Ehtirom
Ziyo qalbingizni etmişdir Vatan
Ikrom Otamurod
…Muallim, siz — turfa darslar olami,
Yuragida ixlos, xoslar sirlaşgan.
Imlolar jadvali, sonlar kölami,
Qadim ul asrorlar sizda birlaşgan.
Ruhiy va juğrofiy kengliklar bari
Sizning qalbingizda namoyon, yaxlit.
Şuur maydonining masalalari:
Darak gap,
Undov gap,
Söroq gap taxlit.
Muallim, siz — kabir,
Siz – uluğ,
Lekin dilni munislikka oşno etasiz.
Davralar töriga ötmayin, lekin
Qimtinib quyidan kelib, ketasiz.
Qalb qörin bergansiz dunyoning şerday
Ot minib, göz urgan neçalariga.
Özingiz xokisor yurasiz birday
Piyoda saboqning köçalarida.
Nuri siyroj porlagan közingizda
Armonlar lim-limdir, umidlar lim-lim.
Armonlarni qoldirib özingizda,
Uçurgaysiz umidlarni muallim.
Maʼrifat çaşmidin suv içgan faraxt –
Muruvvat sizga tan, mehr sizga tan.
Ilm tufroğida böy tortgan daraxt –
Ziyo qalbingizni etmişdir Vatan.
Muallim, siz – turfa darslar olami …
Muallim
Ğayrat Majid
Hayot kitobining avvali, boşi,
Toğlardan mustahkam sabru bardoşi,
Sizga salom bölsin, qalblar quyoşi,
Sözlarning gulidan izhori dilim,
Ey aziz muallim, aziz muallim.
Sizdan harf örganib öy-maqsad hosil,
Inson inson degan maqomga vosil,
Hayot saboqlarin olib muttasil,
Sizdan bahra olib yaşaydi könglim,
Ey aziz muallim, aziz muallim.
Gullarning nomini bildik siz sabab,
Dillarning holini bildik siz sabab,
Yöllar maqomini bildik siz sabab,
Olamni tanitdi siz bergan taʼlim,
Ey aziz muallim, aziz muallim.
Navoiy söz içra muhtaram, mumtoz,
Ul zot şeʼr ahliga benazir ustoz,
Ustozga körsatgan ehtirom, eʼzoz,
Bu maktab mehridan munavvar yölim,
Ey aziz muallim, aziz muallim.
Bemor şifo istar Sinodan hamon,
Hazrat Naqşbandan taralgay irfon,
Yulduzlar ilmida Uluğbek – sulton,
Ustozlar tufayli bölgandir olim,
Ey aziz muallim, aziz muallim.
Agar şogird topsa elda eʼtibor,
Hammadan ilgari sizsiz baxtiyor,
Har dilning sizlarga taşakkuri bor,
Soğlik, umr tilab hormaydi tilim,
Ey aziz muallim, aziz muallim.
