz, uni köz qoraçiğiday asraş, boyitiş, talaffuz meʼyorlariga töla rioya qiliş, buzgan, çalkaştirgan holda talqin etişning har qanday körinişlariga qarşi turiş yurtimiz fuqarosining vatanparvarlik burçidir.
Til, matn, talaffuz, deganda aksariyat yurtdoşlarimiz nigohida köpinça qalam ahllari, yaʼni ommaviy axborot vositalari, kitob va ilmiy hamda ommabop maqola va maʼruzalarni irod etuçi ijodkorlar siymosi gavdalanadi. Çindan ham şunday. Söz va ibora yöq joyda kitob ham, gazeta yoxud jurnal, hatto internet aloqasi va muloqot vositalari ham mavjud bölolmaydi. Kurrai-zaminimiz “oynai jahoni” ham usiz faoliyat körsata olmaydi. Tilu zabonga ega bölmagan xalq va millatni esa hatto tasavvuringizga ham siğdira olmaysiz.
Şu örinda til va matnni qurol qilgan badiiy va publitsistik ijod ahliga eng yaqin turuvçi kasb sohiblari kimlar, degan savol tuğiladi. Nafsilambirini aytganda, qalamkaşlikni kasb qilgan jurnalist, nasr va nazmda ijod qiluçi yozuvçi-şoirlar, ilm-fan ahllari safida sudya libosidagi insonlar ham borligini, albatta, eʼtirof etmoq joiz.
Huquq sohasining oddiy xodimi sifatida yaqinda çamalab kördim: sudya maqomidagi kasbdoşlarimizning har biri yiliga örtaça öz böyi barobar qalinlikdagi qoğozga matn bitar ekan. Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yurist Öktam ota Rahimov, uşbu kasbning taniqli sohiblaridan Durdiboy Matmurodov, Şarifboy Bobojonov, Rözimat Xudoyberganov, Sultonmurod Xöjamurodov, Odilbek Karimov, Hasanboy Muhammadjonov, Uluğbek Bekturdiyev, Olimboy Maşaripovlarning bu boradagi malaka va mahoratiga şogirdlik tuyğusi-la tan beramiz.
Ustoz qalamkaşlardan eşitganim bor: matnda sözlarni takror qöllaşdan doimo tiyilmoq darkor. Uni bitta jumlada bir neça bor qöllamoq matn bituvçining nönoqligidan darak beradi.
Bitiklarimiz aniq, lönda, sodda va tuşunarli tarzda yozilsagina maʼno-mazmuni kişilar, şu jumladan, manfaatdor taraflarning ong-tafakkuridan ham çuqur joy oladi, taʼsirçanligi ortib, nainki sudya, balki uşbu dargohning ham nufuzi, obrö-eʼtibori yuksaladi. Jumla bitiş mahoratini ozroq bölsa-da, egallay olmagan xodimning malakali sudya qiyofasida şakllanişini tasavvur etiş amri mahol.
Ayni mahalda esa bir qator hamkasblarimiz bitayotgan sud hujjatlari, matnlarda qaytariq söz va iboralar, uzundan-uzoq va hatto takroriy jumlalar ham uçrayaptiki, bu holat nihoyatda katta va teran til hamda söz boyligimiz namunalarini çuqur egallaşga bölgan eʼtibor keskin kuçaytirilişi zarurligini taqozo qilayapti. Bu boradagi salohiyatimizni oşirişning eng maqbul yöli nazarimizda kitoblar, gazeta va jurnallar mutolaasiga alohida eʼtibor qaratişdan iborat.
Zero, Prezidentimiz yurtimizda kitobxonlik darajasini yuksaltiriş masalasini bejiz kun tartibiga qöyayotganlari yöq. Ommaviy naşrlar ham tilimiz xazinasini boyitişda alohida muhim ahamiyat kasb etişini unutmaslik zarur. Sudyaning doimiy hamrohi söz, ibora, jumla ekani va hamişa ana şu “dastyor”lar qanotida faoliyat körsatişi huquqşunos kadrlarni tayyorlaş va malakasini oşiriş bilan şuğullanuvçi ilm-fan va taʼlim dargohlari ustoz-muallimlari eʼtiborini doimo jalb etib tursa, deymiz. Bunda til ilmiga oid taʼlim soatlari va dasturlarini yanada köpaytiriş va boyitişning ahamiyati, ayniqsa, katta. Qalovini topsa, qor ham yonadi, deyişadi. Binobarin, sudyaning amaldagi qonunlar, meʼyoriy hujjatlarda ifodasini topgan atamalar, söz va iboralar doirasida faoliyat körsatişi zarurligini ham tilga olmoq zarur.
Jahon ilmiy va ijodiy jamoatçiligi buyuk Alişer Navoiy bobomizning maşhur “Xamsa” asari jami 12 mingdan ziyod turkiy söz va iborani özida mujassamlaştirganini millatimizning katta va bebaho til boyligi sifatida eʼtirof etgan. Bu – yer yuzidagi manaman, degan millatlar, çunonçi, ingliz, rus, arab, xitoy, ispan, nemis, fransuz tillarida sözlaşuvçi xalqlar bisotidagi söz boyliklaridan kam emasligini tasdiqlovçi işonçli dalildir.
Uşbu qimmatli neʼmatni özlaştirmoq va undan oqilona foydalanmoq biz — sud-huquq jabhasi xodimlari uçun ham farz, ham qarz, u işimizga mudom katta naf keltirişiga şak-şubha yöq. Til boyliklarini özimiz bitayotgan hujjatlarda muvaffaqiyatli qöllamoqni esa davrning özi ham talab, ham taqozo etayapti.
Akbar Aminov,
jinoyat işlari böyiça Hazorasp tuman sudi raisi.
